Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.37K photos
756 videos
2.15K files
4.68K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
⚡️Boshlangʻich sinflardagi informatika darsini informatika fani oʻqituvchilari emas, balki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻtadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 15-may kungi 125-sonli buyrugʻida aytilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 10-oktyabrdagi “Zamonaviy maktab darsliklarini tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda maktab taʼlimi sifatini oshirish toʻgʻrisida”gi 14-sonli bayoni, Prezident Administratsiyasining 2023-yil 27-apreldagi 08-740-sonli xatiga muvofiq “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-sinfdan boshlab oʻqitish belgilandi.

Boshlangʻich sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.

Bunda, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
❗️Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanishiga 3 kun qoldi!

23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar shaxsiy kabinetlarga yuborildi

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish boʻyicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.

Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi maʼlumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:

— Imtihon topshiriladigan maktab turi;
— Talabgorning shaxsiy maʼlumotlari;
— Imtihon oʻtkaziladigan bino nomi va manzili;
— Imtihon oʻtkaziladigan sana va boshlanish vaqti.


MUHIM! Talabgorlardan imtihon oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada koʻrsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari soʻraladi.

❗️Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qatʼiy amal qilishingizni soʻraymiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun CHall-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️2026-yil 1-iyuldan pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshadi, 1 sentyabrdan boshlab ish haqi ham 7 foizga oshadi.

Prezidentimizning 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoniga asosan:

1-iyuldan boshlab (pensiya va nafaqalar — 7%):
👉 Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 soʻm
👉 Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 soʻm
👉 Bolalar nafaqasi (3 yoshgacha, birinchi farzand) — 386 000 soʻm
👉 Bolalar nafaqasi (3-18 yosh, birinchi farzand) — 295 000 soʻm
👉 Ikkinchi farzand uchun qoʻshimcha — 177 000 soʻm
👉 Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qoʻshimcha — 118 000 soʻm
👉 Ijtimoiy reestrdagi oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 soʻm
👉 Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori — 504 000 soʻm

❗️ 1 sentyabrdan boshlab Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalari oshadi

👉 Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 360 000 soʻm
👉 Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm

Boshqa pensiya va nafaqalar (1-iyuldan, ilovaga muvofiq):
👉 Urushda nogiron boʻlganlar va qatnashchilari uchun — 4 775 000 soʻm
👉 Bevosita parvarish/oʻzgalar yordamiga muhtojlar nafaqasi — 878 000 soʻm
👉 Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi (1-aʼzo) — 878 000 soʻm, har keyingi aʼzo uchun +290 000 soʻm
👉 Keksa yoshdagi, ish staji boʻlmaganlar nafaqasi — 878 000 soʻm.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiada va tanlov ro'yxati 2026-2027 .pdf
177.4 KB
⚡️Ustamalar belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati

MMTVning 2026-yil 30-yanvardagi 35-son buyrugʻiga ilova sifatida 2026-2027-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar belgilashda oʻquvchilarining ishtiroki natijalari inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ROʻYXATI tasdiqlangan

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
⚡️1-sentabrdan maktab xodimlari qo'yidagicha maosh oladilar

Maktab direktori:
😊 400 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m
😊 401–880 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m
😊 881–1600 o‘quvchigacha — 6 259 169 so‘m
😊 1600 dan ortiq — 6 621 088 so‘m


Direktor
o‘rinbosarlari (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘):
😊 400 o‘quvchigacha — 5 163 119 so‘m
😊 401–880 o‘quvchigacha — 5 528 139 so‘m
😊 881–1600 o‘quvchigacha — 5 902 718 so‘m
😊 1600 dan ortiq — 6 259 169 so‘m


Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
:
😊 400 o‘quvchigacha — 2 094 908 so‘m
😊 401–880 o‘quvchigacha — 2 389 633 so‘m
😊 881–1600 o‘quvchigacha — 2 484 676 so‘m
😊 1600 dan ortiq — 2 691 147 so‘m


Psixologlar
:
😊 Oliy ma’lumotli — 3 591 900 so‘m
😊 Ikkinchi toifali — 3 846 491 so‘m
😊 Birinchi toifali — 4 107 571 so‘m
😊 Oliy toifali — 4 357 584 so‘m


O‘qituvchilar
:
😊 O‘rta maxsus ma’lumotli — 3 711 386 so‘m
😊 Oliy ma’lumotli — 3 990 999 so‘m
😊 Ikkinchi toifali — 4 468 142 so‘m
😊 Birinchi toifali — 4 978 872 so‘m
😊 Oliy toifali — 5 501 997 so‘m


Kutubxona mudiri:

😊O‘rta maxsus ma’lumotli — 2 513 908 so‘m
😊Oliy ma’lumotli — 2 742 883 so‘m


Kadrlar bo‘yicha menejer: 1 881 458 so‘m

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tayanch maktablarning kirish imtihonlari qachon va qanday o‘tkaziladi?

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli bo‘lgan muhim ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, imtihonlar 3-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktab

5-, 6-, 7-sinflar uchun:
🟢 Matematika — 30 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


8-, 9-, 10-sinflar uchun:
🟢 Algebra — 12 ta test
🟢 Geometriya — 8 ta test
🟢 Fizika — 10 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktab

7-sinf uchun:
🟢 Tabiiy fan — 30 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


8-, 9-, 10-sinflar uchun:
🟢 Biologiya — 10 ta test
🟢 Kimyo — 20 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktab

7-sinf uchun:
🟢 Matematika — 30 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


8-, 9-, 10-sinflar uchun:
🟢 Algebra — 12 ta test
🟢 Geometriya — 8 ta test
🟢 Fizika — 10 ta test
🟢 Ingliz tili — 15 ta test


Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.

⚠️ Eslatma: ayrim sabablarga ko‘ra imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun qabul jarayonlari yakunlanadi!

Bugun, 25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Maktablarda 1-sinfga qabul davom etmoqda

Bu yil 1-sinfga 2019-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);

2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).


Ota-onalar bugundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2026-2027-oʻquv yilidan boshlab pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavr bosqichida dual taʼlim shakli (1+5) yoʻlga qoʻyiladi.

Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat olib borayotgan (kamida uch yillik tajribaga ega) oʻrta-maxsus maʼlumotli xodimlar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Endi siz 1 kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida nazariy taʼlim olasiz va 5 kun davomida odatdagi amaliy faoliyatingizni davom ettiraverasiz.

Maʼlumot uchun: joriy o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi 15 ta pedagogika oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha taʼlim yoʻnalishida dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati hokimi o'qituvchilarni ko'cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi

Adiz Boboevning topshirig'iga ko'ra, Samarqand shahridagi ko'chalar OTMlarga biriktirib qo'yiladi.

Oliygoh pedagoglari o'zlariga biriktirilgan ko'chaning tozaligi, ko'cha bo'yidagi daraxtlar va sug'orish tizimining holatini monitoring qilib, muammolar haqida obodonlashtirish xizmatini xabardor qilib turishi kerak.

Qonunga ko'ra, pedagoglarni kasbiy faoliyatidan tashqari ishlarga majburlash taqiqlangan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
ВМ_322_24_06_2026_Олий_тоифалилар_магистратурага_қабули.pdf
512 KB
❗️2026/2027-oʻquv yilidan oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (322-son, 24.06.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarni (oliy toifali oʻqituvchilar) pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish (maqsadli magistratura) tashkil etiladi.  
Maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.  

Oliy toifali oʻqituvchilar:  
👉 maqsadli magistraturada oʻqish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiradi;  
👉 maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3-yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;  


Oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.  

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Joriy 2026/2027-oʻquv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi.

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni toʻgʻri toʻldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Boʻyaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini toʻliq boʻyalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani boʻyash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar kirish imtihonlari uchun to‘lov qilishlari kerak

Kecha 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra, davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 432 979 nafari joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, 248 471 nafari avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan talabgorlardir.

Abituriyentlarning 365 733 nafari (53,7 foiz) ayollar, 315 717 nafari (46,3 foiz) erkaklardan iborat.

Ma’lumot uchun: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovi uchun toʻlovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin. Joriy yil bitiruvchilaridan to‘lov undirilmaydi, avvalgi yillarda bitirganlar 206 ming so‘m to‘lashi kerak.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun ruxsatnomalar yuborildi

Diqqat! Hurmatli ota-onalar!

2026/2027-oʻquv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning:

👉 6-sinfiga (aniq fanlar yoʻnalishi);
👉 7-sinfiga (tabiiy fanlar yoʻnalishi);
👉 8-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlari);
👉 10-sinfiga (aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlari) kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi!


❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingiz mumkinm

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday holatda sinf ikkiga boʻlib oʻqitiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisida»gi nizomning 29-bandiga muvofiq malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni IKKI GURUHga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:

Oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining:

👉 1-11 sinflarida «Chet tili» fani

👉 ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar

👉 5-11-sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari»,

👉 8-11-sinflarda «Jismoniy tarbiya»

👉 5-9- sinflarda «Texnologiya»

👉 10-11-sinflarda «Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik» fanlari

👉 taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 2-11 sinflarida «Oʻzbek tili» fani hamda taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining 2-11 sinflarida «Rus tili» fani.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari qaysi fanlardan olingan sertifikatlar uchun qoʻshimcha ustama olishlari mumkin.

Adliya vazirligidan 2024-yil 29-mayda 3515-son bilan roʻyxatdan oʻtgan qoʻshma qarorning 4-ilovasiga muvofiq Matematika hamda Ona tili va adabiyot fanlaridan olingan milliy sertifikatlar uchun ustama olishlari mumkin.

Bunda:

👉 Matematika fanidan kamida “C” va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat uchun lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz ustama toʻlanadi. Mazkur ustama umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi;

👉 Ona tili va adabiyot fanidan kamida “C” va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat uchun lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz ustama toʻlanadi. Mazkur ustama umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega pedagoglarning ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.

Yuqoridagi sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab ularning amal qilish muddati tugagunga qadar lekin, uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida ustamalar belgilash boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻzbekistonda ham 16 yoshga toʻlmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqda

Oʻzbekistonda 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda 26-iyun kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan tadbirdan soʻng vazir Eʼzozxon Karimova Gazeta muxbiri bilan suhbatda aytib oʻtdi.

Jurnalist dunyoning koʻplab davlatlarida, xususan, qoʻshni Qozogʻistonda ham voyaga yetmaganlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash boʻyicha tashabbuslar boshlanganini eslatib, Oʻzbekistonda ham shunday qadam tashlanishi mumkinmi, deb soʻradi.

Eʼzozxon Karimovaning taʼkidlashicha, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan oʻzaro muhokamalar oʻtkazilgan hamda qonun loyihasi ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

«Biz ham hozir ushbu masalani oʻylayapmiz. Bu boʻyicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻymoqchimiz. Bu tartib bizda ham boʻlishi kerak, deb oʻylayman», — deydi vazir.


U bolalarni telefondan toʻliq voz kechtirishning imkoni yoʻqligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.

«Hozir texnika asri, bolalarimizdan telefonlarni yulib ololmaymiz. Albatta, telefon kerak. Ammo undan foydalanish madaniyati va me’yori ham boʻlishi zarur. Oʻquvchining maktabga kirishdan oldin telefonini qoldirishga oid buyruq chiqqan va odob-axloq qoidalari ham mavjud. Lekin bu qoidalar qayerdadir ishlaydi, qayerdadir esa ishlamaydi. Buni endilikda qattiq nazoratga olib, 16 yoshgacha boʻlgan bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklamoqchimiz», — deydi Eʼzozxon Karimova.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM