Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.37K photos
756 videos
2.15K files
4.67K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
⚡️Oʻquvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
❗️Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar qachon chiqadi, qanday olinadi va unda nimalar yoziladi?

Ruxsatnoma sanasi qachon?
O‘tgan yili 2024-yilda ruxsatnomalar 9-iyul kuni e’lon qilingan. 2025-yulda esa 7-iyulda. Bu yil ham shunga yaqin sana 7-9-iyul atrofida ruxsatnomalar chiqarilishi kutilmoqda.

Ruxsatnomada nimalar bo‘ladi?
Ruxsatnoma — abituriyent uchun imtihon kuni yo‘riqnomasi vazifasini bajaradi. Unda quyidagi muhim ma’lumotlar bo‘ladi:

— Test sinovi topshiriladigan hudud va kelish vaqti
— Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi
— Aniq manzil
— Test topshirish alifbosi (A, B, C…)

Ta’lim ma’lumotlari:
👉 Ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki)
👉 Ta’lim tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq)

Ruxsatnomani qayerdan olish mumkin?
my.uzbmb.uz — shaxsiy kabinetga kirib, «Ruxsatnoma» bo‘limidan yuklab olinadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Oʻrta_maxsus_taʼlim_tashkilotlarida_yakuniy_davlat_attestatsiyasini.pdf
865 KB
❗️Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i (2026-yil 10-mart, 100-son) bilan “O‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5).

Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:

✔️ Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz

Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha avtomatik ravishda maksimal ball beriladi.

✔️ Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar

👉 Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun shikoyat qilish tartibi takomillashtirildi:
👉 Baho e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ariza berish mumkin.
👉 Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat 5 kishi kiritiladi.
👉 Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.


✔️ Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat

Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani 3 yil davomida topshira olmasa, unga eksternat tartibida imtihon topshirish huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat namunasidagi shahodatnoma taqdim etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va oʻz bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni soʻraymiz

Joriy yilning 29-iyun kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon oʻtkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi RASMIY MUNOSABAT berdi:

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻrganilmoqda.

Dastlabki oʻrganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini taʼminlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos boʻlishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi.


Eslatib oʻtamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi.

❗️Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va oʻz bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni soʻraymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.


Maʼlumot uchun: kirish imtihonlari respublika boʻylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi.

Agentlik barcha kirish imtihonlarining ochiq, shaffof va adolatli oʻtishini taʼminlash hamda har bir talabgorning bilimini xolis baholash tamoyiliga qatʼiy amal qiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 130-iyul kunlari davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.

Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:

1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Texnikumlarda dual ta’lim o‘quvchilariga stipendiya to‘lash tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan texnikumlarda dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

— har bir dual ta’lim o‘quvchisiga fanlarni o‘zlashtirish natijalaridan qat’i nazar BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi;

— fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori yoki kasblar bo‘yicha respublika/xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya tayinlanadi.


Stipendiya tayinlash va to‘lash jarayonlari maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Bunda esa:
— dual ta’lim jarayonida texnikumning guruh rahbari va korxona (tashkilot) tomonidan biriktirilgan ustoz o‘quvchilarning kunlik davomatini platformaga muntazam kiritib boradi;

— platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari o‘quvchilarni baholash hamda stipendiya tayinlash bo‘yicha xulosa chiqarishda inobatga olinadi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
5-ilova.pdf
810.2 KB
⚡️2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalar tasdiqlandi

MMTVning 2026-yil 26-iyundagi 227-sonli buyrug'i.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎒Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato)

Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim?
Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika hamda tabiiy fanlarni ham anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz?
  Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga til to‘sig‘i ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi.
O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun.

1992-yil 2-iyulda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Моддий_ёрдам_бериш_бўйича_кўрсатма_хат.pdf
837.3 KB
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga tibbiyot muassasasi shifokori tomonidan kasallikning yengil, oʻrta va ogʻir darajasi aniq belgilangan hollarda direktor jamgʻarmasida ajratilgan mablagʻlar doirasida moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻrsatma xat yuborildi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin?

Maktabni bitirganingiz haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab oling.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Persa - Ustozlar uchun nafis va zamonaviy Tanlov

Buyurtma shartlari:

Buyurtmalar faqat 25-iyulga qadar qabul qilinadi.

💳 Buyurtmani rasmiylashtirish uchun 50% oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

🗳 Buyurtmalar 25-avgustga qadar tayyor boʻladi va olib ketish mumkin.

💰 Qolgan 50% toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, buyurtma 20 ish kuni ichida yetkazib beriladi.

💸 Har bir amalga oshirilgan toʻlov uchun elektron chek taqdim etiladi.

⚠️ MUHIM! Buyurtmalar faqat 25-iyulga qadar qabul qilinadi. Buyurtmangizni oldindan rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz.

🛍 Buyurtma uchun: @PERSASCHOOL

📱 Kanalimizga ulaning:
@persaschoolform

🎥 Instagram sahifamiz:
@persaschooluniform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BaholashUz
#Diqqat!
Ertaga diagnostik imtihon! 🤫
Hoziroq roʻyxatdan oʻting!


🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm

📆 Yakshanba 5-iyul 09:00 dan 23:59 gacha, TMC Institute homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 95-onlayn BLOK Test boʻlib oʻtadi!


🎓 Yo'nalish tanlang:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti
👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Fizika + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti
👉Ona tili va adabiyoti + Matematika
👉 Tarix + Chet tili
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Matematika
👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;


🎓TMC Institute — zamonaviy kampus, xalqaro standartdagi ta’lim va kuchli karyera imkoniyatlari!


👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoydagi xususiy maktabda o'qituvchilar musodara qilingan yuzlab smartfonlarni bolg'a bilan urib sindirdi

Bu tadbir o'quvchilarga darsga telefon olib kirish taqiqini buzish qanday oqibatlarga olib kelishini ko'rsatish maqsadida o'tkazilgan.

Yo'q qilingan telefonlar avvalroq taqiqni buzgan o'quvchilardan musodara qilingan bo'lib, bir necha yil davomida egalariga qaytarilmagan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Forwarded from BaholashUz
2026-yilda O‘zbekistondagi eng arzon kontrakt qaysi universitetlarda?

🎯 Buni bilishning eng yaxshi usul — universitetlarni solishtirish.

My.Oliygoh.uz orqali:
• Universitetlarni solishtirasiz
• Online hujjat topshirasiz
• Yo‘nalish va kontraktlarni ko‘rasiz
• Qabul jarayonini kuzatasiz

O‘zingizga mos universitetni toping:
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
👉 ZARMED Universiteti
👉 Central Asian University
👉 Diplomat University
👉 Profi University
👉 Xalqaro Nordik Universiteti
👉 Webster University
👉 Toshkent Metropolitan Universiteti
👉 Millat Umidi University
👉 Osiyo Xalqaro Universiteti
👉 PDP University
👉 Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
👉 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
👉 Japan Digital University
👉 BOSHQA UNIVERSITETLAR;


📊 Hozirgacha platforma orqali 10 mingdan oshiq abituriyent hujjat topshirishga ulgurdi.

#Qabul2026  #Abituriyent2026


@BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️2025-yilgi Prezident maktablarining 1-bosqich o‘tish ballari (hududlar kesimida)

Xabaringiz bor, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi (1-bosqich) joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazildi.
 
Amaldagi tartibga ko‘ra, 1-bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 20 kun ichida e’lon qilinadi. Shunga ko‘ra, natijalar 15-iyulgacha e’lon qilinishi kerak.
 
Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga 60 169 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, har bir o‘ringa o‘rtacha 179 nafar talabgor da’vogarlik qilmoqda. Eng yuqori raqobat Farg‘ona viloyatida (6 690 nafar talabgor), eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida (1 790 nafar talabgor) qayd etilgan.
 
Taqqoslash uchun, o‘tgan o‘quv yilida Prezident maktablariga 49 924 ta ariza topshirilgan va bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor to‘g‘ri kelgan.
 
2025/2026-o‘quv yili Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllangan minimal o‘tish ballari esa yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga qabul tartibiga ko‘ra, har bir maktab bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 480 nafar talabgor ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz