ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
“Tandem emizish nima?”

Bu bir vaqtning o‘zida katta va kichik bolani emizish.
Eshitganmisiz katta farzandga homiladorlik vahtida ham emizishni davom ettirib katta va kichik farzandini birgalikda emizadigan onalar borligini bunday emizish tandem oziqlantirsh deb ataladi. Xozirgi kunda kam uchratishingiz mumkin sababi xozirgi kunda tandem emizsh tugul tugʻilmagan farzandiga qanday smes ya'ni suniy ozuqa berishni tanlashadi.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jimlikdan boshqa hech qanday narsa qilolmayapmiz....
Aytingchi bolangiz shu bolacha oʻrnida boʻlsachi?
💔6
ONALIK ILMI
Tandem oziqlantirish nima deganini bilasizmi?
"Tandem emizish kichkina bolaga zarar qiladi."


Bu juda keng tarqalgan noto‘g‘ri qarash. Aslida onaning tanasi juda aqlli – u har bir bola uchun mos sut ishlab chiqaradi. Kichik farzand uchun sut tarkibi doimo uning yoshi va ehtiyojiga qarab o‘zgaradi. Hatto ikki bola bir vaqtda emizilsa ham, sut tarkibi kichik bolaning foydasiga moslashadi.

👶 Natija: kichkina bola sog‘lom, to‘yimli sut oladi.
🧒 Katta bola uchun: bu jarayon unga ham tinchlik, yaqinlik va ona mehrini his qilish imkonini beradi.

Shifokorlar agar ona sog‘lom bo‘lsa va hech qanday qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa, tandem emizish na ona, na bolalar uchun xavfli emas.
Meni oʻzimda ham judayam qarishlik boʻlgan kichik bola tushib qoladi yoki rivojlanmay qoladi yoki erta tugʻiriq vujudga kelishi mumkin. Aslida unday emas. Gemoglabin pastligi sutga aloqasi yoʻq. Togʻri siz qancha togʻri ovqatlanib sogʻligizga e'tiborli boʻlsangiz sut tarkibi ham shunga yarasha foydali boʻladi. Lekin bu degani emizmaslikka qarshi koʻrsatma boʻla olmaydi. Eng qimmat qoʻshimcha ozuqa yani sems ham sizni sutingizga yetmaydi.
2
Eng zoʻr hodisalardan biri deb hisoblayman emizish protsessini farzandingiz emadi hotirjam boʻladi koʻzlaringizga qaraydi. Nafas olishi qoʻllari bilan sizni siypalashi bagʻringizda uxlab qolishi. Qanday ham goʻzal moʻjiza ayting bu moʻjizani yana qayerda tuyasiz. Atigi 2 yil keyin izlab ham topolmaysiz.
3
#foydali
"Mamlakatni olimlar, injenerlar, vrachlar va boshqa aqliy mehnat sohiblari tark eta boshladimi demak millat va xalq o‘zining gultojlaridan judo bo‘lmoqda. Bunday mamlakatda biznesmenlar hokimiyatga keladi, tagi pastlar va ko‘chada tarbiya topgan qalloblar siyosatdon bo‘ladi, bozordagi chayqovchilar, sportchilar va artistlar deputatga aylanadi."

(Nemis fizik olimi, Nobel mukofoti sovrindori Xans Yensen)
💯1
Okeanlarda 170 trillion plastik bo‘laklari suzib yuribdi

Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlari ogohlantirmoqda. Dunyo okeanida hozir 170 trillionga yaqin plastmassa bo‘laklari mavjud. Ular nafaqat suvda, balki havoda, daryolarda va hatto inson tanasida ham topilmoqda.

Olimlarning aytishicha, hatto agar insoniyat bugun plastik ishlab chiqarishni to‘xtatsa ham, okeanlardagi chiqindilarni yo‘qotish uchun 100 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.

Plastikning mikrozarrachalari odamda qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin.
“Ertaga ishlab chiqarishni to‘xtatsak ham, nevaralarimiz okeanlarni bizning izlarimizdan tozalashga majbur bo‘ladi”, — dedi professor Keyt Spenser.
Hali tugʻilmagan nabiralarimiz uchun merosimiz tayyor ekan.
💔31
Hayotda sening uchun nimalar muxim?
Gen Z: oʻzimni topish
💔4
Millatni yo‘q qilish uchun...

Dunyoning xalqaro akkreditatsiyasiga ega, qadimiy universitetlaridan biri "Unisa"ga kiraverishda mana bu  yozuvni o‘qiysiz:
 
«Millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga uchuvchi raketalarni tashlash shart emas. Ta’lim sifatini pasaytirib, o‘quvchilarning yolg‘on gapirishiga ruxsat berilsa, bas. Ana shunda: 

Bunday vrachlar qo‘lidan kasallar o‘lim topadi.

Bunday injenerlar dastidan binolar qulaydi.

Bunday iqtisodchi-buxgalterlar dastidan pullar yo‘q bo‘lib ketadi.

Bunday din olimlari dastidan insoniyat o‘limga yuz tutadi.

Bunday yurist va sudyalar dastidan adolat yo‘qoladi.

Bunday qonunshunoslar dastidan boshqaruv yo‘qoladi.

Ta’lim inqirozi – millat inqirozidir” .
2💯2
Forwarded from Oysha Davlatova
Mutlaq haqiqat yo'q

Musulmon sifatida biz uchun mutlaq haqiqat faqat Qur'on va sunnat.
Shu ikkisidan boshqa hech bir qoida, g'oya, so'z, hatto shaxslar ham mutlaq haq emas.

Shu kanalda yozganlarim ham yuz foiz to'g'ri emas, qilgan qarorlarim ham. Oddiy, xato qiladigan insonman.
Tarbiya, ta'lim borasida ham turlicha qarashlar bor. Biz oilamiz bilan o'zimiz to'g'ri deb bilganni qilamiz. Tajribamdan kelib chiqib, asosli holatda kanalda bu haqida yozaman. Shundayam mening yo'lim hammaga, hamma oilaga mos kelmaydi.

Ishonasizmi, dunyo bo'ylab tarqalgan ko'plab haqiqatlar, yillab o'rganilgan tadqiqotlar borasida ham ularga qarshi fikrlar, qarshi tadqiqotlar bor.
Hali hech bir tadqiqot yuz foizlik holatda tasdiqlanmagan.

Bitta doktor antibiotik bermasa, kasallik sababini o'rgansa ham, uning ham bizga mos kelmaydigan fikrlari bo'ladi.
Bitta ustoz yuzlab yaxshi shogirdlar chiqargan bo'lsa ham, bizga to'g'ri kelmagan g'oyalari bo'ladi.

Shu sabab hech qachon, hech bir insonni ideallashtirmang. Mutlaq haq deb qabul qilmang. Ongli inson sifatida tanqidiy fikrlang. Ya'niki, sizga yoqqan va mos bo'lgan firklaridan o'rganing, amal qiling. Sizga to'g'ri kelmaydigan fikrlarni shunchaki inobatga olmang.

Mutlaq ideal qilib olsangiz, u insonning qilgan xatolarini ham payqamay qolasiz. Sizga ziyon bu.
Shaxsan o'zim shunaqaman. Hech kimni ideallashtirmayman. Hurmat qilaman, yoqqan fikrlarni olaman. Yoqmagan tomonini shunchaki o'tqizvoraman. Yuz foizlik haq deb turib olmayman. O'zimga nisbatan ham shunaqa bo'lishga harakat qilaman. Yuz foiz haqman, xato qilmayman demayman. Qaysidir vaziyatda to'g'ri deb bilgan ishim yoki qarorimni keyinchalik xato ekanini bilsam tan olaman.

https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy
2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
(Diqqat videoda musiqa mavjud)

Xayriyat, haqiqiy aybdorlar topilibdi!
Bu jinoyatchilarni fosh qilgan mard va jasur yigitlarning har biriga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish kerak. Ana endi Toshkent va boshqa hududlarning havosi Shveysariyaniki bilan bir xil bo‘lib ketadi.

Kuni kecha prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning shaxsan o‘zi poytaxtimiz hamda boshqa hududlardagi havoning ifloslanishini nazorat qilishni qo‘lga olganidan keyin, joylarda salla desa kallani so‘g‘irib olib keladigan “aqlli” mutasaddilarilarimiz bir qator reydlarni amalga oshirdilar. Jumladan havoni ifloslantirishda eng “katta” hissa qo‘shayotgan ovqatlanish shahobchalaridagi tandirlar buzib tashlandi.

Vaziyatga oqilona va adolat bilan baho beradigan bo‘lsak birgina syement zavodi yoki shunga o‘xshash ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan zaharli chang 10 minglab bunday tandirlarni ortda qoldirishi shubhasiz. Mutasaddilar ham bunga jiddiy yondoshishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
💯1
Forwarded from Oysha Davlatova
Tarbiya bu faqat onaning, yoki faqat otaning ishi emas. U hamkrolikdagi yaxlit vazifadir.

Bolaning tarbiyasiga ona mas'ul, ota faqat ko'chada ishlagani yetarli degan tushuncha mutlaq xato. Doim aytaman, agar tarbiya faqat onaning ishi bo'lganida, bola bir erkak va bir ayoldan paydo bo'lmasdi, faqat ayol o'zidan dunyoga kelaverardi.

❤️ Bola onadan halimlikni, sabrni, itoatni, bag'rikenglikni o'zlashtiradi.

❤️Otadan bo'lsa, qat'iyatni, irodali bo'lishni, mas'uliyatni o'rganadi.

Ayol erkaklik xususiyatlarini bolasiga singdirishi mumkin. Lekin, otalik mehri, otalik e'tibori boshqa masala.

Qizlar, otasi misolida bo'lajak turmush o'rtog'ini ko'radi. Yigitlar otasi misolida, shunday turmush o'rtoq bo'ladi. Agar, ota zulm qilmagan bo'lsa. Ya'ni, zulm qilmagan, lekin tarbiya jarayonida qatnashmagan, e'tibor qilmagan bo'lsa, qiz uchun er normalda shunday bo'lishi tasavvuri yashaydi. Yigit kishi uchun ham, normal oila boshi shunday bo'ladi degan namuna tarbiya topib boradi.

❤️Ota faqat ishlash, uyga ro'zg'or qilish bilan cheklanmasligi kerak. Otaning, otalik mas'uliyati faqat moddiyat emas. Ma'naviy mas'uliyatlar ham borligini unutmaslik kerak.

https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Ibn Qoyyim al-Javziyya (rahimahulloh) deydi:
«Hidoyat Alloh tomonidan beriladi. Ammo unga sabab bo‘luvchi narsa — bandaning niyati va haqiqatni izlashidir.»
(Madorij as-Solikin)



Sizga qancha belgilar berildi? Yana qancha haqiqatni izlayapsiz Yoki keyinroqmi? Shayton nafsizmni yaxshi biladida hech qachon oʻrganmaysan demaydi keyinroq, yoz kelsin kun uzoq bemalol vaht boʻladi,qish kelsin tun uzoq uyda oʻtirasan vahting bemalol hali vaht bor hozir emas....
Ammo bir kun tuproqni tagidalingda juda kechligini anglaysan. Oʻsha kun kelmasdan harakatingni qil!
💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#шахсият

Zamonaviy xirurgiya asoschisi – Abulqosim Zahroviy

Inson qon tomirlari orqali yuborilsa, dori tezroq ta’sir qilishini aniqlagan hamda hozirgacha ishlatib kelinayotgan shprisning ixtirochisi bo‘lgan musulmon olimi Abulqosim Zahroviy haqida eshitganmisiz? X asrda Andalusiyada yashagan Zahroviy zamonaviy jarrohlik fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. U Yevropada "Albukasis" nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Uning eng mashhur asari – "Kitob al-Tasrif" bo‘lib, kitob 30 bo‘limdan iborat ulkan tibbiy ensiklopediyadir. Bu asar asrlar davomida Yevropa universitetlarida tibbiyot bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan.

Asarning eng mashhur qismi – 30-bo‘limi to‘liq jarrohlikka bag‘ishlangan. Ana shu bo‘limda 200 dan ortiq jarrohlik asboblarining chizmalari mavjud. Shu sababli, bu bo‘lim tarixdagi birinchi rasmli jarrohlik qo‘llanmasi sifatida e’tirof etiladi.
Zahroviy jarrohlik qaychisi, forseps, skalpel kabi ko‘plab asboblarni ixtiro qilgan yoki takomillashtirgan. U qon ketishini to‘xtatish uchun katta arteriyalarni bog‘lash usulini qo‘llagan, ichki tikuvlar uchun ketgut ipidan foydalangan, turli jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan.

Zahroviy hatto tishni davolash uchun maxsus uskunalarni ham ixtiro qilgan. Bundan tashqari olim stomatologik qurilma yasagani, tishni tekislashda tilla va kumush iplardan foydalangani aytiladi.

E’tiborli jihati, jarrohlik amaliyotlari paytida u og‘riqni kamaytirish uchun mahalliy va umumiy og‘riqsizlantirish usullarini qo‘llagan.

Afsuski, keyinchalik uning ko‘plab kashfiyotlari yevropalik olimlar nomi bilan atalgan. Lekin tarixiy manbalar bu usullarni birinchi bo‘lib joriy etgan shaxs – musulmon olimi Zahroviy ekaniga dalolat qiladi.

Zahroviy bemorlarni boy yoki kambag‘alligidan qat’i nazar huzuriga qabul qilgan va har bir holatni diqqat bilan kuzatib, qayd etib borgan.

Ana shunaqa: musulmon olimlari o‘z ixtirolarini patentlab, undan boshqalar ham foydalangani uchun foiz olib turmagan. Ularga jamiyatga foydasi tekkani uchun olinadigan savob, har qanday unvon-u moddiy manfaatdan ustun bo‘lgan.
❤‍🔥1