Fan va texnologiyalar universiteti
7.49K subscribers
1.76K photos
451 videos
10 files
858 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ Aloqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
Bilim ufqlarini kengaytiramiz! 🇹🇷

👍 Fan va texnologiyalar universiteti talabalari Turkiyaga 10 kunlik amaliyot o‘tash uchun yo‘l olishdi. ✈️

Oldinda bizni:
🔵Sifatli amaliyot;
🔵Xalqaro hamkorlik;
🔵Unutilmas taassurotlar kutmoqda.

Talabalarga oq yo’l. Biz yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishda davom etamiz.


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍158🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzand kamoli — ota-ona va universitetning umumiy maqsadi! 🌟

Har bir ota-onaning eng katta orzusi — farzandining kamolini ko‘rish, uning dunyo tanigan mutaxassis bo‘lib yetishishiga guvoh bo‘lishdir. Fan va texnologiyalar universitetida biz nafaqat bilim beramiz, balki talabalarimizga dunyo eshiklarini ochishga intilamiz. 🎓

🇹🇷 Kuni kecha Turkiyaga yo‘l olgan talabalarimizning ota-onalari bilan universitetimizda juda iliq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Biz uchun talabalarimizning rivojlanishi qanchalik muhim bo‘lsa, ota-onalarning xotirjamligi va ishonchi ham shunchalik ustuvor!

💬 Ushbu uchrashuvda ota-onalar:
🔹 Farzandlarining xalqaro tajriba olishi haqidagi fikrlari;
🔹 Universitetimiz yaratgan imkoniyatlarga munosabati;
🔹 Va o‘zlarining hayajonlari bilan bo‘lishishdi.


🎥 Marhamat, ushbu hissiyotlarga boy videoni tomosha qiling va USAT oilasining bir qismi ekanligingizdan faxrlaning!


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🔥5
🇹🇷 Orzularingizdagi Turkiya — endi grant asosida! 🎓

Quyidagi nufuzli universitetlarda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang:

🔹 Karadeniz Technical University
🔹 Recep Tayyip Erdoğan University
🔹 Zonguldak Bülent Ecevit University

📌 Asosiy talablar:
USAT Xalqaro aloqalar kanaliga a’zo bo‘lish:
@usatxalqaro_aloqalar Telegram kanali
Ingliz yoki Turk tilini kamida B1 darajada bilish
CV (Resume)
Motivation Letter

🗓 Hujjat topshirish muddati: 14-may
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘rovnoma👇:
https://forms.gle/Cn57pMug4VwS6Np86


🌍 Xalqaro tajriba, sifatli ta’lim va yangi imkoniyatlar sari muhim qadamingizni bugundan boshlang!
🔔 Xalqaro grantlar va ta’lim imkoniyatlari haqida doimiy xabardor bo‘lish uchun:
👉 @usatxalqaro_aloqalar


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥3
🇹🇷 Turkiyada amaliyot boshlandi: Talabalarimiz Karamanoğlu Mehmetbey universitetida!

Talabalarimiz Turkiyaga sog‘-omon yetib borib, o‘zlarining 10 kunlik amaliyot dasturlarini yuqori kayfiyatda boshladilar. ✈️🌟

Hozirda talabalarimiz nimalar bilan mashg‘ul? 👇

Akademik muloqot: Adabiyot fakulteti dekani va kafedra mudiri bilan uchrashib, universitetdagi o‘quv jarayonlari, u yerdagi ta’limning ustun jihatlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar;
Bilim almashinuvi: "Notiqlik san’ati" kabi qiziqarli fanlar bo‘yicha ma’ruzalarda ishtirok etib, turkiyalik tengdoshlari bilan birga dars jarayonini bevosita tajribadan o‘tkazishmoqda;
Xalqaro networking: Mahalliy talabalar bilan muloqotga kirishib, yangi do‘stlar va kelajakdagi hamkorlik uchun foydali aloqalar o‘rnatishmoqda.

Oldinda yana ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va unutilmas tajribalar kutmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting! 🤝


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Faqat darsxonada o‘tirishdan charchadingizmi? Xalqaro tajriba va karyera sari qadam qo‘ying!

Bugungi mehnat bozori faqat diplomni emas, balki talabalik davridayoq orttirilgan real tajribani qadrlaydi. Biz sizga dunyo miqyosidagi mehmonxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etamiz!

🇨🇳 Xitoyning Hainan orolida 1 yillik xalqaro stajirovka!
Sizni dunyoga mashhur Marriott, Capella, MGM Grand kabi 7 yulduzli mehmonxonalarda professional amaliyot kutmoqda.

Dasturning afzalliklari:
💰 Oylik maosh to‘lanadi;
✈️ Avia chiptalar va yashash joyi mehmonxona hisobidan;
🍱 3 mahal ovqatlanish mehmonxona tomonidan ta’minlanadi;
📄 Dastur yakunida xalqaro sertifikat va kuchli CV;
🤝 Universitet, mehmonxona va talaba o‘rtasida 3 tomonlama kafolatlangan shartnoma.


📌 Kimlar uchun? Asosan turizm va iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun. 🎓
🗣 Talablar: Rus va ingliz tillarini bilish.

📝 Saralashda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
⚠️ Eslatma: Qabul iyun oyidan boshlanadi. Joylar soni cheklangan, shoshiling!

🚀Kelajagingizni global mehnat bozorida quring va dunyoqarashingizni kengaytiring!
👍 Fan va texnologiyalar universiteti — Biz bilan marralar yaqin!


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥9👍76
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏹 Turkiyada an’analar va sport bayrami: Bizning talabalar Rize shahrida!

Xabaringiz bor, bir guruh talabalarimiz 1 semestrlik grant dasturi doirasida Turkiyaning nufuzli oliygohlarida tahsil olishmoqda. Yaqinda ular Recep Tayyip Erdoğan Üniversitesi mezbonligida o‘tkazilgan nihoyatda rang-barang “An’anaviy turk sportlari festivali”da ishtirok etishdi! 🇹🇷🤝🇺🇿

🌊 Rize shahrining solim sohil bo‘yida o‘tgan ushbu festivalda 500 nafar (300 mahalliy va 200 xalqaro) talaba qatorida biznikilar ham turk madaniyati va sportining sehrli olamiga sho‘ng‘ishdi.


🧐Festivalda nimalar bo‘ldi?
Musiqa va San’at: Mahobatli Mehter marshi, nafis Ebru va Husnixat san’ati, turk milliy cholg‘ulari sadosi ostidagi chiqishlar barchani hayratga soldi.
🏹 Sport va Shijoat: Talabalarimiz kamondan o‘q otish, Matrak o‘yini, bilak kurashi va hatto Mas kurashida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.
🧠 Aql charxi: Mangala, 9 tosh va 3 tosh kabi qadimiy o‘yinlar doirasida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda faqat mezbon universitet emas, balki mintaqaning boshqa yetakchi oliygohlari (KTÜ, Giresun, Artvin Çoruh va Gümüşhane universitetlari) talabalari ham jam bo‘lishdi. Bu esa talabalarimiz uchun yangi do‘stlar orttirish va madaniyatlararo tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. 🤝

📸 Tadbirdan yorqin lahzalarni tomosha qiling!


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥8👍5
Universitetimizda ma’rifat va ijod nafasi! 🎭


“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Fan va texnologiyalar universitetida o‘zgacha shukuhli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitetimizning kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalari uchun tashkil etilgan ushbu “Ijod va ma’rifat uchrashuvi”ning asosiy mehmoni — O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, millionlab san’atsevarlar qalbidan joy olgan aktrisa Dilnoza Kubayeva bo‘ldi.

🤩 Suhbat davomida:
San’at va hayot chorrahalari;
Ma’naviyatning yoshlar kamolotidagi o‘rni;
Muvaffaqiyatga eltuvchi mashaqqatli yo‘l haqida dildan suhbat qurildi.


San’atkorning samimiy so‘zlari, hayotiy tajribalari va yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibori uchrashuvning har bir daqiqasini mazmunga boyitdi. Talabalarimiz nafaqat san’at olamiga sayohat qilishdi, balki o‘zlari uchun muhim hayotiy xulosalar ham chiqarishdi.

Siz uchrashuvda ishtirok eta oldingizmi? O‘z taassurotlaringizni izohlarda qoldiring 👇


📞Savollar uchun: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍10🔥3