Uyg’onish
1.46K subscribers
101 photos
18 videos
2 files
50 links
Asliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4
Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum do’stlar, maslakdoshlar.

Sog’lom siyosat shunday maydonki, unda doim turli kuchlar goh o’zaro birlashadilar, goh ayrilib o’z yo’llaridan ketadilar. Sog’lom siyosatning oltin qoidasi shu.
Tarixdagi eng buyuk liderlar ham, ular tuzgan harakatlar ham, bir necha bor bo’lingan, birlashgan, parchalangan, qayta tiklangan va shu tarzda kuchayib borgan. Aql egalari bularni biladilar va har ishdan bir xayr kutadilar. Axmoqlar esa doim gapirishdan to’xtamaydilar.

Birlashgan O’zbek Muxolifatining bugungi Kengash yig’ilishida raislik lavozimidan o’z ixtiyorim bilan voz kechdim. Ammo bu degani chekindim degani emas. Birlashgan O’zbek Muxolifati yagona g’oya ustida qurildi va eng boshidan bu harakatda shaxslar ustun bo’lmasligi ta’kidlandi. Harakatda bugun yetarlicha kuchlar bor, ozgina vaqt davomida anchagina nomi tanildi, ko’plab yurtdoshlarimizning umidiga aylandi. Amaldagi avtoritar rejimni yaxshigina qo’rquvga solaoldi. Xalqimiz birlasha olishini isbotladi. O’ylaymanki, Kengash a’zolari yangi rais bilan kelgan joyimizdan davom ettirishadi.
Men bu harakatda oz fursat raislik qildim. Biroq, bunday sharafli lavozimni o’ziga yarasha mas’uliyati ham bor edi. Kamina doim yolg’iz harakat qilishga odatlangan, ko’proq e’tiborini yosh avlodga qaratadigan va hech qanday qoliplar, chegaralar, qoidalarga amal qilmay harakat qilib o’rganganman. Shu sababdan, Birlashgan O’zbek Muxolifati tarkibidan chiqdim. Ammo xalqimizga bergan va’dam kuchida. Men bu yo’lda kafanimni kiyib kirganman va Allohdan boshqa hech bir kuch meni bu yo’ldan qaytarolmaydi. Muxolif harakatlar ko’p bo’lishi kerak deb aytganman. Xuddi shunday, bugundan yangi, o’z harakatimga asos solishga qaror qildim. Mazkur muxolif harakat, Allohning izni, ustozlarimizning nasihatlari, xalqimizning duolari va fidoiy yoshlarning jasoratlari bilan tashkil qilinadi. Maqsadimiz bir, faqat yo’llarimiz turlicha. Bo’linmaymiz, safimizni buzmaymiz va birgalikda kelgan joyimizdan davom etamiz.

Birlashgan O’zbek Muxolifatiga bu mashaqqatli yo’lda sabr-matonat, kuch-quvvat va temir iroda tilayman. Yurtdoshlarimdan ularni qo’llab-quvvatlashda davom ettishlarini so’rayman. Harakatga aloqador telegramdagi kanal va guruhni yangi rahbariyatga topshiraman. Shu sababdan men ortiq u kanal va guruhda fikrlarimni yozmayman. Men bilan kuzatuvchilarim orasida aloqa uzilmasligi uchun yangi telegram kanalim @UygonTuron da kuzatib borishlariz mumkin. Bundan keyin faqat shu kanalda yozaman.

Hurmat bilan, Asliddin Kamol

@UygonTuron
👍77👏3🤝3😢2💯2👎1😁1🌚1
Birlashgan O’zbek Muxolifati kanali va guruhi Kengash a’zolaridan omonatni saqlay oladigan kishiga topshirildi. Nega ustoz Jahongir Muxammad va men jamoani tark etganimiz haqidagi barcha savollarga bugun you tubeda jonli yoyinda javob beraman.

@UygonTuron
👍63🔥8
Ko’plar nega raislikdan ketganimni, kanallarni topshirganimni so’rab yozyapti. Va ba’zi do’stlarim bundan xafa bo’lishyapti. Barchaga shu yerda javob beray:

O’n marta lavozimimni so’rashsa, o’n martayam topshiraman. O’n marta mehnatlarim singgan kanal va guruhlarimni so’rashsa, o’n martayam bervoraman. Muhimi hech kim mandan ovozimni, aqlimni, kuchimni tortib ololmaydi. Man sizlar bilan boshlagan yo’limizda oxirigacha boraman va sizlar ham man bilan oxirigacha borishlarizga ishonaman.
Shu raislik eng boshidan qo’l-oyog’imga kishan bo’ldi. Shu kishanlarni bugun unga oshiq bo’lganlarga qoldirdim. Ko’zlari to’ysin. Biz esa kelgan joyimizdan yo’limizda davom etamiz. Aslo tushkunlikka tushmang! Har ishda bir xayr bor. Muhimi men haliyam sizlar bilanman.

Birlashsak katta kuchmiz ✊🏻

@UygonTuron
🔥59👍47👏26🤝8🤔4🌚1
O‘zbekistonda energetika inqirozi: Muammo sovuqda emas, tizimda.

O‘zbekistonda energetika muammosi har yili takrorlanadi. Qishda gaz bosimi tushadi, elektr o‘chadi, yozda esa avariyalar ko‘payadi. Rasmiy izohlar doim bir xil: “ob-havo”, “texnik nosozlik”, “iste’mol oshib ketdi”. Ammo savol shuki - nega bu muammo tizimli ravishda takrorlanmoqda? Va bugun dunyoda faqat O‘zbekistonda bor bu muammo?

Muammo sovuqda ham emas, aholining ko‘payganida ham emas. Muammo - eskirgan infratuzilma, korrupsiya, yopiq boshqaruv va monopol tizimda.

1. Eskirgan tarmoqlar va yo‘qotishlar

O‘zbekiston elektr va gaz tarmoqlarining katta qismi sovet davrida qurilgan. Modernizatsiya yetarli darajada olib borilmagan. Natijada:
• texnik yo‘qotishlar yuqori,
• uzatish liniyalari tez-tez ishdan chiqadi,
• rejalashtirilmagan o‘chishlar odatiy holga aylangan.

Energetika - bu uzluksizlik tizimi. Agar investisiya va texnik yangilanish izchil bo‘lmasa, har bir sovuq mavsum inqirozga aylanadi.

2. Monopol boshqaruv va shaffoflik muammosi

Energetika sektori amalda davlat monopoliyasi qo‘lida. Raqobat yo‘q, mustaqil nazorat yo‘q, real ochiqlik yetishmaydi. Tariflar oshiriladi, lekin xizmat sifati mos ravishda yaxshilanmaydi.

Savol tug‘iladi:
Tariflar ko‘tarilgach, bu mablag‘lar qayerga yo‘naltirilmoqda?
Modernizatsiyaga qancha sarmoya kiritildi?
Yo‘qotishlar necha foizga kamaydi?

Ochiq va jamoatchilikka hisobot beradigan tizim bo‘lmasa, ishonch ham bo‘lmaydi.

3. Gaz eksporti va ichki taqchillik paradoksi

O‘zbekiston energiya resurslariga boy davlat hisoblanadi. Shunga qaramay, ichki ta’minotda uzilishlar kuzatiladi. Bu esa rejalashtirish, prioritet va ichki balans siyosati bilan bog‘liq savollarni keltirib chiqaradi.

Energetika siyosatining asosiy tamoyili oddiy bo‘lishi kerak:
avvalo ichki ehtiyoj, keyin eksport.

4. Ijtimoiy oqibatlar

Energetika muammosi - shunchaki texnik masala emas. Bu:
• kichik biznesning to‘xtashi,
• ishlab chiqarishning qisqarishi,
• aholining qo‘shimcha xarajatlari,
• ijtimoiy norozilikning kuchayishi demakdir.

Elektr uzilishi - bu faqat chiroq o‘chishi emas. Bu iqtisodiy faollikning to‘xtashi.

5. Yechim nima?

Muammoni hal qilish uchun:
1. Energetika infratuzilmasini real va keng ko‘lamli modernizatsiya qilish.
2. Tarif siyosatini shaffoflashtirish va har bir so‘m bo‘yicha ochiq hisobot berish.
3. Sektor ichiga raqobat elementlarini kiritish.
4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (quyosh, shamol) jadallashtirish.
5. Mustaqil regulyator va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

O‘zbekistonda energetika muammosi tabiiy emas - tizimli muammodir. Har yili “favqulodda” deb taqdim etilayotgan holat aslida rejalashtirish va boshqaruvdagi kamchiliklarning natijasidir.

Energetika - davlatning asab tizimi. Agar u ishlamasa, butun organizm izdan chiqadi. Muammoni tan olish - zaiflik emas. Uni yashirish esa inqirozni chuqurlashtiradi. Muammoni gapirganlarni qamash, qo‘rqitish, ovozini o‘chirish yechim bo‘lolmaydi.

Energetika barqaror bo‘lmaguncha, iqtisodiy barqarorlik haqida gapirish qiyin. Va bu masala ijtimoiy muammo emas - milliy xavfsizlik darajasidagi masaladir.

Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da ushbu mavzuda xalq bilan muloqot qilamiz.

@UygonTuron
👍89💯34🔥3🤝1
Live stream started
Live stream finished (24 minutes)