Toshkent amaliy fanlar universiteti
18.8K subscribers
653 photos
172 videos
2 files
323 links
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636

https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf

👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/

👇 Aloqa uchun:

+998 (71) 200-05-40

@utasunibot
Download Telegram
Talabalarimiz nega universitetda tushlik qilishni yoqtirishini bilasizmi?🤔

Bunga sabab ajoyib oshpazlarimizdir. Tanishing, taomlari talabalar orasida juda mashhur bo'lgan bosh oshpazimiz — Dilshod.

Dilshod bolaligidan oshpaz bo'lishni orzu qilgan. Endi orzusi amalga oshgach, u bizni mazali taomlar bilan xursand qilmoqda 🤍

Siz kim bo'lishni orzu qilasiz?
Universitetimiz IT xonalari bu talabalarimiz ilg'or texnologiyalardan mukammal foydalanib, o'z bilim va tajribalarini oshiradigan interaktiv axborot markazidir.

Agar siz ham talabalarimiz safiga qo'shilishni istasangiz, Toshkent amaliy fanlar universitetiga hujjat topshiring! 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir talabamiz namuna bo'lishga arziydi 👨🏻‍🎓

Bugungi qahramonimiz Iqtisodiyot fakultetining Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi talabasi. Tanishing — Abduvali. U istiqbolli kelajakka ega!

Abduvali kelajakda tajribali auditor bo'lishni o'z oldiga maqsad qilgan va buning uchun o'qib-izlanishdan to'xtamaydi 📚

Siz ham Iqtisodiyot fakultetida ta'lim olishni xohlaysizmi?😊
O'quv yilining boshlanishi tobora yaqinlashib kelmoqda 📚

Hozir kasb tanlash borasida qarorni qabul qilib, Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kirishning ayni vaqti. Bizning talabalarimiz o’qishni tamomlab, ajoyib o'qituvchi va psixolog, muvaffaqiyatli auditor va IT sohasi mutaxassislari bo'lishlari aniq!👩🏻‍🎓

TAFU — muvaffaqiyatingni birga quramiz!
Doimo do'stlar davrasida bo'lishni orzu qilasizmi?😄

Talabalarimiz do'stlar bilan yangi bilimlar olishdan tashqari, kelajakdagi rejalar bo'yicha ham birgalikda maqsadlar qo'yishadi. Universitetimizdagi do'stlik muhiti har bir talabaga o'sish va rivojlanish imkoniyatini beradi

Siz ham Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kiring!
Kontrakt narxi haqida!

Keltirilgan rasmda 2023-2024 o’quv yili uchun narxlar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, hozirda Universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun ham 2023-2024 o'quv yiliga ushbu narxlar belgilangan.

Hurmatli abituriyentlar, Universitetda tabaqalashtirilgan (super) kontraktlar YO’Q, faqat belgilangan kontrakt miqdorlari qo'llaniladi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
Talabalar uchun qulay dam olish muhiti

Dars mashg'ulotlaridan charchaganingizda universitetimizda hordiq chiqarishingiz uchun imkoniyatlar mavjud. Masalan, kitob o'qishingiz, stol o'yinlari o'ynashingiz yoki shunchaki deraza ortidagi manzaradan zavq olishingiz mumkin.

Sizlarni universitetimizda kutmoqdamiz!🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizning barcha murabbiylari bilan tanishmisiz?😊

Sizlarga Isroil Allayorov — iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisini tanishtirishdan mamnunmiz. Bolaligida qahramonimizning akasi tez-tez professor deb chaqirgani uchun u o'qituvchi bo'lishga qaror qilgan va bu niyati amalga oshgan!

Isroil Allayorov hayajonli futbol o'yinlarini tomosha qilishni va Mel Gibson ishtirokidagi "Sheryurak" filmini takror va takror ko'rishga tayyor 🔥
UZBMB (DTM) imtihoni natijalaringiz chiqdimi?

Agar siz UZBMB (DTM) imtihonlarida 56.7 dan yuqori ball to'plagan bo'lsangiz, mos va turdosh ta'lim yo'nalishlari istalgan ta'lim shakli bo'yicha hech qanday universitet ichki imtihonlarisiz Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi bo'lishingiz mumkin.

📑
Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mos fanlar majmuasi

Buning uchun UZBMB (DTM) imtihoni natijasi hamda passportingizni universitet qabul bo'limiga taqdim qilishingiz kerak bo'ladi.

Yuqoridagi hujjatlarni qabul bo'limiga topshirganingizdan so'ng, bir hafta ichida to'lov shartnomasi beriladi.

Bu haqida sizga telefon yoki SMS orqali xabar beriladi.

📍Qabul bo'limi manzili: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 28-dekabrdagi 426-sonli "OIiy ta'lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"ga o'zgartish va qo’shimchalar kiritish to'g'risidagi buyrug'iga va vazirlikning Toshkent amaliy fanlar universitetining 2023-yil 12-iyuldagi 303-son murojaatiga javoban yo'llangan xatiga asosan quyidagi o'zgartirish kiritildi.

Unga ko'ra, Toshkent amaliy fanlar universiteti 2023-2024 o'quv yilidan boshlab litsenziyasida ko'rsatilgan "60110100-Pedagogika va psixologiya" bakalavriyat ta'lim yo'nalishi o'rniga "60110100-Pedagogika" bakalavriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha talabalarni qabul qilishni boshlaydi.

Bu o'zgartirish ushbu ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan mavjud talabalarga tegishli emas.

☎️
Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
Abituriyentlar tomonidan kelayotgan savollarga javoblar:

1. Qabul uchun hujjat topshirish qaysi sanagacha davom etadi?
2023-yil 17-avgustgacha.

2. Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
Kirish imtihonlari 2023-yilning 19-avgustida bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etish bepul.

3. Qanday hujjat topshirish mumkin?
utas.uz/admission havolasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Hujjat topshirish bepul.

4. Qabul uchun qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi; passport/ID nusxasi

5. Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Kunduzgi, kechki (3-smena) va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

6. Kirish imtihonlari savollaridan namunalar bormi?
O'tgan imtihon test namunalari

7. O'qish narxlari necha pul?
Batafsil bu yerda

8. UZBMB (DTM) natijalari bilan o'qishga kirish mumkinmi?
Agar siz 2023-yil UZBMB (DTM) imtihonlarida 56.7 dan yuqori ball to'plagan bo'lsangiz, mos va turdosh ta'lim yo'nalishlari istalgan ta'lim shakli bo'yicha universitet imtihonlarisiz TAFU talabasi bo'lishingiz mumkin.

9. Universitet litsenziyaga egami?
Ha, litsenziya №029914. Batafsil bu yerda

10. Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga asosan, davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjat (diplom) beradi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
IQ test namunalari bilan tanishing

Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari ONLAYN intellektual qobiliyat TEST sifatida tashkil etiladi (IQ test) va mantiqiy savollar, matematika, o'zbek va ingliz tili savollaridan iborat bo'ladi.

📌 Testlar soni - 20 ta. Ularni yechish uchun ajratilgan vaqt - 30 daqiqa.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
📣 Hurmatli abituriyentlar!

🗓 Eslatib o'tamiz, kirish imtihonlari 19-avgust, ya'ni, shanba kuni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Imtihonning har bir yo’nalish bo’yicha aniq vaqti hamda imtihonga kirish uchun link (havola) sizga - SMS tarzida imtihondan bir kun oldin jo'natiladi (ya'ni, 18-avgust kuni)

📌 Onlayn imtihon uchun sizga kompyuter/noutbuk yoki smartfon, uzluksiz internet va atrofdagilardan holi tinch xona kerak bo'ladi.

Muhim! Imtihon tafsilotlari haqida SMS qabul qilish uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz balansi minusda bo'lmasligiga, hamda imtihonda ishtirok etish uchun internet xizmatlarini to'lab qo'yganingizga - ishonch hosil qilishingizni so'raymiz!

👉 Imtihon topshirish tartibi: Batafsil

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
🗓 Imtihon vaqtlari!

19-avgust
, shanba, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tadi. SMSlar bugun 14:00dan keyin jo’natiladi. Yo’nalishlar kesimida aniq vaqtlar:

Bank ishi va auditi - soat 10:00da.

Iqtisodiyot - soat 10:45da.

Buxgalteriya hisobi va audit - soat 11:30da.
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar - soat 11:30da.
• Matematika va informatika - soat 11:30da.

• Kompyuter injiniringi - soat 12:15da.
Multimediya texnologiyalari - soat 12:15da.
Axborot xavfsizligi - soat 12:15da.

Pedagogika - soat 13:00da.

• Boshlang'ich ta'lim - soat 13:45da.
• Maktabgacha ta'lim - soat 13:45da.

• Tarix - soat 14:30da.
• O'zbek tili va adabiyoti - soat 14:30da.

• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - soat 15:15da.

🔗 Imtihonga kirish uchun login va parol quyidagicha bo'ladi:

Login: Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz (Namuna: +998991234567)
Parol: Pasport/ID seriya va raqam (Namuna: AA1234567)

⭕️ Imtihonga kirish uchun havola (link) sizga SMS orqali bugun 14:00dan keyin yuboriladi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.
Toshkent amaliy fanlar universiteti imtihonlari yakunlandi

Bugun, 19-avgust, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

🗓 Imtihon javoblari 23-avgust SMS orqali e'lon qilinadi.

📌 Bugungi imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga keyingi imtihonda qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi va buning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas.

Keyingi imtihon sanalari rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.