Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.38K photos
756 videos
2.15K files
4.68K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
⚡️Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi

Ta’lim tizimida ikkita korrupsion holat fosh etildi. Bir holatda maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olingan.

Yana bir holatda MTT xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorga tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun xodimlar quyidagi ballarni to‘plashlari kerak

Pedagog xodimlar

65 — 70 ball toʻplasa — 10 %
71 — 75-ball toʻplasa — 15 %
76 — 80 ball toʻplasa — 20 %
81 — 85 ball toʻplasa — 25 %
86 — 90 ball toʻplasa — 30 %
91 — 95 ball toʻplasa — 35 %
96 — 100 ball toʻplasa — 40 %


Kutubxona xodimlari
65 — 75 ball toʻplasa — 10 %
76 — 85-ball toʻplasa — 15 %
86 — 100 ball toʻplasa — 20 %


Psixologlar
65 — 75 ball toʻplasa — 10 %
76 — 85-ball toʻplasa — 15 %
86 — 100 ball toʻplasa — 20 %


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Telefonga qaram boʻlgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis

Bolalar psixologi Janar Seyitmagʻambet zamonamiz muammosiga aylanib ulgurgan telefonga qaramlik sabablari va undan qutulish yoʻllarini aytib berdi.

Bola uch yoshga toʻlguncha umuman gadjet berilmasligi kerak, dedi qozogʻistonlik bolalar psixologi Janar Seyitmagʻambet «Bugin LIVE» dasturiga bergan intervyusida va telefonga qaramlikdan qanday qutulishni tushuntirdi.

Odam qandaydir harakatga darrov odatlanib qolmaydi. Qaramlik bir xil harakatni qayta-qayta bajarishdan kelib chiqadi. Bolalarda telefonga qaramlikni aniqlash usullari mavjud. Agar soʻraganda hech qanday qiyinchiliksiz telefonni qaytarib bersa, unda qaramlik yoʻq. Agar u yigʻlab, telefondan ajralishni istamasa, unda xavf bor, dedi Janar Seyitmagʻambet.

Bolalar psixologining aytishicha, bunday vaziyatda ota-onalar bevosita aralashishi kerak.

▫️Virtual olam real hayotdan ustun boʻlsa, ota-ona, bobo-buvi, aka-uka eʼtibor bermasa, bola oʻsha virtual dunyoga kirib boradi. Shuning uchun, qaramlikdan qochish uchun bolaning hayotini chiroyli tashkil qilish kerak. Hozirgi paytda virtual olam bolalarni ota-onasidan uzoqlashtirmoqda. Chunki ota-onalar bolaning hayotini qiziqarli tarzda tashkil eta olmaydi. Ota-ona nima qilsa, bola oʻshani takrorlaydi, dedi u.

Mutaxassis, shuningdek, bolalar qaysi yoshdan gadjetlardan foydalanishni boshlashi tavsiya etilishiga toʻxtaldi.

Bolaga uch yoshga toʻlguncha umuman gadjet berilmasligi kerak. 11 yoshga toʻlgunga qadar, unga faqat aloqa uchun tugmachali telefonni berish lozim. Chunki bu yoshga qadar bola miyasining old qismi, psixoemotsional rivojlanishi, iroda kuchi shakllanadi, dedi studiya mehmoni.

Psixolog gadjetlardan koʻp foydalanish bolaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi.

Bolaning psixoemotsional holati hali barqarorlashmagan paytda, u gapirish va muloqot qilishni oʻrganishi kerak. Telefondan bosh koʻtarmaydigan bolaning soʻz zaxirasi oz boʻladi. Soʻz zaxirasi oz bola tasavvur qila olmaydi va chiroyli insho yoza olmaydi. Faqat gaplashganda, muloqotda boʻlganda va soʻz boyligini rivojlantirganda, bola ochilib, chiroyli gapira oladi. Virtual dunyo juda tez harakat qiladi. Qisqa videolar, turli his-tuygʻularga toʻla maʼlumotlar bolaning miyasiga zoʻr beradi. Natijada, bola doimo bezovta boʻladi va kelajakda diqqatini jamlay olmaydi. Chunki uning miyasi uzoq vaqt davomida koʻp maʼlumotlarga eʼtibor berishga odatlanmagan, dedi mutaxassis.

Janar Seyitmagʻambet bolani qaramlikdan qanday qutqarish kerakligini ham tushuntirib berdi.

Telefonni butunlay olib qoʻyish yaramaydi. Bolalarga kuniga atigi 1-2 soat foydalanishga ruxsat berish yaxshiroqdir. Qolgan vaqtni sevimli mashgʻulotlariga va doʻstlar bilan muloqotga bagʻishlash kerak. Men oʻzim 15-yil oldin ongli ravishda uyda televizordan voz kechdim. Kechqurun kitob oʻqishni odat qilib oldim. Farzandlarim ham buni koʻrib, xuddi shu odatini davom ettirmoqda. Telefonga berilib ketgan boladan darhol uni olib qoʻyish toʻgʻri emas. Vaqtni asta-sekin qisqartirish va yangi odatlarni shakllantirish orqali uni telefondan uzoqlashtirish kerak. Eng muhimi, bola bilan iliq suhbatlashish va u nimani qidirayotganini, nimani xohlashini tushunishga harakat qilishdir, deb xulosa qildi bolalar psixologi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch-oʻquv reja

2026-2027-oʻquv yili uchun taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun moʻljallangan "Dars setkasi" bilan yuqoridagi fotoda tanishib chiqishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?

Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish bepul, avvalgi yillarda bitirganlar 206 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.


Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

❗️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻqituvchilar moddiy yordam pulini qanday olishlari mumkin?

Batafsil videoda maʼlumot oling

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xorijiy til oʻqituvchilariga B2 sertifikatini olish uchun 2026-2027-oʻquv yiliga qadar imkoniyat berilgan

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi RASMIY BAYONOT bergan edi:

Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarining tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining keyingi mehnat faoliyatiga doir masala barchaning diqqat markazida turibdi.

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi koʻrsatib oʻtilgan.

Dastlab 2024-2025-oʻquv yiliga qadar etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelindi.

❗️Hurmatli pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, xorijiy til fani oʻqituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi asosiy talab sifatida kiritildi.

☝️Maʼlumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu pedagoglarning tegishli sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishlarida koʻmaklashish uchun joylarda malakali mutaxassislar ishtirokida bepul (onlayn va oflayn) oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Buning natijasida 2025-yilning sentyabr-dekabr oylari davomida 5 000 nafardan ortiq pedagoglar tegishli til sertifikatlarini qoʻlga kiritib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga qoʻshimcha moddiy manfaatdorlikka erishib kelmoqda (hozirga vaqtda 39 ming nafardan ortiq xorijiy til fani oʻqituvchilari tegishli til sertifikatlariga ega).

Vazirlik tomonidan ushbu oʻquv mashgʻulotlari bundan keyin ham davomiy tashkil etib boriladi hamda B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi.

Mazkur choralar farzandlarimizning sifatli va chuqur bilim olishlarini taʼminlash, ularning kelgusida zamonaviy va kelajakka mos kasblarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy.

❗️Qadrli pedagoglar!

Sizlardan amaliyotga joriy etilayotgan mazkur choralarni chuqur anglagan holda, oʻz kasbiy va lavozim majburiyatlaringizga sidqidildan yondashishlaringizni soʻrab qolamiz.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
⚡️Malaka toifa sertifikatlarini generatsiya qilish boshlandi

Malaka toifasi "2026-yil yanvar-iyun" mavsumi sinovlarida ishtirok etib sertifikatlarni qo'lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlandi.

Talabgorlar sertifikatlarni "Pedagog" platformasidagi shaxsiy kabinetidan "Sertifikatlarim" bo'limidan yuklab olishi mumkin.

❗️Shaxsiy kabinetingizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.

"Yagona davlat xizmatlari" portali
orqali murojaat yuborganlar esa My.gov.uz portalidan ham yuklab olishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
❗️Joriy 2026/2027-oʻquv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi.

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni toʻgʻri toʻldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Boʻyaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini toʻliq boʻyalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani boʻyash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ertaga ish vaqti soat 10 dan boshlanadi

“Prezident Shavkat Mirziyoev 18-iyun kuni Oʻzbekiston-Kolumbiya oʻyinini oila davrasida, nabiralari bilan birga tomosha qiladilar” — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov


Prezident topshirigʻiga muvofiq, 18-iyun kuni davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin?

Maktabni bitirganingiz haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab oling.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Pedagog va xodimlarga maktab hududida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

dars qoldirish holatlarini rasmiy tartibdan tashqari “oʻzboshimchalik” bilan hal qilish;

oʻquvchining holatidan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanish, norasmiy pul yigʻish, moddiy bosim oʻtkazish;

oʻquvchining oilaviy ahvoli, millati, jinsi, sogʻliq holati yoki ijtimoiy maqomi asosida farqlash;

oʻquvchi bilan kasbiy chegaralarni buzuvchi munosabat oʻrnatish;

“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar va kuchli taʼsir etuvchi moddalar isteʼmol qilgan holda kelish;

taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Har yili 1-iyulga qadar maktab xodimlari uchun ustama miqdori belgilanadi

✔️ Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi;

✔️ Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, har yili 1-iyulga qadar umumtaʼlim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi oʻquv yili uchun yuqori natija koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan boshlab 2026–2027-oʻquv yili uchun umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari boshlandi.

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 31-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

Qabul qachon boshlanadi?
Qabul jarayonlari 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 31-avgustgacha mikrohududdan tashqari hududlardan qabul amalga oshiriladi.


Kimlar 1-sinfga qabul qilinadi?
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun ham taalluqlidir.


Ariza qanday topshiriladi?
Umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portali yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar (my.maktab.uz) portalida ro‘yxatdan o‘tiladi, so‘rovnoma to‘ldiriladi va tasdiqlanadi.


Qanday hujjatlar talab etiladi?
086/063 tibbiy ma’lumotnoma;
3×4 rasm;
Ota-ona va bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.


Maktabni tanlash tartibi qanday?
Tizim (my.gov.uz) va (my.maktab.uz) ota-onaning yashash manzili (propiska/mikrohudud) bo‘yicha biriktirilgan maktabni avtomatik belgilaydi.


Qabul natijalarini qayerdan bilish mumkin?
Tizimga kiritilgan telefon raqamga SMS xabar yuboriladi. Shuning uchun o‘zingizning ishlaydigan telefoningizni kiriting.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.


❗️Eslatma! O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan (2026–2027-o‘quv yilida 2019-yilning 31-dekabr kunigacha tug‘ilgan) yilda qabul qilinadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Video yo‘riqnoma: Bugundan maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi

Bu yil 1-sinfga 2019-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);

2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).


Ota-onalar bugundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

19-iyun, soat 18:17 holatiga ko’ra, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 371 ming 429 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 328 ming 949 nafar;
🔹 rus tili  — 35 ming 79 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 6 ming 524 nafar;
🔹 boshqa tillar — 877 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 53 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 197 ming 376 nafar

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot

Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q!

So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Olimpiada va tanlov ro'yxati 2026-2027 .pdf
177.4 KB
⚡️Ustamalar belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati

MMTVning 2026-yil 30-yanvardagi 35-son buyrugʻiga ilova sifatida 2026-2027-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar belgilashda oʻquvchilarining ishtiroki natijalari inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ROʻYXATI tasdiqlangan

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
⚡️Boshlangʻich sinflardagi informatika darsini informatika fani oʻqituvchilari emas, balki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻtadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 15-may kungi 125-sonli buyrugʻida aytilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 10-oktyabrdagi “Zamonaviy maktab darsliklarini tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda maktab taʼlimi sifatini oshirish toʻgʻrisida”gi 14-sonli bayoni, Prezident Administratsiyasining 2023-yil 27-apreldagi 08-740-sonli xatiga muvofiq “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-sinfdan boshlab oʻqitish belgilandi.

Boshlangʻich sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.

Bunda, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
❗️Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanishiga 3 kun qoldi!

23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar shaxsiy kabinetlarga yuborildi

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish boʻyicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.

Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi maʼlumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:

— Imtihon topshiriladigan maktab turi;
— Talabgorning shaxsiy maʼlumotlari;
— Imtihon oʻtkaziladigan bino nomi va manzili;
— Imtihon oʻtkaziladigan sana va boshlanish vaqti.


MUHIM! Talabgorlardan imtihon oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada koʻrsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari soʻraladi.

❗️Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qatʼiy amal qilishingizni soʻraymiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun CHall-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz