UTF
976 subscribers
2.13K photos
287 videos
96 files
272 links
Official Telegram channel
Uzbekistan Tennis Federation
www.tennis.uz
Download Telegram
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi kortlarida Billie Jean King Cup musobaqasi uchun O‘zbekiston terma jamoasiga saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Saralashda 8 nafar tennischi ishtirok etmoqda. Ular mamlakat sharafini xalqaro maydonda himoya qilish uchun terma jamoa tarkibidan joy olish uchun kurash olib borishmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
———
На кортах Олимпийского городка в Ташкенте проходят отборочные матчи в сборную команду
Узбекистана на Billie Jean King Cup

В отборе принимают участие 8 теннисисток, которые ведут борьбу за место в национальной сборной и право представлять Узбекистан на международной арене.

Желаем всем участницам удачи!

▪️ Telegram ▪️ Instagram 🌐Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2👍1
Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tayotgan Billie Jean King Cup Junior saralash turnirida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi bugun Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shunga qaramay, jamoamiz guruh bosqichini 2-o‘rin bilan yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ertaga qizlarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun kortga chiqishadi. Raqib nomi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Qizlarimizga omad tilaymiz!
———
В Шымкенте проходит отборочный турнир Billie Jean King Cup Juniors среди девушек, где сборная Узбекистана сегодня сыграла против команды Южной Кореи.

Наши девочки уступили со счётом 1:2, однако по итогам группового этапа заняли 2 место в группе и вышли в четвертьфинал турнира.

Завтра команда поборется за выход в полуфинал. Соперник станет известен позднее.

Желаем удачи нашим девочкам!
🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akgul Amanmuradova bilan intervyu🔥
———
Интервью с Акгуль Аманмурадовой 🔥
Bugun Farg‘ona shahrida Osiyo tennis federatsiyasi hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ATF Kinder Tennis xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan tashrif buyurgan ko‘plab murabbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida bolalar tennisini rivojlantirish, zamonaviy tayyorgarlik uslublari hamda Kinder Tennis dasturi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar yuqori saviyada, faol va interaktiv formatda tashkil etildi hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, 15–16 may kunlari Toshkent shahrida seminar davom etadi. Dastur doirasida murabbiylar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, 16 may kuni esa yosh tennischilar ota-onalari uchun maxsus ma’ruza tashkil etiladi. Unda farzandni qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya va murabbiy bilan samarali hamkorlik mavzulari muhokama qilinadi.
———
Сегодня в городе Фергана состоялся первый день международного семинара ATF Kinder Tennis, организованного при поддержке Азиатской теннисной федерации и Федерации тенниса Узбекистана.

В семинаре приняли участие большое количество тренеров практически со всех регионов Узбекистана. В рамках программы были проведены теоретические и практические занятия, посвящённые современным методикам подготовки и развитию детского тенниса по программе Kinder Tennis.

Семинар прошёл в активном и продуктивном формате, вызвав большой интерес среди участников.

Уже 15–16 мая семинар продолжится в Ташкенте. В рамках программы состоятся теоретические и практические занятия для тренеров, а 16 мая пройдёт специальная лекция для родителей юных теннисистов. В ходе встречи будут рассмотрены вопросы поддержки ребёнка, мотивации и эффективного взаимодействия с тренером.
4👍4🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Billie Jean King Cup musobaqasi uchun O‘zbekiston terma jamoasiga saralash bahslari yakunlandi.

Qiziqarli va murosasiz uchrashuvlardan so‘ng yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rin — Nigina Alimova
2-o‘rin — Fatima Makhmudova
3-o‘rin — Keira Kim
4-o‘rin — Maftunabonu Kahramonova
5-o‘rin — Nasiba Espolova

Saralash davomida barcha ishtirokchilar munosib o‘yin namoyish etdi. Sportchilarga keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!
———
Завершились отборочные матчи в сборную Узбекистана для участия в Billie Jean King Cup.

По итогам напряжённых и интересных встреч определились сильнейшие участницы турнира:

1 место — Нигина Алимова
2 место — Фатима Махмудова
3 место — Кейра Ким
4 место — Мафтунабону Кахрамонова
5 место — Насиба Есполова

На протяжении всего отбора спортсменки продемонстрировали высокий уровень игры и борьбу в каждом матче. Желаем удачи в дальнейших соревнованиях
👍7🔥3👏21
🎾 Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tayotgan Billie Jean King Cup Junior saralash turnirida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi bugun Hindiston jamoasiga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ertaga qizlarimiz turnirning navbatdagi uchrashuvida Xitoy jamoasiga qarshi kortga chiqishadi.

Qizlarimizga omad tilaymiz! 💪
———
🎾
В Шымкенте проходит отборочный турнир Billie Jean King Cup Juniors среди девушек, где сборная Узбекистана сегодня одержала победу над командой Индии со счётом 2:1.

Уже завтра наши девочки проведут следующий матч против сборной Китая.

Желаем нашей команде удачи! 💪
👏63👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada seminar muvaffaqiyatli yakunlandi. Seminar davomida ishtirokchilar foydali bilim va tajribaga ega bo‘lishdi hamda tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlashdi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
———
В Фергане успешно прошёл семинар. Участники отметили высокий уровень организации, полезную программу и продуктивный формат мероприятия.

В завершение всем участникам были вручены сертификаты.
👍54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Billie Jean King Cup Juniors 🇺🇿

📍Shymkent, Kazakhstan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🏆 Kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Farg‘onada tennis bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yorqin o‘yinlari va murosasiz bahslari bilan muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. G‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
__

🇺🇿🏆 Чемпионат Узбекистана среди младших юниоров, юниоров и молодёжи завершён

В Фергане завершился чемпионат Узбекистана по теннису среди младших юниоров, юниоров и молодёжи. На протяжении турнира спортсмены продемонстрировали яркую игру, характер и бескомпромиссную борьбу. Победители и призёры соревнований были награждены в торжественной обстановке.

▪️ Telegram ▪️ Instagram 🌐Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2🎉2🤩2👏1
🇺🇿 O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Billie Jean King Cup Juniors turnirini TOP-6 tarkibida yakunladi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan Billie Jean King Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi turnirni 6-o‘rin bilan yakunlab, Osiyo va Okeaniyaning eng kuchli jamoalari qatoridan joy oldi. Musobaqa davomida tennischilarimiz kuchli raqiblarga qarshi munosib kurash olib borib, qimmatli xalqaro tajriba to‘pladi.

Turnir yakunlariga ko‘ra Yaponiya, Koreya, Xitoy Taypeyi hamda Avstraliya terma jamoalari kuchli to‘rtlikdan joy olib, noyabr oyida Chexiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasini musobaqadagi munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz va kelgusi startlarda omad tilaymiz!
———
🇺🇿 Сборная Узбекистана вошла в ТОП-6 Billie Jean King Cup Juniors

В городе Шымкент (Казахстан) завершился турнир Billie Jean King Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying.

Женская юниорская сборная Узбекистана завершила соревнования на 6-м месте, войдя в число сильнейших команд Азии и Океании. По ходу турнира наши теннисистки достойно противостояли сильным соперникам и получили важный международный опыт.

По итогам турнира сборные Японии, Кореи, Китайского Тайбэя и Австралии, занявшие первые четыре места, завоевали путёвки на финальный этап чемпионата мира, который пройдет в ноябре в Чехии.

Поздравляем нашу команду с достойным выступлением и желаем дальнейших успехов на международной арене!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Davis Cup Juniors Final Qualifying turnirida ishtirok etadi!

Joriy hafta Qozog‘istonning Chimkent shahrida start oladigan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Guruhda Avstraliya, Vyetnam va Tailand jamoalari ham ishtirok etadi.

Musobaqa dushanba kunidan boshlanadi.
Yigitlarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
———
Сборная Узбекистана примет участие в турнире Davis Cup Juniors Final Qualifying!

На этой неделе в казахстанском Шымкенте стартует престижный международный турнир, где сборная Узбекистана выступит в группе «B» вместе с командами Австралии, Вьетнама и Таиланда.

Турнир стартует уже в понедельник.
Желаем нашей команде удачи и ярких побед!
🔥51
18-may kuni o‘yinlar jadvali🎾
———
Расписание на 18 мая🎾

Asia/Oceania Final Qualifying juniors Davis Cup
🔥2🥰1
🇺🇿⚡️ O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi - yana bir ishonchli g‘alaba!

Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘tayotgan “Davis Cup Juniors” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan 3:0 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi.

Har bir uchrashuvda yigitlarimiz haqiqiy xarakter, jangovor ruh va Vatan uchun kurashishni namoyish qilishdi. 💪🇺🇿

Oldinda yana muhim bahslar bor. Ishonamiz — jamoamiz hali ko‘plab g‘alabalar bilan bizni xursand qiladi!
———
🇺🇿⚡️ Юниорская сборная Узбекистана - с уверенной победой!

На турнире “Davis Cup Juniors”, который проходит в Шымкенте (Казахстан), сборная Узбекистана уверенно обыграла команду Вьетнама со счётом 3:0.

Наши ребята показали настоящий характер, боевой дух и огромную самоотдачу в каждом матче.

Впереди ещё важные встречи, и мы верим — эта команда способна на большие победы!
👏74🔥4🏆3🥰2
🇺🇿🏆 Denis Istomin va Maksim Shin Gruziyaning Kutaisi shahrida o‘tkazilgan ITF M25 turnirining juftlik bahslarida chempion bo‘lishdi!

Finalda hamyurtlarimiz tajribali tennischilar - armanistonlik Daniil Sarksian va rossiyalik Evgeny Philippov ustidan ishonchli g‘alabaga erishishdi. Daniil Sarksian xalqaro ITF turnirlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan tajribali tennischi hisoblanadi, Evgeny Philippov esa professional turlarda faol qatnashib kelmoqda.

Denis Istomin va Maksim Shin butun turnir davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etib, O‘zbekiston tennisi uchun yana bir xalqaro titulni qo‘lga kiritishdi. Bu g‘alaba - katta mehnat, tajriba va haqiqiy chempionlik xarakteri natijasidir!
__

🇺🇿🏆 Денис Истомин и Максим Шин стали чемпионами турнира ITF M25 в Кутаиси (Грузия) в парном разряде!

В финале наши теннисисты уверенно обыграли армянского теннисиста Даниила Сарксяна и представителя России Евгения Филиппова. Даниил Сарксян регулярно выступает на международных турнирах ITF, а Евгений Филиппов имеет опыт участия в профессиональном туре.

На протяжении всего турнира Денис Истомин и Максим Шин демонстрировали уверенную и зрелую игру, завоевав для Узбекистана ещё один международный титул. Эта победа - результат огромного труда, опыта и настоящего чемпионского характера!
👏85🔥2👍1🏆1
🏆 “Roland Garros” turniri saralash bahslarida hamyurtlarimizning raqiblari ma’lum bo‘ldi

Polina Kudermetova turnirning birinchi bosqichida niderlandiyalik Anouk Koevermansga qarshi kortga chiqadi.

Maria Timofeeva esa saralashning ilk uchrashuvida kanadalik Cadence Brace bilan bahs olib boradi.

Dunyo tennisining eng nufuzli “Katta Dubulg‘a” turnirlaridan biri bo‘lgan “Roland Garros” musobaqasida hamyurtlarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
__

🏆 Определились соперницы теннисисток Узбекистана в квалификации турнира «Ролан Гаррос»

Полина Кудерметова в первом круге квалификации сыграет против представительницы Нидерландов Анук Куверманс.

Мария Тимофеева на старте турнира встретится с канадской теннисисткой Каденс Брейс.

Желаем удачи нашим теннисисткам на одном из самых престижных турниров «Большого шлема» — «Ролан Гаррос»!

▪️ Telegram ▪️ Instagram 🌐Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21🥰1