⚡️Dars taqsimotida qoʻllaniladigan oʻqituvchilarning ustuvorligi ketma-ketligiga oʻzgartirishlar kiritilgan
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (Adliya vazirligidan 2025-yil 28-oktyabr kuni 3271-1-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) qabul qilindi.
Umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
▫️oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
▫️dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
▫️birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
▫️ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
▫️oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
▫️qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (oʻqituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda taalluqliligiga koʻra tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega boʻladi);
▫️oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
▫️oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
▫️oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);
▫️oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
▫️Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi boʻyicha taʼlim olganligi inobatga olinadi.
▫️Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz

❗️Sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi
Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarining tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining keyingi mehnat faoliyatiga doir masala barchaning diqqat markazida turibdi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi koʻrsatib oʻtilgan.
Dastlab 2024-2025-oʻquv yiliga qadar etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelindi.
Hurmatli pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, xorijiy til fani oʻqituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi asosiy talab sifatida kiritildi.
Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu pedagoglarning tegishli sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishlarida koʻmaklashish uchun joylarda malakali mutaxassislar ishtirokida bepul (onlayn va oflayn) oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Buning natijasida 2025-yilning sentabr-dekabr oylari davomida 5 000 nafardan ortiq pedagoglar tegishli til sertifikatlarini qoʻlga kiritib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga qoʻshimcha moddiy manfaatdorlikka erishib kelmoqda (hozirga vaqtda 39 ming nafardan ortiq xorijiy til fani oʻqituvchilari tegishli til sertifikatlariga ega).
Vazirlik tomonidan ushbu oʻquv mashgʻulotlari bundan keyin ham davomiy tashkil etib boriladi hamda B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi.
❗️ Mazkur choralar farzandlarimizning sifatli va chuqur bilim olishlarini taʼminlash, ularning kelgusida zamonaviy va kelajakka mos kasblarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi
Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.
Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❓ Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. My.maktab.uz platformasi orqali maktabga borish uchun navbatni xato belgilab qo‘yibman, buni o‘zgartirish mumkinmi?
Belgilangan navbatni faqat uning sanasi o‘tib ketganidan keyingina qayta belgilash mumkin. Ya’ni, agar sizga maktab uchun uchrashuv (navbat) tayinlangan bo‘lsa, uni oldindan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Faqat belgilangan kun va vaqt o‘tib ketganidan keyin yangi navbat olish yoki qayta belgilash imkoniyati paydo bo‘ladi.
❓ Qanday holatlarda 1-sinfga qabul uchun berilgan arizam rad etilishi mumkin?
Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Belgilangan navbatni faqat uning sanasi o‘tib ketganidan keyingina qayta belgilash mumkin. Ya’ni, agar sizga maktab uchun uchrashuv (navbat) tayinlangan bo‘lsa, uni oldindan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Faqat belgilangan kun va vaqt o‘tib ketganidan keyin yangi navbat olish yoki qayta belgilash imkoniyati paydo bo‘ladi.
❓ Qanday holatlarda 1-sinfga qabul uchun berilgan arizam rad etilishi mumkin?
Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
🔹 Bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
🔹 Bola tanlagan tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
🔹 So‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.
Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️“Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bunda:
🔹 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;
🔹 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;
🔹 19–21-avgust kunlari targʻibot bosqichi;
🔹 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
🔹 1–10-sentyabr kunlari qoʻshimcha gʻoliblarni eʼlon qilish bosqichi oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, anʼanaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra gʻolib loyihalar 1-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi bayrami kuni eʼlon qilinadi.

⚡️Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlanishi kutilmoqda
2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga 7-iyuldan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovlariga pasport (yoki ID-karta) hamda “Abituriyent ruxsatnomasi” bilan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda kechikmasdan yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz — shaxsiy kabinetga kirib, «Ruxsatnoma» bo‘limidan yuklab olinadi.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga 7-iyuldan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovlariga pasport (yoki ID-karta) hamda “Abituriyent ruxsatnomasi” bilan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda kechikmasdan yetib kelishlari lozim.
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz — shaxsiy kabinetga kirib, «Ruxsatnoma» bo‘limidan yuklab olinadi.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch-oʻquv reja
2026-2027-oʻquv yili uchun taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun moʻljallangan "Dars setkasi" bilan yuqoridagi fotoda tanishib chiqishingiz mumkin.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz

ММТВ нинг 121 сон буйругига илова +.pdf
305.4 KB
❗️2026-2027 o‘quv yili uchun “qizil maktablar” ro‘yxati tasdiqlangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yilning 2-apreldagi 121-sonli buyrug‘i bilan 2026-2027 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ("qizil maktablar") ro‘yxati tasdiqlangan.
Ushbu ro‘yxatdan jami 303 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi
Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi.
Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarining peshlavhalari, ramziy belgilari va boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalaniladi.
Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boshqa vositalarni birdaniga almashtirish xarajatlarining oldini olishga qaratilgan.
Alifboda nimalar o‘zgaradi?
Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:
Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Gʻ gʻ → Ğ ğ
Oʻ oʻ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
«NG» harf birikmasining alifbodan chiqarilishi bo‘yicha
Ijtimoiy tarmoqlarda «endi “bodring”, “mening”, “boring”, “keling” so‘zlarni qanaqa yozamiz?» deya berilayotgan savollardan bilish mumkinki, o‘zgarishlar biroz noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
«NG» harfi bilan yozuvda hech narsa o‘zgarmaydi, bodring – bodring, mening – mening, boring – boring, keling - keling yozilaveradi. Ya’ni «ng» degan tovush bekor qilinmayapti, uni talaffuzda ishlataveramiz, shunchaki alifbodan alohida 2 ta harfdan tashkil topgan «ng» harf birikmasi chiqarib tashlanyapti va bu to‘g‘ri qaror.
O‘zbek tilida tovushlar ko‘p, lekin ularning barchasiga ham harf yo‘q. Boshqa tillarda ham xuddi shunaqa. Bu fojia emas.
Ko‘pchilikni qo‘rqitgan aldamchi tasavvur shu bo‘ldi-ki, endi “bodring” so‘zini – bodrin, “keling” so‘zini – kelin shaklida yozamiz, deya o‘ylashdi. Lekin bunday emasligini bilib oldingiz degan umiddaman.
Xullas, hech narsa o‘zgarmayapti bu borada.
(c) Xushnudbek

⚡️Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Umumtaʼlim va musiqa maktabi oʻqituvchilari ish haqiga oʻquvchilarining cholgʻularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama toʻlanadi.
Yangi oʻquv yilida kamida 1,5 million oʻquvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi koʻrsatib oʻtildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari oʻrtasida ijodiy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazib borishi zarurligi qayd etildi.
Har yili teatr, cholgʻu, xor va raqs yoʻnalishida umumtaʼlim maktablari oʻrtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar oʻtkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika boʻyicha targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million soʻmdan grant beriladi.
Shuningdek, respublika tanlovi gʻoliblari madaniyat va sanʼat oliygohlariga oʻqishga qabul qilinadi.

2026-2027-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.gov.uz portali arizada ko‘rsatilgan imtiyoz ma’lumotlarini vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali o‘zi tekshiradi.
❓ Kimlar imtiyozli navbatga qo‘yiladi?
• Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
• I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
• Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
• “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari;
• Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar;
• Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar;
• Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari;
• Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari;
• Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari;
• To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari;
• Talabalarning farzandlari;
• Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.
Arizani “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmati (https://my.gov.uz/uz/service/285) orqali yuborish mumkin.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?
Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.
Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:
👉 2026-2027 o‘quv yili uchun “qizil maktablar” ro‘yxati
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹 mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;
🔹doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;
🔹oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.
Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab har yili 5-avgustga qadar Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:
🔹tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
🔹dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
🔹boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
🔹amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
👉 2026-2027 o‘quv yili uchun “qizil maktablar” ro‘yxati
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Jasorat maktablari manzillar.pdf
1 MB
⚡️Joriy yilning 17-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tadi!
Jarayonlar 17-iyul kuni soat 8:00 da yuqoridagi manzillarda boshlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
Qo‘shimcha maʻlumotlar uchun qisqa telefon raqami: 1206
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Jarayonlar 17-iyul kuni soat 8:00 da yuqoridagi manzillarda boshlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
Qo‘shimcha maʻlumotlar uchun qisqa telefon raqami: 1206
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun arizalar qabuli boshlanadi
Joriy yil 15-iyuldan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun onlayn ariza topshirish jarayoni boshlanadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Arizasi tasdiqlangan talabalar mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus sinov imtihonlarida ishtirok etadi.
Talaba quyidagi ma’lumotlarni kiritishi talab etiladi:
Hozirgi (o‘qiyotgan) OTT haqida ma’lumotlar:
Ko‘chirmoqchi bo‘lgan OTM haqida ma’lumotlar:
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Joriy yil 15-iyuldan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun onlayn ariza topshirish jarayoni boshlanadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Arizasi tasdiqlangan talabalar mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus sinov imtihonlarida ishtirok etadi.
Talaba quyidagi ma’lumotlarni kiritishi talab etiladi:
➖ talabaning FISh, pasport yoki ID-karta hamda JSHSHIR ma’lumotlari;
➖ telefon raqami va elektron pochta manzili.
Hozirgi (o‘qiyotgan) OTT haqida ma’lumotlar:
➖ OTT joylashgan davlat va oliygoh nomi;
➖ ta’lim yo‘nalishi nomi va kodi, ta’lim shakli hamda tugatgan kursi;
➖ akademik ma’lumotnoma (transkript) — baholar varaqasi.
Ko‘chirmoqchi bo‘lgan OTM haqida ma’lumotlar:
➖ maqsadli OTM nomi, yo‘nalish nomi, kodi, ta’lim shakli va tili;
➖ imtihon topshirish hududi (qaysi viloyatda test bermoqchiligingiz);
➖ imtiyoz beruvchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi
Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:
❌ jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
❌ oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
❌ dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;
❌ oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;
❌ oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;
❌ oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;
❌ “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
❌ dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
❌ taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;
❌ taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;
❌ muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
❌ taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.
Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:
Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjat topshirish jarayonlari yakunlanadi
2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida akademik litseylarga hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinmoqda. Bugun soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan talabgorlar tizim orqali ariza yuborishlari mumkin.
10-iyul soat 12:20 holatiga ko‘ra, akademik litseylarda o‘qish uchun jami 48 233 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 22 962 nafari (47,6 foiz) o‘g‘il bolalar, 25 271 nafari (52,4 foiz) esa qizlarni tashkil etmoqda.
Joriy yilda respublika bo‘yicha 69 ta akademik litseyda 18 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul tashkil etilgan bo‘lib, umumiy qabul kvotasi 14 898 o‘rinni tashkil etadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p ariza Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu hududdan 9 807 ta (20,3 foiz) ariza qabul qilingan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 4 686 ta (9,7 foiz), Qashqadaryo viloyati — 4 606 ta (9,5 foiz), Samarqand viloyati — 3 989 ta (8,3 foiz) hamda Farg‘ona viloyati — 3 912 ta (8,1 foiz) qayd etilgan.

⚡️“Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:
tanlovning uchinchi bosqichida nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati samaradorligi hamda kitobxonligi baholanishi belgilangan.
Mazkur bosqichda quyida tavsiya etilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin:
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:
tanlovning uchinchi bosqichida nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati samaradorligi hamda kitobxonligi baholanishi belgilangan.
Mazkur bosqichda quyida tavsiya etilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin:
1. "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"
2. "Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonuni"
3. "Oʻzbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi Qonuni"
4. "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" (SH.Mirziyoev)
5. "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" (SH.Mirziyoev)
6. "Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi" (SH.Mirziyoev)
7. "Sohibqiron" (Abdulla Oripov)
8. "Turkiy guliston yoxud axloq" (Abdulla Avloniy)
9. "Oʻtkan kunlar", "Mehrobdan chayon" (Abdulla Qodiriy)
10. "Navoiy" (Oybek)
11. "Kecha va kunduz" (Choʻlpon)
12. "Ikki eshik orasi" (Oʻtkir Hoshimov)
13. "Ufq" (Said Ahmad)
14. "Asrga tatigulik kun" (Chingiz Aytmatov)
15. "Martin Iden" (Jek London)
16. "Qoʻrqma" (Javlon Jovliyev)
17. "Otamdan qolgan dalalar" (Togʻay Murod)
18. "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov)
19. "Ulugʻbek xazinasi" (Odil Yoqubov)
20. "Alkimyogar" (Paulo Koyelo)
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️ Litsey yoki texnikumda 2 yil o'qib, keyingi 3 yilni oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda maktab, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlaydigan “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2”, “3+1” kabi taʼlim modellari koʻrib chiqildi.
Bunda 9-sinf bitiruvchisi maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil taʼlim olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin boʻladi. Texnikum bitiruvchilari esa taʼlimni qisqartirilgan dastur asosida universitetda davom ettirish imkoniga ega boʻladi.