Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal
153K subscribers
1.38K photos
756 videos
2.16K files
4.68K links
Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal!

Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar.

Savol va takliflar uchun: @educontact_bot

Reklama: @reklamaedu
Download Telegram
Tanlov - Biologiya 11-sinf.rar
6.2 MB
#imtihon_savollari

⚡️11-sinflar uchun Biologiya fanidan 4- va 1-variant imtihon savollari
(barcha tillarda)

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Tanlov - Fizika 11-sinf.rar
25.8 MB
#imtihon_savollari

⚡️11-sinflar uchun Fizika fanidan 4- va 1-variant imtihon savollari (barcha tillarda)

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/ustoz
Tanlov - Geografiya 11-sinf.rar
6.4 MB
#imtihon_savollari

⚡️11-sinflar uchun Geografiya fanidan 4- va 1-variant imtihon savollari
(barcha tillarda)

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/ustoz
Tanlov - Davlat va HA 11-sinf.rar
832.4 KB
#imtihon_savollari

⚡️11-sinflar uchun Huquq fanidan 4- va 1-variant imtihon savollari
(barcha tillarda)

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Bakalavr_kvota_grant.pdf
8.5 MB
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan.

Davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati.pdf
926.7 KB
⚡️ Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan bog‘liq hisoblangan 465 ta lavozimning rasmiy ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatdan professor, dotsent, katta oʻqituvchi, kichik oʻqituvchi, metodist, tarbiyachi, yoʻriqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar o‘rin olgan.

Pedagog xodim atamasiga umumiy ta’rif berish bilan birga, pedagogik faoliyatga oid lavozimlar ro‘yxatini alohida tasdiqlash huquqiy noaniqliklarning oldini oladi. Chunki aynan shu ro‘yxat kimlar pedagog hisoblanishi, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, pedagogik stajni belgilab beradi. Aks holda, turli tashkilotlar mazkur tushunchani turlicha talqin qilishi natijasida amaliyotda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” Milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” tegishli qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

➡️ Har yili umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi.

➡️ Tanlov har yili 3 bosqichda maktablar oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etiladi.

➡️ Har bir maktabdan faqat bitta terma jamoa ishtirok etadi.  Jamoa 8–10-sinfning 5 nafar oʻquvchisi va 1 nafar fizika fani oʻqituvchisidan iborat boʻladi.

➡️ Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga Davlat byudjeti hisobidan muhandislikka oid laboratoriyalarni jihozlash hamda oʻz ichiga olgan innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

➡️ Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

➡️ Bundan tashqari, innovatsion texnoparkka ega boʻlgan maktablarda mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra fizika fani oʻqituvchisiga tenglashtirilgan 1 ta shtat birligida laborant lavozimi joriy etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab direktori boʻlish uchun nimalar talab qilinadi?

Maktab direktori lavozimi — katta masʼuliyat, liderlik va boshqaruv koʻnikmalarini talab qiladigan muhim vazifa.

Menejerlik sertifikatini olish va Direktorlar kengashidan suhbatdan oʻtish tartibi qanday?

Batafsil videoda

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Maktabgacha_va_maktab_taʼlimi_vazirining2026_yil_19_yanvardagi_sonli.pdf
280.8 KB
⚡️Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining yangi lavozim yoʻriqnomalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 26-yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 - 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni toʻgʻrisida"gi 18-sonli buyrugʻi 6-ilovasiga muvofiq:

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlandi.

Buyruqning 6-ilovasi bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” Milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” tegishli qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

▫️ Har yili umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi.

▫️ Tanlov har yili 3 bosqichda maktablar oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etiladi.

▫️ Har bir maktabdan faqat bitta terma jamoa ishtirok etadi.  Jamoa 8–10-sinfning 5 nafar oʻquvchisi va 1 nafar fizika fani oʻqituvchisidan iborat boʻladi.

▫️ Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga Davlat byudjeti hisobidan muhandislikka oid laboratoriyalarni jihozlash hamda oʻz ichiga olgan innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

▫️ Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

▫️ Bundan tashqari, innovatsion texnoparkka ega boʻlgan maktablarda mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra fizika fani oʻqituvchisiga tenglashtirilgan 1 ta shtat birligida laborant lavozimi joriy etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari boʻyicha ota-onalar uchun muhim maʼlumot

Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol oʻylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga oʻrin yoʻq!

Soʻnggi yillarda taʼlim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni oʻtgan oʻquv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan boʻlsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni toʻliq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.

Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?
✔️ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali roʻyxatdan oʻtasiz.
✔️ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi maʼlumotlarni kiritib, soʻrovnoma toʻldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat taʼlim tilini tanlash talab etiladi.
✔️ Kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz.


Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida oʻrganiladi. Shundan soʻng elektron navbat orqali oʻzingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati boʻyicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi.

Jarayonning muhim jihatlariga eʼtibor bering:
✔️ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat oʻz mikrohududingiz boʻyicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan soʻng (boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
✔️ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tugʻilgan, yaʼni yil davomida 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi.

✔️ Til bilish darajasi: Agar taʼlim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til koʻnikmasi shakllanmagan boʻlsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentning 21-bandida qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

✔️ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul!


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi oʻquv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars oʻtishga ruxsat beriladi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan ham umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Farmonida nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur Farmon bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-7 sinflarida tarbiya fani doirasida oʻquvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.

Yangi oʻquv yilidan huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi ham joriy etiladi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
⚡️Bugungi kunda pedagog xodimlar qancha miqdorda oylik maosh oladilar?

Maktab direktori:
• 5 mln 166 ming 485 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);
• 6 mln 187 ming 933 soʻm (1600dan ortiq);


Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)   
• 4 mln 825 ming 345 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 5 mln 166 ming 485 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 soʻm  (881 -1600 oʻquvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 soʻm (1600dan ortiq);


Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
• 1 mln 957 ming 858 soʻm (400 oʻquvchigacha);
• 2 mln 233 ming 302 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
• 2 mln 322 ming 127 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
• 2 mln 515 ming 091 soʻm (1600dan ortiq);


Psixologlar:
• Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 soʻm;
• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 soʻm;
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 soʻm;
Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 soʻm;


Oʻqituvchilar:
• Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 468 ming 585 soʻm;
Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 729 ming 906 soʻm;
Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 175 ming 834 soʻm;
Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 653 ming 151 soʻm;
Oliy toifali oʻqituvchi – 5 mln 142 ming 053 soʻm;


Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 758 ming 372 soʻm;


Kutubxona mudiri:
Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 soʻm;
Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 soʻm;


Kutubxonachi:
• Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 37 ming 317 soʻm;
• Oliy maʼlumotli – 2 mln 144 ming 548 soʻm.


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz