This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍104😢21🔥13💯3🌚1
Paxta qulligidan OPEN BYUDJETGA
Mirziyoyev o’zini o’qituvchilarni paxta qulligidan ozod qilgan qilib ko’rsatadi. Biroq, paxta qulligi mintaqamizda suv keskin kamayib ketishi, tuproq tarkibidan namlik qochishi, unumdor yerlar qisqarib ketishi, qolaversa tashqi bosimlar va sanksiyalar ortidan tugatildi. Ammo ta’lim sohasi qullikdan ozod qilinmaganini bugun OPEN BYUDJET misolida ko’rishimiz mumkin.
Open byudjet aslida nima?
Dunyoda u qanday ishlaydi?
Nega o’qituvchilar ovoz yig’ish uchun majburlanyapti?
Yakshanba, Toshkent vaqti bilan 21:00 da @UygonTuron telegram kanalida bo’ladigan navbatdagi xalq bilan muloqotimizda shu haqida suhbatlashamiz.
Adolatli jamiyat majburlash bilan emas, ishonch bilan quriladi.
@UygonTuron
https://www.youtube.com/live/5qceuKl8Q5Y?is=tPxf1N4nZLVyP6ED

YouTube
Qullikdan qullikka. Mirziyoyev o’qituvchilarni qullikdan ozod qilmadi.
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
💯44👍35🔥3👏2
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar.
Sizlarni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ramazon oyi - sabr, poklanish va mehr-oqibat oyidir. Bu muborak kunlarda tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimiz va ezgu amallarimiz Alloh dargohida qabul bo‘lishini tilayman.
Qalbimizdagi ezgulik, bir-birimizga bo‘lgan hurmat va birdamlik doimo mustahkam bo‘lib qolsin.
Muhtojlarga yordam berish, yaqinlar holidan xabar olish, aynan mana shu kunlarning eng go‘zal fazilatidir. Oz bo’lsada shu oyda siyosiy mahbuslarimizning oilalariga yordam qildik. Yordamchi bo’lgan barchadan Alloh rozi bo’lsin.
Birlashsak katta kuchmiz✊🏻
Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙
✅ Asliddin Kamol

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥20🤝13👏10💯1
👍77👏6💯3🤝3👎2
“OPEN BYUDJET QULLIGI” haqida:
1. Konstitutsiya va qonunlarga ko‘ra, davlat aholidan soliq yig‘adi va evaziga ularni ichimlik suvi, yo‘l, elektr energiyasi va xavfsizlik bilan ta’minlashga majbur. Bu - davlatning xalq oldidagi birlamchi majburiyati.
"Open Byudjet" bu majburiyatni "imtiyoz"ga aylantirdi. Hukumat odamlarga: "Sening yo‘ling yo‘qligi mening aybim emas, sening yetarlicha ovoz to‘play olmaganingni natijasi" degan g‘oyani singdirmoqda. Bu - davlatning o‘z funksional majburiyatlarini bajara olmayotganini xalqning zimmasiga yuklash orqali yashirishdir.
2. "Oshlik o‘yinlari" (Hunger Games) effekti.
Resurslar (pul) ataylab kam ajratiladi. Bu odamlar o‘rtasida sun’iy raqobatni keltirib chiqaradi. Bir mahalla ikkinchi mahalla bilan "jang" qiladi. Qo‘shni qo‘shni bilan ovoz uchun talashadi. Bu tizim jamiyatni birlashtirmaydi, aksincha, "manfaatlar to‘qnashuvi" orqali parchalaydi. Odamlar o‘z muammolarining haqiqiy sababchisi bo‘lgan yuqori tizimga emas, balki ko‘p ovoz to‘plab yuborgan qo‘shni mahallaga nafrat qila boshlaydi. Bu - klassik "bo‘lib tashla va hukmronlik qil" usulidir.
3. Ijtimoiy korrupsiya va "Ovoz bozori"
Tizim odamlarni g‘ayriaxloqiy yo‘llarga majburlaydi. Bir litr yog‘, besh ming so‘m pul yoki gazli ichimlik evaziga ovoz yig‘ish - bu jamiyatning ma’naviy degradatsiyasiga xizmat qiladi. O‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa byudjet tashkiloti xodimlari yana o‘sha "majburiy mehnat"ning yangicha shakli - "majburiy ovoz yig‘ish"ga jalb qilinadi. Bu avtoritar rejimning jamiyatni o‘z irodasiga bo‘ysundirish va odamlarni kichik manfaatlar quliga aylantirish instrumentidir.
4. Statistik Legitimlik (Xalqaro imidj)
Avtoritar davlatlar uchun G‘arb moliya tashkilotlaridan kredit olish juda muhim.
Jahon banki yoki XVJ (IMF) pul berayotganda "demokratiya va shaffoflik" talab qiladi. "Ochiq Byudjet" - bu g‘arbga ko‘rsatish uchun tayyorlangan "demokratiya vitrinasi"dir. Hukumat: "Mana, bizda xalq hamma narsani hal qilyapti, millionlab odamlar ovoz beryapti" deb maqtanadi. Aslida esa bu - qaror qabul qilish jarayonida xalq ishtirok etayotganining soxta ko‘rinishidir.
5. Byudjetdagi "Uvoqlar" va "Katta piroglar"
Raqamlarga e’tibor bersak, "Ochiq Byudjet"ga ajratilayotgan mablag‘ umumiy davlat budjetining juda kichik (ko‘pincha 5 foizdan ham kam) qismini tashkil qiladi. Katta va milliard dollarlik davlat loyihalari (shahar markazlaridagi qimmatbaho qurilishlar, "City"lar, ma’muriy binolar) hali ham yopiq eshiklar ortida, hech qanday ovozsiz taqsimlanadi. Xalqqa esa faqat "uvoqlar" (maktab tomiga shifer, qishloqqa bitta transformator) tashlanadi va uni ham "talashib olinglar" deyiladi. Bu - xalqni haqiqiy katta pullar qayerga ketayotganidan chalg‘itish uchun qilingan vizual dekoratsiya.
6. "Ochiq Byudjet" - bu tizim uchun xavfsizlik klapani.
Odamlardagi ichki bosim (yo‘lsizlik, suvsizlik, chiroqsizlikdan to‘yganlik) portlab ketmasligi uchun ularga bitta o‘yinchoq - "ovoz yig‘ish o‘yini" berilgan. Bu o‘yin odamlarni charchatadi, bir-biriga qarshi qo‘yadi va eng muhimi - hukumatga noqulay savollar berishdan chalg‘itadi.
7. Soliq to‘lovchidan "Gado" yasash
Bu tizimning eng katta ma’naviy zarbasi - odamlarning psixologiyasini o‘zgartirishidir.
Normal davlatda odamlar: "Men soliq to‘ladim, yo‘limni qurib berishga majbursan!" deb talab qiladi. "Ochiq Byudjet"da esa fuqaro: "Iltimos, menga ovoz bering, yo‘limizni ta’mirlab berishsin" deb yalinadi.
Hukumat fuqaroni "haq talab qiluvchi"dan "shafqat tilovchi"ga aylantirdi. Siz o‘z pulingizga qurilishi kerak bo‘lgan narsa uchun tilanchilik qilyapsiz. Bu - jamiyatning siyosiy irodasini sindirish va uni kamsitishning eng oliy formasi.
"Ochiq Byudjet" - bu xalqni "ma’muriy ovunchoq" bilan band qilib qo‘yishdir. Odamlar internetda bir-biri bilan "urushayotgan", SMS to‘playotgan, guruhlarda bir-birini haqorat qilayotgan bir paytda:
Davlatning katta mablag‘lari (milliardlab dollar) qayerga ketayotgani haqida hech kim savol bermaydi.
Siyosiy islohotlar, erkin saylovlar va korrupsiya haqidagi haqiqiy muammolar ikkinchi darajaga tushib qoladi.

👍48💯29🔥5
Hukumat esa dunyoga "Bizda xalq byudjetni taqsimlayapti" deb, eng aqlli diktatura modelini ko‘rsatadi.
Yakshanba, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da @UygonTuron telegram kanalida ushbu mavzuda atroflicha xalq bilan muloqot qilamiz. Kelajagingizga befarq bo’lmang!

👍72💯18🔥10⚡2👎1
Mirziyoyevni videosi ostidagi izohlar. Bugun xalqni laqillatib bo’lmasligini bular qachon tushunib yetar ekan?
@UygonTuron
@UygonTuron
👍84💯33
XVI asrda hokimiyat Shayboniylar emas, Boburiylar qo’lida qolganida bugun o’zbek degan nom bizga mutlaqo begona bo’lardi. Sizningcha, agar Shayboniylar bizning tuproqlarimizga kirib kelmaganida va hokimiyat Temuriylar qo’lida qolganida hozir millatimiz va mamlakatimiz nomi tahminan qanday bo’lardi?
@UygonTuron
@UygonTuron
👍43
Masalan mengayam shunday mazmundagi xabarlar judayam ko’p keladi. O’nlab shunga o’xshagan xabarlarni kanalga joylashim mumkin lekin buni o’zimga lozim ko’rmayman. Shu kungacha bular nima mag’zava ag’darsa indamadim, ahamiyat bermaslikka harakat qildim. Biroq, nima qilarini bilmay qolgan bu to’da o’zim ularga hadya qilgan kanal va guruhda ko’rnamaklarcha men va ustoz Jahongir Muhammadni yomonlashdan nariga o’tisholmayapti. Tasavvur qiling ko’chada qolgan bir to’da yalangoyoqlarni uyizga kiritib, ularga joy berasiz. Keyin bu yalangoyoqlar ko’rmaganni ko’rgani qursin qabilida sizni o’z uyizni ularga qoldirib ketishga majbur qoldiradi. E mayli, Alloh o’zi yo’limni ochadi deya ularga uyingizni qoldirib ketasiz. Biroq, bu uyga mehnati singmagan, beli og’rimagan yalangoyoqlar uyingizni maymunxonaga aylantirishadi. Oqibatda hamma u yerdan qochadi. Kundan-kunga atroflarida hech kim qolmaganini ko’rgan yalangayoqlar barchasiga yana sizni aybdor qilishni boshlashadi. BO’Mda qolganlar va men o’rtamizdagi voqealar ham shu qissaga o’xshaydi. Ko’plar e’tibor bermang bir kun charchashar deyishdi. Lekin farosatdan mosuvo bu odamlar hech menikiga osilishdan charchaydiganga o’xshamaydi. Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da, @UygonTuron telegram kanalimda chat ochaman. Kimni nima gapi bo’lsa bemalol kelib chatda o’zimga aytishi mumkin. Savollar bo’lsa ochiq javob beraman. Har xil tuxmatlariga ham asos topib berolsalar ochiq javob beraman. Qolaversa ularga ham mening savollarim bor. Man ochiq muloqotga tayyorman. Zora shundan keyin menikini chaynashni bas qilishsa.
@UygonTuron
@UygonTuron
🔥48💯23👍10👏5
Tovuqxonani bir kunda qursa bo’ladi. Mustahkam qal’a esa yillar davomida quriladi. Bizga ishongan millionlab yurtdoshlarimizni mustahkam qal’ada jamlash mumkin edi, tovuqxonada emas. Afsuski xalqning e’tibori va qo’llovini ko’rib, ilgari hech bunday e’tibor ko’rmagan hovliqmalar qal’a qurishga ko’p vaqt ketadi, biz shoshilishimiz kerak deya tovuqxona qurdilar. Ma’lumot uchun ular ro’yxatdan o’tkazgan NNT lardan 2024 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston ichida 8240 ta shunday jamoat birlashmalari mavjud. Ya’ni bunday markazlarni hatto elchixonasi bo’lmagan uzoq Kanadadan emas, O’zbekiston ichidan ham ro’yxatdan o’tkazsa bo’lardi. Tovuqxona qurish uchun O’zbekistonda hech qanday ta’qiq yo’q.
Ular, chetda muxolifat deb ro’yxatdan o’tkazib bo’lmas ekan deya bizni aybdor qilmoqchi bo’ldilar. Lekin nizomlari umuman boshqa yo’nalishda ekani, BO’M qabul qilgan nizom bu emasligini gapirmadilar. Hay’atimiz bor deydilar, vaholanki hujjatlarga qaralsa bu markazda atigi uchta ta’sischi va ularning hech biri jamoatchilikka tanish bo’lmagan, hatto o’zbekcha bo’lmagan ismlarni ko’rish mumkin. Bosh ta’sischi Ziyad Husseyn kim? Nega buni ommaga ochiqlashni istashmayapti? Bungayam biz aybdormizmi? Ular biz BO’Mni davom ettiramiz deb da’vo qilishganida men o’z kanal va guruhlarimni ularga hadya qildim. Yo’qsa bu bechoralar qanday qilib yangi kanal ochib odam to’play olardi? Shular qiynalmasin deb o’z kanalimni ularga qoldirdim. Biroq, yaxshilikni bilmaydigan, ichida marrazi to’lib ketgan bu hasadchi kimsalar mendan olgan o’z kanalimda meni va men hurmat qiladigan ustoz Jahongir Muhammadni qoralashdan nariga o’tisholmayapti. Ammo bu ham yaxshilikka, agar kanalimni bermaganimda ularning naqadar pastkash kimsalar ekanini jamoatchilikka qanday ko’rsatgan bo’lardim?
Xullas, BO’M katta maqsadlar bilan boshlangan edi. Ammo uni saviyasi tovuqxona qurish darajasidagilar bilan davom ettirib bo’lmasligini tushunganimiz uchun tark etdik. Ha vaqtimiz oz edi, mustahkam qal’a qurishga ko’p vaqt ketardi. Ammo bizni boshqa choramiz yo’q edi. Bu qal’a poydevorlari aslida 90-yillarda qo’yilishi kerak edi. Ammo bizdan oldingilar qal’a qurish o’rniga bir-birlarini qoralash bilan vaqtni behuda o’tkazib yuborishdi. Shuning uchun qanchalar mashaqqatli va uzoq vaqt talab qilmasin, biz bugun ular boshlamagan ishlardan boshlashga majburmiz. Poydevori yo’q qal’ani fasadini boshlolmaymiz.
Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da @UygonTuron da barcha andishalarni chetga surib, ochiq va qattiq gaplashamiz.

💯49👍29🔥9👎1😢1
Ko’rnamakka ming yaxshilik qilsangam baribir ko’rnamakligini qilarkan. Ular o’z kuchi bilan hech qachon erisholmaydigan, bunga aqli ham, saviyasi ham yetmaydigan lavozimingni berasan, maydonni berasan, kanal va guruhlaringni berasan. Lekin ko’rnamak shularniyam yuzxotir qilmas ekan.
Shu paytgacha andisha qildik lekin bu ko’rnamaklar boshqacha tushundi. Bundan keyin ayash yo’q, andisha ham yo’q.

👏48💯32👍14🔥4🤝3
Ko’plab yurtdoshlar bu masxarabozlardan kanalni qaytarib oling deyishyapti. Ular lavfzida turmagani va umuman boshqa yo’ldan ketib, ko’rnamaklik qilgani uchun ham kanal va guruhlarni o’z egasiga qaytarishlari shart. O’zlari bemalol yangi kanal ochib, jamoalarini o’sha yerga o’tkazishlari mumkin. Ko’rnamaklarga bir hafta muxlat beraman. Yangi kanal ochib kanallarini reklama qilib, bir hafta ichida auditoriyalarini o’sha yerga ko’chirishlari mumkin. Xalqni ergashtira oladigan odamlar bundan aslo qo’rqmaydi.
Bir hafta ichida kanalim va guruhim qaytarilmasa uni qanday bergan bo’lsam shunday olishni ham bilaman. Biroq, undan keyin o’sha jamoada parda ortida berkinib o’tirgan har bir ko’rnamakniyam elga tanitishni boshlayman. Va’da beraman, BO’Mni ichidan yemirgan bu ko’rnamaklarni xalqqa tanitishimda erkagu-ayol, yoshu-keksa ko’rnamaklarni hech biri e’tibordan chetda qolmaydi. Qilgan iflosliklaringiz uchun barchangiz hisob berasiz.

💯63👏34👍20🔥4⚡2
Xullas markaz tuzdik deb laqillatayotgan tovuqxonalarini huquqiy egasi mana shu odam. Jahongir Muhammad bilan bu xayrli ishni boshlaganimizda shu xalq oydinlari bilan birgalikda xalqimizni bir ezgu maydonga birlashtirishni maqsad qilgandik. Biroq, arzimagan guruh logosini Hay’at ruxsatisiz o’zgartirding deb ishtonini boshiga kiygan Shoira Hasan sabab, o’zimiz bu ko’rnamaklarsiz alohida harakat boshlashni maqsad qilib, u joydan ketdik. Aslida BO’M biz bilan boshlanib, biz bilan tugagan edi. Bugun bu ayol Hay’atga ham, muxolifatgayam, xalqimizgayam aloqasi bo’lmagan qanaqadir Muhammad Hussain degan kimsaning nomiga markaz ochib, ana biz Asliddin qilolmagan ishni uddaladik deyishi odamni kulgusini keltiradi.
Siyosatni s harfiniyam tushunmaydigan bu “Biznes women” tushunishi uchun uning tilida tushuntiraman.
Biz katta korporratiya qurmoqchi edik. Ta’sischilar muxolifat vakillari bo’lishi va bu korporratsiya xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak edi. Biznesmen opa esa korporratsiya deb YATT ochibdilar. Bu YATTni egasiyam xalqimizga begona odam. U istalgan payt bu YATT ni yopishi yoki faoliyatini yana o’zgartirishi mumkin. Hay’at bilan maslahatlashmasdan. Chunki qonuniy ega u. Birlashgan Muxolifatda esa saylov bo’lishi kerak edi? Nizomga ko’ra har yili rais saylanishi kerak edi? Qarorlarni Hay’at berishi kerak edi? Nizomga tupurib barchasini barbod qilgani uchun xalqni oldida hisob berish kerak emasmi endi? Arzimagan logotipni bahona qilib katta janjal chiqargan bu ayol butun mehnatlarimizni bir joyiga tiqib yuborganiga javob berishi kerak, menikini hadeb chaynayvermay!
Eslatma! Men 8 yanvarda rais etib saylandim. 12 fevralda o’z xoxishim bilan ketdim. Kanalga kirib meni davrimdagi faoliyati bilan keyingi davrdagi faoliyatga qarab ham baho berish mumkin. Axmoq ham butun mehnatlarimizni bu ko’rnamaklar ketiga tiqqanini ko’rib, bilib turibdi. Ammo bu sharafsiz ko’rnamaklar shundayam xulosa qilib, xatosini tan olish o’rniga, barchasiga bizni aybdor qilishdan to’xtashmayapti. Bir soatdan keyin ko’rnamaklar bilan ochiq muloqot qilamiz. Kimni nima gapi bo’lsa kelsin, keyin yana orqadan osilib yurmasin. Betayinlarga vaqt ajratishga har kun ham vaqtim bo’lavermaydi.

💯59👍23⚡4🔥3👎1