Usmonip
1.57K subscribers
3.06K photos
150 videos
250 files
1.38K links
🥂 Shoir, tarjimon, muharrir, kolumnist, san’atsevar va hokazo

📬 Gapingiz boʻlsa: @munshaotbot
Download Telegram
Aytgancha, Toshkent bugun juda goʻzal edi. Yetarlicha ochib berishga fotograflik qobiliyatim yetmaydi xolos.

@usmonosphere
❤13
Kontaktingizdagi eng mashhur odam kim?

@usmonosphere
🤔2
Andersen mukofoti sohibi — “nice!”

📰 Bugun Bolonya bolalar kitoblari yarmarkasi doirasida Hans Kristian Andersen mukofoti gʻoliblari e’lon qilindi.

✔️ “Eng yaxshi yozuvchisi” nominatsiyasi gʻolibi — Maykl Rozen (Buyuk Britaniya)
✔️ “Eng yaxshi illyustrator” nominatsiyasi gʻolibi — Cai Gao (Xitoy)

🔗 Maykl Rozen koʻzingizga issiq koʻringan boʻlsa kerak? U internet olamida “nice” memi bilan tanilgan edi. Bugun bildik, u atoqli bolalar yozuvchisi ham ekan.

@usmonosphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9
Oʻsha gap: ba’zan kitob oʻqish ham azob

🍊 Kitobxonlar jamiyati bilan “Murvatli apelsin”ni oʻqiyapmiz. Oʻtgan gal boʻlganidek, bu kitobda ham imloviy xatolar va tahrirtalab oʻrinlar juda koʻp (dastlabki 40 bet hisobida, uyogʻini hozircha bilmadim).

📍 Lekin qattiq tanqid qilishgayam istihola qilaman. Tarjimoni ham, muharrir va musahhihlari ham, xullas, mehnati singgan hamma tanish.

👎 Doʻstlarim, bunaqasi ketmaydi-da. Tarjimani aytsam, talay xato, tahririni aytsam, yana xato. Imlosini-ku aytmay qoʻyaveray. Sizlar zoʻr ishlanglar, men boshqalarni qoʻrqmay qoralay :)

Mayli, hali batafsil yozarman

@usmonosphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤6😁3
Forwarded from bibisarachess♟️👑
Мой чемпион❤️
❤15
bibisarachess♟️👑
Мой чемпион❤️
😁😆😁 Наш чемпион
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁26😱4❤2
Manga berilgan eng zoʻr ta’rif:

— Dangasaligizdan hatto o’ylashgayam erinasiz!

@usmonosphere
😁26❤3🐳2
#imkoniyat

Litteatuer Redefining World nashri may oyi soni uchun she’r, hikoya va esselar qabul qilmoqda. Umumiy mavzu — “Renewal in Turbulent Times” (Shiddatli yoki beqaror zamonda yangilanish degani)

Qanday asarlar qabul qilinadi?
• Qisqa yoki oʻrta hajmdagi (60 qatorgacha) she’rlar. Eksperimental, erkin, oq yoki qofiyali — farqi yoʻq;
• 300-3000 soʻz oraligʻidagi hikoya va drabllar;
• 800-2500 soʻz oraligʻidagi adabiy, falsafiy va shaxsiy taassurotlardan iborat esselar;
• Suratlar, fotosuratlar, illyustratsiyalar, taqrizlar, intervyular va hokazo.

Dedlayn: 28-aprel
Format: .doc yoki .doxc
Manzil: litterateurrw@gmail.com
Xat mavzusi: [May 2026 Submission — Genre — Title]
Batafsil: litterateurrw.com

P.S. Yosh ijodkorlar uchun chop etilish darajasi nisbatan osonroq nashr. Topshirib koʻringlar

@usmonosphere
❤3
“Kompass” tarjimasi nima?
Anonymous Poll
34%
Qiblanoma
66%
Qiblanamo
Kecha yosh ijodkor Jahongir Namozov olamdan oʻtgani haqida tarmoqlarda yozishgandi. Bugun axborot saytlarida ham chiqibdi.

Jahongir bilan hayotda bafurja koʻrishmaganmiz hisobi. Lekin bir-birimizni kuzatib, tarmoqlar orqali yozishib turardik.

Kechagi xabarlardan keyin olis 2022-yilda uning oʻntacha she’rini inglizchaga oʻgirib berganimni esladim. Oʻsha she’rlar qayerdadir chop etildimi, yoʻqmi — buyogʻi qorongʻi.

Hozir arxivimni qidirib, she’rlarni topdim. Jahongirning xotirasiga bagʻishlab oʻsha she’rlarni e’lon qilyapman:

📎 Jakhongir Namozov poems

Inglizchaga oz-moz tushunsangiz ham oʻqib koʻring va marhumning haqqiga duo qilib qoʻying.

@usmonosphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢13❤6💔2
#xushxabar

Angliyalik shoir va tarjimon doʻstimiz Endryu Stenilend yangi tarjima kitobini e’lon qilibdi. Bu gal u Mashrabning “Mabdayi nur”ini inglizchaga oʻgirgan.

Kitobni Amazon orqali sotib olish mumkin deyilmoqda.

@usmonosphere
🔥8❤4🐳1
Ijtimoiy tarmoqlarda amaldorlarning qoʻlsoatlari muhokama boʻlayotir. “Qudbiyev 50 000 dollarlik soat taqibdi”, “Ishmetovni qoʻlida 35 000 dollarlik hashamat” va hokazo mavzular.

Bu gaplar haqiqatmi, yoʻqmi menga qorongʻi. Birorta amaldorning soatini lupa ostiga solib koʻrmaganman. Lekin shunday boʻlsa ham, nega tanqid qilish kerak?

Xoʻp, masalan birov 50 ming koʻkatga Toshkentda 2 xonali uy emas, Breguet brendidan soat sotib olibdi. Qaytanga, bu ham aqlli investitsiyaning bir koʻrinishi-ku. Vaqti kelib, asl soatlar narxidan bir necha barobar qimmatga ketadi.

Umuman, har qanday upper class yoki upper-middle class vakillari uchun bir-ikki yil pul orttirib soat sotib olish muammo boʻlmasa kerak.

Va davlatning yuqori lavozimlarida ishlaydigan kishilar bilan oʻqituvchilarni solishtiraverish ham xato. Qaytanga, oʻqituvchilarni atayin yerga urganday boʻlishyapti.

Aslida esa, hozir oʻqituvchilik qilayotgan kursdoshlarim hatto oddiy oʻrta maktablarda ham yaxshigina (10 mln +) maosh olishyapti. Nuqul 3 mln oylik deb noliyveradiganlar yaqin oʻtmishda qolib ketganga oʻxshaydi.

Xullas, amaldormi, tadbirkormi, kimki vazifasini vijdonan bajarib, yaxshi daromad topib, pulini aqlli boshqarolsa, qandini ursin, qoʻyinglar.

@usmonosphere
❤9🤡8🍌5
Boringlar, xalqim

@usmonosphere
🔥4
Koʻp gapirib oʻtirmayman. Oxirgi yillarda men oʻqigan eng yomon tarjima boʻldi. Soʻzma-soʻz va dabdala qilingan. Ustidan muharrir koʻz yugurtirganmi, yoʻqmi Xudo biladi. Korrekturasida ham talay xatolar, sahifalanishida ham.

Inglizchasi bilan solishtirib oʻqidim. Undan koʻra aslida oʻqib qoʻysam osonroq bitardi. Shunaqa kuchli asarni, Kubrikday daho rejissyor film qilgan kitobni oʻzbekchada bu qadar aftoda holda taqdim etish — ijodiy jamoaga uyat boʻlishi kerak.

Noshir ta’kidlashicha, kitob ashaddiy tahrirdan oʻtgach qayta chop etiladi. Rostan ham qayta, toʻgʻri nashr juda kerak. Ungacha, xohlasangiz boshqa tilda oʻqib turing. Arziydigan asar.

@usmonosphere
❤8🔥1🍌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kimni tarjimasi bu asal kitobcha🤓

Muhrim okamizgila Harper Li’ni “Tasbeh daraxti soyasida” kitobidan parcha oʻqib beribdila, koʻringlar)

@usmonosphere
🔥6❤3