MA’RIFATLI URGUT
4.12K subscribers
7.28K photos
2.05K videos
46 files
3.97K links
Maʼnaviyat barcha sohalardan oʻn qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!

Sh.Mirziyoyev.


Chat gruppa: https://t.me/Marifatli_Urgut

Taklif va Murojaat uchun:
@Amiroff_S
Download Telegram
Besh kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati qancha soatdan ortib ketmasligi lozim?
Anonymous Quiz
16%
Yetti soatdan
10%
To‘qqiz soatdan
9%
Olti soatdan
66%
Sakkiz soatdan
"Duyuran chizig‘i" nomi bilan mashxur chegara chizig‘i qaysi ikki davlatni ajratib turadi va hozirgacha muammoli hisoblanadi?
Anonymous Quiz
35%
Hindiston va Pokiston
19%
Isroil va Falastin
15%
Hindiston va Xitoy
31%
Pokiston va Afg‘oniston
#Kitobxonlik_haftaligi

SamDU Urgut filialida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida sevimli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟡Mazkur uchrashuvda, xalqimizning sevimli yozuvchi va shoirlari Zulfiya Mo‘minova, Salim Ashur, Aziz Said, “Zarafshon” gazetasining bosh muxarriri Farmon Toshev hamda tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Akbar Asrorovlar ishtirok etib, xalqimizning noyob abadiy-badiiy merosi bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib qilish, bugungi kunda yosh avlodga ulkan ma'naviy kuch bera olishi haqida iliq fikrlar bildirildi.

🗣Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar tomonidan yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalaridan Vatanga muhabbat, insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram /Facebook/Instagram/youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor

Endi ayrim “shovvoz” bosar tusarini bilmay qolgan haydovchilar shunchaki jarima to’lab qutilib qololmaydi! Bu yog’iga pravadan mahrum bo’lib qolishi ham mumkin!

Jumladan Pastdarg’om tumani ko’chalari bo’ylab qo’pol qoidabuzarliklar sodir etib harakatlangan “shovvozlar” ma’lum muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

🔰Bizning manzil:👇
https://t.me/Urgut_manaviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Botu Alimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat #birdamjamiyat

Yangi O‘zbekiston — inson qadri, inson baxti uchun!

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida inson manfaatlari, uning sha'ni, qadri va farovon hayoti turibdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston konsepsiyasi — bu avvalo inson qadriyatlarini yuksaltirish, adolatli jamiyat barpo etish, har bir fuqaroga munosib yashash sharoitini yaratish demakdir.

Konstitutsiyaviy islohotlardan tortib, davlat boshqaruvi tizimining soddalashtirilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi yangilanishlar – bularning barchasi inson baxtini ta’minlashga xizmat qiladi. "Inson qadri uchun" tamoyili hozirgi siyosatimizning asosiy mezoniga aylangan.

Yangi O‘zbekiston yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir qadam – bu fuqarolarning ovozi eshitiladigan, huquqlari ta’minlanadigan, salohiyati ro‘yobga chiqariladigan insonparvar davlat qurishga bo‘lgan qat’iy intilishdir.