ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7
Hamma ham maslahat beradi lekin yoningda turib sen bilan birga oʻz qobigʻdan chiqib yordam beruvchilar juda oz boʻladi
@ummubi
💔2
Assalamu Alaykum Yaxshilar? Salomatmisizlar?
9🔥1
Assalamu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Salomatmisizlar?
🥰9
Qatoda rahimahulloh dedi: “Allohga qasamki, albatta bir kishini boshqa bir kishilar bilan yaqin bo‘lib, hamsuhbat bo‘lib yurgani va natijada ularga misli va shakli o‘xshab ketganini ko‘rdik. Allohning bandalari orasidagi solihlar bilan yaqinlashib, do‘st bo‘linglar shoyadki, ulardek, yoki ularning misolidek bo‘larsizlar”.

“Al Ibona” asaridan.
@ummubi
6
Forwarded from 𝐒𝐈𝐇𝐀𝐓 | 𝐓𝐈𝐁 𝐌𝐀𝐊𝐓𝐀𝐁𝐈
Onalar, otalar, buvilar, bobolar va boshqalar...

Farzandlaringiz va nevaralaringiz uchun hech qachon tayyor mahsulot va ichimliklar xarid qilmang. Bolalikdan boshlangan odatlar hayot davomida davom etadi. Shakar bolalarning sigareti va spirtli ichimliklaridir. Shakar barcha surunkali kasalliklarning asosiy sababidir.

✍🏻Ahmet Rasim Küçükusta


@sihatmaktabi
5
Menga bir atama yoqmaydi "HOZIRGI YOSHLAR" atamasi ya'ni 40 50 balki 30 yoshdan oshgan yosh vakillari koʻproq shu atamani ishlatishadi masalan Hozirgi yoshlar sabrsiz, hozirgi yoshlarga qoʻyib bersang bunday qilib yuboradi, hozirgi yoshlarda shunday sharoitlardan foydalanmaydi va hakozo oʻzlari qilolmgan va qilishga urinib koʻrmagan ishlarini yoshi oʻtib anglab yetib yoshlarga qildirgisi keladi. Oʻzlaring yoʻllari oʻzlaring chiziqlaridan yurdirgisi keladi xoy inson hamma inson xar hil hamma ham sening yurgan yoʻlingdan yurmaydiku hammaga ham senga berilgan yutuq va sinovlar bir xilda berilmaydiku. Va shu gapni aytgim keladi "Hozirgi Yoshlar" boshqa planetadan kelib qolgani yoʻq uni sen va senga oʻxshaganlarning bergan tarbiyasi orqali HOZIRGI YOSHLAR degan darajaga olib keldi
@ummubi
6🔥2
Menimcha insonga eng xiyonat qilmaydigan narsa Toʻgʻri olingan ilm boʻlsa kerak
@ummubi
7
Forwarded from Dr Mushtariy Mamuriy
Nima uchun onalar bolalarga jaxl qiladi?

     Bu 1-o'rinda bolalikdan qolgan odat, ya'ni sizga onangiz jaxl qilganlar va bu sizda ongsiz ravshda muhrlanib qolgan bo'ladi. Va bu holat farzandingizni ongiga muhrlanib jaxldor bo'lmasligi uchun siz shu joyida to'htatib qoling-JAXL QILMANG.

     Bolangizga 1 marta jaxl qildingiz keyingisi undan oson va tez bo'ladi, shu tariqa jaxl kuchayib ko'payib boraveradi.

     His-hayajonga bog'liqligi: ona ayni paytda charchgan, siqilgan, alamzada,  hafa yoki kasal holatda bo'lsa bolaning arzimagan hatti-xarakatiga ham jahl qilib stressdan chiqmoqchi bo'ladi. Onalar lozim bo'lsa shifokor yordamiga murojaat qilib o'z muammosiga yechim topsa bo'ladi. FARZANDLAR JABRDIYDA BO'LMASIN!

     Bolani tilini boshqachasiga topa olishni bilmaslikdan osongina jaxl qilish yo'li tanlanadi. Jaxl qilgan vaziyatda boshqacha yo'l tutishni o'ylab ko'ring va bir nechtasini yozib chiqing.

Telegram | Instagram |Otzivlar|You tube
2
Forwarded from Rozaliya Gabdulhakova
​Jahldorlik nasldan oʻtadimi?

Gʻazabi kelgan vaqtda oʻzini boshqarishga qiynalgan bolalarni agressiv deb psixologga koʻp murojaat qilishadi. Baʼzida esa ota-onalar bu nasldan oʻtgan deb bola odatlariga shunchaki “chidashni” tanlashadi.

Gʻazabni kelish tezligi bu temperamentga bogʻliq masala, lekin gʻazabi chiqqan odamning harakati tarbiya natijasida kelib chiqadigan xulq. Ota-onalar farzandlaridan bu borada nimadir talab qilishdan avval oʻz xulqlariga qarab qoʻyishlari kerak, chunki bola asosan namuna orqali hislarini ifodalashni oʻrganadi. Onasining jahli chiqqan vaqtda jazolangan, kaltak yegan bola onasidan qoʻrqib jahlini ichga yutgani bilan oʻzidan kichkina va ojizlar oldida oʻzini xuddi onasidek tutadi. Ukalarini kaltaklashi aynan shundan.

Hammasidan ham koʻproq jahlini boshqara olmagan bolalarning oʻzlari koʻproq qiynaladi, chunki ular tengdoshlari bilan munosabatda qiynaladi, maktabdagi nohaqliklarga notoʻgʻri reaksiya qiladi va hokazo. Asabiylashma, jahl qilma deb urishish qoʻrqitish befoyda.
Oʻzgarishni oʻzimizdan boshlashimiz kerak.

Siz hislaringizni tushunib boshqara olasizmi? Farzandlaringizchi?

@psixolog_rozaliya
Assalamu Alaykum Va Rahmatullohi va Barakatuhu🍀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salomatmisizlar?
🥰31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshimisizlar yaxshilar?
2
Farzandi Bilan yaxshi kelisha olmaydigan ota onalarning 8 ta belgisi
2
1-Empatiyaning yo'qligi

Ota-onalar ko'pincha bolaning his-tuyg'ulari bilan qiziqishmaydi yoki e'tibor birishmaydi.

Aytiladigan gaplar: Bolani xis-tuyg'ulariga Pashshadan fil yasama, bir pas jim tur, mening ham o'z muammolarim bor.

Oqibatlari: bu xolatda Bola o'zini tushunilmagan va yolg'iz his qilishi mumkin, bu esa o'ziga bo'lgan baxosi va ishonchini pasayishiga, his-tuyg'ularini esa ifoda qilishda qiyinchiliklarga duch kelishiga olib keladi.


2. DOIMIY TANQID

Ota-onalarlar farzandinig harakatlarini yoki tashqi ko'rinishini tez-tez tanqid qilishi.

Aytiladigan gaplar:

Qolingdan xech bir ish kelmaydi", «Hech qachon to'g'ri ish qilolmaysan.

Oqibatlari: Bolada oʻzida

kamchilik hissini rivojlantirishi, xatolardan qo'rqishi va yangi sinovlardan qochishga moyil bo'lishi.

3. KUCHLI NAZORAT VA MANIPULYATSIYA

Ota-onalarning bola ustidan kuchli nazorati va bolaning har bir qaroriga aralashishi.

Aytiladigan gaplar: «Agar meni

yaxshi ko'rsang, aynan shunday qilasan.» " san bilmisan mani etkanimday qilasan
2
Oqibatlari: Bola o'z tanlovilari

ahamiyatsizdek his qila boshlaydi, erkin fikrlash qobiliyati pasayishi, bu esa qatiyatliylik va oʻziga bo'lgan ishonchini yo'qotishiga olib kelishi

4. BOLALARNING EHTIYOJLARINI E'TIBORSIZ QOLDIRISH

Ota-ona bolaning emotsional yoki jismoniy ehtiyojlariga ahamiyat bermasligi.

Aytiladigan gaplar: «bugun emas keyin, xozir zaril ishlarim juda xam ko'p.», " xozir charchaganman, keyin.."


Oqibatlari: Bola oʻzini kerak emasdek his qilishni boshlaydi va bu esa sizga bo'lgan ishonchni va emotsional bog'liq lik muammolariga olib keladi.

5. AYBDORLIK HISSI BILAN MANIPULYATSIYA QILISH

Ota-ona bolani boshqarish uchun unda aybdorlik hissini uyg'otishi.

Aytiladigan gaplar: «Agar bu ishni qilmaganingda, men o'zimni bunchalik yolg'iz yoki yomon his qilmas edim.>>>

Oqibatlari: Bola doimiy xavotir, aybdorlik va stressni his qilishii. bu esa uning emotsional xotirjamligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

6. BOLANI O'Z MAQSADLARI YO'LIDA TARBIYALASH

Ota-ona bolani o'z orzu-maqsadlari yo'lida tarbiyalashi

Aytiladigan gaplar: «Sen boksyor

bo'lishing kerak yoki men kabi muvaffaqiyatli bo'lishing lozim va xamma bu falinchini o'g'li desin.

Oqibatlari: Bola ortiqcha bosim

va qo'yilgan-kutilayotgan talablarni bajarish majburiyatini his qilishi, bu esa bolada kuchli stress va o'z shaxsiyatini yo'qotishga olib keladi.

7. QO'LLAB-QUVVATLASH VA RAGʻ BATLANTIRISHNING YO'QLIGI

Ota-ona bolaning qiziqishlari va mashg'ulotlarini qo'llab-quvvatlamasligi, uning muvaffaqiyatlarini rag'batlantirmaligi.

Aytiladigan gaplar: «Bu ishini nima keragi bor? undan ko'ra foydaliroq ish bilan shug'ulansen, yahshiroq bo'lar edi.

Oqibatlari: Bola o'z yoqtirgan

mashg'ulotlariga boʻlgan motivatsiyasini va qiziqishlarini yo'qotadi. bu esa kelajakda bolaning rivojlanishiga va oʻzini baholashiga salbiy ta'sir qiladi
2
8. EMOTSIONAL BARQARORLIKNING YO'QLIGI

Ota-ona kayfiyatining keskin o'zgarib turishi. Bu esa uyda tarang va oldindan aytib bo'lmas muhitni yaratadi.

Aytiladigan gaplar: «meni kayfiyatim zo'r edi, lekin sen bola uni buzding.

Oqibatlari: Bola doimiy xavotir

va stressni his qiladi, chunki bola ota-onaning kayfiyatini keskin o'zgarishlariga qanday munosabatda bo'lishni bilmaydi.

Bu esa bolada emotsional nomutanosiblikni va kuchli xavotirlik xissi muammolariga olib keladi.
5