Shoʻxi balo, Chevo tagʻo, Urus, Chorivoy, Panda, Batterbin, Shoqoqiy, Shoqi, Shoxxi, Shahanshoh, Shoir Opoqiy, Kakito, Shoxa, Bobotik, Oshshijon, Sehrli tayoqcha, Zumer, Zumer chol, Usmonip, Shohruxi Olam…
Yuqoridagi notoʻliq va xronologik tartini buzilgan roʻyxat. Lekin umrim davomida menga qoʻyilgan laqablarni eslaab, jamladim. Qolib ketganlari ham chiqar. Hammasi oʻzimga yoqadi.
Sizda qanaqa antiqa laqablar bor?
@usmonosphere

😁15❤2👍2
#hazil
— Rasmdan nima xulosaga kelding?
— Shirinlikni qadogʻi bilan yeb boʻlmaskan!
— Rivoyatni harom qilding :)
@usmonosphere
— Rasmdan nima xulosaga kelding?
— Shirinlikni qadogʻi bilan yeb boʻlmaskan!
— Rivoyatni harom qilding :)
@usmonosphere
😁33🤣31
TOSHKENT REPERTUAR 2026-IYUN.pdf
1 MB
#teatr
Doʻstlar, mana sizlarga iyun oyi uchun poytaxtimiz teatrlarining tomoshanomasi. Boringlar, koʻringlar, nurlaninglar!

👍1🔥1
Viloyatlar umumiy iyun repertuar.docx.pdf
997.8 KB
#teatr
Bilaman, koʻpchilik viloyalarga qaytyapti. Mayli, talablarga binoan hududlardagi teatrlar repertuarini ham boʻlishaman.
Albatta boringlar lekin :)

🐳3❤2🥰2
Mana, ertaga ham dushanba, ham yangi oyni birinchi kuni! Ustiga ustak, yangi fasl ham. Oʻzgarishga qulay vaqt kutib yurganlarga ayni muddao!
Xoʻsh, kim qanaqa oʻzgarish qilmoqchi?
@usmonosphere
Xoʻsh, kim qanaqa oʻzgarish qilmoqchi?
@usmonosphere
❤🔥12❤3🤣3
Mundialda qaysi oʻyinchiga yozuvchiga muxlislik qilasiz?
Rossiya futbol boʻyicha Jahon chempionatida qatnashmayapti. Ammo adabiyot boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilsa, “Turnirning eng yaxshi yozuvchisi”, “Turning eng yaxshi asari” nominatsiyalari talash boʻlib ketardi.
Bir gʻoya keldi, Oʻzbekiston adabiy terma jamoasini (11 kishilik asosiy tarkib va zaxira oʻyinchilar) birga yigʻib koʻramizmi? Izohlarda yozib qoldiring-chi…

🔥7❤2❤🔥2
Bir inson ortidan qoldirishi mumkin boʻlgan merosni ortigʻi bilan qoldirib ketyapsiz. Adabiyotda faqat she’r yo hikoya yozibgina oʻrin topish mumkin degan qarashlarni yoʻqqa chiqarib bu dunyoni tark etyapsiz.
Xayr, afsona! Xayr, qahramon! Alvido, adabiyotga aylangan odam!Joyingiz jannatda boʻlsin! Sizga cheksiz tashakkur…

1❤26😢10🔥2😱2
#tarjima
Yillar avval rahmatli Jahongir Namozovning bir dasta she’rini inglizchaga tarjima qilganim hamda vafotidan keyin The Poetry Lighthouse va yana ba’zi nashrlarga joʻnatganimni aytgandim.
Kecha TPLdan xat kelibdi. Jahongirning 3 ta she’rini bosishmoqchi. Faqat oʻzi olamdan oʻtgani sabab, uning mualliflik huquqiga egalik qiluvchilardan ruxsat olishimni soʻrashdi. Menimcha, Jahongirning oilasidan biror kishi ruxsat berishi mumkin.
Xullas, Jahongirning oilasi bilan bogʻlanishning imkoni boʻlsa, xabar bersangiz. Xursand boʻlardim.

❤12
#tarjima
“Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining yangi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi. “Yosh kitobxon” (20-30 yosh toifasi) va “Yosh kitobxon oila” bellashuvida mutolaa qilinadigan kitoblar ro‘yxatiga kaminaning tarjimasi — Harper Lining “Tasbeh daraxti soyasida” romani ham kiritilibdi.
Shuningdek, biz “O‘lik kitobxonlar jamiyati” bilan o‘qigan kitoblar — “Giryon” (N.Eshonqul), “Momaqaldiroq ostida sayr” (E.A’zam) va “Pashshalar hukmdori” (U.Golding) ham ro‘yxatlardan joy olgan.
Oramizda bu tanlovlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar bormi?

❤4👍4
Hozir dunyoga eng mashhur oʻzbek adibi — shubhasiz, Hamid Ismoilov. Adibning shuhrati shu darajadaki, asarlari Booker kabi nufuzli mukofotlar finalisti boʻladi. Dunyoning turli chetlarida kitoblarini chiqarishadi.
Yaqinda Praga shahar kutubxonasi Hamid Ismoilovning she’rlar toʻplamini nashrdan chiqargan ekan. Qizigʻi, kitob butkul oʻzbek tilida. Shunaqasi ham boʻlib turadi ekan-da.
Mayli, yozuvchi Hamid Ismoilovni shoir Abdulhamid Ismoil sifatida tanimoqchi boʻlsangiz, quyidagi havola orqali oʻqishingiz va yuklab olishingiz mumkin:
👉🏿 “Shunchaki” she’rlar toʻplami

❤5