UTF
986 subscribers
2.21K photos
300 videos
96 files
274 links
Official Telegram channel
Uzbekistan Tennis Federation
www.tennis.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan BJKC turnirining ochilish marosimi
———
Церемония открытия турнира BJKC в Куала Лумпуре, Малайзия 🇲🇾
Guruh bosqichi g‘alaba bilan davom etmoqda!

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Billie Jean King Cup musobaqasining Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Laos terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Yakkalik bahslarida Nigina Alimova Aliya Vongdalani 6:0, 6:1, Sevil Yuldasheva esa Malaylack Delilah Pathummavongni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etib, jamoamizga muddatidan avval g‘alabani taqdim etdi.

Juftlik bahsida Fotima Mahmudova va Keira Kim Siana MacDonald / Malaylack Delilah Pathummavong juftligiga qarshi bahs olib borib, 2:6, 7:6(9), 3:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi uchrashuvlarda ham omad tilaymiz!
__

Групповой этап продолжается победой!

Женская сборная Узбекистана Billie Jean King Cup в рамках Группы II зоны Азия/Океания одержала победу над сборной Лаоса со счётом 2:1.

В одиночных встречах Нигина Алимова уверенно обыграла Алию Вонгдалу — 6:0, 6:1, а Севиль Юлдашева взяла верх над Малайлак Делайлой Патхуммавонг — 6:2, 7:5, досрочно обеспечив нашей команде победу в противостоянии.

В парной встрече Фотима Махмудова и Кейра Ким в упорной борьбе уступили дуэту Сиана Макдональд / Малайлак Делайла Патхуммавонг — 2:6, 7:6(9), 3:10.

Поздравляем нашу команду с важной победой и желаем удачи в следующих матчах!
👏4🔥2👍1
Billie Jean King Cup: O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyiga imkoniyatni boy berdi

Billie Jean King Cup musobaqasining Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyi jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Yakkalik bahslarida:

Nigina Alimova — I Wen Wan 0:6, 0:6
Sevil Yuldasheva — Ya Yi Yang 3:6, 4:6

Juftlik bahsida:

Fotima Mahmudova / Keira Kim — I Wen Wan / Ya Yi Yang 1:6, 3:6

Terma jamoamiz musobaqadagi keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshmiz!
__

Billie Jean King Cup: Сборная Узбекистана уступила команде Китайского Тайбэя

В очередном матче группового этапа II группы зоны Азия/Океания Billie Jean King Cup женская сборная Узбекистана уступила команде Китайского Тайбэя со счётом 0:3.

Результаты матчей:

Одиночный разряд:

Нигина Алимова — И Вэнь Вань 0:6, 0:6
Севиль Юлдашева — Я И Ян 3:6, 4:6

Парный разряд:

Фотима Махмудова / Кейра Ким — И Вэнь Вань / Я И Ян 1:6, 3:6

Желаем нашей команде удачи и успешного выступления в следующих матчах турнира!
3
⚡️ O‘zbekiston ayollar terma jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi!

Billie Jean King Cup Osiyo/Okeaniya II guruhi doirasida Malayziyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik uchrashuvlaridayoq g‘alabani ta’minladi.

Nigina Alimova Malayziya vakili Daania Daniella Hazlini 6:2, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Sevil Yuldasheva esa Dhevieena Sarawanan ustidan 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan oldin 2:0 hisobida umumiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Juftlik bahsi esa yomg‘ir sababli vaqtincha to‘xtatildi. Uchrashuv to‘xtatilgan paytda Nigina Alimova va Sevil Yuldasheva juftligi 7:5, 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi.

Mazkur g‘alaba evaziga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichini ikkinchi o‘rin bilan yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
———
⚡️
Женская сборная Узбекистана вышла в плей-офф!

В матче группового этапа Billie Jean King Cup (II группа Азия/Океания) против сборной Малайзии команда Узбекистана обеспечила победу уже по итогам одиночных встреч.

Нигина Алимова обыграла представительницу Малайзии Даанию Даниэллу Хазли со счётом 6:2, 6:0, а Севиль Юлдашева оказалась сильнее Дхевиены Сараванан — 6:3, 6:3. Таким образом, сборная Узбекистана досрочно оформила общую победу в противостоянии — 2:0

Парная встреча была временно приостановлена из-за дождя. На момент остановки матча Нигина Алимова и Севиль Юлдашева вели со счётом 7:5, 3:1.

Благодаря этой победе женская сборная Узбекистана заняла второе место в группе и вышла в стадию плей-офф
👏9
Toshkentda 12 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi ATF G2 turniri yakunlandi

Toshkent shahrida 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi ATF G2 toifasidagi xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari:

O‘g‘il bolalar, yakkalik:
🥇 Andrey Vaxidov (O‘zbekiston)
🥈 Muhammad Gill (Pokiston)

Qizlar, yakkalik:
🥇 Liliya Nurmaganbetova (Qozog‘iston)
🥈 Aizere Almakhan (Qozog‘iston)

O‘g‘il bolalar, juftlik:
🥇 Alimkhan Umedov (O‘zbekiston) / Muhammad Gill (Pokiston)
🥈 Andrey Vaxidov (O‘zbekiston) / Rafael Manarbek (Qozog‘iston)

Qizlar, juftlik:
🥇 Sofiya Zhulusheva / Aizere Almakhan (Qozog‘iston)
🥈 Anna Ovsepyan / Mari Troshkova (O‘zbekiston)

Turnir davomida yosh tennischilar yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qildi hamda xalqaro maydonda qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib bordi.
———
В Ташкенте завершился международный турнир ATF G2 среди теннисистов до 12 лет

В Ташкенте завершился международный турнир категории ATF G2 среди юношей и девушек до 12 лет.

Победители и призёры турнира:

Юноши, одиночный разряд:
🥇 Андрей Вахидов (Узбекистан)
🥈 Мухаммад Гилл (Пакистан)

Девушки, одиночный разряд:
🥇 Лилия Нурмаганбетова (Казахстан)
🥈 Айзере Алмакхан (Казахстан)

Юноши, парный разряд:
🥇 Алимхан Умедов (Узбекистан) / Мухаммад Гилл (Пакистан)
🥈 Андрей Вахидов (Узбекистан) / Рафаэль Манарбек (Казахстан)

Девушки, парный разряд:
🥇 София Жулушева / Айзере Алмакхан (Казахстан)
🥈 Анна Овсепян / Мари Трошкова (Узбекистан)

На протяжении всего турнира юные теннисисты продемонстрировали высокий уровень подготовки, яркую борьбу и получили ценный международный соревновательный опыт
👏5👍2
🏆 O‘zbekistonlik o‘smir tennischilar ITF J100 Almaty turniri chempioni!

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan ITF J100 Almaty xalqaro o‘smirlar turnirida O‘zbekiston vakillari Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedov juftlik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Final uchrashuvida hamyurtlarimiz Rossiya vakillari Saveli Razanau va Ivan Samstyka juftligini 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylanishdi.

Maxmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga xalqaro maydonda yangi zafarlar tilaymiz!
__

🏆 Юниоры Узбекистана - победители ITF J100 Almaty!

Юные теннисисты Узбекистана Махмудбек Бекназаров и Ахмаджон Тошмухамедов стали победителями парного разряда международного юниорского турнира ITF J100 Almaty, проходившего в Алматы (Казахстан).

В финальном матче узбекский дуэт одержал победу над представителями России Савелием Разанау и Иваном Самстыкой со счётом 6:4, 7:5, завоевав чемпионский титул.

Поздравляем Махмудбека Бекназарова и Ахмаджона Тошмухамедова с заслуженной победой и желаем им дальнейших успехов и новых ярких достижений на международной арене!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏115👍4
Akgul Amanmuradovani tavallud ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilhom va kortda ham, undan tashqarida ham yangi yorqin g‘alabalar tilaymiz. Sizning professionalligingiz, tennisga bo‘lgan sadoqatingiz va jamoani muvaffaqiyat sari boshlab borish qobiliyatingiz chuqur hurmat va e’tirofga sazovordir.

Har bir kuningiz quvonch, yangi imkoniyatlar va faxrlanish uchun sabablar bilan to‘lsin. Yoningizda esa doimo ishonchli hamkasblar, iqtidorli sportchilar, sodiq do‘stlar va mehribon yaqinlaringiz bo‘lsin.

Sizga baxt-saodat, farovonlik, barcha ishlaringizda omad va O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
———
От всей души поздравляем Акгуль Аманмурадову с Днём рождения!

Желаем крепкого здоровья, неиссякаемой энергии, вдохновения и новых ярких побед как на корте, так и за его пределами. Ваш профессионализм, преданность теннису и умение вести команду вперёд заслуживают искреннего уважения и восхищения.

Пусть каждый день приносит радость, новые возможности и поводы для гордости, а рядом всегда будут надёжные коллеги, талантливые спортсменки, верные друзья и любящие близкие.

Счастья, благополучия, удачи во всех начинаниях и больших успехов вместе со сборной командой Узбекистана!

С Днём рождения!
🎉7🥰3
O‘zbekistonlik tennischilar Uimbldon bahslarini boshlaydi

Buyuk Britaniyada mavsumning uchinchi «Katta Dubulg‘a» turniri - Uimbldon bahslari start olmoqda.

Ayollar o‘rtasidagi saralash musobaqasida O‘zbekiston sharafini Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova himoya qiladi. Mariya Timofeyeva saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lsa, Polina Kudermetova ham asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Shuningdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Raximova o‘z reytingi orqali Uimbldonning asosiy to‘riga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi va musobaqani asosiy bosqichdan boshlaydi.

Saralashning ilk bosqichida Mariya Timofeyeva amerikalik Whitney Osuigwega, Polina Kudermetova esa fransiyalik Jessika Ponchetga qarshi kortga chiqadi.

Tennischilarimizga Uimbldonda omad tilaymiz!
__

Теннисистки Узбекистана начинают выступление на Уимблдоне

В Великобритании стартуют матчи третьего в сезоне турнира серии «Большого шлема» — Уимблдона.

В женской квалификации Узбекистан представят Мария Тимофеева и Полина Кудерметова. Мария Тимофеева получила первый номер посева в квалификационном турнире, а Полина Кудерметова также поборется за выход в основную сетку.

Первая ракетка Узбекистана Камилла Рахимова благодаря своему рейтингу напрямую квалифицировалась в основную сетку Уимблдона и начнёт выступление сразу с основного турнира.

В первом круге квалификации Мария Тимофеева сыграет против представительницы США Уитни Осуигве, а соперницей Полины Кудерметовой станет француженка Жессика Понше.

Желаем нашим теннисисткам успешного выступления на Уимблдоне!
🏆31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda sport ixlosmandlarining e’tibori futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qaratilgan. Shu bilan birga, tennis muxlislari uchun ham muhim sport voqeasi boshlanmoqda.

Zamonaviy tennis vatani hisoblangan Angliyada bugundan boshlab dunyoning eng nufuzli «Katta Dubulg‘a» turniri — Uimbldon saralash bahslari start oladi.

🏆 Bu yilgi Uimbldonda O‘zbekiston sharafini 5 nafar tennischimiz himoya qiladi:

• Kamilla Rahimova
• Mariya Timofeyeva
• Polina Kudermetova
• Nikita Belozertsev (o‘smirlar)
• Saidaslam Farxodov (14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar)

Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futbol terma jamoasiga omad tilaymiz! Shuningdek, Uimbldon kortlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan tennischilarimizni ham birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!
__

В эти дни внимание любителей спорта приковано к чемпионату мира по футболу. В то же время для поклонников тенниса начинается одно из главных событий сезона.

Именно в Англии, которая считается родиной современного тенниса, уже сегодня стартуют квалификационные матчи самого престижного турнира серии «Большого шлема» — Уимблдона.

🏆 В этом году Узбекистан на кортах Уимблдона представят сразу пять теннисистов:

• Камилла Рахимова
• Мария Тимофеева
• Полина Кудерметова
• Никита Белозерцев (юниоры)
• Саидаслам Фарходов (юниоры до 14 лет)

Желаем удачи сборной Узбекистана по футболу на чемпионате мира! А наших теннисистов, которым предстоит выступить на Уимблдоне, давайте вместе поддержим и пожелаем им успешного выступления!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
🏆 Uimbldon saralashi muvaffaqiyatli boshlandi!

Uimbldon turnirining saralash bahslari start oldi va unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Polina Kudermetova ilk davrada Fransiya vakili Jessika Poncheni 1:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.

Mariya Timofeyeva esa AQSH tennischisi Oliviya Osguni 6:1, 6:4 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi va saralashning ikkinchi davrasiga chiqdi.

Tennischilarimizga keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!
__

🏆 Успешный старт узбекистанских теннисисток в квалификации Уимблдона!

В Лондоне стартовала квалификация Уимблдона, где представительницы Узбекистана уверенно начали борьбу за выход в основную сетку турнира.

Полина Кудерметова в матче первого круга обыграла представительницу Франции Жессику Понше со счётом 1:6, 6:2, 6:3 и вышла во второй раунд квалификации.

Мария Тимофеева также успешно преодолела стартовый барьер, одержав победу над американкой Оливией Осигве — 6:1, 6:4.

Желаем нашим теннисисткам удачи и новых побед!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏106🔥4🥰1