UTF
1.05K subscribers
2.31K photos
312 videos
96 files
278 links
Official Telegram channel
Uzbekistan Tennis Federation
www.tennis.uz
Download Telegram
Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi

Farg‘onada o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirining yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar sovrinli natijalarni qayd etdi.

🏆 Qizlar o‘rtasida Aleksandra Barmicheva turnir g‘olibiga aylandi. U finalda Xitoy vakili Jiayi Wangni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

🥈 O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov finalgacha yetib bordi va 2-o‘rinni egalladi. Hal qiluvchi bahsda u Yaponiya vakili Yuta Amanoga 3:6, 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
__

В Фергане завершились одиночные соревнования турнира J100

На турнире ITF World Tennis Tour Juniors J100 в Фергане узбекские теннисисты отметились призовыми результатами.

🏆 Среди девушек Александра Бармичева стала победительницей турнира. В финале она обыграла представительницу Китая Цзяи Ван со счётом 6:4, 6:3 и завоевала чемпионский титул.

🥈 Среди юношей Махмудбек Бекназаров дошёл до финала и занял 2-е место. В решающем матче он уступил представителю Японии Юте Амано со счётом 3:6, 6:4.

Поздравляем наших теннисистов с достойными результатами и желаем новых побед!
👍6🔥31
Kamilla Rakhimova Cincinnati turniridagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston vakili, jahon reytingida 83-o‘rinda borayotgan Kamilla Rakhimova Cincinnati turnirining ikkinchi bosqichida WTA reytingining 33-raketkasi, gretsiyalik Maria Sakkariga qarshi kortga chiqdi.

2 soat 49 daqiqa davom etgan murosasiz uch setlik bahsda Kamilla raqibiga 2:6, 7:5, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Kamillaga munosib kurash uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
__

Камилла Рахимова завершила выступление на турнире в Цинциннати

Представительница Узбекистана, 83-я ракетка мира Камилла Рахимова, во втором круге турнира в Цинциннати встретилась с 33-й ракеткой мира, представительницей Греции Марией Саккари.

В тяжелейшем трёхсетовом матче, который продолжался 2 часа 49 минут, Камилла уступила сопернице со счётом 2:6, 7:5, 1:6 и завершила своё выступление на турнире.

Благодарим Камиллу за достойную борьбу и желаем успехов на следующих турнирах!
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona telekanalining yangiliklar dasturida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan ITF J100 xalqaro tennis turniri haqida lavha namoyish etildi.

Unda turnir jarayoni, uchrashuvlar va musobaqaning asosiy voqealari yoritildi.
__

В новостном выпуске телеканала «Фергана» вышел сюжет о международном теннисном турнире ITF J100, прошедшем в Фергане.

В нём рассказали о ходе турнира, матчах и главных событиях соревнований.

▪️ Telegram ▪️ Instagram 🌐Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🏆 US Open 2026 — tennis olamidagi eng nufuzli turnirlardan biri!

O‘zbekistonlik tennischilar Kamilla Raximova, Mariya Timofeyeva, Polina Kudermetova va Nikita Belozertsevga turnirda omad tilaymiz!

Barcha yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
———
🏆US Open 2026 — один из самых престижных турниров в мире тенниса!

Желаем успехов на турнире Камилле Рахимовой, Марии Тимофеевой, Полине Кудерметовой и Никите Белозерцеву!

Следите за всеми новостями вместе с нами!
👍3🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekiston tennis tarixi» ruknini davom ettiramiz!

Ushbu rukn orqali O‘zbekistonda tennisning shakllanishi, rivojlanishi va tarixida muhim o‘rin tutgan voqealar hamda insonlar haqida sizga hikoya qilib boramiz.

Biz bilan birgalikda O‘zbekiston tennis tarixini yanada yaqindan kashf eting!
———
Мы продолжаем нашу рубрику «История тенниса Узбекистана»!

В каждом выпуске будем знакомить вас с историей развития тенниса в нашей стране, важными событиями, людьми и моментами, которые внесли свой вклад в становление узбекского тенниса.

Давайте вместе узнавать и открывать для себя историю тенниса Узбекистана!
🔥3
Aleksandra Barmicheva — Roland-Garros Junior Series saralash bosqichi g‘olibi!

Olmaota shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasida o‘tkazilgan Roland-Garros Junior Series by Renault – West and Central Asia saralash turnirida O‘zbekiston vakili Aleksandra Barmicheva qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi!

Ushbu g‘alaba Aleksandraga oktabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Roland-Garros Junior Series final bosqichida ishtirok etish imkonini beradi.

Yaponiyada esa yosh tennischilar 2027-yilgi Roland-Garros Junior turnirining asosiy to‘riga yo‘llanma uchun kurash olib boradilar.

Aleksandrani ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz!
-
Александра Бармичева — победительница отбора Roland-Garros Junior Series!

В Алматы завершился отборочный турнир Roland-Garros Junior Series by Renault – West and Central Asia среди теннисистов до 16 лет.

Представительница Узбекистана Александра Бармичева заняла 1-е место среди девушек!

Эта победа даёт Александре возможность выступить в октябре на финальном этапе Roland-Garros Junior Series в Японии.

Там юные теннисисты поборются за путёвку в основную сетку юниорского Roland-Garros 2027 года.

Поздравляем Александру с важной победой!
🔥8👍31🎉1
🇺🇿🎾 Monterreyda o‘zbek tennis derbisi!

Meksikaning Monterrey shahrida o‘tkazilayotgan WTA 500 turniri saralash bosqichida O‘zbekiston vakillari Maria Timofeeva va Kamilla Raximova hal qiluvchi bahsda o‘zaro to‘qnash keladi.

Birinchi bosqichda Maria Timofeeva tailandlik Lanlana Tararudeeni 7:6(5), 2:6, 7:6(4) hisobida mag‘lub etdi.

Kamilla Raximova esa fransiyalik Leolia Jeanjean ustidan 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Monterreyda o‘zbek tennis derbisi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv g‘olibasi turnirning asosiy to‘riga yo‘l oladi.

Monterrey Open — WTA 500 toifasidagi turnir bo‘lib, bahslar qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.
———
🇺🇿🎾 В Монтеррее состоится узбекское теннисное дерби!

В мексиканском Монтеррее на турнире WTA 500 в рамках квалификации в решающем матче встретятся представительницы Узбекистана Мария Тимофеева и Камилла Рахимова.

В первом круге Мария Тимофеева обыграла представительницу Таиланда Ланлану Тараруди — 7:6(5), 2:6, 7:6(4).

Камила Рахимова в свою очередь победила француженку Леолию Жанжан — 6:4, 4:6, 6:2.

Теперь теннисистки из Узбекистана встретятся между собой в узбекском дерби. Победительница матча получит путёвку в основную сетку турнира.

Monterrey Open — турнир категории WTA 500, который проходит на хардовом покрытии в Монтеррее. Общий призовой фонд турнира составляет $1 206 446.
🔥5
🎾 Monterreyda o‘zbek derbisi: Mariya Timofeeva — asosiy to‘rda!

Meksikada o‘tkazilayotgan WTA 500 turnirining saralash finalida O‘zbekiston vakillari Mariya Timofeeva va Kamilla Rakhimova o‘zaro kortga chiqishdi.

Keskin va murosasiz kechgan uch setlik bahsda Mariya Timofeeva 3:6, 6:3, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Mariya Monterrey WTA 500 turnirining asosiy to‘riga yo‘l oldi!

O‘zbekiston tennisidagi ikki vakilning xalqaro turnirdagi uchrashuvi haqiqiy derbiga aylandi!
__

🎾 Узбекское дерби в Монтеррее: Мария Тимофеева — в основной сетке!

В финале квалификации турнира категории WTA 500 в Монтеррее (Мексика) встретились две представительницы Узбекистана — Мария Тимофеева и Камилла Рахимова.

В напряжённом и бескомпромиссном матче из трёх сетов Мария Тимофеева одержала победу со счётом 3:6, 6:3, 7:6.

Таким образом, Мария вышла в основную сетку турнира WTA 500 в Монтеррее!

Настоящее узбекское дерби на международной теннисной арене!
5
Mehnat va fidoyilik e’tirofi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport sohasida ko‘p yillik fidokorona mehnati, tennis sportini rivojlantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiyi Annakulov Omon Bobokulovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi nomidan Omon Bobokulovichni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yosh tennischilarni tarbiyalash yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz!
__

Почётная награда за преданность спорту!

В связи с 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан и за многолетний самоотверженный труд, значительный вклад в развитие спорта и подготовку высококвалифицированных спортсменов Указом Президента Республики Узбекистан тренер Республиканской школы тенниса олимпийского резерва Аннакулов Омон Бобокулович награждён орденом «Меҳнат шуҳрати».

От всей команды Федерации тенниса Узбекистана поздравляем Омона Бобокуловича с заслуженной государственной наградой!

Желаем крепкого здоровья, новых успехов и ещё больших достижений в подготовке будущих чемпионов!
👏19🔥7🎉4🤩32🥰1
🎾 Mariya Timofeyeva Monterrey turnirining ikkinchi bosqichida!

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Meksikaning Monterrey shahrida o‘tayotgan WTA 500 — Abierto GNP Seguros turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Saralash bahslaridan asosiy to‘rga chiqqan Timofeyeva ilk davrada Xitoy vakili, jahon reytingida 53-o‘rinni egallab turgan tajribali Chjan Shuayni 6:1, 6:3 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92-o‘rinda bormoqda.

Ikkinchi bosqichda hamyurtimiz dunyoning 30-raketkasi, amerikalik Enn Li bilan uchrashadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 1 164 401 AQSH dollarini tashkil etadi.
———
🎾 Мария Тимофеева вышла во второй круг турнира в Монтеррее!

Представительница Узбекистана Мария Тимофеева пробилась во второй круг турнира категории WTA 500 — Abierto GNP Seguros, проходящего в мексиканском Монтеррее.

Выйдя в основную сетку через квалификацию, Тимофеева уверенно обыграла в первом круге опытную представительницу Китая Чжан Шуай — 6:1, 6:3. Китаянка занимает 53-е место в мировом рейтинге, тогда как Мария располагается на 92-й позиции.

Во втором круге наша теннисистка встретится с 30-й ракеткой мира — американкой Энн Ли. Призовой фонд турнира составляет 1 164 401 доллар США.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
Mariya Timofeyeva Monterreydagi turnirdagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva bel sohasidagi og‘riqlar sababli Monterreyda o‘tayotgan WTA 500 turnirining ikkinchi davrasida kortga chiqa olmadi.

Turnirning saralash bosqichida Mariya ketma-ket ikkita uch setli, keskin uchrashuv o‘tkazdi. Katta jismoniy yuklamani inobatga olgan holda, sportchi va uning jamoasi tavakkal qilmaslik hamda tiklanishga e’tibor qaratish haqida qaror qabul qildi.

Endilikda Mariya mavsumning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — US Open oldidan sog‘lig‘ini tiklash va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratadi.

Mariyaga tezroq tiklanib, US Open’da omadli ishtirok etishini tilaymiz!
———
Мария Тимофеева завершила выступление на турнире в Монтеррее

Представительница Узбекистана Мария Тимофеева не смогла выйти на матч второго круга турнира WTA 500 в Монтеррее из-за болей в спине.

В квалификации Мария провела два напряжённых трёхсетовых матча подряд. Учитывая высокую физическую нагрузку, спортсменка и её команда приняли решение не рисковать здоровьем и сосредоточиться на восстановлении.

Теперь Мария направит все силы на подготовку к последнему в сезоне турниру «Большого шлема» — US Open.

Желаем Марии скорейшего восстановления и успешного выступления на US Open!
🙏53
O‘zbekiston tennis federatsiyasi O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimovani tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 🎾🇺🇿🥳

Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, yangi g‘alabalar va professional faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kortlarda doimo ishonch, kuch va yorqin o‘yin sizga hamroh bo‘lsin!

Oldinda turgan US Open turnirida omad va munosib natijalar tilaymiz. O‘zbekiston tennisining sharafini yanada baland ko‘tarishingizga tilakdoshmiz!
———
Федерация тенниса Узбекистана сердечно поздравляет первую ракетку Узбекистана Камиллу Рахимову с днём рождения!
🎾🇺🇿🥳

Желаем крепкого здоровья, счастья, новых побед и больших успехов в профессиональной карьере. Пусть на корте всегда сопутствуют уверенность, сила и яркая игра!
🎊

Желаем удачи и достойных результатов на предстоящем турнире US Open. Пусть впереди будет ещё больше достижений во славу узбекского тенниса!
🎉10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Sardor Kamilov hamda Sport bo‘limi rahbari Nargis Alimova “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
———
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 22 августа 2026 года генеральный секретарь Федерации тенниса Узбекистана Сардор Камилов и руководитель спортивного отдела Федерации тенниса Узбекистана Наргис Алимова награждены памятным знаком «35-летие независимости Республики Узбекистан».

Искренне поздравляем с этой высокой наградой!
Желаем больших успехов в дальнейшей деятельности.
👏85🔥3🥰2
Alan Zinatullin J100 Cholpon-Atada juftlik bahslarida chempion bo‘ldi!

O‘zbekistonlik junior Alan Zinatullin Gonkong vakili Fu Wang Choi bilan hamkorlikda Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida o‘tkazilgan J100 turnirining juftlik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Finalda birinchi raqam ostida saralangan juftlik neytral bayroq ostida ishtirok etgan Iaroslav Klishin va Roman Ryzhkin juftligini 6:4, 7:6(5) hisobida mag‘lub etdi.

Tabriklaymiz, Alan! Keyingi g‘alabalarni tilaymiz!
———
Алан Зинатуллин — чемпион J100 Cholpon-Ata в парном разряде!

Юниор из Узбекистана Алан Зинатуллин в паре с представителем Гонконга Фу Ванг Чоем стал победителем турнира J100, прошедшего в городе Чолпон-Ата (Кыргызстан).

В финале первый сеяный дуэт обыграл выступавших под нейтральным флагом Ярослава Клишина и Романа Рыжкина со счётом 6:4, 7:6(5).

Поздравляем Алана и желаем новых побед!
8🔥3
🏆 Kamilla Rakhimova US Open’ning ikkinchi davrasida!

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova US Open turnirining ilk davrasida chexiyalik Barbora Kreychikovani 7:6(4), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Raqib WTA reytingida 28-o‘rinda borayotgan va turnirda 27-raqam ostida saralangan tajribali tennischi. Barbora Kreychikova — «Katta dubulg‘a» musobaqalarining ikki karra yakkalik bahslaridagi chempioni, sobiq dunyoning ikkinchi raketkasi.

Ushbu g‘alaba Kamilla uchun US Open’dagi muhim va yorqin natija bo‘ldi. Ikkinchi davrada ham omad tilaymiz!
———
🏆 Камилла Рахимова - во втором круге US Open!

Первая ракетка Узбекистана Камилла Рахимова в первом круге US Open обыграла представительницу Чехии Барбору Крейчикову — 7:6(4), 6:2.

Соперница Камиллы занимает 28-е место в рейтинге WTA и получила 27-й номер посева на турнире. Барбора Крейчикова — опытная теннисистка, двукратная чемпионка турниров «Большого шлема» в одиночном разряде и бывшая вторая ракетка мира.

Важная и яркая победа Камиллы на кортах Нью-Йорка. Желаем удачи во втором круге!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍62