Toshkent amaliy fanlar universiteti
18.3K subscribers
689 photos
178 videos
2 files
338 links
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636

https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf

👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/

👇 Aloqa uchun:

+998 (71) 200-05-40

@utasunibot
Download Telegram
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti va xalqaro A1 Project IT-kompaniyasi Cometa IT Bootcamp dasturiga intensiv amaliyot uchun ro'yxatdan o'tishni e'lon qiladi. Bu loyiha USAID Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish (USAID/FGI) dasturning doirasida amalga oshiriladi.

TAFU talabalarini eng dinamik sohalardan birida o'z ko'nikmalarini rivojlantirish va qimmatli tajriba orttirishga taklif qilamiz.

✔️ Amaliyot muddati: 3 oy
✔️ Format: gibrid (A1 Project ofislarida va masofadan turib)
✔️ Haqiqiy loyihalar ustida jamoa bo'lib ishlash, dasturiy va apparat ta'minoti sohasidagi yetakchi xalqaro sertifikatlangan murabbiylar boshchiligida.

Amaliyot yo'nalishlari:
• Dasturlash (JavaScript, TypeScript, NodeJS, React)
• DevOps va ma'lumotlar bazasini boshqarish
• Mahsulot dizayni va tahlil qilish

❗️Arizalar 2024-yil 7-oktabrgacha qabul qilinadi.

Amaliyot oldidan barcha nomzodlar bilan suhbat o'tkaziladi.

⚡️ Kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar xalqaro IT-kompaniyalarida va A1 Project kompaniyaning o’zida ishlash imkoniga ega bo’lishadi. Shuningdek kursni to’liq tamomlagan talabalar ham kompaniya tomonidan rag’batlantiriladi.

🔥 Ushbu loyiha respublikamizda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan birinchi bo’lib TAFU da yo’lga qo’yildi.

Batafsil ma'lumot olish va ariza topshirish uchun havola: https://lnkd.in/gYPGvjCP
🔊 Kreativ IT Akademiyada "Maʼlumotlar bazasi (Oracle, PostgreSQL)", "Web dasturlash (Python, Java, PHP, Java Script)", "3D modellashtirish", "AT-servis" kurslariga sizni taklif qilamiz.

🗓 Davomiyligi: 3 oydan o'quv yili oxirigacha haftada barcha kurslar bo'yicha 3 kundan, 2 soat

🕰 Vaqti: Har bir yo'nalish bo'yicha haftaning juft va toq kunlarida soat 15.00 - 18.00

👨‍🎓 Har bir guruhlar: 12-15 nafar talabalardan iborat bo'ladi

💰 Narxi: TAFU talabalari uchun boshlang'ich kurslar chorak bo'yicha bepul o'qitiladi hamda keyingi darajadagi kurslar uchun 50% dan 60% gacha chegirma taqdim etiladi

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish: 2024-yil 7-oktabrdan ushbu havola orqali boshlanadi

📞 Murojaat uchun: +998930836583

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Farg'ona yo'li ko‘chasi 147 uy, TAFU “F” binosi “Kreativ IT Akademiya”

📍 Mo‘ljal: Uzbum avtobus bekati

🤝 Kurs davomida kutiladigan natijalar: Xalqaro va Respublikada mavjud IT kompaniyalarga amaliyot hamda ishga taklif.

Sayt | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ezgulik dunyoni go’zallashtiradi🤍

4-oktabr kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanidagi 34-sonli maktabga sport anjomlari va texnikalarini topshirishdi. Umid qilamizki, bu o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun ajoyib poydevor bo‘ladi!

Xayriya loyihasida ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
🇺🇿🇰🇷 Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi.

🤝 “2024 Uzbekistan-Koreya Industгy-Academia Week” haftaligida Janubiy Коrеуаdаn 20 ta yirik tarmoq korxonalari, 13 ta oliy ta'lim muassasalari hamda 3 ta texnoparkdan umumiy 62 nаfаr vakildan iborat delegatsiya tashrif buyurgan. Tadbirda ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari, kichik biznes vakillari hamda yirik tarmoq korxonalari orasida o'zaro tajriba almashish hamda kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'yish uchun hamkorlik o'rnatish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirilgan.

🔥 Toshkent amaliy fanlar universiteti xodimlari ham ushbu tadbirda ishtirok etishdi hamda Janubiy Коrеуа Kyungil universiteti va uning tasarrufidagi soha korxonalari bilan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek Коrеуа Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O'zbekistonga tashrifi strategik sheriklikni chuqurashtirish va hаr tomonlama kengaytiгish bo'yicha hujjatlar qabul qilindi.

Veb-sayt | Telegram | Instagram
Germaniya va Qozog'istonning TOP universitetlari fan doktorlari va professorlari psixologiya yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarimizga onlayn darslar o’tishadi.

⚡️ 5-oktabr kuni Germaniyaning eng qadimiy va nufuzil universitetlaridan biri Leipzig Universiteti hamda Al Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy Universiteti professorlari, fan doktorlari bilan uchrashuv va seminarlar bo'lib o'tdi.

Tadbir natijasida professor-o'qituvchilarning o'zaro ilmiy-metodik hamkorligi hamda kelajakda universitetlarimiz o'rtasida talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish bo'yicha hamkorlik ishlari boshlandi.

Veb-sayt | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 O’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalarimiz safiga qo’shilish uchun siz kontrakt to’lovini 18-oktabr sanasigacha amalga oshirishingiz va kerakli hujjatlarni universitetga olib kelishingiz kerak.

❗️Shartnomada ko’rsatilgan summaning 25% qismini to’lashingiz kerak bo’ladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqam yoki telegram-botga mutojaat qilishingiz mumkin:

☎️
+998712000540
🤖
@utasunibot

Boshqa raqam va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilimlarni amalda qo‘llay bilish zarur 📚

TAFUda yuqori talabga ega kadrlarni yetishtirish uchun doimo kompleks yondashuv amalda bo‘lgan. Talabalarimiz dastlab nazariyani o‘rganib, so‘ngra o‘tilgan materialni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.

Keyinchalik bu amaliyot to‘laqonli karyeraga aylanadi.

📹 Yuqoridagi videoda talabamizning NBU bankidagi amaliyoti qanday kechayotgani haqida bilishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Karyerangizga biz bilan qadam qo’ying 🎓

Salohiyatingizni kashf etish va uni rivojlantirish uchun universitetimiz cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

IT sohasiga qiziqadigan talabalar uchun ham TAFU ustozlari barcha zaruriy bilim-ko’nikmalarni egallashda yordam beradi.

Undan tashqari, bizda talabalarga turli yo‘nalishlarda ta’lim olish imkonini beradigan IT akademiyasi ham tashkil etilgan📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tajribali ustozlar bilan — hammasi oson👍

Koʻplab turli xil metodikalarning mavjudligi hamda nazariyaning ustozlarimiz tomonidan sifatli taqdim etilishi talabalarimiz o’z bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashiga yordam beradi.

TAFU — muvaffaqiyatli karyera sari muhim qadam👩🏻‍🎓

Veb-sayt | Telegram | Instagram
TAFUda yangi loyiha — "Shaxs klubi"

Universitetimizda yana bir saviyali loyihaning ilk qadami qo'yildi - “Shaxs klubi”ning birinchi motivatsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning ilk mehmoni O‘zbekiston mustaqilligi davrida davlat arbobi, diplomat va olim sifatida faoliyat yuritib, ilmiy va davlat sohalariga katta hissa qo‘shgan shaxs Saidmuxtor Saidqosimov bo'ldilar.

“Shaxs klubi”ning asosiy maqsadi — talabalarimizga muvaffaqiyatlarga erishgan insonlar bilan uchrashish va ularning tajribalaridan o‘rganish imkonini yaratishdir.

Telegram | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She’riyat muxlislari uchun tadbir o‘tkazildi ✍️

"Ma’rifatga ulashib" loyihasiga bag‘ishlangan uchrashuvda she’r yozishga ishtiyoqmand ijodkor talabalar jam bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda Nuriddin Aminjon, Chorsham Roʻziyev, Mirzokarim Toshboltayev kabi taniqli yozuvchilar qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari ilhomlanish yo‘lidagi o‘z hikoyalari bilan bo‘lishib, o‘z she’rlarini o‘qib berishdi.

TAFUda ijod ahlini hamisha xush ko‘ramiz 📖

Veb-sayt | Telegram | Instagram
🇺🇿 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida faol ishtirok eting!

Toshkent amaliy fanlar universiteti barchani O‘zbekistonning kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu saylovda faol qatnashishga chorlaydi. Har bir ovoz – mamlakatimiz rivoji yo‘lida qo‘yilgan katta qadamdir.

Saylov sanasi: 27-oktabr
Ovoz bering – Ertangi kuningizga befarq bo’lmang!

Telegram | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Toshkent amaliy fanlar universitetida O'zbek tili bayrami nishonlandi!

"Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim”
mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalarning she'riy chiqishlari, kuy qo'shiqlar hamda sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🇺🇿 Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ong-u tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Telegram | Instagram | Veb-sayt
🤝 Toshkent amaliy fanlar universiteti va ikki tashkilot orasida memorandum imzolandi

Birinchisi, INNO TexnoParki bilan bo’lib, memorandum doirasida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro tajriba almashish nazarda tutilgan.

Ikkinchi memorandum Realsoft kompaniyasi bilan bo’lib, axborot xavfsizligi va dasturiy injiniringi kabi yo‘nalishlarda talabalarimizning amaliyotini tashkil etish maqsad qilib qo‘yilgan.

Bunday hamkorliklar talabalarimizning ilmiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega!

Telegram | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Havas qilishga arziydigan muvaffaqiyat 🤩

Namunali talabalarimizdan biri Ahmedova Nodira o‘qishda katta yutuqlarga erishib, tadbirlarda faol ishtirok etadi va hatto, ilmiy maqolalar yozish bilan ham shug‘ullanadi. Natijada, u rektor grantini qo‘lga kiritdi va biz uni bu zafar bilan chin dildan tabriklaymiz!

Nodira barcha talabalarga astoydil mehnat qilib, xuddi shunday yuksak maqsadlarga erishishlarini tilaydi 🌟

Veb-sayt | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun talabalar TAFUni tanlaydi?🤔

Yuqoridagi video orqali ularning ushbu tanloviga nima ta’sir qilganini bilib olasiz. Shuningdek, izohlarda ta’lim muassasasini tanlashda qanday omillar muhim ahamiyatga ega ekani haqidagi fikrlaringizni bildiring.

Marhamat, tomosha qiling 🍿

Telegram | Instagram | Veb-sayt