Uyg’onish
1.46K subscribers
103 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Siz nima deysiz? Fikrlarizni izohlarda qoldiring.

https://youtu.be/4CrN2gzVZfs?is=LM1G7PHSKnFgEYSv
👍82💯17🔥13🤔2🤝2
Agar siz kema qurmoqchi bo’lsangiz odamlarni majburlashingiz, rejalashtirishingiz, ishlarni taqsimlashingiz, vositalar olishingiz shart emas. Odamlarga cheksiz dengiz zavqini yuqtirishingiz kerak. Keyin ular o’zlari kemani qurishadi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi

@UygonTuron
👍85💯35🔥6👏4
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risidagi qonunning 4 va 5 moddalari. Muxolifatni shu kungacha tanqid qilib kelayotgan quloqlar qachon ushbu qonunga muvofiq amaldagi 5 ta qo’g’irchoq partiyadan hisob so’rashgan?

@UygonTuron
👍78💯19🔥3👎1
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
6262910206114274

Vazira Egamberdiyeva
👍89
Forwarded from Vazira Egamberdieva
👍103🔥3🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gyugo va Plexanov inqiloblar haqida naqadar haq edilar.

Agar inqilob yoki davlat to’ntarishlari xalqimizga yaxshilik olib kelganida men ikkilanmay shu yo’lni tanlagan bo’lardim. Biroq, Gyugo aytganidek, inqiloblar amaldagi rejimning qudratini yanada oshiradi va xalqning ozodligini yana bir necha yillar ortga suradi. O’ylanmay qilingan 1999 yil voqealari Karimov hokimiyatini yanada mustahkamlagani, Andijon voqealaridan so’ng O’zbekistonda IAK diktaturasi mutlaq o’rnatilgani bunga misol.

Shu kunlarda chirib, qulashiga oz qolgan Eron rejimi AQSH va Isroil hujumi sabab yanada mustahkamlangani, Oliy rahnamo o’ldirilgani, tizimning qudratini yanada oshirganini ko’ryapmiz. Hatto qudratli AQSH va Isroil ham Gyugo va Plexanovlarning xulosalarini noto’g’riga chiqara olishmadi. Mediasi, quroli, puli yo’q O’zbekiston aholisi bugungi kunda amaldagi rejimga qarshi qiladigan har qanday g’ayriqonuniy harakati o’zining zarariga ishlashiga inqilob qilish kerak deyayotganlarni farosati yetmayotgani achinarli.

Hozirgi siyosiy jarayonlarda, avtoritar rejimni ildizini quritish, konstitutsiyaviy, qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyat qurishning eng to’g’ri yo’li bu qonuniy huquqlarimizni talab qilish va siyosiy maydonda huquqiy birlashish. Shuning uchun biz yurtdoshlarimizni, konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga va Mirziyoyev diktaturasiga qarshi siyosiy maydonda birlashishga chaqiramiz.

Birlashsak katta kuchmiz!

@UygonTuron
👍78💯30🔥2
Ustoz Jahongir Muhammadning facebook va you tube sahifalari bloklangan. Shu sababli navbatdagi yoyin bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da https://t.me/jahonnoma telegram kanallarida bo’lib o’tadi. E’lonni barchaga tarqating.

@UygonTuron
👍116🔥5🤝31💯1
O'txo'r sher😅

Musulmon kishi zulmga qarshi isyonkor bo'lishi kerak. Qo'ytabiat emas.

@UygonTuron
👍82💯36🎉2
Avval ta’kidlaganimdek, bizni xalq juda tez birlashadi. Faqat birlashishiga yo’l qo’ymaydigan tizim uzluksiz ishlab turgani uchun ham birlasholmayapti.

Birlashgan muxolifat ichidan bo’linmagan uch kishi, men, Jahongir Muhammad va Komil Inson qoldik. Tinchimagan chekistlar tizimi endi shu uchlikni ham bo’lib tashlashni maqsad qilib , tarmoqlarda turli fitnalarni boshlab yuborishdi. Ammo bu maqsadlari amalga oshmaydi. Ularning fitnalariga oson aldanadiganlar bugun safimizda yo’q. Ichkaridan fitna chiqaradiganlar ham endi qayta safimizga kiraolishmaydi. Shu sababdan ham fitnani tashqaridan, yangi yuzlarning qo’li bilan boshlashganini farosat ahli tushunib oladi.

O’zi odatda fitnachilarga ahamiyat bermayman. Ammo bularning bir yomon odati bor. Bugun qilgan tuxmatlarini ertaga unutib yuborishadi. Kimdir eslatsa eslay olishmaydi. Masalan, do’stim Abduqodirga suiqasd qilinganida shu fitnachilar Abduqodir birovni xotini bilan yurar ekan, eri bilib qolib bu ishlarni qilibdi degan ig’volarni tarqatishgandi. Oradan mana uch yil o’tdi. Butun boshli tizim nega bular o’shanda bilgan erkakni topolmadi? Suiqasd ishi jinoyatchilar topilmagani uchun to’xtatildi. Bugun bir dumalab Abduqodirga qayg’urib qolganlar, o’shanda unga tinmay loy chaplashganini unutishgan bo’lishsa ham men yaxshi eslayman. Abduqodirni ustidan kimlar yozganini unutishgan bo’lishsa ayblov xulosadagi arizachilarning ism-shariflarini yana bir bor ommaga e’lon qilishim mumkin.

@UygonTuron
🔥63👍35💯62
"Yaxshi va saxovatli ishlarni podshohning oʻzi qilishi kerak, qora va iflos ishlarni esa boshqalarni qoʻli bilan qilishi kerak. Shunda raiyat oldida podsho adolatli, saxovatpesha koʻrinadi, yomonliklar esa boshqalarning boʻyniga tushadi. Bu ish bilan hukmdorlar, ham xalqning mehrini qozonadi, ham oʻziga qarshi boʻlgan kuchlardan qutuladi. 

©Nikolla Makiyavelli " Hukmdor"

@UygonTuron
💯69👍32🔥42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni laqillatishlariga yo’l qo’ymang!

@UygonTuron
🔥38💯32👍261🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kim edigu kim bo'ldik?

@UygonTuron
👍104😢21🔥13💯3🌚1
Paxta qulligidan OPEN BYUDJETGA

Mirziyoyev o’zini o’qituvchilarni paxta qulligidan ozod qilgan qilib ko’rsatadi. Biroq, paxta qulligi mintaqamizda suv keskin kamayib ketishi, tuproq tarkibidan namlik qochishi, unumdor yerlar qisqarib ketishi, qolaversa tashqi bosimlar va sanksiyalar ortidan tugatildi. Ammo ta’lim sohasi qullikdan ozod qilinmaganini bugun OPEN BYUDJET misolida ko’rishimiz mumkin.

Open byudjet aslida nima?
Dunyoda u qanday ishlaydi?
Nega o’qituvchilar ovoz yig’ish uchun majburlanyapti?

Yakshanba, Toshkent vaqti bilan 21:00 da @UygonTuron telegram kanalida bo’ladigan navbatdagi xalq bilan muloqotimizda shu haqida suhbatlashamiz.

Adolatli jamiyat majburlash bilan emas, ishonch bilan quriladi.

@UygonTuron

https://www.youtube.com/live/5qceuKl8Q5Y?is=tPxf1N4nZLVyP6ED
💯44👍35🔥3👏2
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar.

Sizlarni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ramazon oyi - sabr, poklanish va mehr-oqibat oyidir. Bu muborak kunlarda tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimiz va ezgu amallarimiz Alloh dargohida qabul bo‘lishini tilayman.

Qalbimizdagi ezgulik, bir-birimizga bo‘lgan hurmat va birdamlik doimo mustahkam bo‘lib qolsin.

Muhtojlarga yordam berish, yaqinlar holidan xabar olish, aynan mana shu kunlarning eng go‘zal fazilatidir. Oz bo’lsada shu oyda siyosiy mahbuslarimizning oilalariga yordam qildik. Yordamchi bo’lgan barchadan Alloh rozi bo’lsin.

Birlashsak katta kuchmiz✊🏻

Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙

Asliddin Kamol

@UygonTuron
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥20🤝13👏10💯1