Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.37K photos
756 videos
2.15K files
4.68K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
ВМ_322_24_06_2026_Олий_тоифалилар_магистратурага_қабули.pdf
512 KB
❗️2026/2027-oʻquv yilidan oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (322-son, 24.06.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarni (oliy toifali oʻqituvchilar) pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish (maqsadli magistratura) tashkil etiladi.  
Maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.  

Oliy toifali oʻqituvchilar:  
👉 maqsadli magistraturada oʻqish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiradi;  
👉 maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3-yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;  


Oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.  

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Joriy 2026/2027-oʻquv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi.

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni toʻgʻri toʻldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Boʻyaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini toʻliq boʻyalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani boʻyash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar kirish imtihonlari uchun to‘lov qilishlari kerak

Kecha 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra, davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 432 979 nafari joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, 248 471 nafari avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan talabgorlardir.

Abituriyentlarning 365 733 nafari (53,7 foiz) ayollar, 315 717 nafari (46,3 foiz) erkaklardan iborat.

Ma’lumot uchun: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovi uchun toʻlovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin. Joriy yil bitiruvchilaridan to‘lov undirilmaydi, avvalgi yillarda bitirganlar 206 ming so‘m to‘lashi kerak.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun ruxsatnomalar yuborildi

Diqqat! Hurmatli ota-onalar!

2026/2027-oʻquv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning:

👉 6-sinfiga (aniq fanlar yoʻnalishi);
👉 7-sinfiga (tabiiy fanlar yoʻnalishi);
👉 8-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlari);
👉 10-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlari) kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!


❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingiz mumkinm

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday holatda sinf ikkiga boʻlib oʻqitiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisida»gi nizomning 29-bandiga muvofiq malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni IKKI GURUHga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:

Oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining:

👉 1-11 sinflarida «Chet tili» fani

👉 ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar

👉 5-11-sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari»,

👉 8-11-sinflarda «Jismoniy tarbiya»

👉 5-9- sinflarda «Texnologiya»

👉 10-11-sinflarda «Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik» fanlari

👉 taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 2-11 sinflarida «Oʻzbek tili» fani hamda taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining 2-11 sinflarida «Rus tili» fani.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari qaysi fanlardan olingan sertifikatlar uchun qoʻshimcha ustama olishlari mumkin.

Adliya vazirligidan 2024-yil 29-mayda 3515-son bilan roʻyxatdan oʻtgan qoʻshma qarorning 4-ilovasiga muvofiq Matematika hamda Ona tili va adabiyot fanlaridan olingan milliy sertifikatlar uchun ustama olishlari mumkin.

Bunda:

👉 Matematika fanidan kamida “C” va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat uchun lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz ustama toʻlanadi. Mazkur ustama umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi;

👉 Ona tili va adabiyot fanidan kamida “C” va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat uchun lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz ustama toʻlanadi. Mazkur ustama umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega pedagoglarning ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.

Yuqoridagi sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab ularning amal qilish muddati tugagunga qadar lekin, uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida ustamalar belgilash boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻzbekistonda ham 16 yoshga toʻlmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqda

Oʻzbekistonda 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda 26-iyun kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan tadbirdan soʻng vazir Eʼzozxon Karimova Gazeta muxbiri bilan suhbatda aytib oʻtdi.

Jurnalist dunyoning koʻplab davlatlarida, xususan, qoʻshni Qozogʻistonda ham voyaga yetmaganlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash boʻyicha tashabbuslar boshlanganini eslatib, Oʻzbekistonda ham shunday qadam tashlanishi mumkinmi, deb soʻradi.

Eʼzozxon Karimovaning taʼkidlashicha, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan oʻzaro muhokamalar oʻtkazilgan hamda qonun loyihasi ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

«Biz ham hozir ushbu masalani oʻylayapmiz. Bu boʻyicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻymoqchimiz. Bu tartib bizda ham boʻlishi kerak, deb oʻylayman», — deydi vazir.


U bolalarni telefondan toʻliq voz kechtirishning imkoni yoʻqligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.

«Hozir texnika asri, bolalarimizdan telefonlarni yulib ololmaymiz. Albatta, telefon kerak. Ammo undan foydalanish madaniyati va me’yori ham boʻlishi zarur. Oʻquvchining maktabga kirishdan oldin telefonini qoldirishga oid buyruq chiqqan va odob-axloq qoidalari ham mavjud. Lekin bu qoidalar qayerdadir ishlaydi, qayerdadir esa ishlamaydi. Buni endilikda qattiq nazoratga olib, 16 yoshgacha boʻlgan bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklamoqchimiz», — deydi Eʼzozxon Karimova.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Zilzila sodir bo'ldi

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 4-5 ball, 261 km.
Farg'ona viloyatida 4 ball, 417 km.
Jizzax viloyatida 4 ball, 417 km.
Samarqand viloyatida 4 ball, 421 km.
Sirdaryo viloyatida 4 ball, 424 km.
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 446 km.
Andijon viloyatida 3-4 ball, 477 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 479 km.
Toshkent viloyatida 3-4 ball, 495 km.
Toshkent shahrida 2-3 ball, 499 km.
Navoiy viloyatida 2 ball, 554 km.
Buxoro viloyatida 2 ball, 597 km.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Samarqandda 8-sinf bitiruvchisi IELTS’dan 8.0 oldi

Samarqand shahridagi 47-son umumta’lim maktabining 8-sinf bitiruvchisi Abduvaxobova Shoxina xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ball olib, yuqori natijani qayd etdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u uzoq yillik mehnat, qat’iyat va intizom evaziga ko‘pchilik orzu qiladigan natijaga erishdi.

Shoxinaning aytishicha, IELTS sertifikatini olish orzusi unda hali 4-sinfda o‘qib yurgan kezlaridayoq paydo bo‘lgan. Maktabdagi 3 soatlik darslardan so‘ng Shoxina har kuni soat 11:00 dan 20:00 gacha ingliz tili mashg‘ulotlarida qatnashgan. Bu tartib nafaqat ish kunlari, balki shanba va yakshanba kunlari ham davom etgan. Shoxina kelajakda AQSHdagi universitetlardan birida grant asosida tahsil olishni maqsad qilgan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda "IELTS"dan 8 olganini nishonlayotgan qiz tok urib vafot etdi.

Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini qarindoshlari bilan nishonlab, tadbirdan so'ng idish-tovoqlarni yuvayotgan 15 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqea qarindoshlar yig'ilgan tadbirdan so'ng sodir bo'lgan. Qiz idish-tovoq yuvish paytida quvvatlagichga teggan va oqibatda uni tok urgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish jarayoni vaqtincha toʻxtatilgan

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati joriy yilning 31-iyuliga qadar toʻxtatilishi maʼlum qilindi.

Mazkur vaqt oraligʻida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi.

Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2026-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
⚡️Oʻquvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
❗️Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar qachon chiqadi, qanday olinadi va unda nimalar yoziladi?

Ruxsatnoma sanasi qachon?
O‘tgan yili 2024-yilda ruxsatnomalar 9-iyul kuni e’lon qilingan. 2025-yulda esa 7-iyulda. Bu yil ham shunga yaqin sana 7-9-iyul atrofida ruxsatnomalar chiqarilishi kutilmoqda.

Ruxsatnomada nimalar bo‘ladi?
Ruxsatnoma — abituriyent uchun imtihon kuni yo‘riqnomasi vazifasini bajaradi. Unda quyidagi muhim ma’lumotlar bo‘ladi:

— Test sinovi topshiriladigan hudud va kelish vaqti
— Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi
— Aniq manzil
— Test topshirish alifbosi (A, B, C…)

Ta’lim ma’lumotlari:
👉 Ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki)
👉 Ta’lim tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq)

Ruxsatnomani qayerdan olish mumkin?
my.uzbmb.uz — shaxsiy kabinetga kirib, «Ruxsatnoma» bo‘limidan yuklab olinadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Oʻrta_maxsus_taʼlim_tashkilotlarida_yakuniy_davlat_attestatsiyasini.pdf
865 KB
❗️Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i (2026-yil 10-mart, 100-son) bilan “O‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5).

Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:

✔️ Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz

Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha avtomatik ravishda maksimal ball beriladi.

✔️ Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar

👉 Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun shikoyat qilish tartibi takomillashtirildi:
👉 Baho e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ariza berish mumkin.
👉 Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat 5 kishi kiritiladi.
👉 Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.


✔️ Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat

Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani 3 yil davomida topshira olmasa, unga eksternat tartibida imtihon topshirish huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat namunasidagi shahodatnoma taqdim etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va oʻz bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni soʻraymiz

Joriy yilning 29-iyun kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon oʻtkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi RASMIY MUNOSABAT berdi:

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻrganilmoqda.

Dastlabki oʻrganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini taʼminlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos boʻlishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi.


Eslatib oʻtamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi.

❗️Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va oʻz bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni soʻraymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.


Maʼlumot uchun: kirish imtihonlari respublika boʻylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi.

Agentlik barcha kirish imtihonlarining ochiq, shaffof va adolatli oʻtishini taʼminlash hamda har bir talabgorning bilimini xolis baholash tamoyiliga qatʼiy amal qiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 130-iyul kunlari davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.

Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:

1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Texnikumlarda dual ta’lim o‘quvchilariga stipendiya to‘lash tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan texnikumlarda dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

— har bir dual ta’lim o‘quvchisiga fanlarni o‘zlashtirish natijalaridan qat’i nazar BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi;

— fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori yoki kasblar bo‘yicha respublika/xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya tayinlanadi.


Stipendiya tayinlash va to‘lash jarayonlari maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Bunda esa:
— dual ta’lim jarayonida texnikumning guruh rahbari va korxona (tashkilot) tomonidan biriktirilgan ustoz o‘quvchilarning kunlik davomatini platformaga muntazam kiritib boradi;

— platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari o‘quvchilarni baholash hamda stipendiya tayinlash bo‘yicha xulosa chiqarishda inobatga olinadi.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
5-ilova.pdf
810.2 KB
⚡️2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalar tasdiqlandi

MMTVning 2026-yil 26-iyundagi 227-sonli buyrug'i.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz