UXD 101
44 subscribers
40 photos
1 file
57 links
Download Telegram
UX dizaynga qiziquvchilar diqqatiga

Shu oyning 25-sanasida, 20:00 da Youtubeda jonli efirda UXD agency asoschisi Abdulaziz Bektrudiyev bilan jonli suhbat o'tkazamiz. Asosiy mavzuda UX Research bilan tanishib chiqamiz.

Bu do'stona suhbatda siz qimmatli maslahatlar va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javoblar olishingiz mumkin. Boshqa dizaynerlarga ham ulashib qo'ysangiz mamnun bo'lamiz. Ko'rishguncha!

Linkedin | Telegram | www.uxd.agency
👍4
📢 Bugun YouTube da jonli suhbatimiz borligi esingizdami? Savollaringiz tayyormi? Tez orada boshlaymiz inshaalloh
🔥4
Biz hozirda hayotimiz ko'plab kundalik ishlardan iborat zamonda yashayapmiz va ba'zi odatlarimiz bevosita zamonaviy texnologiyalar bilan bog'liqdir. Misol uchun uyqudan turganda ijtimoiy tarmoqlarni, emaillarni tekshiramiz, ko'plab yangi xabarlarni o'qiymiz.

Prof. Dr. Martin Korte o'tkazgan tajriba natijalariga ko'ra zamonaviy texnologiyalar insonlarni bir vaqtda bir nechta vazifalarni bajarish (Multitasking) ga majbur etmoqda. Bu o'z navbatida insonning diqqatiga salbiy ta'sir qiladi va xotiraning eslab qolishini susaytiradi.

Har safar vebsaytlarni ochganimizda, inson unda biror bir ishni bajarish uchun qandaydir ma'lumotlarni o'rganib chiqishga to'g'ri keladi. Lekin qancha ma'lumot ko'p bo'lsa, ularni qabul qilishda inson miyasi shunchalik ko'proq qiynaladi. Bu jarayon cognitive load deb atalib, bunda kòp ma'lumotlar ta'sirida inson miyasi faoliyati sustlashadi va biror vazifani qilishdan bosh tortadi va vebsaytni tark etadi. ☹️ Buning oldini olish uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:

- Ko'p tanlovli holatlardan qochish
- Juda ko'p o'ylashga majbur qiladigan vazifalar bermaslik
- Noaniqlik paydo qiladigan vaziyatlarni yaratmaslik
- Dizaynda vizual jihatdan og'irlik ya'ni juda ko'p dizayn elementlar ishlatmaslikga harakat qilish

Manba: uxcel.com

Linkedin | Telegram | Youtube | www.uxd.agency
🔥2
300 million dollarlik tugma

Bu o'z daromadini bitta tugma bilan 300 million dollarga oshirgan onlayn do’kon hikoyasi.

Manba: www.plytix.com

Linkedin | Telegram | Youtube | www.uxd.agency
🔥6