Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
147K subscribers
1.4K photos
762 videos
2.16K files
4.74K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
❗️Ogʻir sumkalar maktab oʻquvchilarining oʻsishi va rivojlanishiga jiddiy taʼsir qiladi

Yoshlikda uzoq vaqt ogʻir sumka koʻtarib yurish skoliozga, umurtqa pogʻonasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.

Sumka vazni standartlari:
👉 1-2 sinflar — 1,5 kg dan ortiq emas;
👉 3-4 sinflar — 2 kg dan ortiq emas;
👉 5-6 sinflar — 2,5 kg dan ortiq emas;
👉 7-8-sinflar — 3,5 kg dan ortiq emas;
👉 9-11 sinflar — 4 kg dan ortiq emas.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️HAVAL M6 — qulay shartlarda ko‘proq imkoniyatlar

➡️Oylik to‘lov — 1 175 000 so‘mdan boshlanadi
➡️Muddat - 5 yilgacha
➡️Muddatli to‘lov - 0%

*Boshlang‘ich to‘lov mavjud.

Batafsil ma’lumot:
📞 +998555000188
🌐 gwm.com.uz
Boshlang‘ich_ta’lim_o‘qituvchilariga_milliy_sertifikat_berish.pdf
1.2 MB
⚡️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
👉 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
👉 65–69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
👉 60–64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
👉 55–59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
👉 50–54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
👉 46–49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.

Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.

Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.

Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.

Oylik hisoblash uchun bot


Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Forwarded from Bilimni baholash agentligi yangiliklari
DTM natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo‘ling!

DTM natijangiz qo‘lingizdami? Endi orzularingizni ortga surmang! Osiyo Xalqaro Universitetida DTM natijangiz asosida imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati sizni kutmoqda.

Zamonaviy ta’lim, 35 ta bakalavr yo‘nalishi, 320 та грант, xorijda amaliyot va AQSH bilan qo‘shma dasturlar kelajagingiz uchun mustahkam poydevor yaratadi. Bugun hujjat topshiring, ertaga muvaffaqiyat sari dadil qadam tashlang.

Qabul jarayonlari davom etmoqda, kvotalar to‘lib bormoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kelajagingizni Osiyo Xalqaro Universiteti bilan boshlang!

📞 Oliygoh bilan bog‘lanish uchun: +998553050009

qabul.oxu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️1-avgustdan farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

Bunda birinchi bosqichda topshirilgan arizani bekor qilish shart emas. Ikkinchi bosqich uchun my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul” (https://my.gov.uz/uz/service/797) xizmati orqali yangi ariza yuborish kerak.

Buning uchun ariza topshirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida “Tuman doirasida qabul” bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi, bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi.

Yangi ariza tasdiqlansa, tizim maktabga hujjat topshirish sanasini avtomatik belgilaydi va bu haqda xabarnoma yuboradi. Shundan keyin ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borishi lozim.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-AVGUSTDAN PEDAGOGIK MAHORATINI BEPUL SODDA USULDA OʻRGATAMIZ.

✔️Barcha fan ustozlarini attestatsiya imtihonigacha PEDMAHORAT testlari uchun BEPUL tayyorlaymiz.


➡️Har kuni 21:00 da BEPUL ochiq dars.
➡️Quiz testlar va tushgan testlar
➡️Yodlash uchun oʻquv qoʻllanmalar
➡️Umumiy tahlillar beriladi.

🎉Har hafta soʻngida 100 000 soʻmlik maxsus sovrinli test oʻtkaziladi.


Siz ham BEPUL darsga qoʻshilishni xohlasangiz hoziroq havola ustiga bosing
⤵️⤵️⤵️
https://t.me/+KqB2jqirG1tkMTFi
https://t.me/+KqB2jqirG1tkMTFi
https://t.me/+KqB2jqirG1tkMTFi

📌Ona tili fanidan BEPUL esse tekshiruvchi bot - @esse_eshmurodov_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻqituvchilarga dars soatlari taqsimlash boʻyicha mezonlarga oʻzgartirishlar kiritilgan

Umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

🔹oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);

🔹dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);

🔹birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);

🔹ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);

🔹oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

🔹qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (oʻqituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda taalluqliligiga koʻra tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega boʻladi);

🔹oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;

🔹oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;

🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);

🔹oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

🔹Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi boʻyicha taʼlim olganligi inobatga olinadi.

🔹Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
DTM (UzBMB) imtihoni natijasi bilan ZARMED Universiteti talabasi bo‘lish mumkinmi?

Javob: Ha, mumkin!


Davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun minimal o‘tish balli 56,7 ballni tashkil etsa, ZARMED Universitetida qabul balli ta’lim yo‘nalishiga qarab 60 balldan boshlanadi.

⚡️ Lekin muhim jihati — minimal o'tish 60 ballni to‘plagan abituriyent super-kontrakt asosida emas, balki odatiy to‘lov-kontrakt asosida o'qish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, oliygohda 120+ imtihon natijasi, IELTS, SAT yoki boshqa turdagi xalqaro va milliy sertifikat natijalari bilan grant o'qish imkoniyati ham bor.

Yo‘nalishlar va kontrakt narxlari bilan yuqoridagi dizayn orqali tanishing hamda ariza qoldiring.

@zarmeduni | 55-704-70-70
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertadan boshlab toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi!

Pedagoglar malaka toifasini olish uchun murojaatlarni quyidagi usullarda yuborishlari mumkin:
🔹 pedagog.uzedu.uz (yoki pedkadr.uzedu.uz) platformasi orqali ONE ID tizimi orqali shaxsiy kabinetga kirib, kerakli ma'lumotlarni toʻldirasiz.
🔹 my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
🔹 Davlat xizmatlari markazlari orqali.

Jarayon muddatlari:
👉 Avgust–sentabr — murojaatlar qabul qilinadi.
👉 Oktabr–noyabr — malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.
👉 Dekabr — sertifikatlar tarqatiladi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bog‘cha pedagoglarini dual ta'limda o‘qitish bo‘yicha nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi
 
Loyihaga ko‘ra, dual ta’lim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qarorida belgilangan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar, jumladan, tarbiyachi yordamchilari ham to‘lov-kontrakt asosida “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida dual ta’lim shaklida tahsil olishi mumkin bo‘ladi.
 
O‘quv jarayoni haftasiga bir kun oliy ta’lim muassasasida, besh kun esa maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladi. O‘qish muddati 4 yil etib belgilanmoqda.
 
Loyihaga ko‘ra, dual ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
 
Nazariy mashg‘ulotlarning bir qismi LMS platformasi orqali masofaviy shaklda tashkil etiladi. Talabalar hafta davomida videodarslar va elektron o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtiradi, shanba kunlari esa oliy ta’lim muassasasida seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
 
Loyihada yana bir muhim norma nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, talaba ishlayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan mehnat shartnomasi bekor qilinsa, u 60 kun ichida boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga joylashgan taqdirda, o‘qishini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
 
Talabalarga o‘quv sessiyasida qatnashishi uchun ish joyidan 7 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi. Kursda qoldirilgan talabalarga esa haq to‘lanmaydigan ta’til uchun taklif xabarnomasi rasmiylashtiriladi.
 
Bundan tashqari, dual ta’lim bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun 14 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan qo‘shimcha ta’til berilishi nazarda tutilgan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz