#kino
Oxirgi vaqtda qozoq va qirgʻiz birodarlarimiz ishlagan bir necha filmlarni koʻrdim.
Ularda koʻtariladigan mavzular, ifoda uslubi va samimiy kadrlar juda yoqdi. Oʻzimizning seriallardagi kabi pomidor sanaydigan ezma qaynotalar yoʻq.
“Dastur” va “Oʻch” mistik-triller janrida. Sahnalar begona emas. Jin chiqarish, diniy motivlar, qaynona-kelin munosabati, oilaviy muhit va hokazo.
“Oʻgʻriq”da esa oʻylovsiz kredit olish va qarz botqogʻiga botish, nafsni jilovlay olmaslik oqibatlari ekranlashtirilgan.
“Qaytadan” — menga eng yoqqani. Qahramonlik doim yoʻqotish evaziga yuzaga kelishini uqtiradi.
“Xudo asrasin”ni bugun koʻrdim. Chiroyligina komediya, soxta mullalarning sarguzashtlari yoritilgan. Albatta, oxiri yaxshilik bilan tugaydi.
Xullas, barchasi bir-biridan ajoyib asarlar. Toʻgʻri, Eron filmlaridek boʻlmasa ham, Markaziy Osiyo kinomatografiyasi qiziq boʻlsa, albatta koʻring.
👆 @usmonosphere

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👏3
#ajabtovur
📰 “Gazeta uz”da ajoyib ish qilishibdi. Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlab, shoir she’rlaridan test tuzilgan ekan.
✅ Bilimimni sinay degandim, 7/10 ta toʻgʻri topibman. Sizlar ham urinib koʻringlar-chi, Oripovga kim chindan muxlis ekanini aniqlaymiz.
🔗 Marhamat, havola: https://www.gazeta.uz/oz/2026/03/21/abdulla-oripov/
👆 @usmonosphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
Ma’lum muddat avval bir ijodkorning she’rlarini inglizchaga tarjima qilgandim. Oʻsha she’rlar yaqinda “Double Speak” xalqaro adabiy jurnalida chop etilarkan.
Bugun muallif va tarjimonning qisqacha tarjimayi holini soʻrab, xushxabarni yetkazishgan ekan. Shunday qilib, yana bir yosh ijodkor xalqaro adabiy nashrlarda ilk qadamlarini qoʻyadigan boʻldi.
Kamina doimgidek dunyoga chiqaman deydigan ijodkorlarga kamarbasta!
Nasib, she’rlar nashr etilsa batafsil maqtanaman :)
@usmonosphere

🔥12👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_kitob
Asaxiy Booksdan uzooooooooq kutilgan premyera! Va-ni-ho-yat Frenk Herbertning “Dyuna”si oʻzbekchada taqdim etiladi.
Oldindan buyurtmalar boshlanibdi. “Dyuna” filmi muxlislari talashib olishsa kerak!
Nasib, chiqsa yotvolib oʻqiymiz :)

❤7
#tarjima
*.*.*.*.*
Orom yuring, yotar suluv
Qorlar — ustida.
Orom soʻzlang, tinglaydi u
Zamin ostidan.
Taram-taram oltin sochi
Rangin yoʻqotmish.
Ulgʻaymasdan hali yoshi
Qabrda yotmish.
Bilmas edi bir kun kelib
Ayol boʻlmogʻin.
Oyday toʻlib, kunday kulib
Gulday soʻlmogʻin.
Temir tobut va marmar tosh
Ezar koʻksini.
Oshiq koʻnglim endi yakkash
Qolar oʻksinib.
Tinglamas u sizlar aytgan
Sheʼrni, navoni.
Mening ruhim-da tark etgan
Yorsiz dunyoni.
Ingliz tilidan Shoxrux Usmonov tarjimasi

❤10👍2🔥2
KETGIM KELMAYAPTI
RAHMATILLA YUSUPOV
Bir yil ichida ketgisi kelmagan ikki ijodkor — avval Rahmatilla Yusupov, keyin Karim Bahriyev olamni tark etdi. Oxiratingiz obod boʻlsin, omin!
She’r matni bu yerda
@usmonosphere
She’r matni bu yerda
@usmonosphere
❤🔥9❤2
#tarjima
“Double Speak” onlayn jurnalining 5-yubiley sonida jizzaxlik yosh ijodkor Nilufar Shakarova she’rlari kamina tarjimasida chop etildi.
Tarjimalarni quyidagi havola orqali oʻqib koʻrishingiz mumkin:
📎 https://dsmag.in/the-magazine-pages/translations/
P.S. Ingliz tiliga tarjimon kerak boʻsa, chiqoraslar)
@usmonosphere
“Double Speak” onlayn jurnalining 5-yubiley sonida jizzaxlik yosh ijodkor Nilufar Shakarova she’rlari kamina tarjimasida chop etildi.
Tarjimalarni quyidagi havola orqali oʻqib koʻrishingiz mumkin:
P.S. Ingliz tiliga tarjimon kerak boʻsa, chiqoraslar)
@usmonosphere
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🙏2
#dunyoga_chiqish
Chet elda she’r yoki hikoyangiz chiqishi juda injiq jarayon. Masalan, kuz oxirlarida Long River Review jurnaliga bir hikoyamni inglizchaga oʻgirib yuborgandim. Oʻshanga javob endi keldi.
Xatda muharrirlar asarni sinchiklab oʻqishgani va afsuski, jurnalning mazkur soniga toʻgʻri kelmasligini aytishgan. Demak, endi hikoyani qoʻltiqlab boshqa nashrlarga chopamiz.

🔥6😁4
TOSHKENT REPERTUAR 2026 APREL.pdf
1.1 MB
#teatr
Talab va istaklarga binoan poytaxtimiz teatrlarining aprel oyidagi tomoshanomasi.
Teatr sori boringiz, xalqim!
@usmonosphere
Talab va istaklarga binoan poytaxtimiz teatrlarining aprel oyidagi tomoshanomasi.
Teatr sori boringiz, xalqim!
@usmonosphere
❤7
Mana shu kitoblar orasida biri koʻzingizga tanish koʻrinyaptimi? Pushti muqovalisini aytyapman.
Bu Hamid Ismoilovning “Bizkim kompyuterlar” nomli asari. Kitob EBRD Literature Prize — 2026 qisqa roʻyxatiga kiritilibdi.
Hamyurtimiz bu mukofotni 2019-yilda “Jinlar bazmi” asari uchun qoʻlga kiritgan edi. Kim bilsin, balki oradan yillar oʻtib ikkinchi marta gʻolib boʻlar.
EBRD Literature Prize bu — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining hamkor mamlakatlar yozuvchilari oʻrtasida oʻtkazadigan an’anaviy adabiy mukofoti. Shu kunga qadar Oʻrxon Pomuq, Svetlana Aleksiyevich, Laslo Krasnohorkay kabi Nobel yutgan adiblar ham mukofotning qisqa roʻyxatiga kiritilgandi.
Oʻzbek adabiyoti tarixidagi eng jahonshumul yozuvchimiz — Hamid Ismoilovga yana bir karra gʻoliblik nasib etishiga tilakdoshman.
Darvoqe, Hamid aka yangi romani “Raqqosa”ni Telegramda oʻquvchilar e’tiboriga havola qildi. Bir necha kundan soʻng roman oʻchiriladi. Ulgurib qolinglar oʻqishga.

❤6🔥2
Jud-da injiq kitobxonman. Ayniqsa, oxirgi yillarda chiqayotgan kitoblarni biror 20 bet oʻqiyman-u, shundoq yopib qoʻyaman. Nega?
Kitobda imloviy xatolar, gʻaliz va tushunarsiz jumlalar, tahrirlanmagan gaplar yoki pleonazmlar keragidan ziyod boʻlsa, umuman mutolaani davom ettirolmayman.
Hozir oʻqiyotgan kitobimda ham ahvol chatoq. Boshqa asar boʻlganida allaqachon oyogʻidan olib otvorgan boʻlardim-u, lekin buni tugatmasam boʻlmaydi.
Hurmatli noshirlardan takror-takror iltimos qilaman, muharrir va musahhihlarga koʻproq maosh bering yoki mavjud yuklamalarini biroz yengillating.
Matn suvday yengil oqishi, kishi oʻqiganda umuman xatolarga chalgʻimasligi kerak.

❤9💯5🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistonlik o‘zbeklarga hurmatim juda baland. Ular O‘zbekistondagi o‘zbeklardan ko‘ra ancha tilparvar. Balki 21-oktyabr kuni Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yib, kundan-kun so‘lib borayotgan til sharafiga karnay-surnay chalishmas. Balki minbarlarda tilchi ekanini aytib ko‘krak kerishmas. Lekin o‘z tilini sevishni, uni qadrlashni, asrashni, toza tutishni va tilga xiyonat qilmaslikni eplashadi.
Oddiygina misol, hali birorta o‘zbekistonlik qo‘shiqchi ona tili haqida Xayr Muhammad Chovush kabi go‘zal qo‘shiq kuylaganini bilmayman. Menimcha, bizning Navoiy bobom deb g‘ururlanishimiz ham, “ona tilim — jon-u dilim” deb shior to‘qishimiz ham og‘iz ko‘pirtirish darajasida xolos.
Hozir kimdir o‘zbek tiliga oid loyihalar qilib, bayramlar tashkillashtirish yurganini ko‘rsam, avvalgidek xursand bo‘lmay qo‘yganman. Sal surishtirsam, aynan o‘sha kishilarning aksari farzandlarini boshqa tilda ta’lim beradigan bog‘cha yoki maktabga bergan bo‘lib chiqadi.
Mayli, tilimiz rivojlanadi, mavqeyini tiklaydi hali deyishyapti-ku, aldamagan bo‘lishsa bas...
P.S. darvoqe, lavhadagi yigitni Instagramda kuzatib borishingiz mumkin

❤12👍1
Giryon
Oʻlik kitobxonlar jamiyati
Kecha “Oʻlik kitobxonlar jamiyati”ning dastlabki muhokamasini oʻtkazdik! Rostini aytsam, kutilganidan ancha yaxshi tahlillar, turfa fikrlar boʻldi.
Endi keyingi muhokama uchun asar tanlaymiz. Sizda ham jamiyatga qoʻshilish imkoni bor.
Buning uchun @munshaotbot ga quyidagilar haqida yozib yuborsangiz, yetarli:
— kimsiz, qayerdansiz va necha yoshdasiz;
— ish yoki oʻqish joyingiz;
— mutolaadan boshqa hobbilaringiz;
— sevimli kitob/yozuvchingiz;
— sevmaydigan kitob/yozuvchingiz;
— bir kunda odatda necha bet oʻqiysiz;
— va istalgan hokazolar
Marhamat, sizga muntazirmiz!

🔥6❤2
Dostoyevskiy yozish jarayonida sahifaga turli mayda suratlar tushirishga odatlangan ekan.
Uning qoʻlyozmalaridan chizishga qoʻli anchagina kelishganini sezish mumkin.

🔥9❤3🤩1🕊1💯1