Toshkent amaliy fanlar universiteti
18.3K subscribers
689 photos
178 videos
2 files
339 links
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636

https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf

👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/

👇 Aloqa uchun:

+998 (71) 200-05-40

@utasunibot
Download Telegram
Talabalarimizning bo'sh vaqtlari bo'lishi bilan kampusda stol tennisi o'ynab hordiq chiqarayotganini kuzatish mumkin. Tennis stolini o'rnatganimizdan beri, raketkadan mohirona foydalanishda bahslashishni istaganlarning cheki yo'q 😁

Sizga ham tennis o'ynash yoqadimi yoki ko'proq muxlislik qilishni xohlaysizmi? 🔥
📣 Hurmatli abituriyentlar!

Hozirda universitet rasmiy sayti orqali shartnomani yuklab olishingiz mumkin.

📌 Shartnomada ko’rsatilgan summaning 50% qismini 20-avgustgacha to’lashingiz kerak bo’ladi.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali javobingizni tekshira olasiz.

Shuningdek, shartnomadagi ma’lumotlaringizda xatolik bo’lsa, universitet binosiga kelishingiz so’raladi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar

☎️ +998712000540
🤖
@utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir daqiqaga diqqat qiling

Hozir siz bilan universitetimiz bo'ylab kichik, ammo qiziqarli ekskursiya uyushtiramiz. Qulay va zamonaviy ta’lim uchun barcha imkoniyatlar mavjud va bu bilan videoda tanishishingiz mumkin. Sizga ham manzur bo’ladi degan umiddamiz 😉

Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kiring 🎓
❗️Ba’zi pedagogika yo’nalishlari sirtqi ta’lim uchun staj talab qilinmaydi

Toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika sohasi yo’nalishlari talabalariga 5 yillik ish staji talab qilinishi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan quyidagi yo’nalishlarning sirtqi ta’lim shakliga 5 yillik ish staji talab qilinmaydi:

◽️Pedagogika va psixologiya;
◽️Maktabgacha ta’lim;
◽️Tarix.

Toshkent amaliy fanlar universitetining faqatgina “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yillik ish staji talab qilinadi.

Batafsil ma’lumot:
☎️ +998712000540
🤖
@utasunibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saylovda albatta ishtirok eting!

Xabaringiz bor, 9-iyul kuni O’zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib yurt farzandlari sifatida faol bo‘laylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizda har bir murabbiy e'tiborga loyiqdir

Bugun sizlarni rus tili o'qituvchisi Abduraxmanova Matlyuba Baxodirovna bilan tanishtiramiz. Bizning qahramonimiz 1965-yil 4-mayda tavallud topgan.

Matlyuba Baxodirovna bo'sh vaqtlarida billur buyumlarni to’plash, "Ta'tillar almashganda" filmini qayta tomosha qilish, klassik va zamonaviy musiqa tinglashni yoqtiradi🎙
Ta’lim olish bu — qiziqarli jarayon

Mehribon va g'amxo'r ustozlar har kuni talabalarni qo'llab-quvvatlaydi va bilim beradi, talabalar esa ustozlariga cheksiz ehtirom bilan munosabatda bo'lishadi.

Siz ham Toshkent amaliy fanlar universitetiga hujjat topshiring 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent amaliy fanlar universitetiga Xitoyning Zhejiang Iqtisodiyot va moliya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Xitoy universiteti vitse-prezidenti Li Zhangrong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda har ikkala universitet uchun o’zaro manfaatli bo’lgan masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, kelgusida talabalar, magistrant, aspirant va fan doktorlari uchun o’zaro almashinuv dasturlari yo’lga qo’yilishi bo’yicha kelishuvga erishildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimiz talabalari trenddan orqada qolmaydi 😉

Toshkent amaliy fanlar universitetida yangi do'stlar orttirish bilan birga siz talabalar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Barchasi — qulay va zamonaviy ta'lim olishingiz uchun.

Siz ham Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kiring!🎓
Kelajakda kim bo'lishingiz haqida qaror qabul qildingizmi?🤔

Zo'r va daromadli biznes qurishni yoki taniqli IT mutaxassis bo'lishni xohlayotgandirsiz? Yoki sizning orzuingiz bolalar bilan ishlash va odamlarga yordam berishmi? Salohiyatingiz qanday bo'lmasin, Toshkent amaliy fanlar universitetida u to'liq namoyon bo'ladi! 👍

Universitetimizga kirish uchun hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent amaliy fanlar universiteti — ta’lim va tajriba uyg’unlashgan makon

Universitetimiz, undagi ta’lim yo’nalishlari va talabalarimizga yaratilgan imkoniyatlar — Kun.uz nigohida👇

📹 Videoni ko’rish uchun havola:
https://youtu.be/agm39ubfPWQ

📑 Maqolani o’qish uchun havola:
https://kun.uz/28049668
Talabalarimiz nega universitetda tushlik qilishni yoqtirishini bilasizmi?🤔

Bunga sabab ajoyib oshpazlarimizdir. Tanishing, taomlari talabalar orasida juda mashhur bo'lgan bosh oshpazimiz — Dilshod.

Dilshod bolaligidan oshpaz bo'lishni orzu qilgan. Endi orzusi amalga oshgach, u bizni mazali taomlar bilan xursand qilmoqda 🤍

Siz kim bo'lishni orzu qilasiz?
Universitetimiz IT xonalari bu talabalarimiz ilg'or texnologiyalardan mukammal foydalanib, o'z bilim va tajribalarini oshiradigan interaktiv axborot markazidir.

Agar siz ham talabalarimiz safiga qo'shilishni istasangiz, Toshkent amaliy fanlar universitetiga hujjat topshiring! 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir talabamiz namuna bo'lishga arziydi 👨🏻‍🎓

Bugungi qahramonimiz Iqtisodiyot fakultetining Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi talabasi. Tanishing — Abduvali. U istiqbolli kelajakka ega!

Abduvali kelajakda tajribali auditor bo'lishni o'z oldiga maqsad qilgan va buning uchun o'qib-izlanishdan to'xtamaydi 📚

Siz ham Iqtisodiyot fakultetida ta'lim olishni xohlaysizmi?😊
O'quv yilining boshlanishi tobora yaqinlashib kelmoqda 📚

Hozir kasb tanlash borasida qarorni qabul qilib, Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kirishning ayni vaqti. Bizning talabalarimiz o’qishni tamomlab, ajoyib o'qituvchi va psixolog, muvaffaqiyatli auditor va IT sohasi mutaxassislari bo'lishlari aniq!👩🏻‍🎓

TAFU — muvaffaqiyatingni birga quramiz!
Doimo do'stlar davrasida bo'lishni orzu qilasizmi?😄

Talabalarimiz do'stlar bilan yangi bilimlar olishdan tashqari, kelajakdagi rejalar bo'yicha ham birgalikda maqsadlar qo'yishadi. Universitetimizdagi do'stlik muhiti har bir talabaga o'sish va rivojlanish imkoniyatini beradi

Siz ham Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kiring!
Kontrakt narxi haqida!

Keltirilgan rasmda 2023-2024 o’quv yili uchun narxlar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, hozirda Universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun ham 2023-2024 o'quv yiliga ushbu narxlar belgilangan.

Hurmatli abituriyentlar, Universitetda tabaqalashtirilgan (super) kontraktlar YO’Q, faqat belgilangan kontrakt miqdorlari qo'llaniladi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
Talabalar uchun qulay dam olish muhiti

Dars mashg'ulotlaridan charchaganingizda universitetimizda hordiq chiqarishingiz uchun imkoniyatlar mavjud. Masalan, kitob o'qishingiz, stol o'yinlari o'ynashingiz yoki shunchaki deraza ortidagi manzaradan zavq olishingiz mumkin.

Sizlarni universitetimizda kutmoqdamiz!🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizning barcha murabbiylari bilan tanishmisiz?😊

Sizlarga Isroil Allayorov — iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisini tanishtirishdan mamnunmiz. Bolaligida qahramonimizning akasi tez-tez professor deb chaqirgani uchun u o'qituvchi bo'lishga qaror qilgan va bu niyati amalga oshgan!

Isroil Allayorov hayajonli futbol o'yinlarini tomosha qilishni va Mel Gibson ishtirokidagi "Sheryurak" filmini takror va takror ko'rishga tayyor 🔥
UZBMB (DTM) imtihoni natijalaringiz chiqdimi?

Agar siz UZBMB (DTM) imtihonlarida 56.7 dan yuqori ball to'plagan bo'lsangiz, mos va turdosh ta'lim yo'nalishlari istalgan ta'lim shakli bo'yicha hech qanday universitet ichki imtihonlarisiz Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi bo'lishingiz mumkin.

📑
Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mos fanlar majmuasi

Buning uchun UZBMB (DTM) imtihoni natijasi hamda passportingizni universitet qabul bo'limiga taqdim qilishingiz kerak bo'ladi.

Yuqoridagi hujjatlarni qabul bo'limiga topshirganingizdan so'ng, bir hafta ichida to'lov shartnomasi beriladi.

Bu haqida sizga telefon yoki SMS orqali xabar beriladi.

📍Qabul bo'limi manzili: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy