UWEDFORCE🛡
701 subscribers
303 photos
45 videos
1 file
149 links
📢 UWED FORCE – Rasmiy kanali !
Murojaatlar uchun hamda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar berish uchun: @Zakhroasliddinovna
Download Telegram
📢 JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETIGA O‘QISHGA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!
⚠️ XUSHYOR BO‘LING!
Siz o‘qish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lsangiz, ijara xonadon tanlashda ehtiyotkor bo‘ling.
Xonadonni ko‘rmasdan turib, noma’lum shaxslarga oldindan pul o‘tkazib bermang.
Ijara xonadonini tanlashda quyidagi tartibga amal qiling:
🔍 1. Uyni shaxsan borib ko‘ring.
👤 2. Xonadon egasi bilan bevosita suhbatlashing.
📄 3. Rasmiy ijara shartnomasini tuzing.
📝 4. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting.
👮‍♂️ 5. Zarur hollarda hududiy profilaktika inspektori bilan bog‘laning.
🚫 Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan e’lonlar va shubhali takliflarga ishonmang.
🛡 O‘z xavfsizligingiz va mablag‘laringizni asrang!

Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👤
Telegram | Instagram
5🔥4🫡2👍1😁1
🎉 Talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni muborakbod etamiz!

Sizlarni ushbu katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va talabalik davringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎓

Shu bilan birga, universitetimizning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni, universitet sha’ni va obro‘sini munosib tarzda saqlashingizni so‘rab qolamiz.

Eng muhimi, bir-biringiz bilan o‘zaro hurmat, xushmuomalalik va samimiylik asosida muloqot qilishingizni tilaymiz. Birgalikda ahil va do‘stona muhit yaratib, talabalik yillarini mazmunli o‘tkazishingizga ishonamiz! 🤝

Yana bir bor talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin! 🎓

Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling
Telegram | Instagram
73🔥2😁1
🏃‍♂️ TASHKENT INTERNATIONAL HALF MARATHON – 2026

Bugun, 6-sentabr kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan Tashkent International Half Marathon – 2026 ommaviy sport tadbirida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining UWEDFORCE jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etishdi. 🇺🇿

💪 Jamoamiz vakillari 5 km masofaga yugurib, sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik va faol hayot tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

🏁 5 km — masofa emas, maqsad sari tashlangan qadam!

UWEDFORCE jamoasi — har doim faollik, intizom va birdamlik tarafdori! 🔥

Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling
Telegram | Instagram
🔥9😁752🕊1🫡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4🫡421👍1😁1
📍 Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabalariga tanishtiruv tadbiri

🎓Bugun Xalqaro munosabatlar fakultetining 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar hamda xavfsizlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💼Shuningdek, universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Sh. Boymatov tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda UWEDFORCE “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati haqida ma’lumot berildi

📸Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥411😁1🎉1🫡1
🎓1-kurs talabalariga tanishtiruv tadbirlari

💼Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida 1-kurs talabalari uchun tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida TTJning ichki tartib-qoidalari va xavfsizlik talablari tushuntirildi. Shuningdek, JIDU universiteti psixologi N. Norova tomonidan talabalar bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi

🛡Tadbir davomida UWEDFORCE “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati haqida ham ma’lumot berilib, profilaktika inspektori Sh. Boymatov tomonidan xavfsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi

📸Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥211👏1🕊1
💼1-bosqich talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvi

🎓Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqich talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

Uchrashuv davomida universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Shaxzod Boymatov tomonidan talabalarga ichki tartib-qoidalar, odob-axloq me’yorlari hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi

Shuningdek, UWEDFORCE “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati haqida ham ma’lumot berildi

📢 Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥533👍1👏1🕊1
🛡 RAQAMLI MAKONDA DINIY XAVFSIZLIKNI SAQLANG!

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy mazmundagi axborotlar keng tarqalmoqda. Biroq har bir ma’lumot ham ishonchli va xavfsiz emas.
❗️Noma’lum manbalardan kelgan xabarlarga ishonmang.
❗️ Shubhali havola va Telegram kanallariga qo‘shilmang.
❗️ Diniy kontentni tekshirmasdan ulashmang.
❗️ Faqat rasmiy va ishonchli manbalardan foydalaning.

📣 Ogohlik — xavfsiz jamiyatning asosidir!

📂Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🔥1👏1🫡1