Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
6262910206114274

Vazira Egamberdiyeva
👍89
Forwarded from Vazira Egamberdieva
👍103🔥3🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gyugo va Plexanov inqiloblar haqida naqadar haq edilar.

Agar inqilob yoki davlat to’ntarishlari xalqimizga yaxshilik olib kelganida men ikkilanmay shu yo’lni tanlagan bo’lardim. Biroq, Gyugo aytganidek, inqiloblar amaldagi rejimning qudratini yanada oshiradi va xalqning ozodligini yana bir necha yillar ortga suradi. O’ylanmay qilingan 1999 yil voqealari Karimov hokimiyatini yanada mustahkamlagani, Andijon voqealaridan so’ng O’zbekistonda IAK diktaturasi mutlaq o’rnatilgani bunga misol.

Shu kunlarda chirib, qulashiga oz qolgan Eron rejimi AQSH va Isroil hujumi sabab yanada mustahkamlangani, Oliy rahnamo o’ldirilgani, tizimning qudratini yanada oshirganini ko’ryapmiz. Hatto qudratli AQSH va Isroil ham Gyugo va Plexanovlarning xulosalarini noto’g’riga chiqara olishmadi. Mediasi, quroli, puli yo’q O’zbekiston aholisi bugungi kunda amaldagi rejimga qarshi qiladigan har qanday g’ayriqonuniy harakati o’zining zarariga ishlashiga inqilob qilish kerak deyayotganlarni farosati yetmayotgani achinarli.

Hozirgi siyosiy jarayonlarda, avtoritar rejimni ildizini quritish, konstitutsiyaviy, qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyat qurishning eng to’g’ri yo’li bu qonuniy huquqlarimizni talab qilish va siyosiy maydonda huquqiy birlashish. Shuning uchun biz yurtdoshlarimizni, konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga va Mirziyoyev diktaturasiga qarshi siyosiy maydonda birlashishga chaqiramiz.

Birlashsak katta kuchmiz!

@UygonTuron
👍78💯30🔥2
Ustoz Jahongir Muhammadning facebook va you tube sahifalari bloklangan. Shu sababli navbatdagi yoyin bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da https://t.me/jahonnoma telegram kanallarida bo’lib o’tadi. E’lonni barchaga tarqating.

@UygonTuron
👍116🔥5🤝31💯1
O'txo'r sher😅

Musulmon kishi zulmga qarshi isyonkor bo'lishi kerak. Qo'ytabiat emas.

@UygonTuron
👍82💯36🎉2
Avval ta’kidlaganimdek, bizni xalq juda tez birlashadi. Faqat birlashishiga yo’l qo’ymaydigan tizim uzluksiz ishlab turgani uchun ham birlasholmayapti.

Birlashgan muxolifat ichidan bo’linmagan uch kishi, men, Jahongir Muhammad va Komil Inson qoldik. Tinchimagan chekistlar tizimi endi shu uchlikni ham bo’lib tashlashni maqsad qilib , tarmoqlarda turli fitnalarni boshlab yuborishdi. Ammo bu maqsadlari amalga oshmaydi. Ularning fitnalariga oson aldanadiganlar bugun safimizda yo’q. Ichkaridan fitna chiqaradiganlar ham endi qayta safimizga kiraolishmaydi. Shu sababdan ham fitnani tashqaridan, yangi yuzlarning qo’li bilan boshlashganini farosat ahli tushunib oladi.

O’zi odatda fitnachilarga ahamiyat bermayman. Ammo bularning bir yomon odati bor. Bugun qilgan tuxmatlarini ertaga unutib yuborishadi. Kimdir eslatsa eslay olishmaydi. Masalan, do’stim Abduqodirga suiqasd qilinganida shu fitnachilar Abduqodir birovni xotini bilan yurar ekan, eri bilib qolib bu ishlarni qilibdi degan ig’volarni tarqatishgandi. Oradan mana uch yil o’tdi. Butun boshli tizim nega bular o’shanda bilgan erkakni topolmadi? Suiqasd ishi jinoyatchilar topilmagani uchun to’xtatildi. Bugun bir dumalab Abduqodirga qayg’urib qolganlar, o’shanda unga tinmay loy chaplashganini unutishgan bo’lishsa ham men yaxshi eslayman. Abduqodirni ustidan kimlar yozganini unutishgan bo’lishsa ayblov xulosadagi arizachilarning ism-shariflarini yana bir bor ommaga e’lon qilishim mumkin.

@UygonTuron
🔥63👍35💯62
"Yaxshi va saxovatli ishlarni podshohning oʻzi qilishi kerak, qora va iflos ishlarni esa boshqalarni qoʻli bilan qilishi kerak. Shunda raiyat oldida podsho adolatli, saxovatpesha koʻrinadi, yomonliklar esa boshqalarning boʻyniga tushadi. Bu ish bilan hukmdorlar, ham xalqning mehrini qozonadi, ham oʻziga qarshi boʻlgan kuchlardan qutuladi. 

©Nikolla Makiyavelli " Hukmdor"

@UygonTuron
💯69👍32🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni laqillatishlariga yo’l qo’ymang!

@UygonTuron
🔥38💯32👍261🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kim edigu kim bo'ldik?

@UygonTuron
👍104😢21🔥13💯3🌚1
Paxta qulligidan OPEN BYUDJETGA

Mirziyoyev o’zini o’qituvchilarni paxta qulligidan ozod qilgan qilib ko’rsatadi. Biroq, paxta qulligi mintaqamizda suv keskin kamayib ketishi, tuproq tarkibidan namlik qochishi, unumdor yerlar qisqarib ketishi, qolaversa tashqi bosimlar va sanksiyalar ortidan tugatildi. Ammo ta’lim sohasi qullikdan ozod qilinmaganini bugun OPEN BYUDJET misolida ko’rishimiz mumkin.

Open byudjet aslida nima?
Dunyoda u qanday ishlaydi?
Nega o’qituvchilar ovoz yig’ish uchun majburlanyapti?

Yakshanba, Toshkent vaqti bilan 21:00 da @UygonTuron telegram kanalida bo’ladigan navbatdagi xalq bilan muloqotimizda shu haqida suhbatlashamiz.

Adolatli jamiyat majburlash bilan emas, ishonch bilan quriladi.

@UygonTuron

https://www.youtube.com/live/5qceuKl8Q5Y?is=tPxf1N4nZLVyP6ED
💯44👍35🔥3👏2
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar.

Sizlarni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ramazon oyi - sabr, poklanish va mehr-oqibat oyidir. Bu muborak kunlarda tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimiz va ezgu amallarimiz Alloh dargohida qabul bo‘lishini tilayman.

Qalbimizdagi ezgulik, bir-birimizga bo‘lgan hurmat va birdamlik doimo mustahkam bo‘lib qolsin.

Muhtojlarga yordam berish, yaqinlar holidan xabar olish, aynan mana shu kunlarning eng go‘zal fazilatidir. Oz bo’lsada shu oyda siyosiy mahbuslarimizning oilalariga yordam qildik. Yordamchi bo’lgan barchadan Alloh rozi bo’lsin.

Birlashsak katta kuchmiz✊🏻

Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙

Asliddin Kamol

@UygonTuron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥20🤝13👏10💯1
Ustoz Jahongir Muhammadni yangi you tube sahifalari.

https://youtu.be/_TnK126TVwI
👍77👏6💯3🤝3👎2
“OPEN BYUDJET QULLIGI” haqida:

1. Konstitutsiya va qonunlarga ko‘ra, davlat aholidan soliq yig‘adi va evaziga ularni ichimlik suvi, yo‘l, elektr energiyasi va xavfsizlik bilan ta’minlashga majbur. Bu - davlatning xalq oldidagi birlamchi majburiyati.

"Open Byudjet" bu majburiyatni "imtiyoz"ga aylantirdi. Hukumat odamlarga: "Sening yo‘ling yo‘qligi mening aybim emas, sening yetarlicha ovoz to‘play olmaganingni natijasi" degan g‘oyani singdirmoqda. Bu - davlatning o‘z funksional majburiyatlarini bajara olmayotganini xalqning zimmasiga yuklash orqali yashirishdir.

2. "Oshlik o‘yinlari" (Hunger Games) effekti.

Resurslar (pul) ataylab kam ajratiladi. Bu odamlar o‘rtasida sun’iy raqobatni keltirib chiqaradi. Bir mahalla ikkinchi mahalla bilan "jang" qiladi. Qo‘shni qo‘shni bilan ovoz uchun talashadi. Bu tizim jamiyatni birlashtirmaydi, aksincha, "manfaatlar to‘qnashuvi" orqali parchalaydi. Odamlar o‘z muammolarining haqiqiy sababchisi bo‘lgan yuqori tizimga emas, balki ko‘p ovoz to‘plab yuborgan qo‘shni mahallaga nafrat qila boshlaydi. Bu - klassik "bo‘lib tashla va hukmronlik qil" usulidir.

3. Ijtimoiy korrupsiya va "Ovoz bozori"

Tizim odamlarni g‘ayriaxloqiy yo‘llarga majburlaydi. Bir litr yog‘, besh ming so‘m pul yoki gazli ichimlik evaziga ovoz yig‘ish - bu jamiyatning ma’naviy degradatsiyasiga xizmat qiladi. O‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa byudjet tashkiloti xodimlari yana o‘sha "majburiy mehnat"ning yangicha shakli - "majburiy ovoz yig‘ish"ga jalb qilinadi. Bu avtoritar rejimning jamiyatni o‘z irodasiga bo‘ysundirish va odamlarni kichik manfaatlar quliga aylantirish instrumentidir.

4. Statistik Legitimlik (Xalqaro imidj)

Avtoritar davlatlar uchun G‘arb moliya tashkilotlaridan kredit olish juda muhim.
Jahon banki yoki XVJ (IMF) pul berayotganda "demokratiya va shaffoflik" talab qiladi. "Ochiq Byudjet" - bu g‘arbga ko‘rsatish uchun tayyorlangan "demokratiya vitrinasi"dir. Hukumat: "Mana, bizda xalq hamma narsani hal qilyapti, millionlab odamlar ovoz beryapti" deb maqtanadi. Aslida esa bu - qaror qabul qilish jarayonida xalq ishtirok etayotganining soxta ko‘rinishidir.

5. Byudjetdagi "Uvoqlar" va "Katta piroglar"

Raqamlarga e’tibor bersak, "Ochiq Byudjet"ga ajratilayotgan mablag‘ umumiy davlat budjetining juda kichik (ko‘pincha 5 foizdan ham kam) qismini tashkil qiladi. Katta va milliard dollarlik davlat loyihalari (shahar markazlaridagi qimmatbaho qurilishlar, "City"lar, ma’muriy binolar) hali ham yopiq eshiklar ortida, hech qanday ovozsiz taqsimlanadi. Xalqqa esa faqat "uvoqlar" (maktab tomiga shifer, qishloqqa bitta transformator) tashlanadi va uni ham "talashib olinglar" deyiladi. Bu - xalqni haqiqiy katta pullar qayerga ketayotganidan chalg‘itish uchun qilingan vizual dekoratsiya.

6. "Ochiq Byudjet" - bu tizim uchun xavfsizlik klapani.

Odamlardagi ichki bosim (yo‘lsizlik, suvsizlik, chiroqsizlikdan to‘yganlik) portlab ketmasligi uchun ularga bitta o‘yinchoq - "ovoz yig‘ish o‘yini" berilgan. Bu o‘yin odamlarni charchatadi, bir-biriga qarshi qo‘yadi va eng muhimi - hukumatga noqulay savollar berishdan chalg‘itadi.

7. Soliq to‘lovchidan "Gado" yasash

Bu tizimning eng katta ma’naviy zarbasi - odamlarning psixologiyasini o‘zgartirishidir.
Normal davlatda odamlar: "Men soliq to‘ladim, yo‘limni qurib berishga majbursan!" deb talab qiladi. "Ochiq Byudjet"da esa fuqaro: "Iltimos, menga ovoz bering, yo‘limizni ta’mirlab berishsin" deb yalinadi.

Hukumat fuqaroni "haq talab qiluvchi"dan "shafqat tilovchi"ga aylantirdi. Siz o‘z pulingizga qurilishi kerak bo‘lgan narsa uchun tilanchilik qilyapsiz. Bu - jamiyatning siyosiy irodasini sindirish va uni kamsitishning eng oliy formasi.

"Ochiq Byudjet" - bu xalqni "ma’muriy ovunchoq" bilan band qilib qo‘yishdir. Odamlar internetda bir-biri bilan "urushayotgan", SMS to‘playotgan, guruhlarda bir-birini haqorat qilayotgan bir paytda:
Davlatning katta mablag‘lari (milliardlab dollar) qayerga ketayotgani haqida hech kim savol bermaydi.
Siyosiy islohotlar, erkin saylovlar va korrupsiya haqidagi haqiqiy muammolar ikkinchi darajaga tushib qoladi.
👍48💯29🔥5
Hukumat esa dunyoga "Bizda xalq byudjetni taqsimlayapti" deb, eng aqlli diktatura modelini ko‘rsatadi.

Yakshanba, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da @UygonTuron telegram kanalida ushbu mavzuda atroflicha xalq bilan muloqot qilamiz. Kelajagingizga befarq bo’lmang!

@UygonTuron
👍72💯18🔥102👎1
Live stream scheduled for