Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
146K subscribers
1.4K photos
762 videos
2.16K files
4.74K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️BUGUNDAN OLIY TA'LIM MUASSASALARI VA TA'LIM YO'NALISHLARINI TANLASH BOSHLANADI

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
 
Buning uchun  my.uzbmb.uz  platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
 
🔹Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
 
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan  beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
 
❗️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
 
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
 
🖱 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
 
Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

➡️ Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:

👉 https://my.gov.uz/uz/service/1095

👉 https://ariza.piima.uz

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
📢 FARZANDINGIZ XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA O‘QISHINI ISTAYSIZMI?

🎯 2-, 3- va 4-sinflarga qabul imtihoniga kiruvchi o‘quvchilar uchun NAMUNAVIY TEST TOPSHIRIQLARI TO'PLAMI tayyorlandi!
Testlar Vazirlar Mahkamasining 214-son qarori (3-a ilova) hamda 2026/2027-oʻquv yili uchun tasdiqlangan Spetsifikatsiya asosida tuzilgan.

📚 To‘plamda:
🔹 2-sinf uchun namunaviy testlar;
🔹 3-sinf uchun namunaviy testlar;
🔹 4-sinf uchun namunaviy testlar;
🔹 titul varag'i hamda javoblar varag'i
🔹 imtihon formatiga yaqin savollar;

💡 Ushbu testlar orqali farzandingiz:
⭐️ imtihon muhiti bilan oldindan tanishadi;
⭐️ bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlaydi;
⭐️ mustaqil ishlashni o‘rganadi;
⚠️ Imtihonga tayyorgarlikni so‘nggi kunlarga qoldirmang!

📩 Namunaviy testlarni xarid qilish uchun telegram orqali biz bilan bog'laning.
📲 Telegram: @testexpert210
💰 Narxi: 79.000 so'm
📌 Kerakli sinfni yozib yuboring: 2-sinf, 3-sinf yoki 4-sinf.
❗️Maktablarda darsliklar qancha muddatda yangilanadi?
 
Umumta’lim maktablarida darsliklar:
1-sinf o‘quvchilari uchun — har yili;
2–4-sinflar uchun — 2 yilda 1 marta
5–9-sinflar uchun — 4 yilda bir marta yangilanadi.
2–4-sinf o‘quvchilari uchun chet tillari bo‘yicha darsliklarning ish daftarlari har yili yangilanadi.
 
Manba: Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (ro‘yxat raqami: 2577, 28.04.2014 y)


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
❗️Maktablarning chet tillarini oʻrganish xonasida quyidagi jihozlar boʻlishi lozim

1-4 sinf xonalari uchun jihozlar:
👉 oʻqituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
👉 ovoz chiqargich (dinamik);
👉 optik sichqoncha;
👉 videoproyektor;
👉 proyektor uchun ekran;
👉 kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha uskunalar:
👉 statsionar DVD-magnitola;
👉 oʻquv koʻrgazmali qurollar (lugʻat, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda oʻzbek xalq ertaklari);
👉 elektron doska.

5-11 sinf xonalari uchun jihozlar:
👉 Sinf doskasi (uch tabaqali)
👉 Oʻquvchi stoli va stuli (1 dona stol, 2 dona stul)
👉 Oʻqituvchi stoli
👉 Yarim yumshoq stul
👉 Kitob javoni (koʻrgazmali qurollar uchun)

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Mening bolam birinchi partada oʻtirsin!

Maktab boshlanishi bilan hamma maktab sinf rahbarlari, ayniqsa 1-sinf rahbarlarida shu muammo paydo boʻladi. Hamma farzandining birinchi partada oʻtirishini hohlaydi. Oʻqituvchilarga qiyin, parta bitta istovchi koʻp. Ana shu koʻp yillik muammoning asosli yechimini topishga harakat qilib koʻramiz. Maktablarda oʻquv jarayonini tashkil qilish, darslar davomiyliga va navbatliligi, tanaffuslar va boshqada talablar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitar vrachi tomonidan tasdiqlangan “Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini oʻqitishga qoʻyilgan sanitariya qoida va me’yorlari” da koʻrsatilgan boʻladi. Ushbu talablarning 5-qismida sinf xonasida partalar joylashuvi boʻyicha talablar koʻrsatilgan. Unga koʻra oʻquvchilar oʻzlarining boʻylariga mos partada oʻtirishi kerak.

👉 Umumtaʼlim maktablarida sanitariya qoidalari va me’yorlari

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Maktab formasini sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Maktab formasi qanday boʻlishi kerakligi haqida 5 ta muhim savolga javoblar:

Yangi oʻquv yilidan yagona maktab formasi majburiymi?

👉 Yoʻq, oʻquvchilar uchun yagona maktab formasi majburiy emas;
👉 Hukumat qarori bilan yagona maktab formasi shakllari tasdiqlangan. Mazkur forma amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan, biroq hali aniq muddat koʻrsatilmagan.

Maktab formasini sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

👉 Oʻquvchilar uchun yagona maktab formasi majburiy boʻlmasada, maktabda kiyiladigan kiyimlar uchun umumiy talablar barcha uchun majburiy;
👉 Oʻquvchilar maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim;
👉 kiyimlar oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
👉 qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5 – 15 sm pastda boʻlishi;
👉 oʻgʻil bolalar uchun shimning uzunligi oyoq toʻpigʻidan pastda boʻlishi;
👉 oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland boʻlmasligi;
👉 koʻylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan boʻlishi;
👉 kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.

Qizlar shim kiyishi mumkinmi?

Maktablarda quyidagilar taqiqlanadi:
👉 oʻgʻil bolalar maktabga tanasining ochiq qismiga tatuyirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qoʻygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan va yorqin ranglarga boʻyagan holda kelishlari;
👉 qiz bola oʻquvchilar maktabga tanasining ochiq qismiga tatuyirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga boʻyagan, yuzini koʻzga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulogʻiga bittadan ortiq sirgʻa taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qoʻl tirnoqlarini boʻyagan va uzun qilib oʻstirgan holda kelishlari;
👉 Ob-havodan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.
👉 Qishda qizlarga shim kiyishga ruxsat beriladi.

Maktab formasi talablariga rioya etmaslik uchun qanday choralar qoʻllaniladi?

Oʻquvchilarning maktab formasi talablarini buzganligi uchun quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin:
👉 ogohlantirish;
👉 kundalik daftariga qayd etish;
👉 tushuntirish olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
👉 mahalla va maktab yigʻilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Maktab formasi sotib olishda kimlarga yordam koʻrsatiladi?

👉 “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning oʻquvchi farzandlariga maktab formasi hamda oʻquv qurollari sotib olish uchun yiliga bir marta subsidiya beriladi;
👉 Mazkur subsidiyani olish uchun Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga murojaat qilish lozim;
👉 Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlariga har yili yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tomonidan maktab formasi sotib olishda yordam koʻrsatiladi. Bu yordamni olish uchun hokimiyatga murojaat qilish kerak.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
🇺🇿Ona tili to‘garak hujjatlari

👍Adabiyot to‘garak hujjatlari

👨‍💼Drama va jadidlar to'garagi

🗄She'rxonlik va teatr to'garagi

🔼Ekologiya va turon to'garagi

🇺🇿O‘zbek tili boshlag'ich to‘garak hujjatlari

🇺🇿O‘zbek tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari

🇷🇺Rus tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari

🇷🇺Rus tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari

🇺🇸Ingliz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari

🇺🇸Ingliz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari

🚙Fransuz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari

💪Fransuz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari

👨‍💼Nemis tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari

👨‍💼Nemis tili yuqori sinf to'garak hujjatlari

📦Matematika to‘garak hujjatlari

🕊Informatika boshlang'ich to‘garak hujjatlari

🔍Informatika yuqori sinf to‘garak hujjatlari

📱Jismoniy tarbiya to‘garak hujjatlari

💸CHQBT to‘garak hujjatlari

🤳Kasb-hunar to‘garak hujjatlari

🇺🇿Texnologiya boshlang’ich to‘garak hujjatlari

🚘Texnologiya o’g’illar to‘garak hujjatlari

👠Texnologiya qizlar to‘garak hujjatlari

📱Robototexnika to'garak hujjatlari

🙂Tasviriy san’at boshlang'ich to‘garak hujjatlari

📱Tasviriy san’at yuqori sinf to‘garak hujjatlari

Chizmachilik to'garak hujjatlar

💸Musiqa boshlang'ich to‘garak hujjatlari

📊Musiqa yuqori sinf to‘garak hujjatlari

⚡️Fizika to‘garak hujjatlari

🧪Kimyo to‘garak hujjatlari

🦁Biologiya to‘garak hujjatlari

🌐Geografiya to‘garak hujjatlari

💸Iqtisod va tadbirkorlik to‘garak hujjatlari

📱Tabiiy fanlar boshlang'ich to‘garak hujjatlari

🍀Tabiiy fanlar yuqori sinf to‘garak hujjatlari

🌈Tarbiya boshlang'ich to‘garak hujjatlari

💵Tarbiya yuqori sinf to‘garak hujjatlari

💩Tarix fanidan to‘garak hujjatlari

🦅Huquq to‘garak hujjatlari

🔠Alifbe Chiroyli yozuv to'garak hujjatlari

🔠O'qish savodxonligi to‘garak hujjatlari

⭕️Boshlang’ich ona tili to‘garak hujjatlari

🕺Boshlang’ich matematika to‘garak hujjatlari

🍟Календарно-тематический план

🕊Taqvim-mavzu reja

👨‍💼Maktab rahbar hujjatlari

👨‍💼Kelajak soati va sinf rahbar daftari

👨‍💼Kelajak soati va sinf rahbar daftari rus maktab

💸Metodbirlashma hujjatlari rus maktablar

💸Metodbirlashma va ustama hujjatlari

🇺🇿Mustaqillik ko'rgazma va bukletlar rus maktablar

🇺🇿Mustaqillik ko'rgazma va bukletlar

🥉Mustaqillik dars ishlanma RUS va UZB

 🌐 Veb sayitimiz 👉  👍 Zokirjon.com

📞 Telefon: 90-530-68-66

Telegram orqali  👤Admin
bilan bog‘lanish
      👇👇👇
👉 @nza456 @nza456
👉 @nza456 @nza456  Ustiga
👉 @nza456 @nza456 bosing
❗️Oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi.

Bunda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

👉 Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

👉 Oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma pasport yoki ID-karta nusxasi;

👉 Ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport yoki ID-karta nusxalari;

👉 Tibbiy maʼlumotnoma;

👉 Baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).

*Izoh: Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi. Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3-yil muddatda maktabda saqlanadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM