Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.38K photos
756 videos
2.16K files
4.68K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
⚡️Yangi oʻquv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars oʻtishga ruxsat beriladi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan ham umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Farmonida nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur Farmon bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-7 sinflarida tarbiya fani doirasida oʻquvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi oʻquv yilidan huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi ham joriy etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Bugungi kunda pedagog xodimlar qancha miqdorda oylik maosh oladilar?

Maktab direktori:
• 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);
• 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq);


Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)   
• 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 soʻm  (881 -1600 oʻquvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq);


Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
• 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
• 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq);


Psixologlar:
• Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;
• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;
Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm;


Oʻqituvchilar:
• Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;
Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;
Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;
Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;
Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm;


Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 758 ming 372 soʻm;


Kutubxona mudiri:
Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;
Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm;


Kutubxonachi:
• Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 37 ming 317 soʻm;
• Oliy maʼlumotli – 2 mln 144 ming 548 soʻm.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi

Ta’lim tizimida ikkita korrupsion holat fosh etildi. Bir holatda maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olingan.

Yana bir holatda MTT xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorga tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun xodimlar quyidagi ballarni to‘plashlari kerak

Pedagog xodimlar

65 — 70 ball toʻplasa — 10 %
71 — 75-ball toʻplasa — 15 %
76 — 80 ball toʻplasa — 20 %
81 — 85 ball toʻplasa — 25 %
86 — 90 ball toʻplasa — 30 %
91 — 95 ball toʻplasa — 35 %
96 — 100 ball toʻplasa — 40 %


Kutubxona xodimlari
65 — 75 ball toʻplasa — 10 %
76 — 85-ball toʻplasa — 15 %
86 — 100 ball toʻplasa — 20 %


Psixologlar
65 — 75 ball toʻplasa — 10 %
76 — 85-ball toʻplasa — 15 %
86 — 100 ball toʻplasa — 20 %


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Telefonga qaram boʻlgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis

Bolalar psixologi Janar Seyitmagʻambet zamonamiz muammosiga aylanib ulgurgan telefonga qaramlik sabablari va undan qutulish yoʻllarini aytib berdi.

Bola uch yoshga toʻlguncha umuman gadjet berilmasligi kerak, dedi qozogʻistonlik bolalar psixologi Janar Seyitmagʻambet «Bugin LIVE» dasturiga bergan intervyusida va telefonga qaramlikdan qanday qutulishni tushuntirdi.

Odam qandaydir harakatga darrov odatlanib qolmaydi. Qaramlik bir xil harakatni qayta-qayta bajarishdan kelib chiqadi. Bolalarda telefonga qaramlikni aniqlash usullari mavjud. Agar soʻraganda hech qanday qiyinchiliksiz telefonni qaytarib bersa, unda qaramlik yoʻq. Agar u yigʻlab, telefondan ajralishni istamasa, unda xavf bor, dedi Janar Seyitmagʻambet.

Bolalar psixologining aytishicha, bunday vaziyatda ota-onalar bevosita aralashishi kerak.

▫️Virtual olam real hayotdan ustun boʻlsa, ota-ona, bobo-buvi, aka-uka eʼtibor bermasa, bola oʻsha virtual dunyoga kirib boradi. Shuning uchun, qaramlikdan qochish uchun bolaning hayotini chiroyli tashkil qilish kerak. Hozirgi paytda virtual olam bolalarni ota-onasidan uzoqlashtirmoqda. Chunki ota-onalar bolaning hayotini qiziqarli tarzda tashkil eta olmaydi. Ota-ona nima qilsa, bola oʻshani takrorlaydi, dedi u.

Mutaxassis, shuningdek, bolalar qaysi yoshdan gadjetlardan foydalanishni boshlashi tavsiya etilishiga toʻxtaldi.

Bolaga uch yoshga toʻlguncha umuman gadjet berilmasligi kerak. 11 yoshga toʻlgunga qadar, unga faqat aloqa uchun tugmachali telefonni berish lozim. Chunki bu yoshga qadar bola miyasining old qismi, psixoemotsional rivojlanishi, iroda kuchi shakllanadi, dedi studiya mehmoni.

Psixolog gadjetlardan koʻp foydalanish bolaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi.

Bolaning psixoemotsional holati hali barqarorlashmagan paytda, u gapirish va muloqot qilishni oʻrganishi kerak. Telefondan bosh koʻtarmaydigan bolaning soʻz zaxirasi oz boʻladi. Soʻz zaxirasi oz bola tasavvur qila olmaydi va chiroyli insho yoza olmaydi. Faqat gaplashganda, muloqotda boʻlganda va soʻz boyligini rivojlantirganda, bola ochilib, chiroyli gapira oladi. Virtual dunyo juda tez harakat qiladi. Qisqa videolar, turli his-tuygʻularga toʻla maʼlumotlar bolaning miyasiga zoʻr beradi. Natijada, bola doimo bezovta boʻladi va kelajakda diqqatini jamlay olmaydi. Chunki uning miyasi uzoq vaqt davomida koʻp maʼlumotlarga eʼtibor berishga odatlanmagan, dedi mutaxassis.

Janar Seyitmagʻambet bolani qaramlikdan qanday qutqarish kerakligini ham tushuntirib berdi.

Telefonni butunlay olib qoʻyish yaramaydi. Bolalarga kuniga atigi 1-2 soat foydalanishga ruxsat berish yaxshiroqdir. Qolgan vaqtni sevimli mashgʻulotlariga va doʻstlar bilan muloqotga bagʻishlash kerak. Men oʻzim 15-yil oldin ongli ravishda uyda televizordan voz kechdim. Kechqurun kitob oʻqishni odat qilib oldim. Farzandlarim ham buni koʻrib, xuddi shu odatini davom ettirmoqda. Telefonga berilib ketgan boladan darhol uni olib qoʻyish toʻgʻri emas. Vaqtni asta-sekin qisqartirish va yangi odatlarni shakllantirish orqali uni telefondan uzoqlashtirish kerak. Eng muhimi, bola bilan iliq suhbatlashish va u nimani qidirayotganini, nimani xohlashini tushunishga harakat qilishdir, deb xulosa qildi bolalar psixologi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch-oʻquv reja

2026-2027-oʻquv yili uchun taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun moʻljallangan "Dars setkasi" bilan yuqoridagi fotoda tanishib chiqishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?

Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish bepul, avvalgi yillarda bitirganlar 206 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.


Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

❗️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻqituvchilar moddiy yordam pulini qanday olishlari mumkin?

Batafsil videoda maʼlumot oling

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xorijiy til oʻqituvchilariga B2 sertifikatini olish uchun 2026-2027-oʻquv yiliga qadar imkoniyat berilgan

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi RASMIY BAYONOT bergan edi:

Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarining tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining keyingi mehnat faoliyatiga doir masala barchaning diqqat markazida turibdi.

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi koʻrsatib oʻtilgan.

Dastlab 2024-2025-oʻquv yiliga qadar etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelindi.

❗️Hurmatli pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, xorijiy til fani oʻqituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi asosiy talab sifatida kiritildi.

☝️Maʼlumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu pedagoglarning tegishli sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishlarida koʻmaklashish uchun joylarda malakali mutaxassislar ishtirokida bepul (onlayn va oflayn) oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Buning natijasida 2025-yilning sentyabr-dekabr oylari davomida 5 000 nafardan ortiq pedagoglar tegishli til sertifikatlarini qoʻlga kiritib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga qoʻshimcha moddiy manfaatdorlikka erishib kelmoqda (hozirga vaqtda 39 ming nafardan ortiq xorijiy til fani oʻqituvchilari tegishli til sertifikatlariga ega).

Vazirlik tomonidan ushbu oʻquv mashgʻulotlari bundan keyin ham davomiy tashkil etib boriladi hamda B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi.

Mazkur choralar farzandlarimizning sifatli va chuqur bilim olishlarini taʼminlash, ularning kelgusida zamonaviy va kelajakka mos kasblarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy.

❗️Qadrli pedagoglar!

Sizlardan amaliyotga joriy etilayotgan mazkur choralarni chuqur anglagan holda, oʻz kasbiy va lavozim majburiyatlaringizga sidqidildan yondashishlaringizni soʻrab qolamiz.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
⚡️Malaka toifa sertifikatlarini generatsiya qilish boshlandi

Malaka toifasi "2026-yil yanvar-iyun" mavsumi sinovlarida ishtirok etib sertifikatlarni qo'lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlandi.

Talabgorlar sertifikatlarni "Pedagog" platformasidagi shaxsiy kabinetidan "Sertifikatlarim" bo'limidan yuklab olishi mumkin.

❗️Shaxsiy kabinetingizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.

"Yagona davlat xizmatlari" portali
orqali murojaat yuborganlar esa My.gov.uz portalidan ham yuklab olishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+KzysPSHchaRVlMGQy
❗️Joriy 2026/2027-oʻquv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi.

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni toʻgʻri toʻldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Boʻyaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini toʻliq boʻyalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani boʻyash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz