UTF
1.05K subscribers
2.31K photos
312 videos
96 files
278 links
Official Telegram channel
Uzbekistan Tennis Federation
www.tennis.uz
Download Telegram
🎾 Farg‘onada o‘zbekistonlik yosh tennischilarning muvaffaqiyatli haftalari!

27-iyuldan 1-avgustga qadar Farg‘onada ITF World Tennis Tour Juniors doirasidagi J60 Fergana turniri bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik bahslarida vakillarimiz ikkala yo‘nalishda ham chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Akmal Abdullayev o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘olib chiqdi. Finalda u hamyurtimiz Danila Kvasovni 3:6, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Nigina Alimova esa qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida chempion bo‘ldi. Finalda u Daria Podsypaninani 4:6, 6:3, 6:2 hisobida yengdi.

J60 turnirining juftlik bahslarida ham vakilimiz sovrinsiz qolmadi — 🇺🇿 Abdurahmon Karimov 🇹🇯 Somon Amonov bilan birgalikda o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Keyingi hafta, 3–8 avgust kunlari, Farg‘onada yuqoriroq toifadagi J100 Fergana turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘g‘il bolalar juftlik bahslarida 🇺🇿 Makhmudbek Beknazarov / Danila Kvasov tandemi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar juftlik bahslarida esa 🇺🇿 Nigina Alimova 🇷🇺 Vasilisa Marchenko bilan birgalikda turnir g‘olibasiga aylandi.

Bugun, 10-avgust kuni, Farg‘onada navbatdagi J100 turniri haftasi start oladi.

🇺🇿 Barcha yosh tennischilarimizga yangi turnirda omad, yorqin g‘alabalar va yuqori natijalar tilaymiz!
__

Успешные недели узбекских юниоров в Фергане!

С 27 июля по 1 августа в Фергане прошёл турнир ITF World Tennis Tour Juniors категории J60 Fergana.

В одиночном разряде наши теннисисты завоевали титулы как среди юношей, так и среди девушек.

Акмал Абдуллаев стал чемпионом в одиночном разряде среди юношей. В финале он обыграл соотечественника Данилу Квасова — 3:6, 7:5, 6:2.

Нигина Алимова завоевала титул среди девушек, победив в финале Дарью Подсыпянину — 4:6, 6:3, 6:2.

В парном разряде J60 также отличился представитель Узбекистана — 🇺🇿 Абдурахмон Каримов вместе с 🇹🇯 Сомоном Амоновым стал победителем турнира среди юношей.

Следом, с 3 по 8 августа, в Фергане прошёл турнир более высокой категории — J100 Fergana.

В парном разряде среди юношей 🇺🇿 Махмудбек Бекназаров и Данила Квасов завоевали чемпионский титул.

Среди девушек победу в парном разряде одержали 🇺🇿 Нигина Алимова и 🇷🇺 Василиса Марченко.

Уже сегодня, 10 августа, в Фергане стартует новая турнирная неделя J100.

🇺🇿 Желаем нашим юниорам удачи, ярких побед и высоких результатов на домашнем турнире!
🔥82
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎾 Tennis o‘rganishni xohlaysizmi?

Endi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasining rasmiy sahifalarida tennis darslarini ham kuzatib borishingiz mumkin!

To‘g‘ri zarbalar, asosiy texnikalar va tennisdagi muhim qoidalarni bosqichma-bosqich birgalikda o‘rganamiz.

Tennisni biz bilan o‘rganing!
Bizni kuzatib boring — hali oldinda ko‘p foydali darslar bor!
———
🎾 Хотите научиться играть в теннис?

Теперь на официальных страницах Федерации тенниса Узбекистана мы будем публиковать уроки тенниса!

Правильные удары, базовая техника и важные правила игры — будем разбирать всё шаг за шагом.

Учитесь теннису вместе с нами!
Следите за нашими страницами — впереди много полезных уроков!
👍6🔥2👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Game.Set.Kamilla.🎾📝
Video message
🎾 Kamilla Raximova Cincinnati turnirining ikkinchi bosqichida!

O‘zbekiston vakili Kamilla Raximova AQShning Cincinnati shahrida o‘tayotgan turnirni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Raximova birinchi bosqichda WTA reytingida 69-o‘rinda borayotgan avstraliyalik Kimberli Birrellni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Kamilla ayni paytda jahon reytingida 83-o‘rinni egallab turibdi.

Shu tariqa, Raximova reytingda o‘zidan yuqorida turgan raqibasini mag‘lub etib, turnirning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Omad, Kamilla!
__

🎾 Камилла Рахимова — во втором круге турнира в Цинциннати!

Представительница Узбекистана Камилла Рахимова успешно стартовала на турнире в Цинциннати (США).

В первом круге Рахимова обыграла представительницу Австралии Кимберли Биррелл со счётом 6:2, 6:2. Биррелл занимает 69-е место в рейтинге WTA, в то время как Камилла находится на 83-й позиции.

Таким образом, Рахимова победила соперницу, которая располагается выше неё в мировом рейтинге, и вышла во второй круг турнира.

Желаем Камилле удачи в следующем матче!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🥰2👏1
Farg‘onada ITF World Tennis Tour J100 turnirining juftlik bahslari yakunlandi

Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Nigina Alimova va Shahzoda Artikbaeva turnir g‘olibiga aylandi. Finalda ular Margarita Aktug‘anova (Isroil) va neytral maqomda ishtirok etayotgan Leila Shakhmuradova juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov va Akhmadjon Toshmukhkamedov juftligi 2-o‘rinni egalladi. Final bahsida ular Yaponiya vakillari Kodai Abe va Sota Kagawa juftligiga 4:6, 6:4, 10:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yosh tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
__

В Фергане завершились соревнования ITF World Tennis Tour J100 в парном разряде

Среди девушек представительницы Узбекистана Нигина Алимова и Шахзода Артикбаева стали победительницами турнира. В финале они обыграли пару Маргарита Актуганова (Израиль) / Лейла Шахмурадова (нейтральный статус) со счётом 6:2, 6:3.

Среди юношей Махмудбек Бекназаров и Ахмаджон Тошмухамедов заняли 2-е место. В финале они уступили представителям Японии Кодаю Абэ и Соте Кагаве со счётом 4:6, 6:4, 10:6.

Поздравляем наших юных теннисистов с достойными результатами и желаем успехов на следующих турнирах!
🔥81🎉1
Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi

Farg‘onada o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirining yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar sovrinli natijalarni qayd etdi.

🏆 Qizlar o‘rtasida Aleksandra Barmicheva turnir g‘olibiga aylandi. U finalda Xitoy vakili Jiayi Wangni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

🥈 O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov finalgacha yetib bordi va 2-o‘rinni egalladi. Hal qiluvchi bahsda u Yaponiya vakili Yuta Amanoga 3:6, 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
__

В Фергане завершились одиночные соревнования турнира J100

На турнире ITF World Tennis Tour Juniors J100 в Фергане узбекские теннисисты отметились призовыми результатами.

🏆 Среди девушек Александра Бармичева стала победительницей турнира. В финале она обыграла представительницу Китая Цзяи Ван со счётом 6:4, 6:3 и завоевала чемпионский титул.

🥈 Среди юношей Махмудбек Бекназаров дошёл до финала и занял 2-е место. В решающем матче он уступил представителю Японии Юте Амано со счётом 3:6, 6:4.

Поздравляем наших теннисистов с достойными результатами и желаем новых побед!
👍6🔥31