Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Qo'rquvga asoslangan ta'lim tizimi qo'rqoq va bo'ysinuvchan talabalarni dunyoga keltiradi. Siz ulardan hech nima kutmang.

Albert Eynshteyn

@UygonTuron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5823🤝5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ultontozni Mirziyoyevga, yaloqbardorlarini dxxchilarga o'xshataman. Xalq Alpomish kelishini kutib yashayapti.

@UygonTuron
👏4525👍12🔥121
Vafo Mo’minga raddiya: Avvalo, vatan omon bo’lishi har bir vatandoshning, ayniqsa, uyg’oq qatlamning qanchalar siyosiy faolligiga bog’liq. Bugun mamlakatlar bosib olinmayapti, sotib olinyapti. Insonlarni majburlab o’zligidan ayirishmayapti, buni ularning xoxishiga aylantirshyapti. Siz kurash bog’lagan yod madaniyatlar tashqaridan emas, ichkaridan tizimli rivojlantirilyapti. Sizningcha TV larimizda qo’yilayotgan faxsh targ’ibotlarini tashqi kuchlar qilyaptimi? TVlarimizni nazorat qiladiganlar ko’rmayaptimi? Siyosiy faollarni sahifalarini bugun bemalol bloklatayotgan dxx landovurlari tobora ko’payib borayotgan instagram va tiktokda 100 minglab obunachilarni yig’ayotgan translar va geylarning sahifalarini nega bloklatolmayapti? Bugun siz aralashishni istamayotgan (balki qo’rqayotgan) siyosat sabab yerlarimiz Xitoylarga sotilyapti, davlat aktivlari AQSH yahudiylari qo’liga o’tyapti, sizningcha bularga kim aybdor?
Biz doim xalqimiz birlashmaydi deb aybni oddiy avomga to’nkab o’rganganmiz. Aslida dunyoning hech qayerida, hech qachon xalq birlashmagan. Xalq doim ergashadi. Istalgan daholaringizni kitoblarini varoqlang, ular ham xuddi shu fikrni bildirishgan. Bizni xalq mustaqillik yillarida ham birlashgan edi. Biroq birlashtirayotgan muxolifatning safida hammasining ham niyati xolis emas edi. Ko’plar muxolifatni kelajagini hokimiyatda ko’rib, manfaat ilinjida unga kelib qo’shildilar. Xalq qo’lladi, biroq ustunlik kommunistlar tomonga o’tgach bu manfur kimsalar muxolifatning parchalanishiga sababchi bo’ldilar. Bu mag’lubiyatlarning ta’siri hozir ham seziladi. Xalqni ergashtirish salohiyatiga ega insonlar real amaliy ishlarga kelganda men siyosatchi emasman deb orqaga urishadi. Faollar qo’rqqanidan keyin oddiy xalqda nima ayb?!
Sizga eslatma! Mirziyoyev ham siyosatchi emas, maktabni ikkiga o’qigan oddiy irrigator. Chekistlar qurgan tuzum doim ana shunaqa ikkichilarni tepaga chiqarib, parda ortidan davlatni o’zlari boshqarib kelishyapti. Bugun O’zbekiston geylashmoqda. Katta ehtimol bilan yana 10-15 yildan keyin hatto g’arb yoqqasini ushlaydigan darajada geylar ko’payib ketadi. Chunki bu ishlar tizimli qilinyapti. Amaldagi rejimni faqatgina jamiyatni faxshga botirib saqlab qolish mumkin. Sizning ularga qarshi kurashingiz esa teskari effekt berib, ularni manfaatlariga xizmat qilyapti. Misol uchun, dutor qo’shig’i aynan tanqidlar sabab rekka chiqdi. Ular sizga buning uchun raxmat aytishsa arziydi.
Vatan qachongi uning mard o’g’lonlari o’limga tik boqib siyosiy maydonga kirsalar omon bo’ladi. Bugun eng muhim janglar maydonlarda emas, minbarlarda bo’lyapti. Bugun tashqaridagi emas, ichimizdagi dushmanlarimiz asosiy xavf bo’lyapti. Bugun konstitutsiyaviy huquqlarimizni eslatish emas, undan foydalanish payti. Shunday muhim tarixiy pallada “Men shunchaki faolman, siyosatchi emasman”deyishingiz, jang maydonidagi “men vatanimni sevaman ammo jang qilolmayman, kechirasizlar” deydigan askarning gapidan bo’lyapti.
Bugungi AQSHni siyosatchilar emas, siz va menga o’xshagan xalqning ichidan chiqqan fidoiylar qurgan edi. Xuddi shunday yurtimizni bugun botayotgan botqoqdan faqatgina uyg’oqlar siyosiy maydonda birlashibgina chiqarishlari mumkin. Boshqa yo’li yo’q.

P.s: Tasavvur qiling, siz, Rasul Kusherbayev va boshqa yuzlab faollar kelinglar birlashib, konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanib, muxolifat partiyasi tuzamiz, parlamentga kirib, o’sha yerda haqiqat uchun kurashamiz desangiz man ishonch bilan aytaman millionlab odamlar atrofingizda birlashadi. Amaldagi avtoritar rejim ham bunday paytda chorasiz qolib sizlarga yon berishga majbur bo’ladi. Shunchaki, muammo xalqda emas, muammo sizlarda. Tizim allaqachon chirib bo’lgan, xalq ham bu tizimdan to’ygan. Ammo uyg’oqlarimizda ozgina “dux”yetishmayapti.

@UygonTuron
👍8431🔥17👎1
Mubashshir Ahmad Tovoqsoyda

@UygonTuron
😢57👍13🤔10
"Davlat ishidan foyda olish niyyatida bo'lganlar, qabrlarni talashga ham qodir jirkanch shaxslardir."

Plutarx (46–127),
qadimgi yunon yozuvchisi,
mutafakkir va tarixchi

@UygonTuron
👍7226🔥31
Demokratiya erkinlik emas. Demos-xalq, kratos-hokimiyat. Ya’ni bunday jamiyatda ko’pchilikning fikri barcha qoidalardan ustun turadi. Agar bizda konstitutsiyamizga amal qilinganida, demokratiyaga yo’l berilganida bugun na dutorchilar maktablarda bemalol yurolardi, na chakib olib intervyu beradigan otarchilar vazir bo’lardi.
Demokratik boshqaruvni xoxlayotgan xalqqa o’zlarining avtoritar boshqaruvlari yaratgan sun’iy buzuqlikni “mana sizlarga demokratiya” deyish xalqni ustidan ochiqcha kulishdan boshqa narsa emas. Xalq dushmanlari bular, xullas.

@UygonTuron
75👍46🔥6👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoga qo’rquv soladigan Trump o’q ovozidan keyin sahnadan yonida o’tirgan ayoliniyam tashlab, emaklab qochib ketdi. Uning eng ishonchli odami Vins esa undan ham oldin quyonni rasmni chizdi.

Bu kadrlar shuni ko’rsatadiki, hokimiyat har qanday qo’rqoqni botir qilib qo’yadi. Insonni aslini himoyasiz qolganida ko’rish mumkin. Davlat medialari tizimni va diktatorni tinimsiz kuchli, aqlli va qo’rqmas qilib odamlar ongiga singdirishga urinadilar. Aslida tizim ham, u yaratgan diktator ham o’ta qo’rqoq va zaif bo’ladi. Ularni qudratli qiladigan yagona kuch bu - xalq. Xalqdan kuch olib, xalqqa zulum qilish diktaturaning jirkanch qiyofasidir. Haqiqiy mardlar bunday jirkanch tizimga xizmat qilmaydilar.

@UygonTuron
1👍8740🤝2😁1
Masalan siz ham diktator bo’lsangiz, butun tizim, kuch tuzilmalari sizga xizmat qilsa, atrofizda minglab qo’riqchilar va butun vakolatlar o’z qo’lizda bo’lsa, siz ham anchagina dovyurakka aylanasiz. Ammo diktatorlar sizning o’rningizda bo’lganlarida hech qachon siz kabi tizimni kamchiliklarini ayta olishga o’zlarida jur’at topolmasdilar. Har bir diktator o’zidan avvalgi diktatorni tovonini yalab ,tuzumning sodiq quli bo’lib hokimiyatga kelganini unutmang.

@UygonTuron
181👍32🔥5
Mana siyosiy partiyalar ham xalq bilan muloqotlarni boshlab yubordilar. Saylovlarga hali ancha borku, bularni kim erta uyg’otib yubordi ekan?

@UygonTuron
🤔5128👍23👎11
Dunyoning hech qaysi davlatida xavfsizlik idoralarining shaxsiy ma'lumotlari internetda savdoga chiqib ketmasa kerak. Bunday qudratga faqat bizning landovurlar qodir😂

Saviyasi faollarni poylab yurish, blogerlarni shantaj qilib qamash, troll akkauntlardan bo'xton yog'dirish-u, bolalar pornolarini tarqatish orqali kanallarni bloklash darajasidagi tupoy kadrlar yig'ilib qolgan bu xoin tuzulma o'zining eng sharmandali davrini yashayapti.

@UygonTuron
😁642612🔥11🤣1
Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko’rsatgan mening sobiq partiyam ancha jonlanib qolganini ko’ryapman. Shiorlar ham yomon emas, “Xalq bilan birga” 😅
Ammo xalq ularga endi ishonarmikan?

@UygonTuron
👍59😁329🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ommaviy namoyishlarga qarshi tayyorgarlik emish. Tayyorgarlikka qarab bularni saviyasiga baho bersa bo'ladi. Debilokratiya 🤦🏻‍♂️😂👎🏻

@UygonTuron
🤣118😁1753
Avvaliga jinnixonadagilar zerikib qolgan shekilli deb o’yladim. Keyin qarasam formalilar va haqiqiy melisani moshinalari 😂
😁50🤣2812
Siyosiy mahbus, jurnalist Abduqodir Mo'minov qamalganida bir necha medialar tarkibida taftish.uz va uning rahbari G'ayrat Aberayev DXX foydasiga ishlab bergani haqida o'sha paytlarda yozgan edim. Abduqodirning taftish instansiya sudida ham G'ayrat Aberayev DXX uchun ulkan xizmat qilib bergan edi. Jurnalist deya sudga kiritildi. Xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikka "mana sud ochiq bo'ldi, jurnalistlar kiritildi" deyildi. Biroq bu sotqin jurnalist akalari aytgandek xizmatni qilib qo'ygan edi. Yaqinda ozodlik radiosi ular haqida video material e'lon qilibdi. Unda taftishchilarning, ayniqsa G'ayrat Aberayevning DXX bilan aloqalari haqida ham ma'lumotlar oshkor qilingan. Ya'ni mening 3 yil avvalgi iddaolarim tasdiqlangan. Barchaga ko'rishni tavsiya qilaman.

Xullas, G'ayrat Aberayev va taftishchilar dxx dagi akalariga ishonib, IIV va DXX o'rtasidagi jangda IIV ni obro'sizlantirishda faol ishtirok etishgan. Oqibatini esa ko'rib turibsiz.
Bu ishlar bugun dxxdagi akalariga qattiq ishonib yuborgan ba'zi quloqlarga dars bo'lsin. Ularga ham navbat yaqin qoldi.

Alloh bor, o'zi chevar☝️

@UygonTuron
👍9217
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chingizni o’sha gapi….

@UygonTuron
🤣74👍96👎1😁1
Kuratorlarimiz qayoqqa g'oyib bo'ldi deyayotgan blogger va jurnalistlar diqqatiga!

Taftish.uz ishi doirasida besh nafar landovurlar ham xibsga olingan. Ular orasida ikki yirik landovurlar, DXX Markaziy boshqarmasi, Boshqarma boshlig'i Sherzod Najmiddinov va bo'lim boshligi
Sherzod Alimovlar hozir tergov izolyatorida o'tirishibdi. Bu ikki landovur DXX kuratorlarini bevosita nazorat qiluvchi rahbarlari bo'lishgan. Bular boshchiligida deyarli barcha blogerlar, jurnalistlar, faollar nazorat qilingan. Ulardan ba'zilarini esa sotib olishgan. Sotilganlardan taftish.uz rahbari G'ayrat Aberayev xibsga olinishidan so'ng, uning telefonidan landovurlar bilan bo'lgan muloqotlari yozib olingan zapislar chiqqan. Bu yozib olingan suhbatlarda Aberayev IIV xodimlarini obro'sizlantirish kerakligi bo'yicha kuratorlaridan ko'rsatma olganligi va IIV ni jamoatchilik orasida obro'sizlantirish to'g'risida o'zaro suhbatlari bo'lgan. To'plangan dalillar to'g'ri Mirziyoyevga olib kirilgan va barchasini ichkariga tiqish bo'yicha Mirziyoyevdan "fatvo" olingan. Hozirda ishga aloqador boshqa landovurlarning ham iziga tushishgan. Shu sababdan, DXX rahbariyati o'zining barcha ko'ppaklariga (kuratorlar) biroz muddat ko'zdan g'oyib bo'lishni, bloger yoki jurnalist bilan aloqaga chiqmaslikni buyurgan. DXX o'z atrofida Aberayev kabi vijdonini sotgan sotqinlarni yig'ib, ular orqali IIV ni obro'sizlantirish ishlarini Abdusalom Azizov davrida, shaxsan Azizovning roziligi bilan boshlagan. Shu sababdan hozirda sobiq DXX raisini ham ichkariga olishga harakatlar boshlangan.

Bir vaqtlar chekistlar qurgan va o'shandan beri millatimiz gultojlarini yo'q qilish bilan shug'ullanib kelgan bu xoin tuzulma bugunga kelib qulash arafasida turibdi. O'zbek xalqi ortiq bu xoin ko'ppaklardan qo'rqmasligi kerak! Aberayev kabi boshqa sotqinlarniyam tez orada nomlari oshkor bo'ladi. Xalq o'z xoinlarini unutmaydi!

@UygonTuron
👍83🔥159🤝3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX Uchtepa tumani IIB profilaktika inspektorini fuqarodan 10 ming dollar pora olayotganda qo’lga oldi. Janglar shiddatli davom etyapti 🍿

@UygonTuron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏48🤣28👍14😁33🤔1
O’zi bularni hammasi pora oladi. Shunchaki hozir arazlashib qolishgan😉

@UygonTuron
🤣6219🔥10😁9🤔1