UXD 101
44 subscribers
40 photos
1 file
57 links
Download Telegram
Abdulaziz Bekturdiev
https://forms.gle/d1FFzgK2qrFHkpHP6
Assalomu alaykum aziz hamkasblar. Ayni damda, UX research ni O’zbekistonda rivojlantirish bo’yicha tashlanayotgan qadamlarimiz samarasi o’laroq, siz qadrdonlardan so’rovnomamizda ishtirok etishingizni so’rab qolaman. So’rovnoma yurtdoshlarimizning kundalik hayotidagi his-tuyg’ulari va kayfiyatlarini o’rganishga yo’naltirilgan. Uning natijasini kanalimiz orqali taqdim qilamiz. Bu shunchaki so’rovnoma emas, balki UX research praktikada qanday qo’llanilishi va uning natijalariga qarab UX design jarayonida qanday qarorlar qabul qilinishini amalda ko’rsatib bermoqchimiz.
👍5
UX bo’yicha kerakli vositalar. UX ga aloqador qaysi vosita sizga kerak bo’lsa, shu yerdan topishingiz mumkin.
https://docs.google.com/spreadsheets/d/160xqqhzawoPUgUGzUbGfuYZsB6N1_OmcyNUnKfyIDhg/edit#gid=239736302
👍4
Juda qo’pol ammo ming afsuski ayni haqiqat
🔥3
Ma’lumotlarni qaysi tilda taqdim qilishimizni hohlaysiz?
Anonymous Poll
17%
English
78%
O’zbekcha
6%
Русский
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Interaction design:
Ajoyib animatsiya, bahra oling va loyihalarda qo’llang.

UX dizayn bo’yicha bilim va tajribangizni oshirmoqchimisiz? Unda UXD agency ni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Linkedin | www.uxd.agency
👍5
Bilasizmi?

UX sanoati 2 guruhga bo’linib, bir biriga qarshi tish qayragan:

Bir jamoa bular UX dizaynerlar, haqiqiy UX dizaynerlar. Ularning takidlashicha UX dizayn IT dunyosida o’z kuchini yo’qotdi. Hozirgi trenda UX agile formatiga moslashtirish uchun qisqartirilib, yo’q qilib tashlangan. Barcha katta kompaniyalarning bosh dizaynerlari, UX chilar emas, balki vizual dizaynerlar bo’lib olgani uchun, haqiqiy UX jarayonlari amalda ishlatilmaydigan, faqat ho’jako’rsinga uyoq buyoqdan ba’zi bir texnikalar ishlatiladigan bo’lib qolgan. Bu kabi insonlarning IT dunyosida o’z o’rnini topishlari ham qiyin bo’lib qolgan. Ohirgi 10 yil ichida UX bozorini chala dizaynerlar to’ldirib tashladi, bunga bootkamplar va sohta UX dizayn maktablari aybdor deyishadi ular.

Ikkinchi jamoa bo’lsa, nima uchun eskitdan dizayner nomi ostida qilingan barcha ishlarni bo’laklarga bo’lib tashladinglar. UX, UI, product dizayn, Interaction dizayn, Interfeys dizayn deb hammani boshini qotirasizlar, lekin hammasi baribir bitta ishni qiladiku deyishadi. Bu jamoa vakillari, bu bo’laklashlarni bas qilib, hamma o’z ishini qilsin, eski dizayner nomiga qaytaylik deyishyapti.

Har ikki tomonni gaplarida albatta jon bor. Hozirgi trendga qarasak, rostdan ham UX, UI yoki UI/UX dizayner degani bilan ham baribir bitta ishni qiladi, farqi yo’q. Ammo shunisi ko’rinyaptiki, milliardlik pog’onani zabt etgan kompaniyalarning juda katta qismi UX dizaynerlar qo’l ostidan chiqqan. Hozirgi trenddagilarning qilayotgan ishlari nari borsa 100 million dollarlik pog’onaga tirmasha olyapti holos.

Ajib tomoni shundaki, g’arb davlatlarida UX dizayn rivojlanib, cho’qqiga chiqib, qulab ham ulguruibdiyu, bizni O’zbekistonda haliyam UX to’g’risida Googla dan so’ralgan savollarning #1 lisi bu “UX nima” ekan. Afsuski, biz haliyam UX nimaligini tushuna olmadik. Haliku uni amalda qo’llab, undan manfaat olish uyoqda tursin. Qo’rqamanki, bizdan dunyo bozoriga ko’zga ko’ringan birorta loyiha hali beri chiqolmasa kerak.
3👍1
UX dizayn bo’yicha bilim va tajribangizni oshirmoqchimisiz? Unda UXD agency ni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Linkedin | www.uxd.agency
Biznesda UX ga e'tiborsizlikning zararlari
UX ga e'tiborsizlikning asosiy sabablaridan biri bu narx. Aslida, siz UXsiz ko'proq pul sarflaysiz.
UX ma'lumot va statistikaga asoslangan soha. Bozor, auditoriya va raqobatchilar haqida bilib olsangiz, hal qilish kerak bo'lgan muammoni topasiz.
Siz aniqlagan muammo asosan alomatdir. Siz alomatlarni emas, muammoning ildizini topishingiz kerak.
Siz resurslaringizni alomatlarni yo’q qilishga sarflaysiz. Vaholanki haqiqiy muammo vaqt o'tishi bilan boshqa alomatlarni keltirib chiqaraveradi.
Vaqt o'tishi bilan haqiqiy muammoni aniqlaysiz. Ammo ungacha, boshlang'ich UX byudjetidan 10 baravar ko'p sarflaysiz. Agar aniqlay olmasangiz, harajatni tasavvur qiling.
UX dizayn jarayonidayoq katta muammolarning 70% dan ortig'ini yechadi. Resurslaringizdan oqilona foydalaning. O’ylab ish qiling, UX ga e'tiborsiz bo’lmang.

UX dizayn bo’yicha bilim va tajribangizni oshirmoqchimisiz? Unda UXD agency ni kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Linkedin | www.uxd.agency