2012-yil Toshkent Moliya Institutida o'qib yurgan paytlarim moliyaviy tomondan ancha qiyin bo'lgan edi.. Ota-onam o'qishim uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan, shartnoma pulini ham to'lashgan. Lekin, o'shanda ma'lum muddat ishlarim orqaga ketib qarzlar ham ko'payib ketgan edi. Bu haqida uydagilarga ayta olmas edim. Xullas shu darajada bo'lgandiki, o'qishga borib kelish uchun avtobusga ham pulim qolmay, bir necha oy davomida institutga piyoda qatnashga majbur bo'lgandim. Kvartira (ijaradagi uy)dan institutgacha borishga 1 soatdan ko'proq vaqt ketardi. Bu qiyinchiliklarda ham bir hikmat bor deb, o'qishni to'xtatmadim; institutga borib-kelishga ketadigan vaqtda yo'lda audio kitoblarni tinglab borib kelardim. Shu kunlar ham o'tib ketdi. Allohning marhamati bilan hamma ishlar o'z o'rniga tushib yaxshilanib ketdi.
Pulsiz institutga piyoda borib yurgan paytlarimning hikmatini keyin tushunib yetdim. O'sha paytda tinglagan kitoblarim hayotimdagi eng muhim qarorlarni qabul qilishga zamin yaratdi. O'sha holatga yana tushib qolmasligim uchun oldinga intilishga undadi. Pul bilan bog'liq keyingi qarorlarni qabul qilishimda yaxshi dars bo'ldi. Va eng muhimi, qiyinchiliklar bejizga berilmasligini, ularni yengib o'tish yanada kuchliroq bo'lishga xizmat qilishini anglatdi.
Nimagadir bugun shu haqida yozgim keldi.. Balki, oldilariga katta maqsadlarni qo'ygan lekin hozir turli qiyinchiliklarga duch kelgan do'stlarimizga biroz dalda berar.. Qiyinchiliklarga taslim bo'lmang. Sabr bilan harakat qilishdan va o'qib-o'rganishdan to'xtamang. InshaAlloh, ijobiy natijasini ko'rasiz.
Javlon Ota
π @upliftuz

IMAN Invest haqida
Ko'pchilik IMAN Invest haqida qiziqib so'rayotgani uchun bu loyiha va unga investitsiya kiritish haqida fikrimni bildirmoqchiman.
Rasmiy saytida berilgan ta'rifga ko'ra, IMAN Invest - axloqiy tamoyillarga asosan sarmoya qilish va mablag'larni ko'paytirishga yordam beruvchi platforma. IMAN tashkilotida Islom tamoyillariga asoslangan 3 mahsulot (IMAN Invest, IMAN Pay, va IMAN Marketplace) bo'lib, IMAN Invest orqali investorlardan sarmoya jalb qilinadi; IMAN Pay orqali haridorlarga mahsulotlar nasiyaga sotiladi; IMAN Marketplace esa onlayn savdo maydonchasi. Bu mahsulotlar shariatga muvofiq hisoblangan Muzoraba, Murobaha, va Musavama kabi islomiy bitimlar orqali amalga oshiriladi. IMAN Investga kiritilgan sarmoyaning daromad manbai nasiya savdosi bo'lib, kiritilgan sarmoya 100% nasiyalarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi. Sarmoya uchun minimal miqdor: 100 ming so'm.
O'zbekistonda islom moliyasi talablariga muvofiq xizmat ko'rsatuvchi IMAN tashkilotining paydo bo'lishi juda ham quvonarli holat. IMAN Investga kiritiladigan sarmoyaning shariatga muvofiqligi, ya'ni halolligi, bo'yicha menda shubxa yo'q. IMANning ishlariga rivoj tilayman va kelgusida bu kabi loyihalarning ko'payishi tarafdoriman.
IMAN Investga kiritilgan sarmoyadan kutilayotgan daromad o'rtacha 20-50% orasida bo'lib, zarar ko'rish xavfi ham yo'q emas. Sarmoya kiritishda va yillik sof foydani hisoblashda so'mning yillik inflyatsiya darajasini hamda qaysi valyutada sarmoya kiritish daromadliroq ekanligini hisobga olishingiz foydadan holi bo'lmaydi. Men sarmoyani AQSh dollarida kiritishni afzal ko'rganim, bu loyihaning yangi ekanligi, daromadlilik darajasi, va u bilan bog'liq boshqa risklarni hisobga olgan holda, hozircha IMAN Investga sarmoya kiritganim yo'q.

So'mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursining o'zgarishi
2021-yil 9-iyul holatiga ko'ra O'zbek so'mining 1 AQSh dollariga nisbatan Markaziy Bank tomonidan o'rnatilgan kursi 10,630.75 so'm. Bu kurs o'tgan yillarning shu sanasida quyidagicha bo'lgan:
β«οΈ1 yil oldin: $1 = 10,184.73 so'm
β«οΈ2 yil oldin: $1 = 8,578.36 so'm
β«οΈ3 yil oldin: $1 = 7,846.27 so'm (erkin valyuta siyosati amalga oshirilganidan so'ng)
β«οΈ4 yil oldin: $1 = 3,986.55 so'm
β«οΈ5 yil oldin: $1 = 2,948.59 so'm
4-5 yil oldin dollar kursi "qora bozor"da rasmiy kursdan 2 barobar qimmat yurar edi. Erkin valyuta siyosatidan keyin bu narsa yo'qoldi lekin so'mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi oldingidek davom etyapti. Dollar kursiga nisbatan so'm o'tgan 1 yil ichida 4% qadrini yo'qotgan bo'lsa, 2 yil ichida 24%, 3 yil ichida 35% qadrsizlangan. Qaysi valyutani tanlash - jamg'arish yoki sarmoya kiritishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlardan biri.

Siz qilgan eng yaxshi investitsiya nima?
Tim Ferriss hozirgacha qilgan eng yaxshi investitsiyasi nima ekanligini Tony Robbinsdan so'raydi. Tony Robbinsning javobi: "17 yoshimda Jim Rohnning 3 soatlik seminariga 35 dollar to'laganim." Robbins o'sha paytlari haftasiga $40 dollarga farroshlik qilib kun kechirib yurgan va $35 to'lagan seminari uning kelgusi hayot yo'lini aniqlab bergan.
Tony Robbins huddi shu savolni Warren Buffettdan so'raydi. Warren Buffettning javobi: "20 yoshimda Dale Carnegiening jamoatchilik oldida gapirish haqida olgan kursim." Bundan oldin Buffett odamlar oldida umuman gapira olmagan (doim qusib yuboravergan) va kursni tamomlagandan so'ng universtitetda dars berishni boshlagan. Buffett boshqa intervyularida ham o'ziga qilingan investitsiya eng muhim ekanligini ko'p takrorlagan.
Tim Ferrissning "Tools of Titans" kitobidan.
P.S. Siz ham o'zingizga shu savolni berib ko'ring: Hayotingiz davomida siz qilgan eng yaxshi investitsiya nima?

AQSh birjasida ro'yxatdan o'tgan Xitoy kompaniyalari Xitoy hukumatidan tazyiqqa uchramoqda
Xitoy hukumati o'zining yirik texno kompaniyalarini qattiqroq nazorat ostida ushlashga va ular egalik qiladigan ma'lumotlarga ta'sir o'tkazishga intilmoqda. Yangi taklif qilingan qoidalarga ko'ra, endilikda, chet elda aksiyalarini sotuvga chiqarmoqchi bo'lgan Xitoy kompaniyalari hukumatning kiberxavfsizlik tekshiruvidan o'tkaziladi. Bu esa Xitoy kompaniyalari ustidan nazoratni sezilarli darajada oshiradi.
Xitoy hukumatining bunday aralashuvi AQShda savdo qilinuvchi Xitoy aksiyalariga bo'lgan ishonchni yo'qolishiga va natijada narxlarni tushib ketishiga olib keladi. 2021-yil boshidan hozirgacha Xitoy texno gigantlari bozor kapitallashuvi qiymatining 800 milliard AQSh dollarini yo'qotgan. O'tgan oylar davomida Xitoy hukumatining yirik kompaniyalar faoliyatiga aralashuvi bir necha bor kuzatildi. Masalan, Aprel oyida tarixdagi eng katta IPO bo'lishi kutilayotgan Ant Group aksiyalarini sotuvga chiqarishi taqiqlandi (Jack Ma ma'lum vaqt yo'qolib ham qoldi); May oyida Xitoyning 105 ta ommabop dasturlari hukumat kiberxavfsizlik agentligi tomonidan to'xtatib qo'yildi. Yaqinda IPOga chiqarilgan $DIDI aksiyasi esa Xitoy hukumatining Didi dasturlarini yuklab olishni cheklab qo'ygani natijasida IPO narxidan 25%ga tushib ketdi.
Xitoy hukumatining aralashuvi kuchayaversa va chet elda ro'yxatdan o'tgan kompaniya aksiyalarini sotishni yanada qiyinlashtirsa, bu Xitoy kompaniyalarini AQSh birjalaridan chiqib ketishiga va Xitoy kompaniyalari aksiyalari narxini tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

β«οΈIlm Alloh roziligi uchun o'rganiladi, olim deyilish uchun emas!
β«οΈQur'on Alloh roziligi uchun yodlanadi, qori deyilish uchun emas!
β«οΈNamoz Alloh roziligi uchun o'qiladi, namozxon deyilish, odamlarning ishonchiga kirish uchun emas!
β«οΈRo'za Alloh roziligi uchun tutiladi, roβzador deyishlari uchun emas!
β«οΈZakot Alloh roziligi uchun beriladi, boy, puldor deb atalish uchun emas!
β«οΈHaj Alloh roziligi uchun qilinadi, hoji aka deb chaqirishlari uchun emas!
β«οΈMashina Alloh roziligini topishga sabab bo'ladigan ishlarga minish uchun olinadi, odamlarga maqtanish, ko'z-ko'z qilish uchun emas!
Manba: @islomuz
Batafsil ushbu maqolada

SMART moliyaviy maqsad qo'yishga misol
SMART - bu inglizcha akronim boβlib, u maqsadni toβgβri tushunib yetish va erishishga yordam beruvchi samarali usul hisoblanadi. Quyida pul jamg'arish uchun SMART usulini qo'llashga oddiy misol keltirilgan.
Specific
- Nima uchun pul jamg'armoqchisiz?
- Favqulodda holatlar uchun
Measurable
- Qancha pul jamg'arishni xohlaysiz?
- $1,000
Attainable
- Bu siz erisha oladigan miqdormi?
- Ha, agar harajatlarni kamaytirib reja bilan pul sarflasam
Relevant
- Nimaga bu siz uchun muhim?
- Kelgusida kutilmagan harajatlarga tayyor turish uchun
Timely
- Bu maqsadga qachon erishishni rejalashtiryapsiz?
- 10 oyda (har oy $100dan)
Mavzuga aloqador:
π Maqsalaringizga SMART usulda erishing

Favqulodda vaziyatlar uchun (qora kunga) pul jamg'arib qo'yish - shaxsiy moliyani to'g'ri boshqarish va rejalashtirishning muhim qismlaridan biri. Agar yagona daromad manbaiga ega bo'lsangiz yoki yangi oila qurgan bo'lsangiz, uning muhimligi yanada oshadi. Bu jamg'arma sizga kutilmagan harajatlarni qarz yoki kredit olmasdan yopish imkonini beradi. Imkoniyatingiz bor vaqtda oz-ozdan jamg'arib qo'ysangiz, ayniqsa, ishni yo'qotish, betob bo'lish, baxtsiz hodisaga uchrash kabi holatlarda yaxshi asqotadi va moliyaviy holatingiz juda yomonlashib ketishidan asraydi.
Favqulodda vaziyatlar uchun jamg'arma miqdorini kamida 3 oylik harajatlaringizni qoplaydigan darajada belgilab olishingiz tavsiya qilinadi. Bu miqdorga har oyda ma'lum kichik summa ajratib erishishingiz mumkin. Bu jamg'armani kelgusida qanday holatlarda ishlatishingiz mumkinligini aniqlashtirib oling. Chunki ba'zida favqulodda holatlar uchun yig'ib qo'ygan pulingizni sayohat yoki ko'ngilochar narsalarga sarflab yuborish istagi ham paydo bo'lib qoladi.
Agar favqulodda vaziyatlar uchun pul jamg'arish siz uchun imkonsizdek ko'rinsa, unda, shaxsiy byudjetingizni yaxshilab ko'zdan kechirib chiqish vaqti keldi. Daromadingizdan kelib chiqib har oy uchun harajat (ehtiyoj va istak-xohish), jamg'arma, va investitsiya uchun alohida reja ishlab chiqing. Aynan nima uchun qancha harajat qilayotganingizni biling. Agar harajatlaringizni minimallashtirgan taqdirda ham daromadingiz yetmayotgan bo'lsa, qo'shimcha daromad manbalarini topishingiz kerak. Zarurat sezsangiz, Expense Manager kabi dasturlardan foydalaning.

Aurora startapi SPAC bitimi orqali aksiyalarini sotuvga chiqaradi
O'zini-o'zi boshqaruvchi transportlar ishlab chiqaruvchi Aurora kompaniyasi Reinvent Technology Partners kompaniyasi bilan SPAC bitimi orqali aksiyalarini sotuvga chiqaradi. Ushbu bitimda Aurora kompaniyasining bozor qiymati $11 milliard deb baholangan. Buning natijasida, Aurora avtonom transport ishlab chiqarish sanoatidagi asosiy kompaniyalardan biriga aylanadi. Jalb qilingan mablag' avtonom boshqariluvchi Aurora yuk mashinalarini tijoratlashtirish uchun sarflanadi.
Auroraga 2017-yilda Google, Uber, Tesla kompaniyalarining avtonom transportlashtirish bo'limlarini boshqargan 3 kishi (Ch. Urmson, D. Bagneli, S. Andersen) tomonidan asos solingan. Hozirda Uber, Volvo, Toyota, Paccar kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Auroraning asosiy raqobatchilari Waymo, TuSimple, PlusAI, Argo kabi kompaniyalar hisoblanadi.

SPAC (Special Purpose Acquisition Company) - maxsus maqsadda birlashadigan kompaniya ma'nosini anglatadi.
SPAC kompaniyalari biror boshqa xususiy kompaniya bilan birlashib, qo'shilgan kompaniyaning aksiyalarini ommaga sotuvga chiqarish maqsadida birjada ro'yxatdan o'tgan kompaniyalar hisoblanadi. Ularning asosiy faoliyati mavjud emas va shuning uchun ham "blank check company" va "shell company" deb yuritiladi. SPAC bitimi to'liq kuchga kirgandan keyin, aksiya tikeri ham aksiyalari savdoga chiqadigan asosiy kompaniya tikeriga o'zgaradi. Aurora misolida, hozir savdo qilinadigan $RTPY tikeri $AUR ga o'zgaradi.

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Aziz do'stlar, siz va barcha mo'min-musulmonlarni Qurbon Hayiti bilan samimiy muborakbod etaman! Alloh sizu bizdan yaxshi amalu duolarni qabul qilsin.

Eng ko'p so'raladigan savollardan biri:
"Aksiyalarga investitsiya qilish uchun kamida qancha pul kerak?"
Javob: Eng kam miqdor yo'q. Moliyaviy imkoniyatingizdan kelib chiqib kichik summa bilan ham aksiyalarga investitsiya qilishni boshlasangiz bo'ladi. Eng muhimi - boshlab olish. Investitsiya qilishni boshlab, pul siz uchun xizmat qilishini va murakkab foiz sizning foydangizga qanchalik kuchli ishlashini tushunib yetganingizdan so'ng, shaxsiy moliyangiz ham ijobiy tomonga o'zgara boshlaydi:
β«οΈInvestitsiya miqdoringizni ko'paytirishga harakat qila boshlaysiz va bu o'z navbatida daromad va harajatlaringizni to'gri boshqarishga undaydi;
β«οΈPulingizni faqat kerakli narsalar uchun sarflashga, harajatlarni minimallashtirishga harakat qilasiz;
β«οΈYangi va qo'shimcha daromad manbalarini topishga harakat qilasiz;
β«οΈAgar bu sohani yangi o'rganayotgan bo'lsangiz, tajribasizlik tufayli katta ziyon ko'rish xavfi yo'q bo'ladi. Kichik summa bilan bilim va tajribangizni amaliyotda mustahkamlab borasiz.
Unutmang, 100 dollar pulini to'g'ri boshqara olmagan kishi, 10,000 dollar pulini ham to'gri boshqara olmaydi. Barcha buyuk ishlar kichik qadamlardan boshlanadi.
Izoh: Hozirda, ko'plab brokerlar depozit uchun eng kam miqdor talab qilmaydi. Bu degani, $1 bilan ham aksiyalarga investitsiya qilishni boshlashingiz mumkin. Lekin sotib olmoqchi bo'lgan aksiyangiz narxi, broker va bank xizmat haqlarini hisobga olishingiz kerak.

Masofadan ishlash davom etadi...
Pandemiya tufayli 2020-yilda millionlab kompaniyalar masofadan ishlash tizimini yo'lga qo'yishga majbur bo'ldi; ko'plab sanoat hodimlari uydan turib to'liq ishlashga o'tdi. Masofadan ishlash (remote work) 2021-yilda va pandemiya tugaganidan so'ng ham davom etishi kutilmoqda.
McKinsey & Co tadqiqotiga ko'ra:
β«οΈTurli soha va hukumat ishlarida faoliyat yurituvchi hodimlarning 52%i pandemiyadan so'ng moslashuvchan, ya'ni ofis va uyda almashinib ishlash modelini afzal ko'radi;
β«οΈHodimlarning 50%dan ko'pi haftada kamida 3 marta uydan turib ishlashni afzal ko'radi;
Harvard Business Review ma'lumotlariga ko'ra:
β«οΈPandemiyadan so'ng, dunyoning yetakchi kompaniya rahbarlarining 72%i hodimlariga moslashuvchan ishlash sharoitlarini yaratib berishni rejalashtirmoqda;
β«οΈKo'plab mamlakatlardagi hodimlarning asosiy qismi haftada 1-3 marta uydan turib ishlashni afzal ko'radi.

Kuzatib borish uchun task management aksiyalari
Masofadan ishlashning ko'payishidan bevosita foyda ko'ruvchi sanoatlardan biri, bu - loyiha va vazifalarni onlayn boshqarish dasturlari (task management software). Bu dasturlar istalgan yerdan turib loyihalar ustida jamoa bilan birga ishlash, ish jarayonini boshqarish va oson tartibga solish imkonini beradi. Task management dasturlari bozori yuqori sur'atda o'sishi kutilayotgan bozorlardan biri.
Rasmda aksiya grafigi berilgan Asana ($ASAN) kompaniyasi, ushbu sanoatda faoliyat yurituvchi va aksiya narxi yaxshi o'sib kelayotgan kompaniyalardan biri (yil boshidan hozirgacha aksiya narxi 150% o'sgan). Quyida kuzatib borish uchun yana boshqa task management aksiyalari berilgan:
Atlassian Corporation ($TEAM)
Monday .com ($MNDY)
Anaplan ($PLAN)
Dropbox ($DBX)

Warren Buffettning eng katta investitsiya xatolaridan biri
Disney kompaniyasi ($DIS) aksiyasini sotib yuborishi - Buffett yo'l qo'ygan eng katta xatolardan biri. 1966-yilda Buffett Disney kompaniyasining 5%iga egalik huquqini beruvchi aksiyalarni 4 million dollarga sotib oladi va 1 yildan so'ng hamma ulushini 55% foyda (2 million dollar daromad) bilan sotib yuboradi. $DIS aksiyasi hozirda donasi $176 ga sotilmoqda va kompaniyaning bozor qiymati 320 milliard dollar. Ya'ni, Disney aksiyalarining 5%iga egalik qilish hozirgi kunda 16 milliard dollarga teng bo'ladi! Shuningdek, o'tgan yillar davomida to'langan dividendlar ham qo'shib hisoblansa, 4 million dollarlik investitsiya hozir 18 milliard dollarga yaqin bo'lar edi. Bu xato haqida Buffett o'z intervyularida aytib o'tgan. Shu kabi xatolari va tajribasidan kelib chiqib, W. Buffett aksiyalarni sotib olishdan oldin kamida 10 yil ularga egalik qilishni ko'zlaydi va yaxshi aksiyalarni ushlab turish uchun uning sevimli davri - doim.
"Our favourite holding period is forever"
- Warren Buffett.
Moliyaviy sog'lom, o'z sanoatida yetakchi va kelajagi porloq kompaniya aksiyalarini arzon narxda sotib olib va qisqa muddatdagi foydaga uchib ularni sotib yuborish, kelgusida ancha "qimmat"ga tushishi mumkin.
Izoh: $DIS aksiyasi shariatga muvofiqligi bo'yicha "shubxali (tavsiya qilinmaydigan)" aksiyalar turiga kiradi. Ushbu post $DIS aksiyasini tavsiya qilish maqsadida berilmadi.

2021-yilda men yoqtirgan ba'zi aksiyalar, sotib olingan (sotib olishga tavsiya qilingan) narxlar va hozirgacha ular keltirgan daromadlar
β«οΈCrowdstrike ($CRWD)
Bu kompaniya aksiyasini tahlil qilganimda narxi qimmat edi va $180 dan tushsa sotib olishni tavsiya qilgandim. $CRWD Mart oyida $180 dan $170 gacha tushdi va hozirda $260 atrofida savdo qilinmoqda.
β Sotib olish narxi: $180
β Sotib olish vaqti: Mart 2021
β Hozirgi narxi: $260
β Daromad: + 44%
β«οΈShopify ($SHOP)
Shopify aksiyasining narxi 2021-yilda $1,050 dan tushganda sotib olishni tavsiya qilgandim. $SHOP Mart va May oylarida $1,050 dan $1,005 gacha tushdi va hozirda $1,650 atrofida savdo qilinmoqda.
β Sotib olish narxi: $1,050
β Sotib olish vaqti: Mart, May 2021
β Hozirgi narxi: $1,650
β Daromad: + 57%
β«οΈOptimizeRx ($OPRX)
OptimizeRx aksiyasini dastlab $35 dan tushsa sotib olishni tavsiya qilgandim. Lekin $OPRX kuchli o'sish ko'rsatdi va $35 gacha tushmadi. Sotib olish narxini $44 va undan past qilib o'zgartirdim. Mart va May oylarida $44 dan $40 gacha tushdi va hozirda $65 atrofida savdo qilinmoqda.
β Sotib olish narxi: $42
β Sotib olish vaqti: Mart, May 2021
β Hozirgi narxi: $65
β Daromad: + 54%
β«οΈSnowflake ($SNOW)
Snowflake aksiyasi haqida kanalda bir necha bor ma'lumot bergandim va narxi $200 dan tushganda sotib olishni tavsiya qilgandim. $SNOW May oyida $200 dan $185 gacha tushdi va hozirda $277 atrofida savdo qilinmoqda.
β Sotib olish narxi: $195
β Sotib olish vaqti: May 2021
β Hozirgi narxi: $277
β Daromad: + 42%
Ushbu kompaniyalar o'z sanoatlarida yetakchi va tez o'sayotgan sifatli kompaniyalar bo'lib, aksiyalarning sotib olish narxlari fundamental tahlil orqali belgilangan.
P.S. Halol va sifatli aksiyalarga muvaffaqiyatli investitsiya qilishni jiddiy o'rganmoqchi bo'lganlar uchun kurslar Sentabr oyidan yo'lga qo'yiladi, inshaAlloh.