Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Oliy Majlis deputatlari 10 yildan buyon amaldorlar uchun daromad dekloratsiyasini qabul qilolmayapti. 35 yildan beri miting va ommaviy namoyishlar to’g’risidagi konstitutsiyaviy huquqimizni tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqisholmaydi. Ammo amaldagi avtoritar rejimni himoya qiluvchi va xalqning erkinliklarini cheklab, totalitar boshqaruvga o’tishni maqsad qilgan “siyosiy ekstrimizm” to’g’risidagi taklifni imi-jimida, bir o’qishda qabul qilib yuborishibdi. Zamonamiz vatan xoinlari aslida ana shular bo’ladi. Tarix va kelajak avlodlar bularning bu xoinliklarini hali ko’p eslaydi.

@UygonTuron
85👍16😢92
Xalqdan yashirincha qabul qilinayotgan “siyosiy ekstrimizm” to’g’risidagi o’zgartirishni to’g’ri deb hisoblaysizmi?

@UygonTuron
Final Results
21%
Ha, muxolifatni yo’q qilish uchun shunday qonun kerak
74%
Yo’q, bu qonun mamlakatni yana jarlikka yetaklaydi
5%
Siyosatga aralashmayman
130👍109🤔1
Vengriyada 100 minglab yoshlar muxolifatni qo’llab namoyishlarga chiqishdi. Hech kim davlatni to’ntarib yuborgani yo’q, Suriya, Afg’oniston bo’lib ketmayapti, shunchaki odamlar konstitutsiyaviy huquqlarini talab qilishyapti va bu erkin jamiyatlarga xos normal holat. Faqat qullargina bunday huquqdan mahrumdirlar.

@UygonTuron
1👍8636🔥7🤔2👎1👏1
G’arbda nasroniylar uch yirik guruhga (katolik, pravoslav va protestant) bo’lingan. O’z navbatida bu guruhlar ham bir necha kichik guruhlarga bo’lingan. Qolaversa dinsizlar ham (ateist, deist, agnostik) judayam ko’p. Shunga qaramay ular jamiyat va davlatni yuksaltirishda doim birlashib harakat qiladilar. Agar kimdir adolatsizlikka uchrasa uning huquqlarini tiklash uchun barchalari birlashadilar. Qaysidir qatlamning huquqlari poymol bo’lsa, “ voy u dinsizku yoki katolik ekanku” - demaydilar. Barcha birdek uning huquqlarini himoya qiladi. Tarafdorlari tashkil qiladigan mitinglar, namoyishlarga zamin yaratishadi. Lavozimga keladigan amaldorning e’tiqodi, millati, o’tmishini emas, uning faoliyatini muhokama qiladilar. Shuning uchun bugun kim adolat izlasa g’arbga keladi.

Eslayman. Yurtimizdagi adolatsizliklar, zulmga qarshi kurashish, muxolifat atrofida birlashib, mamlakatimizda qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyati qurishni maqsad qilib, barcha uyg’oq vatandoshlarimizni safimizga qo’shilishlarini so’rab maydonga chiqdik. Shu paytlarda juda ko’plar bilan shaxsan bog’lanib suhbatlashdim. G’oyamiz barchaga ma’qul bo’ldi. Biroq, birlari, jamoalarizda falonchi benamoz kishi bor ekan, men benamoz bilan bir safda turmayman deya chiqib ketdilar. Boshqalari, saflarizda dindor kishi bor ekan, men radikallar bilan birga bo’lmayman dedilar. Yana birlari, falonchining e’tiqodi to’g’ri emas, u bor joyda meni chaqirmang dedilar. Boshqalari erkchilar bor ekan, falonchi dushmanim bor ekan kabi yana boshqa sabablarini keltirdilar. Ba’zilari, men hozircha kuzatib turaman, balki keyinroq vaziyatga qarab qo’shilarman dedilar. Xullas maqsad qolib, bir-birlarini qarashlarini qoralab safga kelib qo’shilmadilar. Oqibatda bu birlashuv uzoqqa bormadi.
Mana 100 yildan oshibdiki, yurtimini bir vaqtlar yahudiylar qurgan tuzum boshqaryapti. Bu tuzumni qurganlar bizni o’zimizdanda yaxshi biladilar. Nozik nuqtamiz shu e’tiqod masalamiz ekanini bilishgani uchun yillardirkim manashu nuqtamizga zarba berib keladilar. Qachonki xalqni birlashtirishni maqsad qilib kimlardir ko’krak kerib chiqsa, ularni manashu nuqtasidan sindirishadi. Birini ateist deb gap tarqatishadi, boshqasini radikal yoki millatini tojikka, yahudiyga chiqarishadi, o’tmishi haqida turli tuxmat va bo’xtonlar tarqatib o’rtaga nifoq solishadi. Bu fitnaga aldanib o’tgan asrda qo’rboshilarimiz ham birlasholmadi, jadidlarimiz ham bir-birini tuzumga sotdi. Mustaqillik yillaridagi qulay fursat ham havoga uchdi. Ammo xulosa qilinmadi. Bugun ham o’sha eski fitna usuli bilan bo’lib tashlashyapti. Bu mavzuda hammaning o’z haqiqati bor. Ammo tarixning achchiq haqiqati shuki, unda birlashmaganlar doim dushmanga yem bo’ladilar.

Bugun nega g’arb qudratli biz zaif bo’lib qolganimizning yagona formulasi shu. Adolat uchun ular kim bo’lishlaridan qat’iy nazar birlashadilar.

@UygonTuron
168👍19🔥14😢3
Insoniyat tarixidan ma’lumki barcha dinlar mohiyatan adolat bayrog’i ostida vujudga keldi. Qaysiki dinning kelib chiqish tarixini qaramang kishilar eng avvalo unga adolat izlab qo’shildilar. Ammo vaqtlar o’tishi bilan eski dinlar o’z mohiyatini ya’ni adolatni yo’qotib, kuchlilarga (hokimiyatga) kuchsizlarni boshqarish vositasiga aylandi. Aynan shu sababdan yettinchi asrda Islom dini vujudga keldi. Islomdan avvalgi nasroniylik dini o’rta asrlarda inqirozga yuz tutdi. Odamlar ommaviy dindan chiqdilar. Buning birgina sababi nasroniylik endi ilgarigidek ular izlagan adolatni bermagani va shunchaki hukmdorlarning qo’lidagi boshqaruv vositasiga aylangani edi. Odamlar ishondilar va aldandilar. Buni tushunib yetgach uni tark etdilar. Islom dini ham mohiyatan adolat ustiga qurilgan. Kimki uni boshqaruv vositasiga aylantirar ekan u ishonchliligini yo’qotadi va sekin-asta inqirozga yuz tutadi. Bugun Islom nomidan gapirayotganlar bilsinlarki, so’zlari va amallarida zulmga qarshilik ko’rinmasa, haq uchun kurashmasliklarini turli sabablar bilan oqlasalar, Islomning zaiflashishini va eski dinlar kabi mohiyatini yo’qotishi uchun hissa qo’shayotgan sababchilaridan bo’ladilar. Tabiiy shirasi yo’qolgan bolni shakar qo’shib xaridor jalb qilib bo’lmaganidek, mohiyati yo’qolgan e’tiqodni hech bir sunnat amal va hech bir aqida bilan saqlab qolib bo’lmaydi.
Haqiqiy Islom adolat ustida quriladi. Chin mo’minlar haqiqat yo’lida kurashadiganlardir.

@UygonTuron
59👍26👏5
Vengriyada bugungi parlament saylovlarining dastlabki natijasiga ko’ra muxolifat partiyasi 199 deputatlik mandatining 135 tasini qo’lga kiritib g’alab qozonyapti. Amaldagi o’risqul hukumatning 16 yillik diktaturasi tugadi. Bizdayam muxolifat ishtirokida shaffof saylov bo’lsa Mirziyoyev hukumati ham xuddi shunday sharmandali mag’lub bo’ladi. Shuni bilishgani uchun muxolifatga yo’l berishmaydi.

@UygonTuron
👍9021🔥14👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishlog’imiz manzaralari

Bu yerlarda hech qachon anomal nimadirlar bo’lmaydi.
Hech qachon daraxtlarni kesib qurilish qilishayotganini ko’rmaysiz.
Hech qachon svet o’chmaydi va hech qachon qishda metanda navbatda turilmaydi.

@UygonTuron
1👍98🔥86👏3😢32
Qo'rquvga asoslangan ta'lim tizimi qo'rqoq va bo'ysinuvchan talabalarni dunyoga keltiradi. Siz ulardan hech nima kutmang.

Albert Eynshteyn

@UygonTuron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5823🤝5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ultontozni Mirziyoyevga, yaloqbardorlarini dxxchilarga o'xshataman. Xalq Alpomish kelishini kutib yashayapti.

@UygonTuron
👏4525👍12🔥121
Vafo Mo’minga raddiya: Avvalo, vatan omon bo’lishi har bir vatandoshning, ayniqsa, uyg’oq qatlamning qanchalar siyosiy faolligiga bog’liq. Bugun mamlakatlar bosib olinmayapti, sotib olinyapti. Insonlarni majburlab o’zligidan ayirishmayapti, buni ularning xoxishiga aylantirshyapti. Siz kurash bog’lagan yod madaniyatlar tashqaridan emas, ichkaridan tizimli rivojlantirilyapti. Sizningcha TV larimizda qo’yilayotgan faxsh targ’ibotlarini tashqi kuchlar qilyaptimi? TVlarimizni nazorat qiladiganlar ko’rmayaptimi? Siyosiy faollarni sahifalarini bugun bemalol bloklatayotgan dxx landovurlari tobora ko’payib borayotgan instagram va tiktokda 100 minglab obunachilarni yig’ayotgan translar va geylarning sahifalarini nega bloklatolmayapti? Bugun siz aralashishni istamayotgan (balki qo’rqayotgan) siyosat sabab yerlarimiz Xitoylarga sotilyapti, davlat aktivlari AQSH yahudiylari qo’liga o’tyapti, sizningcha bularga kim aybdor?
Biz doim xalqimiz birlashmaydi deb aybni oddiy avomga to’nkab o’rganganmiz. Aslida dunyoning hech qayerida, hech qachon xalq birlashmagan. Xalq doim ergashadi. Istalgan daholaringizni kitoblarini varoqlang, ular ham xuddi shu fikrni bildirishgan. Bizni xalq mustaqillik yillarida ham birlashgan edi. Biroq birlashtirayotgan muxolifatning safida hammasining ham niyati xolis emas edi. Ko’plar muxolifatni kelajagini hokimiyatda ko’rib, manfaat ilinjida unga kelib qo’shildilar. Xalq qo’lladi, biroq ustunlik kommunistlar tomonga o’tgach bu manfur kimsalar muxolifatning parchalanishiga sababchi bo’ldilar. Bu mag’lubiyatlarning ta’siri hozir ham seziladi. Xalqni ergashtirish salohiyatiga ega insonlar real amaliy ishlarga kelganda men siyosatchi emasman deb orqaga urishadi. Faollar qo’rqqanidan keyin oddiy xalqda nima ayb?!
Sizga eslatma! Mirziyoyev ham siyosatchi emas, maktabni ikkiga o’qigan oddiy irrigator. Chekistlar qurgan tuzum doim ana shunaqa ikkichilarni tepaga chiqarib, parda ortidan davlatni o’zlari boshqarib kelishyapti. Bugun O’zbekiston geylashmoqda. Katta ehtimol bilan yana 10-15 yildan keyin hatto g’arb yoqqasini ushlaydigan darajada geylar ko’payib ketadi. Chunki bu ishlar tizimli qilinyapti. Amaldagi rejimni faqatgina jamiyatni faxshga botirib saqlab qolish mumkin. Sizning ularga qarshi kurashingiz esa teskari effekt berib, ularni manfaatlariga xizmat qilyapti. Misol uchun, dutor qo’shig’i aynan tanqidlar sabab rekka chiqdi. Ular sizga buning uchun raxmat aytishsa arziydi.
Vatan qachongi uning mard o’g’lonlari o’limga tik boqib siyosiy maydonga kirsalar omon bo’ladi. Bugun eng muhim janglar maydonlarda emas, minbarlarda bo’lyapti. Bugun tashqaridagi emas, ichimizdagi dushmanlarimiz asosiy xavf bo’lyapti. Bugun konstitutsiyaviy huquqlarimizni eslatish emas, undan foydalanish payti. Shunday muhim tarixiy pallada “Men shunchaki faolman, siyosatchi emasman”deyishingiz, jang maydonidagi “men vatanimni sevaman ammo jang qilolmayman, kechirasizlar” deydigan askarning gapidan bo’lyapti.
Bugungi AQSHni siyosatchilar emas, siz va menga o’xshagan xalqning ichidan chiqqan fidoiylar qurgan edi. Xuddi shunday yurtimizni bugun botayotgan botqoqdan faqatgina uyg’oqlar siyosiy maydonda birlashibgina chiqarishlari mumkin. Boshqa yo’li yo’q.

P.s: Tasavvur qiling, siz, Rasul Kusherbayev va boshqa yuzlab faollar kelinglar birlashib, konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanib, muxolifat partiyasi tuzamiz, parlamentga kirib, o’sha yerda haqiqat uchun kurashamiz desangiz man ishonch bilan aytaman millionlab odamlar atrofingizda birlashadi. Amaldagi avtoritar rejim ham bunday paytda chorasiz qolib sizlarga yon berishga majbur bo’ladi. Shunchaki, muammo xalqda emas, muammo sizlarda. Tizim allaqachon chirib bo’lgan, xalq ham bu tizimdan to’ygan. Ammo uyg’oqlarimizda ozgina “dux”yetishmayapti.

@UygonTuron
👍8431🔥17👎1
Mubashshir Ahmad Tovoqsoyda

@UygonTuron
😢57👍13🤔10
"Davlat ishidan foyda olish niyyatida bo'lganlar, qabrlarni talashga ham qodir jirkanch shaxslardir."

Plutarx (46–127),
qadimgi yunon yozuvchisi,
mutafakkir va tarixchi

@UygonTuron
👍7226🔥31
Demokratiya erkinlik emas. Demos-xalq, kratos-hokimiyat. Ya’ni bunday jamiyatda ko’pchilikning fikri barcha qoidalardan ustun turadi. Agar bizda konstitutsiyamizga amal qilinganida, demokratiyaga yo’l berilganida bugun na dutorchilar maktablarda bemalol yurolardi, na chakib olib intervyu beradigan otarchilar vazir bo’lardi.
Demokratik boshqaruvni xoxlayotgan xalqqa o’zlarining avtoritar boshqaruvlari yaratgan sun’iy buzuqlikni “mana sizlarga demokratiya” deyish xalqni ustidan ochiqcha kulishdan boshqa narsa emas. Xalq dushmanlari bular, xullas.

@UygonTuron
75👍46🔥6👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoga qo’rquv soladigan Trump o’q ovozidan keyin sahnadan yonida o’tirgan ayoliniyam tashlab, emaklab qochib ketdi. Uning eng ishonchli odami Vins esa undan ham oldin quyonni rasmni chizdi.

Bu kadrlar shuni ko’rsatadiki, hokimiyat har qanday qo’rqoqni botir qilib qo’yadi. Insonni aslini himoyasiz qolganida ko’rish mumkin. Davlat medialari tizimni va diktatorni tinimsiz kuchli, aqlli va qo’rqmas qilib odamlar ongiga singdirishga urinadilar. Aslida tizim ham, u yaratgan diktator ham o’ta qo’rqoq va zaif bo’ladi. Ularni qudratli qiladigan yagona kuch bu - xalq. Xalqdan kuch olib, xalqqa zulum qilish diktaturaning jirkanch qiyofasidir. Haqiqiy mardlar bunday jirkanch tizimga xizmat qilmaydilar.

@UygonTuron
1👍8740🤝2😁1
Masalan siz ham diktator bo’lsangiz, butun tizim, kuch tuzilmalari sizga xizmat qilsa, atrofizda minglab qo’riqchilar va butun vakolatlar o’z qo’lizda bo’lsa, siz ham anchagina dovyurakka aylanasiz. Ammo diktatorlar sizning o’rningizda bo’lganlarida hech qachon siz kabi tizimni kamchiliklarini ayta olishga o’zlarida jur’at topolmasdilar. Har bir diktator o’zidan avvalgi diktatorni tovonini yalab ,tuzumning sodiq quli bo’lib hokimiyatga kelganini unutmang.

@UygonTuron
181👍32🔥5
Mana siyosiy partiyalar ham xalq bilan muloqotlarni boshlab yubordilar. Saylovlarga hali ancha borku, bularni kim erta uyg’otib yubordi ekan?

@UygonTuron
🤔5128👍23👎11