Toshkent amaliy fanlar universiteti
18.3K subscribers
689 photos
178 videos
2 files
338 links
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №331636

https://utas.uz/staticfiles/New%20license.pdf

👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/

👇 Aloqa uchun:

+998 (71) 200-05-40

@utasunibot
Download Telegram
📣 Diqqat, Hurmatli abituriyentlar!

Xabaringiz bor, hozirda Toshkent amaliy fanlar universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Bu bo’yicha barcha abituriyentlarga eslatib o'tamiz:

Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qish uchun ariza qoldirish (va imtihon topshirish ham) BEPUL va faqat ONLAYN amalga oshiriladi.

Universitet vositachilar, konsalting firmalar bilan ishlamaydi. Sizdan kimdir imtihon topshirish yoki o'qishga kirish uchun pul so'rasa ularga ishonmang!

Ariza qoldirish - BEPUL;
Imtihon topshirish - BEPUL.

🙅‍♂️ Turli xil ochilayotgan guruh va kanallarga ishonib aldanib qolmang! Universitetga bog'liq barcha yangiliklar, rasmiy xabarlar @utasuz telegram kanalida berib boriladi. Qolgan har qanday guruh va kanallar "fake" hisoblanadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
Bizning talabalarimiz — kelajakka bo'lgan ishonch timsolidir. Axir, Toshkent amaliy fanlar universitetida ta'lim olish ularga o'z salohiyatini to'liq ochishga va yirik ish beruvchi kompaniyalarning talablariga mos kadr bo’lishga yordam beradi. 😎

Universitetimiz talabasi bo'ling!

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajakni qurishni bugundan boshlang 🔥

Dunyoning turli mamlakatlari tili va madaniyatini o'rganishni xohlaysizmi? Tilshunoslik bo'yicha zamonaviy va sifatli ta'lim olishnichi?

U holda Toshkent amaliy fanlar universitetining "Tillar va adabiyot" fakultetining kunduzgi yoki kunduzgi 3-smena (kechki) ta'lim shakliga hujjat topshiring.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
Talabalarimiz doimo tanlov imkoniyatiga ega

O'zlashtirilgan yangi bilimlarni mustahkamlash uchun kutubxona, zamonaviy kovorking-hududi yoki shunchaki do'stlar bilan ishlash uchun kompyuterlar mavjud.

Siz ham universitetimiz talabasi bo’ling!

☎️
Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'z salohiyatingizni kashf qiling🌟

Agar siz kelajakda bankir yoki iqtisodchi bo’lishni istasangiz, Toshkent amaliy fanlar universitetining “Iqtisodiyot” fakultetiga o'qishga kiring!

Malakali o'qituvchilar yordamida bank va biznes sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur bo'lgan barcha bilimlarga ega bo'lasiz!💵

Barcha tafsilotlarni bilish uchun biz bilan bog'laning❗️

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
Qarang, atrofda hech kim yo’q 👀

Talabalar darsda bo’lgan vaqtda universitetdagi sokin muhitdan bahramand bo’lish mumkin. Tanaffus boshlanishi bilan esa hammayoqni talabalarning ovozi egallaydi 😊
Tanaffuslaringizni qanday o’tkazasiz?

O’qishdan biroz chalg’ib, boshqa talabalar bilan dam olish uchun universitet kampusi eng yaxshi joydir.

Sevimli kitobingizni mutolaa qilishingiz yoki do’stlaringiz bilan shaxmat o’ynashingiz mumkin.

Siz dam olish uchun qanday mashg’ulot bilan shug’ullanasiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz 😊

Alixanova Dilshoda — pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi. Kelajakda u boshlang'ich sinflarning ajoyib o'qituvchisi bo'lishi mumkin!

Dilshoda sportni — yugurish va suzishni yoqtiradi. Sizning sevimli mashg'ulotingiz nima?☀️
Qabul haqida eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar

1. Qabul uchun hujjat topshirish qaysi sanagacha davom etadi?
2023-yil 15-iyunga qadar.

2. Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
2
023-yil 17-iyunda onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etish bepul.

3. Qanday hujjat topshirish mumkin?
utas.uz/admission havolasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Hujjat topshirish bepul.

4. Qabul uchun qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi; passport/ID nusxasi

5. Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Kunduzgi, kechki (3-smena) va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

6. O'qishga bu yil 11-sinf yoki litseyning 3-kursini tugatayorganlar kirsa bo'ladimi?
11-sinf yoki kollej/litseyning 3-kursni tugatganlar, shu jumladan, joriy o'quv yilida 11-sinf yoki kollej/litseyning 3-kursini bitiradiganlar ham hujjat topshirishlari mumkin.

7. Kirish imtihonlari savollaridan namunalar bormi?
Namunalar ushbu telegram kanalda e'lon qilinadi.

8. O'qish narxlari necha pul?
Batafsil bu yerda

9. Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga asosan, davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjat (diplom) beradi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
To'yimli tamaddidan so'ng bilimlar ancha yaxshi o'zlashtiriladi. Shuning uchun kampusda o'zingizni pitsa, burger va boshqa mazali taomlar bilan siylashingiz mumkin bo'lgan Little Italy qahvaxonasi har kuni ochiq 🍕

Menyudagi qaysi yegulik sizga ko'proq yoqadi?🤍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 TAFUda qabul davom etmoqda!

Toshkent amaliy fanlar universitetini
ng taniqli talabasi - Dilime sizni universitet safiga qo’shilishga chorlamoqda!

🗓 Hoziroq hujjat topshiring! Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul.

Universitet haqida ko'p uchraydigan savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
📣 Hurmatli abituriyentlar!

🗓 Eslatib o'tamiz, kirish imtihonlari 17-iyun, ya'ni, shanba kuni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Imtihonning har bir yo’nalish bo’yicha aniq vaqti hamda imtihonga kirish uchun link (havola) sizga - SMS tarzida imtihondan bir kun oldin jo'natiladi (ya'ni 16-iyun kuni).

📌 Onlayn imtihon uchun sizga kompyuter/noutbuk yoki smartfon, uzluksiz internet va atrofdagilardan holi tinch xona kerak bo'ladi.

Muhim! Imtihon tafsilotlari haqida SMS qabul qilish uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz balansi minusda bo'lmasligiga, hamda imtihonda ishtirok etish uchun internet xizmatlarini to'lab qo'yganingizga - ishonch hosil qilishingizni so'raymiz!

👉 Imtihon topshirish tartibi: Batafsil

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
IQ test namunalari bilan tanishing

Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari ONLAYN intellektual qobiliyat TEST sifatida tashkil etiladi (IQ test) va mantiqiy savollar, matematika, o'zbek va ingliz tili savollaridan iborat bo'ladi.

📌 Testlar soni - 20 ta. Ularni yechish uchun ajratilgan vaqt - 30 daqiqa.

🗓 Kirish imtihonlari 17-iyunda onlayn tarzda bo'lib o'tadi, javoblar esa 22-iyun kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
🗓 Imtihon vaqtlari!

17-iyun
, shanba, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tadi. SMSlar bugun 18:00dan keyin jo’natiladi. Yo’nalishlar kesimida aniq vaqtlar:

Pedagogika va psixologiya - soat 11:00da.
• Boshlang'ich ta'lim - soat 11:00da.

Iqtisodiyot - soat 12:00da.
Bank ishi va auditi - soat 12:00da.

Buxgalteriya hisobi va audit - soat 13:00da.
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar - soat 13:00da.
• Kompyuter injiniringi - soat 13:00da.
Axborot xavfsizligi - soat 13:00da.
Multimediya texnologiyalari - soat 13:00da.

• Matematika va informatika - soat 14:00da.
• Tarix - soat 14:00da.
• O'zbek tili va adabiyoti - soat 14:00da.
• Maktabgacha ta'lim - soat 14:00da.

• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - soat 15:00da.

🔗 Imtihonga kirish uchun login va parol quyidagicha bo'ladi:

Login: Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz (Namuna: +998991234567)
Parol: Pasport/ID seriya va raqam (Namuna: AA1234567)

⭕️ Imtihonga kirish uchun havola (link) sizga SMS orqali bugun 18:00dan keyin yuboriladi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.
Toshkent amaliy fanlar universiteti imtihonlari yakunlandi

Kecha, 17-iyun, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

🗓 Imtihon javoblari 22-iyunda SMS orqali e'lon qilinadi.

📌 Kechagi imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga keyingi imtihonda qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi va buning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas.

Keyingi imtihon sanalari rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.

Telegram | Instagram