UPLIFT | Javlon Otaqulov
6.43K subscribers
607 photos
182 videos
5 files
599 links
📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalar bilan halol treyding va investitsiya
📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish

Instagram: instagram.com/javlonota
Website: invest.uplift.uz

Murojaat uchun: @upliftuz_bot

UPLIFT asoschisi: Javlon Otaqulov
Download Telegram
Siz qilgan eng yaxshi investitsiya nima?

Tim Ferriss hozirgacha qilgan eng yaxshi investitsiyasi nima ekanligini Tony Robbinsdan so'raydi. Tony Robbinsning javobi: "17 yoshimda Jim Rohnning 3 soatlik seminariga 35 dollar to'laganim." Robbins o'sha paytlari haftasiga $40 dollarga farroshlik qilib kun kechirib yurgan va $35 to'lagan seminari uning kelgusi hayot yo'lini aniqlab bergan.

Tony Robbins huddi shu savolni Warren Buffettdan so'raydi. Warren Buffettning javobi: "20 yoshimda Dale Carnegiening jamoatchilik oldida gapirish haqida olgan kursim." Bundan oldin Buffett odamlar oldida umuman gapira olmagan (doim qusib yuboravergan) va kursni tamomlagandan so'ng universtitetda dars berishni boshlagan. Buffett boshqa intervyularida ham o'ziga qilingan investitsiya eng muhim ekanligini ko'p takrorlagan.

Tim Ferrissning "Tools of Titans" kitobidan.

P.S. Siz ham o'zingizga shu savolni berib ko'ring: Hayotingiz davomida siz qilgan eng yaxshi investitsiya nima?

👉 @upliftuz
AQSh birjasida ro'yxatdan o'tgan Xitoy kompaniyalari Xitoy hukumatidan tazyiqqa uchramoqda

Xitoy hukumati o'zining yirik texno kompaniyalarini qattiqroq nazorat ostida ushlashga va ular egalik qiladigan ma'lumotlarga ta'sir o'tkazishga intilmoqda. Yangi taklif qilingan qoidalarga ko'ra, endilikda, chet elda aksiyalarini sotuvga chiqarmoqchi bo'lgan Xitoy kompaniyalari hukumatning kiberxavfsizlik tekshiruvidan o'tkaziladi. Bu esa Xitoy kompaniyalari ustidan nazoratni sezilarli darajada oshiradi.

Xitoy hukumatining bunday aralashuvi AQShda savdo qilinuvchi Xitoy aksiyalariga bo'lgan ishonchni yo'qolishiga va natijada narxlarni tushib ketishiga olib keladi. 2021-yil boshidan hozirgacha Xitoy texno gigantlari bozor kapitallashuvi qiymatining 800 milliard AQSh dollarini yo'qotgan. O'tgan oylar davomida Xitoy hukumatining yirik kompaniyalar faoliyatiga aralashuvi bir necha bor kuzatildi. Masalan, Aprel oyida tarixdagi eng katta IPO bo'lishi kutilayotgan Ant Group aksiyalarini sotuvga chiqarishi taqiqlandi (Jack Ma ma'lum vaqt yo'qolib ham qoldi); May oyida Xitoyning 105 ta ommabop dasturlari hukumat kiberxavfsizlik agentligi tomonidan to'xtatib qo'yildi. Yaqinda IPOga chiqarilgan $DIDI aksiyasi esa Xitoy hukumatining Didi dasturlarini yuklab olishni cheklab qo'ygani natijasida IPO narxidan 25%ga tushib ketdi.

Xitoy hukumatining aralashuvi kuchayaversa va chet elda ro'yxatdan o'tgan kompaniya aksiyalarini sotishni yanada qiyinlashtirsa, bu Xitoy kompaniyalarini AQSh birjalaridan chiqib ketishiga va Xitoy kompaniyalari aksiyalari narxini tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

👉 @upliftuz
▫️Ilm Alloh roziligi uchun o'rganiladi, olim deyilish uchun emas!

▫️Qur'on Alloh roziligi uchun yodlanadi, qori deyilish uchun emas!

▫️Namoz Alloh roziligi uchun o'qiladi, namozxon deyilish, odamlarning ishonchiga kirish uchun emas!

▫️Ro'za Alloh roziligi uchun tutiladi, ro‘zador deyishlari uchun emas!

▫️Zakot Alloh roziligi uchun beriladi, boy, puldor deb atalish uchun emas!

▫️Haj Alloh roziligi uchun qilinadi, hoji aka deb chaqirishlari uchun emas!

▫️Mashina Alloh roziligini topishga sabab bo'ladigan ishlarga minish uchun olinadi, odamlarga maqtanish, ko'z-ko'z qilish uchun emas!

Manba: @islomuz
Batafsil ushbu maqolada

👉 @upliftuz
SMART moliyaviy maqsad qo'yishga misol

SMART - bu inglizcha akronim bo’lib, u maqsadni to’g’ri tushunib yetish va erishishga yordam beruvchi samarali usul hisoblanadi. Quyida pul jamg'arish uchun SMART usulini qo'llashga oddiy misol keltirilgan.

Specific
- Nima uchun pul jamg'armoqchisiz?
- Favqulodda holatlar uchun

Measurable
- Qancha pul jamg'arishni xohlaysiz?
- $1,000

Attainable
- Bu siz erisha oladigan miqdormi?
- Ha, agar harajatlarni kamaytirib reja bilan pul sarflasam

Relevant
- Nimaga bu siz uchun muhim?
- Kelgusida kutilmagan harajatlarga tayyor turish uchun

Timely
- Bu maqsadga qachon erishishni rejalashtiryapsiz?
- 10 oyda (har oy $100dan)

Mavzuga aloqador:
🔗 Maqsalaringizga SMART usulda erishing

👉 @upliftuz
Favqulodda holatlar uchun pul jamg'armasiga egamisiz?
Anonymous Poll
31%
Ha
69%
Yo'q
Favqulodda vaziyatlar uchun (qora kunga) pul jamg'arib qo'yish - shaxsiy moliyani to'g'ri boshqarish va rejalashtirishning muhim qismlaridan biri. Agar yagona daromad manbaiga ega bo'lsangiz yoki yangi oila qurgan bo'lsangiz, uning muhimligi yanada oshadi. Bu jamg'arma sizga kutilmagan harajatlarni qarz yoki kredit olmasdan yopish imkonini beradi. Imkoniyatingiz bor vaqtda oz-ozdan jamg'arib qo'ysangiz, ayniqsa, ishni yo'qotish, betob bo'lish, baxtsiz hodisaga uchrash kabi holatlarda yaxshi asqotadi va moliyaviy holatingiz juda yomonlashib ketishidan asraydi.

Favqulodda vaziyatlar uchun jamg'arma miqdorini kamida 3 oylik harajatlaringizni qoplaydigan darajada belgilab olishingiz tavsiya qilinadi. Bu miqdorga har oyda ma'lum kichik summa ajratib erishishingiz mumkin. Bu jamg'armani kelgusida qanday holatlarda ishlatishingiz mumkinligini aniqlashtirib oling. Chunki ba'zida favqulodda holatlar uchun yig'ib qo'ygan pulingizni sayohat yoki ko'ngilochar narsalarga sarflab yuborish istagi ham paydo bo'lib qoladi.

Agar favqulodda vaziyatlar uchun pul jamg'arish siz uchun imkonsizdek ko'rinsa, unda, shaxsiy byudjetingizni yaxshilab ko'zdan kechirib chiqish vaqti keldi. Daromadingizdan kelib chiqib har oy uchun harajat (ehtiyoj va istak-xohish), jamg'arma, va investitsiya uchun alohida reja ishlab chiqing. Aynan nima uchun qancha harajat qilayotganingizni biling. Agar harajatlaringizni minimallashtirgan taqdirda ham daromadingiz yetmayotgan bo'lsa, qo'shimcha daromad manbalarini topishingiz kerak. Zarurat sezsangiz, Expense Manager kabi dasturlardan foydalaning.

👉 @upliftuz
Aurora startapi SPAC bitimi orqali aksiyalarini sotuvga chiqaradi

O'zini-o'zi boshqaruvchi transportlar ishlab chiqaruvchi Aurora kompaniyasi Reinvent Technology Partners kompaniyasi bilan SPAC bitimi orqali aksiyalarini sotuvga chiqaradi. Ushbu bitimda Aurora kompaniyasining bozor qiymati $11 milliard deb baholangan. Buning natijasida, Aurora avtonom transport ishlab chiqarish sanoatidagi asosiy kompaniyalardan biriga aylanadi. Jalb qilingan mablag' avtonom boshqariluvchi Aurora yuk mashinalarini tijoratlashtirish uchun sarflanadi.

Auroraga 2017-yilda Google, Uber, Tesla kompaniyalarining avtonom transportlashtirish bo'limlarini boshqargan 3 kishi (Ch. Urmson, D. Bagneli, S. Andersen) tomonidan asos solingan. Hozirda Uber, Volvo, Toyota, Paccar kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Auroraning asosiy raqobatchilari Waymo, TuSimple, PlusAI, Argo kabi kompaniyalar hisoblanadi.

👉 @upliftuz
SPAC (Special Purpose Acquisition Company) - maxsus maqsadda birlashadigan kompaniya ma'nosini anglatadi.

SPAC kompaniyalari biror boshqa xususiy kompaniya bilan birlashib, qo'shilgan kompaniyaning aksiyalarini ommaga sotuvga chiqarish maqsadida birjada ro'yxatdan o'tgan kompaniyalar hisoblanadi. Ularning asosiy faoliyati mavjud emas va shuning uchun ham "blank check company" va "shell company" deb yuritiladi. SPAC bitimi to'liq kuchga kirgandan keyin, aksiya tikeri ham aksiyalari savdoga chiqadigan asosiy kompaniya tikeriga o'zgaradi. Aurora misolida, hozir savdo qilinadigan $RTPY tikeri $AUR ga o'zgaradi.

👉 @upliftuz
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Aziz do'stlar, siz va barcha mo'min-musulmonlarni Qurbon Hayiti bilan samimiy muborakbod etaman! Alloh sizu bizdan yaxshi amalu duolarni qabul qilsin.

👉 @upliftuz
Eng ko'p so'raladigan savollardan biri:
"Aksiyalarga investitsiya qilish uchun kamida qancha pul kerak?"

Javob: Eng kam miqdor yo'q.
Moliyaviy imkoniyatingizdan kelib chiqib kichik summa bilan ham aksiyalarga investitsiya qilishni boshlasangiz bo'ladi. Eng muhimi - boshlab olish. Investitsiya qilishni boshlab, pul siz uchun xizmat qilishini va murakkab foiz sizning foydangizga qanchalik kuchli ishlashini tushunib yetganingizdan so'ng, shaxsiy moliyangiz ham ijobiy tomonga o'zgara boshlaydi:
▫️Investitsiya miqdoringizni ko'paytirishga harakat qila boshlaysiz va bu o'z navbatida daromad va harajatlaringizni to'gri boshqarishga undaydi;
▫️Pulingizni faqat kerakli narsalar uchun sarflashga, harajatlarni minimallashtirishga harakat qilasiz;
▫️Yangi va qo'shimcha daromad manbalarini topishga harakat qilasiz;
▫️Agar bu sohani yangi o'rganayotgan bo'lsangiz, tajribasizlik tufayli katta ziyon ko'rish xavfi yo'q bo'ladi. Kichik summa bilan bilim va tajribangizni amaliyotda mustahkamlab borasiz.

Unutmang, 100 dollar pulini to'g'ri boshqara olmagan kishi, 10,000 dollar pulini ham to'gri boshqara olmaydi. Barcha buyuk ishlar kichik qadamlardan boshlanadi.

Izoh: Hozirda, ko'plab brokerlar depozit uchun eng kam miqdor talab qilmaydi. Bu degani, $1 bilan ham aksiyalarga investitsiya qilishni boshlashingiz mumkin. Lekin sotib olmoqchi bo'lgan aksiyangiz narxi, broker va bank xizmat haqlarini hisobga olishingiz kerak.

👉 @upliftuz
Masofadan ishlash davom etadi...

Pandemiya tufayli 2020-yilda millionlab kompaniyalar masofadan ishlash tizimini yo'lga qo'yishga majbur bo'ldi; ko'plab sanoat hodimlari uydan turib to'liq ishlashga o'tdi. Masofadan ishlash (remote work) 2021-yilda va pandemiya tugaganidan so'ng ham davom etishi kutilmoqda.

McKinsey & Co tadqiqotiga ko'ra:
▫️Turli soha va hukumat ishlarida faoliyat yurituvchi hodimlarning 52%i pandemiyadan so'ng moslashuvchan, ya'ni ofis va uyda almashinib ishlash modelini afzal ko'radi;
▫️Hodimlarning 50%dan ko'pi haftada kamida 3 marta uydan turib ishlashni afzal ko'radi;

Harvard Business Review ma'lumotlariga ko'ra:
▫️Pandemiyadan so'ng, dunyoning yetakchi kompaniya rahbarlarining 72%i hodimlariga moslashuvchan ishlash sharoitlarini yaratib berishni rejalashtirmoqda;
▫️Ko'plab mamlakatlardagi hodimlarning asosiy qismi haftada 1-3 marta uydan turib ishlashni afzal ko'radi.

👉 @upliftuz
Kuzatib borish uchun task management aksiyalari

Masofadan ishlashning ko'payishidan bevosita foyda ko'ruvchi sanoatlardan biri, bu - loyiha va vazifalarni onlayn boshqarish dasturlari (task management software). Bu dasturlar istalgan yerdan turib loyihalar ustida jamoa bilan birga ishlash, ish jarayonini boshqarish va oson tartibga solish imkonini beradi. Task management dasturlari bozori yuqori sur'atda o'sishi kutilayotgan bozorlardan biri.

Rasmda aksiya grafigi berilgan Asana ($ASAN) kompaniyasi, ushbu sanoatda faoliyat yurituvchi va aksiya narxi yaxshi o'sib kelayotgan kompaniyalardan biri (yil boshidan hozirgacha aksiya narxi 150% o'sgan). Quyida kuzatib borish uchun yana boshqa task management aksiyalari berilgan:

Atlassian Corporation ($TEAM)

Monday .com ($MNDY)

Anaplan ($PLAN)

Dropbox ($DBX)

👉 @upliftuz
#kitob #tavsiya

1. Bu kitoblar ichidan qaysilarini o'qigansiz?

2. Qaysi biri sizga eng ko'p yoqqan?

3. Qaysilarini o'qimoqchisiz?

👉 @upliftuz
Warren Buffettning eng katta investitsiya xatolaridan biri

Disney kompaniyasi ($DIS) aksiyasini sotib yuborishi - Buffett yo'l qo'ygan eng katta xatolardan biri. 1966-yilda Buffett Disney kompaniyasining 5%iga egalik huquqini beruvchi aksiyalarni 4 million dollarga sotib oladi va 1 yildan so'ng hamma ulushini 55% foyda (2 million dollar daromad) bilan sotib yuboradi. $DIS aksiyasi hozirda donasi $176 ga sotilmoqda va kompaniyaning bozor qiymati 320 milliard dollar. Ya'ni, Disney aksiyalarining 5%iga egalik qilish hozirgi kunda 16 milliard dollarga teng bo'ladi! Shuningdek, o'tgan yillar davomida to'langan dividendlar ham qo'shib hisoblansa, 4 million dollarlik investitsiya hozir 18 milliard dollarga yaqin bo'lar edi. Bu xato haqida Buffett o'z intervyularida aytib o'tgan. Shu kabi xatolari va tajribasidan kelib chiqib, W. Buffett aksiyalarni sotib olishdan oldin kamida 10 yil ularga egalik qilishni ko'zlaydi va yaxshi aksiyalarni ushlab turish uchun uning sevimli davri - doim.

"Our favourite holding period is forever"
- Warren Buffett.

Moliyaviy sog'lom, o'z sanoatida yetakchi va kelajagi porloq kompaniya aksiyalarini arzon narxda sotib olib va qisqa muddatdagi foydaga uchib ularni sotib yuborish, kelgusida ancha "qimmat"ga tushishi mumkin.

Izoh: $DIS aksiyasi shariatga muvofiqligi bo'yicha "shubxali (tavsiya qilinmaydigan)" aksiyalar turiga kiradi. Ushbu post $DIS aksiyasini tavsiya qilish maqsadida berilmadi.

👉 @upliftuz
2021-yilda men yoqtirgan ba'zi aksiyalar, sotib olingan (sotib olishga tavsiya qilingan) narxlar va hozirgacha ular keltirgan daromadlar

▫️Crowdstrike ($CRWD)
Bu kompaniya aksiyasini tahlil qilganimda narxi qimmat edi va $180 dan tushsa sotib olishni tavsiya qilgandim. $CRWD Mart oyida $180 dan $170 gacha tushdi va hozirda $260 atrofida savdo qilinmoqda.
– Sotib olish narxi: $180
– Sotib olish vaqti: Mart 2021
– Hozirgi narxi: $260
Daromad: + 44%

▫️Shopify ($SHOP)
Shopify aksiyasining narxi 2021-yilda $1,050 dan tushganda sotib olishni tavsiya qilgandim. $SHOP Mart va May oylarida $1,050 dan $1,005 gacha tushdi va hozirda $1,650 atrofida savdo qilinmoqda.
– Sotib olish narxi: $1,050
– Sotib olish vaqti: Mart, May 2021
– Hozirgi narxi: $1,650
– Daromad: + 57%

▫️OptimizeRx ($OPRX)
OptimizeRx aksiyasini dastlab $35 dan tushsa sotib olishni tavsiya qilgandim. Lekin $OPRX kuchli o'sish ko'rsatdi va $35 gacha tushmadi. Sotib olish narxini $44 va undan past qilib o'zgartirdim. Mart va May oylarida $44 dan $40 gacha tushdi va hozirda $65 atrofida savdo qilinmoqda.
– Sotib olish narxi: $42
– Sotib olish vaqti: Mart, May 2021
– Hozirgi narxi: $65
– Daromad: + 54%

▫️Snowflake ($SNOW)
Snowflake aksiyasi haqida kanalda bir necha bor ma'lumot bergandim va narxi $200 dan tushganda sotib olishni tavsiya qilgandim. $SNOW May oyida $200 dan $185 gacha tushdi va hozirda $277 atrofida savdo qilinmoqda.
– Sotib olish narxi: $195
– Sotib olish vaqti: May 2021
– Hozirgi narxi: $277
– Daromad: + 42%

Ushbu kompaniyalar o'z sanoatlarida yetakchi va tez o'sayotgan sifatli kompaniyalar bo'lib, aksiyalarning sotib olish narxlari fundamental tahlil orqali belgilangan.

P.S. Halol va sifatli aksiyalarga muvaffaqiyatli investitsiya qilishni jiddiy o'rganmoqchi bo'lganlar uchun kurslar Sentabr oyidan yo'lga qo'yiladi, inshaAlloh.

👉 @upliftuz
Investor uchun halollik muhim bo'lsa..

Agar investor uchun halollik muhim bo'lsa, aksiya sotib olishdan avval, aksiyaning halolligini tekshirishni batafsil o'rganib chiqishi va shariat me'zonlarining mazmun-mohiyatiga tushunishi zarur deb hisoblayman. Kompaniyaning faoliyati, daromad manbalari va moliyaviy ko'rsatkichlarini sinchkovlik bilan tekshirishdan o'tkazishi zarur. Aksiyani tekshirib sotib olgandan keyin va sotib yuborgandan so'ng ham amal qilinishi kerak bo'lgan ma'lum me'zonlar bor.

Ustoz sifatida aksiyaga investitsiya qilish va shariatga muvofiqligini tekshirishni boshqalarga o'rgatuvchi kishida esa mas'uliyat yanada yuqori bo'ladi. Chunki, u bergan bilimga tayanib, o'quvchilar aksiyani halol yoki harom ekanligini tekshiradi va qaror qiladi. Berilgan noto'g'ri, sayoz ma'lumot ikki tomonga ham salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin. Ya'ni, o'rgatuvchi kishi boshqalarga manfaat keltirish o'rniga gunohga sherik bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun, bu ishni o'rgatuvchi kishi aksiyalarni shariatga muvofiqligini tekshirishni atroflicha o'rganib chiqqan bo'lishi, qanday holatda qaysi me'zon to'g'ri kelishi yohud ulamolarning fatvo va tavsiyalaridan habardor bo'lishi zarur.

Mana shu mas'uliyat sababli o'quv kursini ochishga shoshilmadim. Oxirgi yillar bu sohani har tomonlama o'rganishga harakat qilib kelyapman. Shariat me’zonlari va ularning mazmuni; olimlarning tadqiqotlari; ustozlarning fikr-mulohazalari va tavsiyalari; ulamolar o'rtasidagi turli qarashlar; foydalaniladigan turli sayt-dasturlar va ularning farqi, kamchiligi; turli aksiyalar ustida tekshirishni olib borish kabilar men tadqiqot qilib kelayotgan mavzular jumlasidan.

Sentabr oyida ochilishi rejalashtirilgan o'quv kursida aksiyani shariatga muvofiqligini tekshirish asosiy mavzulardan biri bo'lib, mavzuga aloqador barcha bilim-ko'nikmalar kurs ishtirokchilariga batafsil o'rgatiladi. Kurs haqida batafsil ma'lumot yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

©️ Javlon Ota

👉 @upliftuz
Mening Investitsiya Falsafam va Tamoyillarim

Men shariatga muvofiq (halol) va sifatli chet el kompaniyalarining aksiyalariga uzoq muddatli investitsiya qilaman. Men uchun aksiyalarning shariatga muvofiq bo’lishi birinchi darajada muhim turadi. Men aksiyalar narxining qisqa muddat ichida o’zgarishidan ko’ra, kompaniyaning fundamental holatiga asosiy e’tibor qaratib uzoqni ko’zlab investitsiya qilaman. Men uchun kompaniya aksiyasiga investitsiya qilish, uning biznesiga sherik bo’lishni anglatadi.

Aksiyalarga investitsiya qilishda men quyidagi tamoyillarga tayanaman:

1. Aksiyalar shariatga muvofiq bo’lishi shart
Men investitsiya kiritayotgan kompaniyaning biznes faoliyati va moliyaviy ko’rsatkichlari AAOIFI Shariat Standardi talablariga javob berishi kerak. Birinchi navbatda, shu jihatiga e’tibor beraman. Kompaniya qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanishi va daromad manbalarini sinchiklab tekshiraman. Biznes faoliyati belgilangan shariat me’zonlariga javob bergandan so’ng moliyaviy ko’rsatkichlarini tekshiruvdan o’tkazaman. Agar aksiyaning shariatga muvofiqligi bo’yicha menda ozgina shubha uyg’onsa ham bu aksiyani sotib olmayman (qisqa vaqtda katta daromad keltirish ehtimoli yuqori bo’lsa ham).

2. Kompaniya faoliyatiga yaxshi tushunish
Aksiya bozorida turli sanoatlarda faoliyat yurituvchi minglab kompaniyalar bor. Har bir sanoatni to’liq tushunish yoki o’rganib chiqish bir kishi uchun imkonsiz. Men bu minglab kompaniyalar ichidan o’zim yaxshi tushunadigan sanoat kompaniyalarigagina investitsiya qilaman. O’zim yaxshi biladigan sanoatlarni yaqindan kuzatib-o’rganib borishim, bu sanoat vakillari ichidan sifatli va raqobatchilariga nisbatan ustun kompaniyalarni ajratib olish imkonini beradi.

3. Uzoq muddatga investitsiya
Men aksiyaga investitsiya qilish orqali uzoq yillar muvaffaqiyatli biznesga sherik bo’lishni maqsad qilaman. Agar kompaniyaning shariatga muvofiqligi va fundamentali salbiy tomonga o’zgarmasa, ma’lum qisqa muddatdan so’ng sotib yuborishni niyat qilmayman. Kompaniyalarning o’sishi, daromadlarini ko’paytirishi va yaxshi natijalar ko’rsatishi uchun uzoqroq vaqt kerak. Men uchun uzoq muddatga investitsiya qilishning riski past va daromad darajasi yuqori.

4. Fundamental tahlilga asosiy e’tibor
Investitsiya kiritadigan aksiyalarimni tanlashda har tomonlama chuqur fundamental tahlil qilaman. Fundamental tahlilga asoslanib aksiyaning haqiqiy qiymati (intrinsic value) va risk darajasini aniqlayman. Fundamental tahlilni to’ldirish maqsadida texnik tahlildan ham qo’shimcha foydalanaman. Lekin kompaniyaning fundamental holatini inkor qilib, faqatgina texnik holatiga asoslanib aksiya sotib olmayman.

5. Diversifikatsiya qilingan portfel
Aksiyalarni diversifikatsiya qilish kelgusida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli risklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Men aksiyalarning turli xususiyatlarini va bir-biriga o’zaro bog’liqligini (korrelyatsiya) hisobga olgan holda portfelimni diversifikatsiya qilib boraman. Portfelimda yuqori risk darajasiga ega o’suvchi askiyalar (growth stock) bilan birga, risk darajasi past va haqiqiy narxidan arzon sotib olinadigan qiymat aksiyalari (value stock) ham mavjud.

©️ Javlon Ota

👉 @upliftuz
UPLIFT Invest Onlayn Kursi

Qabul boshlandi!

Shariat me’zonlariga muvofiq holda chet el kompaniyalari aksiyalariga investitsiya qilishni noldan boshlab professional darajada o’rgatuvchi onlayn kurs. Bu kurs mablag’larini uzoq muddatga halol aksiyalarga investitsiya qilish orqali boylik orttirishni maqsad qilgan va aksiya bozorini mukammal o’rganishni istagan kishilar uchun mo’ljallangan.

Kursda nimalarni o'rganish mumkinligi, darslar qanday tartibda olib borilishi, kim tomonidan o'qitilishi va narxi haqidagi ma'lumotlarni quyidagi linkda batafsil bilib olishingiz mumkin:

👉 https://www.uplift.uz/onlayn-kurs/

Kursda o’qimoqchi bo’lsangiz yoki sizni qiziqtirgan savollar bo’lsa, @upliftuz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

👉 @upliftuz
UPLIFT Invest onlayn kursimizga qiziqish bildirgan barcha do'stlarimizga katta rahmat! Kursimizning boshlanishini kutib turganlar ko'pligidan juda ham mamnun bo'ldik!

1-guruhga qatnashuvchilar qabul qilindi. Vaqt va rejalaridan kelib chiqib, keyingi oylarda bo'ladigan 2-guruh darslariga yozilayotgan do'stlarimiz ham bor. Ro'yxatdan o'tishga ulgurmaganlar uchun yana darslar tashkil qilamiz, inshaAlloh. O'quvchilarimiz keyinchalik ham foydalanishlari uchun video darslarni yozib olishni ham rejalashtiryapmiz.

UPLIFT Invest Onlayn Kursi haqida batafsil ma'lumot:
👉 https://www.uplift.uz/onlayn-kurs/

👉 @upliftuz