Qahramonjon Abdurazzaqov
3 subscribers
81 photos
30 videos
22 links
Hayot izidan
Download Telegram
🎙Ozodbek Nazarbekov-
Yonimda Qol |Qo’shiq matni

Sanam sochingdan ham shaydolaring ko’p,
Oshiq-u adolaring ko’p.
Nimang ko’p ko’yingdan-a, gadolaring ko’p,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Bek yigit, bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoq-u zorman,
Men beun sevarman, men chin sevarman,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Sevmoq bu – gulxanda kuymoq degani,
Joningdan otashlar tuymoq degani,
Bir umr yoningda bo’lsaydim seni,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x3)

🔍Read more: @Minusovkalar
Hayirli kun hammaga
Assalomu aleykum azizlarim.Uyg‘ondingizmi?Bugun ajoyib kun !🎉🎊😇Nega mi? Quyoshni ko‘rish uchun!🌞 Toza havodan nafas olish uchun!🤗 Osmonga qarab qushlarga qo‘l qoqish uchun!🐥👋Jahli chiqqan odamga tabassum qilish uchun!☺️ Yaxshi kitob o‘qish uchun!📖 Qo‘shiqni eshitib mazza qilib raqs tushish uchun!💃🕺
Ko‘nglingizdagi va va yaxshi ko‘rgan insonlaringizga sizni yaxshi ko‘raman deyish uchun!🥰Kimnidir tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun🎂🍰Borligingiz bilan kimgadir yashashga kuch berayotganingiz uchun! Asosiysi borligingizni his qilish, hayotning yana bir kunini eng zo‘r lahzalarga to‘ldirib yashash uchun👍🤗
Ana ko‘rdingizmi, sizni qanday yaxshi ishlar kutyapti!😊😊
Xayrli tong, qadrdonlarim!
Borligingiz uchun raxmat!..
Yig'lashga sabab ko'p, lekin xoxish yo'q.
Kulishga sabab yo'q, lekin majbursan.
Hamma narsa kechiriladi lekin Unutilmaydi)