UNITY LANGUAGE ACADEMY
1.24K subscribers
1.88K photos
643 videos
401 files
530 links
📚 O‘quv markaz
🇬🇧 IELTS | General English
Math
👨‍🏫 CELTA certified teachers
🎯 Natijaga yo‘naltirilgan ta’lim
Tel: +998997689903
Download Telegram
UNITY YARMARKASI

Unutilmas va maroqli kun sizni kutmoqda
📸

👋 Qiziqarli o‘yinlar – g‘olib bo‘ling va sovg‘alar yutib oling!
🛍Ajoyib mukofotlar – har bir ishtirokchi uchun maxsus imkoniyatlar!
💯 UNITS ishlatish – yig‘gan UNITSlaringizni taomlar va sovg‘alarga almashtiring!
〰️UNITS ishlash imkoniyati- sizda turli xil o'yin hamda musoboqalarda ishtrok etib yutib olish imkoniyati mavjud.
💜 Mazzali taomlar – do‘stlaringiz bilan maroqli dam oling! 🔔 Vaqti - soat 12 dan-16 gacha
💜 UNITY LANGUAGE ACADEMY
💜 +998997689903

Kelib, o‘yin o‘ynang va unutilmas lahzalardan bahramand bo‘ling!
👌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍6🥰2👏2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yarmarka juda qiziqarli bo’lyapti 🤩
🔥17👍3🤩3👏2
Foto lavhalar
🔥18👍32🥰2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉UNITY Hayit Yarmarkasi

Bugun Unity Language Academyda “UNITY Hayit Yarmarkasi” bo’lib o’tdi.

O’quvchilar dars davomida to’plagan unitlariga turli hil narsalar sotib olishdi va o’yinlar ham o’ynab juda hursand bo’lishdi😇🤩

💎UNITY — birgalikda yuksalamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏30🤩11🎉6👍4💯2
Unity Yarmarkasidan so’ng o’quvchilar o’rtasidagi Fudbol musobaqasidan foto lavhalar🤩
12👍6🥰2👏1🏆1
Hikmat

Shahzodani o‘qitayotgan ustoz podshohga farzandining kibri va axloqsizligidan shikoyat qiladi. Podshoh yechim taklif qiladi:

— Shahzodaga dars o‘tayotganingizda xonangizga beruhsat kiraman, buning uchun menga tarsaki tushurasiz.

Ustoz bunday qila olmasligini aytsa ham, podshoh o‘z gapida turib oladi. Ertasi kuni xuddi shu ish shahzodaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi. Hayratda qolgan shahzoda o‘ziga xulosa chiqaradi:

Axloqsizligi uchun u ishongan “tog‘” ham yordam bera olmaydi. Demak, o‘zi o‘zgarishi kerak. Najot o‘zida, axloqida.

Hozir bolalarni o‘qitish qiyinlashayotganining sabablaridan biri ham shundan. Ba’zi otalar, onalar bola ustozidan shikoyat qilib kelsa:

— O‘zim gaplashib qo‘yaman. Sen bo‘sh kelma! Kim bo‘libdi u? Uning haqqi yo‘q bunday deyishga. Kerak bo‘lsa, janjal qilamiz, ustidan yozamiz, rahbariyatga chiqamiz, — deb bolaning ko‘z oldida ustoz obro‘sini chilparchin qilishadi.

Ba’zilari esa maktabga kelib, bola ko‘z o‘ngida ustozga baqirishi va hatto qo‘l ko‘tarishi ham yo‘q emas.

Balki tepadagi gaplarni ba’zi ota-onalar bolalar ko‘ngli uchun aytib qo‘yishar ham, deylik. Ular kelmas, janjal ham qilmas. Lekin shu gaplarning o‘zi asosiy ta’lim va ba’zan tarbiya beruvchining berayotgan ilmlarini qadrsiz qilmaydimi? O‘ylab ko‘rish kerak, chuqurroq!

Nima qilish kerak?

1. Bola Ustozidan shikoyat qilganda, Ustozi faqat bolaning kelajagini o’ylashini, uning boshqa manfaati yo’qligini tushuntiring.

2. Ustoz sizdan ko’proq narsa bilishini(aniq bilmasangiz ham) bolaga ayting. Ta’lim va tarbiyada Ustozga ko’proq tayanishingizni ko’rsating.

3. Ustoz haqida yomon gap gapirmang. Siz xato deb o’ylasangiz boring, Ustozdan so’rang, birga muhokama qiling, maslahatlar so’rang. Bolaga Ustozing bilan maslahatlashamiz deb ko’p bora eslatib turing.

4. Bu postni barcha ota-onalarga va Ustozlarga yuboring.

Balki bizning ta’limga podshohdek fikrlaydigan, hikmatli ota-onalar ham kerakdir. Salohiyatli ustozlar bilan, albatta.

Manbaa: @MuallimMuhammad
🔥14👍2