Forwarded from YAQIN
#eslatma #repost
Qalbingizda bir g'ashlik, o'zgacha bir bezovtalik bor. "Hammasi joyida, lekin bu bo'shliq qayerdan kelyapti" deb o'yga tolasiz. Nimadur qilib bu be'mani hissiyotdan qutulmoqchi bo'lasiz. Shartta hamyoningizni olib bozorga yo'l olasiz. Do'konlarni aylanasiz, aksiyada yaxshi kiyim-kechaklar ko'rib "Kerak bo'lib qolar" deb olasiz. Yana bir nimalar harid qilasiz. Sizdagi bezovtalik, g'ashlik chekinganday bo'ladi....
Uyga kelib harid qilganlaringizga boqib o'zingizni yanada yaxshiroq his qilishga urinasiz. Ammo bezovtalik yana balq etib yuzaga qalqib chiqadi.
Keyin oilaviy ovqatlangani borasiz. Keyin televizorni yoqib yaxshi bitta kino ko'rasiz. Keyin musiqa tinglaysiz. Qo'shnilar bilan suhbatlashgani chiqasiz. Shu be'mani hissiyotlar, bezovtalik, bo'shliq, g'ashlik sizni tark etishini juda juda hohlaysiz. Kimdir "Menga shuncha pul bersang, seni o'zingni yaxshi his etadigan qilib qo'yaman" desa o'sha pulni yerni tagidan bo'lsa ham topib berar edim deysiz...balkim shunday deydigan psixologga uchrab qolasiz. Lekin ohir oqibat u ham yordam bermaydi.
O'zingizni yaxshi his qilmaganingiz uchun mas'uliyatlaringizda oqsaysiz, ko'nglingizga qil ham sig'maydi. Nari bor deb bolalarni ham urib turtasiz. Bu sizni yanada yomonroq ahvolga soladi - chunki endi o'zingizni aybdor his qilishni boshlaysiz.
Bu nima? Qanday holat? Sizga tanishmi?
Aslida o'zingizni o'zingiz bezovta qilyapsiz. Sizni ruhingiz va qalbingiz bezovta qilyapti. Alloh taolo insonlarni va jinlarni O'zigagina ibodat qilish uchun yaratdi. Bu fitratimizdan qancha uzoqlashsak shuncha qiynalamiz. Asl fitratimizga qaytishga harakat qilishimiz kerak.
Pichoqni vazifasi kesish, kesish uchun foydalanilmay turgan pichoq o'tmaslashib zanglashni boshlaydi. Har bir narsa aniq bir maqsad bilan yaratilarkan undan qanday foydalanish uchun instruksiya- qo'llanmalar bilan keladi. Banda yolg'iz Allohga ibodat qilish uchun yaratildi va qanday ibodat qilish kerakligi, biz uchun yaxshi turmush tarzini qo'llanmalari Qur'on va Sunnatda berildi.
Bezovtalik, tushkunlik, umidsizlik, g'ashlikni his qilganingizda yolg'iz qolib Allohni zikr qiling, Qur'onni o'qib tafakkur qiling, o'limdan keyingi abadiy hayot haqida fikr yuriting....ruhingiz taskin topadi. Qalbingiz orom oladi. Bir yaxshi amal sizni ikkinchisiga yetaklaydi. Ikkinchisi uchinchisiga. Hamma narsa o'tkinchi ekanini, bir kun kelib bu yerdagi hayot sinovlari tamom bo'lib Allohning huzuriga qaytishligimizni bilganingiz uchun ba'zi narsalar qadrini yo'qotadi, boshqa narsalarni esa qadrlashni odat qilasiz. O'sha uyda, o'sha oilada, o'sha farzandlar bilan yashashda davom etyapsiz lekin hayotingiz o'zgarishni boshlagan. Hamma narsa siz uchun boshqacha ma'no kasb etyapti. Avvalgiday bozorga, restaranga, qo'shninikiga yugurib ketmaysiz, ehtiyoj tug'ilganda borasiz. Nafsingizni jilovlaysiz.
Alloh roziligi uchun deb niyat qilyapsiz, kundalik hayotingizdagi barcha hatti-harakatlaringizni ibodatga aylantiryapsiz. Ovqat qilyapsiz, tilingiz zikrda. Uy tozalasangiz quloqchin bilan tafsirni tinglayapsiz. Allohni taniganingiz uchun o'zingizni bahtli his etasiz, shuncha odamlar orasidan Robbim O'zini tanitishlik uchun meni tanlab olibdiya deb hursand bo'lasiz.
Qani boshqalar ham bilsa edi asl fitratimizga mos yashash hayotimizni naqadar sodda va go'zal eta olishini deb orzu qilasiz...
Alloh hammamizni hidoyat qilsin 🤲
✍ Iroda Ahmed
https://t.me/YaqinOzbek

Telegram
YAQIN
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling.
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
❤2
#oʻzim
Ayni xozir bilmayman qandaydir tunshinarsiz holatdaman. Hayotim nimadan iborat boʻlyapti bilmayapman.
Ayni damda oʻzini yoʻqotgan oʻzini izlayotgan kimsaman.
Eshik tomonda nur bor shu nurga chiqmoqchi boʻlyapman rossa yaqin lekin oyoqlarim orqa tomonga qattiq qilib bogʻlangani uchun faqat eshikdagi nurni tomosha qilishdan boshqa hech narsa qilolmayapman. Aslida hayotimdan ma'noni bilaman lekin shu bilganimchalik yasholmayman oldin ham shunday boʻlgan hozir ham lekin kelajakdayam shunday boʻlishdan qoʻrquvdaman

Forwarded from 𝐌 𝐀 𝐑 𝐘 𝐀 𝐌
Natijamiz yo’qligi - doimiylik yo’qligidan.
Ikkita post yozamiz, blogni tashlab qo’yamiz.
10ta so’z yodlab, dars qilmay qo’yamiz.
Bir hafta zo’r ishlaymiz, keyingi hafta kasal bo’lamiz.
Amallarni katta qilmoqchi bo’lamiz, bilmaymiz-ki kichik bo'lsa ham, doimiylari muhimroq bo’ladi.
Maryam

❤1
“Onalikdagi eng katta kashfiyotingiz nima edi?”
🍼 Menimcha, onalik — bu har kuni yangi kashfiyot. Masalan, men birinchi marta bilganman: bola uxlamasa, hamma uyqu rejalarini Google’dan yoki boshqa onalardan soʻrab topish shart emas, ba’zida shunchaki quchoqlab olib uxlashni oʻzi kifoya
📌 Sizchi?
Onalikda eng katta kashfiyotingiz yoki hayratga solgan voqeangiz nima bo‘lgan?
📥 Kommentariyada yozing — balki boshqa onalar ham sizning tajribangizdan foydalanuvchi bo‘lar.

❤3
Eshitganmisiz katta farzandga homiladorlik vahtida ham emizishni davom ettirib katta va kichik farzandini birgalikda emizadigan onalar borligini bunday emizish tandem oziqlantirsh deb ataladi. Xozirgi kunda kam uchratishingiz mumkin sababi xozirgi kunda tandem emizsh tugul tugʻilmagan farzandiga qanday smes ya'ni suniy ozuqa berishni tanlashadi.
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jimlikdan boshqa hech qanday narsa qilolmayapmiz....
Aytingchi bolangiz shu bolacha oʻrnida boʻlsachi?

💔6
ONALIK ILMI
Tandem oziqlantirish nima deganini bilasizmi?
❌ "Tandem emizish kichkina bolaga zarar qiladi."
Bu juda keng tarqalgan noto‘g‘ri qarash. Aslida onaning tanasi juda aqlli – u har bir bola uchun mos sut ishlab chiqaradi. Kichik farzand uchun sut tarkibi doimo uning yoshi va ehtiyojiga qarab o‘zgaradi. Hatto ikki bola bir vaqtda emizilsa ham, sut tarkibi kichik bolaning foydasiga moslashadi.
👶 Natija: kichkina bola sog‘lom, to‘yimli sut oladi.
🧒 Katta bola uchun: bu jarayon unga ham tinchlik, yaqinlik va ona mehrini his qilish imkonini beradi.
Shifokorlar agar ona sog‘lom bo‘lsa va hech qanday qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa, tandem emizish na ona, na bolalar uchun xavfli emas.

Meni oʻzimda ham judayam qarishlik boʻlgan kichik bola tushib qoladi yoki rivojlanmay qoladi yoki erta tugʻiriq vujudga kelishi mumkin. Aslida unday emas. Gemoglabin pastligi sutga aloqasi yoʻq. Togʻri siz qancha togʻri ovqatlanib sogʻligizga e'tiborli boʻlsangiz sut tarkibi ham shunga yarasha foydali boʻladi. Lekin bu degani emizmaslikka qarshi koʻrsatma boʻla olmaydi. Eng qimmat qoʻshimcha ozuqa yani sems ham sizni sutingizga yetmaydi.
❤2
Eng zoʻr hodisalardan biri deb hisoblayman emizish protsessini farzandingiz emadi hotirjam boʻladi koʻzlaringizga qaraydi. Nafas olishi qoʻllari bilan sizni siypalashi bagʻringizda uxlab qolishi. Qanday ham goʻzal moʻjiza ayting bu moʻjizani yana qayerda tuyasiz. Atigi 2 yil keyin izlab ham topolmaysiz.
❤3
ONALIK ILMI
Azaliy davom etuvchi narsa bu Haq va botilning kurashidir. Nomlar oʻzgarmoqda urishni boshqaruvchi shaxslar oʻzgarmoqda ammo maqsad bir yo Botil hukimronlik qiladi yoki Haq. Bu qachon tugaydi? Rob Taolo qiyomatni qoyim qilmaguncha davom etaveradi. Nima deb…
Veey qanday postlar yozganakanman a bir paytlar
#foydali
"Mamlakatni olimlar, injenerlar, vrachlar va boshqa aqliy mehnat sohiblari tark eta boshladimi demak millat va xalq o‘zining gultojlaridan judo bo‘lmoqda. Bunday mamlakatda biznesmenlar hokimiyatga keladi, tagi pastlar va ko‘chada tarbiya topgan qalloblar siyosatdon bo‘ladi, bozordagi chayqovchilar, sportchilar va artistlar deputatga aylanadi."
(Nemis fizik olimi, Nobel mukofoti sovrindori Xans Yensen)

💯1
Okeanlarda 170 trillion plastik bo‘laklari suzib yuribdi
Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlari ogohlantirmoqda. Dunyo okeanida hozir 170 trillionga yaqin plastmassa bo‘laklari mavjud. Ular nafaqat suvda, balki havoda, daryolarda va hatto inson tanasida ham topilmoqda.
Olimlarning aytishicha, hatto agar insoniyat bugun plastik ishlab chiqarishni to‘xtatsa ham, okeanlardagi chiqindilarni yo‘qotish uchun 100 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.
Plastikning mikrozarrachalari odamda qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin.
“Ertaga ishlab chiqarishni to‘xtatsak ham, nevaralarimiz okeanlarni bizning izlarimizdan tozalashga majbur bo‘ladi”, — dedi professor Keyt Spenser.
Hali tugʻilmagan nabiralarimiz uchun merosimiz tayyor ekan.

💔3❤1
Millatni yo‘q qilish uchun...
Dunyoning xalqaro akkreditatsiyasiga ega, qadimiy universitetlaridan biri "Unisa"ga kiraverishda mana bu yozuvni o‘qiysiz:
«Millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga uchuvchi raketalarni tashlash shart emas. Ta’lim sifatini pasaytirib, o‘quvchilarning yolg‘on gapirishiga ruxsat berilsa, bas. Ana shunda:
Bunday vrachlar qo‘lidan kasallar o‘lim topadi.
Bunday injenerlar dastidan binolar qulaydi.
Bunday iqtisodchi-buxgalterlar dastidan pullar yo‘q bo‘lib ketadi.
Bunday din olimlari dastidan insoniyat o‘limga yuz tutadi.
Bunday yurist va sudyalar dastidan adolat yo‘qoladi.
Bunday qonunshunoslar dastidan boshqaruv yo‘qoladi.
Ta’lim inqirozi – millat inqirozidir” .

❤2💯2
Forwarded from Oysha Davlatova
Mutlaq haqiqat yo'q
Musulmon sifatida biz uchun mutlaq haqiqat faqat Qur'on va sunnat.
Shu ikkisidan boshqa hech bir qoida, g'oya, so'z, hatto shaxslar ham mutlaq haq emas.
Shu kanalda yozganlarim ham yuz foiz to'g'ri emas, qilgan qarorlarim ham. Oddiy, xato qiladigan insonman.
Tarbiya, ta'lim borasida ham turlicha qarashlar bor. Biz oilamiz bilan o'zimiz to'g'ri deb bilganni qilamiz. Tajribamdan kelib chiqib, asosli holatda kanalda bu haqida yozaman. Shundayam mening yo'lim hammaga, hamma oilaga mos kelmaydi.
Ishonasizmi, dunyo bo'ylab tarqalgan ko'plab haqiqatlar, yillab o'rganilgan tadqiqotlar borasida ham ularga qarshi fikrlar, qarshi tadqiqotlar bor.
Hali hech bir tadqiqot yuz foizlik holatda tasdiqlanmagan.
Bitta doktor antibiotik bermasa, kasallik sababini o'rgansa ham, uning ham bizga mos kelmaydigan fikrlari bo'ladi.
Bitta ustoz yuzlab yaxshi shogirdlar chiqargan bo'lsa ham, bizga to'g'ri kelmagan g'oyalari bo'ladi.
Shu sabab hech qachon, hech bir insonni ideallashtirmang. Mutlaq haq deb qabul qilmang. Ongli inson sifatida tanqidiy fikrlang. Ya'niki, sizga yoqqan va mos bo'lgan firklaridan o'rganing, amal qiling. Sizga to'g'ri kelmaydigan fikrlarni shunchaki inobatga olmang.
Mutlaq ideal qilib olsangiz, u insonning qilgan xatolarini ham payqamay qolasiz. Sizga ziyon bu.
Shaxsan o'zim shunaqaman. Hech kimni ideallashtirmayman. Hurmat qilaman, yoqqan fikrlarni olaman. Yoqmagan tomonini shunchaki o'tqizvoraman. Yuz foizlik haq deb turib olmayman. O'zimga nisbatan ham shunaqa bo'lishga harakat qilaman. Yuz foiz haqman, xato qilmayman demayman. Qaysidir vaziyatda to'g'ri deb bilgan ishim yoki qarorimni keyinchalik xato ekanini bilsam tan olaman.
https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy

❤2❤🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
(Diqqat videoda musiqa mavjud)
Xayriyat, haqiqiy aybdorlar topilibdi!
Bu jinoyatchilarni fosh qilgan mard va jasur yigitlarning har biriga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish kerak. Ana endi Toshkent va boshqa hududlarning havosi Shveysariyaniki bilan bir xil bo‘lib ketadi.
Kuni kecha prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning shaxsan o‘zi poytaxtimiz hamda boshqa hududlardagi havoning ifloslanishini nazorat qilishni qo‘lga olganidan keyin, joylarda salla desa kallani so‘g‘irib olib keladigan “aqlli” mutasaddilarilarimiz bir qator reydlarni amalga oshirdilar. Jumladan havoni ifloslantirishda eng “katta” hissa qo‘shayotgan ovqatlanish shahobchalaridagi tandirlar buzib tashlandi.
Vaziyatga oqilona va adolat bilan baho beradigan bo‘lsak birgina syement zavodi yoki shunga o‘xshash ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan zaharli chang 10 minglab bunday tandirlarni ortda qoldirishi shubhasiz. Mutasaddilar ham bunga jiddiy yondoshishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

(Diqqat videoda musiqa mavjud) Xayriyat, haqiqiy aybdorlar topilibdi! Bu jinoyatchilarni fosh qilgan mard va jasur yigitlarning har biriga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish kerak. Ana endi Toshkent va boshqa hududlarning havosi Shveysariyaniki bilan…
Mashinalar ham shular jumlasidan ;)
💔1
Forwarded from Oysha Davlatova
Tarbiya bu faqat onaning, yoki faqat otaning ishi emas. U hamkrolikdagi yaxlit vazifadir.
Bolaning tarbiyasiga ona mas'ul, ota faqat ko'chada ishlagani yetarli degan tushuncha mutlaq xato. Doim aytaman, agar tarbiya faqat onaning ishi bo'lganida, bola bir erkak va bir ayoldan paydo bo'lmasdi, faqat ayol o'zidan dunyoga kelaverardi.
❤️ Bola onadan halimlikni, sabrni, itoatni, bag'rikenglikni o'zlashtiradi.
❤️ Otadan bo'lsa, qat'iyatni, irodali bo'lishni, mas'uliyatni o'rganadi.
Ayol erkaklik xususiyatlarini bolasiga singdirishi mumkin. Lekin, otalik mehri, otalik e'tibori boshqa masala.
Qizlar, otasi misolida bo'lajak turmush o'rtog'ini ko'radi. Yigitlar otasi misolida, shunday turmush o'rtoq bo'ladi. Agar, ota zulm qilmagan bo'lsa. Ya'ni, zulm qilmagan, lekin tarbiya jarayonida qatnashmagan, e'tibor qilmagan bo'lsa, qiz uchun er normalda shunday bo'lishi tasavvuri yashaydi. Yigit kishi uchun ham, normal oila boshi shunday bo'ladi degan namuna tarbiya topib boradi.
❤️ Ota faqat ishlash, uyga ro'zg'or qilish bilan cheklanmasligi kerak. Otaning, otalik mas'uliyati faqat moddiyat emas. Ma'naviy mas'uliyatlar ham borligini unutmaslik kerak.
https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy
Bolaning tarbiyasiga ona mas'ul, ota faqat ko'chada ishlagani yetarli degan tushuncha mutlaq xato. Doim aytaman, agar tarbiya faqat onaning ishi bo'lganida, bola bir erkak va bir ayoldan paydo bo'lmasdi, faqat ayol o'zidan dunyoga kelaverardi.
Ayol erkaklik xususiyatlarini bolasiga singdirishi mumkin. Lekin, otalik mehri, otalik e'tibori boshqa masala.
Qizlar, otasi misolida bo'lajak turmush o'rtog'ini ko'radi. Yigitlar otasi misolida, shunday turmush o'rtoq bo'ladi. Agar, ota zulm qilmagan bo'lsa. Ya'ni, zulm qilmagan, lekin tarbiya jarayonida qatnashmagan, e'tibor qilmagan bo'lsa, qiz uchun er normalda shunday bo'lishi tasavvuri yashaydi. Yigit kishi uchun ham, normal oila boshi shunday bo'ladi degan namuna tarbiya topib boradi.
https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM