ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
Suvchechak kattalarda qanday kechadi?
Suvchechak — odatda bolalikda boshdan kechiriladigan virusli kasallik. Lekin katta yoshda boshlanganida, bu kasallik og‘irroq kechadi va ko‘proq e’tibor talab qiladi.
Asosiy belgilari:
Yuqori isitma (38–39°C)
Bosh og‘rig‘i, holsizlik
Qizil toshmalar (bir necha kun davomida ko‘payadi)
Pufakchalar ichida suyuqlik bo‘ladi, qichishadi
Kattalar uchun xavfli tomonlari:
Toshmalar ko‘p bo‘ladi va chuqur iz qoldirishi mumkin
O‘pka yoki miya yallig‘lanishi kabi asoratlar yuzaga kelishi ehtimoli bor
Qichishayotgan joylarni tirnash infeksiyaga olib keladi
Nima qilish kerak qichishishni kamaytirish
Paratsetamol bilan isitmani tushirish
Ko‘p suyuqlik ichish va ko‘proq dam olish
Yumshoq kiyim kiyish va iliq dush olish
Eng muhimi: Pufakchalarni tirnamang! Chandiq qolishi mumkin.
Agar nafas qisishi, kuchli bosh og‘rig‘i yoki yaralarda yiring bo‘lsa — shifokorga murojaat qiling.
Qisqacha tarixiy ma’lumot:
Suvchechak alomatlari haqida eng qadimgi yozma manbalar 9-asrda arab va fors tabobatida uchraydi.
16-asrda ingliz shifokori Richard Morton bu kasallikni ilk bor alohida holat sifatida tavsiflagan.
Biroq, u uzoq vaqt davomida chechak (o‘ta xavfli smallpox) bilan chalkashtirib kelingan. Faqat 18-asr oxiri – 19-asrda bu ikki kasallik o‘rtasidagi farqlar aniq tushunilgan.
Suvchechakning qo‘zg‘atuvchisi — Varicella Zoster virusi — 20-asrda aniqlangan.
Qadim zamonlarda bu kasallik yengil hisoblangan bo‘lsa-da, ayniqsa katta yoshlilar va immuniteti sust kishilar uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi keyinchalik aniqlangan.
3
📢📍Yana bir fakt topdim emizkli vahtda suvchechak boʻlsa ona sutidan bolaga anti tanachalar oʻtar ekan.
Muxim❗️❗️❗️
Sintetik emas tabiiy matodan kiyinish
Xar hil atir sovun va kremlar ishlatmaslik.
Iloji boricha yaralarni ochiq qoldirish tezroq bitishga yordam beradi.
Aslida kassaliklar homiladorlikda paydo bo’lmaydi birdaniga. Ayol shunga moil bo’ladi, balki bolaligidan immun tizimi zaifdir, homiladorlik buni yuzaga chiqaradi holos. Alloh taolo biz ayollarga homiladorlikni ham ne'mat qilib bergan. Aslida bor kassaliklarni biz bilmay yurgan boʻlamiz uni bizga yuzaga chiqarishga shu organimizga koʻproq e'tibor berishimizga homiladorlik turtki boʻladi.
Tugʻiriqdan keyingi tiklanishga ham koʻproq ahamyat berish kerak. Sababi yoʻldosh ya'ni platcenta koʻchgandan keyin bachadonda albatta oʻz izini qoldiradi. Uni bitishi uchun parvarish kerak.
Oʻzim bilgan parvarishlardan:
Boladan boshqa har qanday ogʻir koʻtarishdan tiyilish.
Jinsiy azolarni doimiy gigenasiga rioya qilish. Bir martalik tagliklar ishlatishni umumman tavsiya qilmayman. Sababi jinsiy azoyimiz unda nafas ololmaydi.
❤‍🔥1
Manan qashshoqlar hashamatga oʻch bolishadi.

Iroda Axmed.
💯3
🇯🇵🤝🇺🇿 Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi!

🚨Bugun Yaponiya hukumati mamlakatda kuchayib borayotgan ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish maqsadida Oʻzbekistondan 10 MING NAFAR yoshlarni QABUL QILISH loyihasini RASMAN ishga tushirdi!

📍 Ochilish marosimida:
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari janob Musayev,
🇯🇵 Osiyo ta’lim, tibbiyot va madaniyat almashinuvi tashkiloti maslahatchisi janob Hatoyama ishtirok etib, hamkorlik memorandumini imzoladilar.

📌 Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlar e’lon qilindi:
Yapon tilini chuqur oʻrgatish kurslari
Ishga joylashtirish uchun zamonaviy onlayn platforma
Rasmiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash tizimi

Bu loyiha Oʻzbekiston yoshlari uchun Yaponiya kabi rivojlangan davlatda halol mehnat qilish, malaka oshirish va kelajak sari dadil qadam qoʻyish uchun katta imkoniyat bo‘ladi.

☎️+998(93)1848111
💬@yapon_mahorat_nuri

Telegram | Instagram | Facebook
Қўрқитиб тарбия қилинган авлод, қўрқоқ ва бўйсинувчан бўлади.

Қўрқоқлардан эса “буюк ишларни” кутма!
💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uelslik faol, qarshisida turgan Misr xavfsizlik kuchlaridan Gʻazoga yurish va ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarga yordam yetkazishlariga ruxsat berishlarini iltimos qilmoqda.

🟣 Xalq genosidga duchor qilinmoqda. Iltimos, bizni o‘tkazib yuboring, musulmon birodarlaringizga yordam bering. Ularning hammasi musulmonlar.

🟣 Men ularni (bosqinchilar) qochqinlar lagerlarida odamlarga qarata o‘q uzayotganini ko‘rdim. Ularning homilador ayollarga qarata o‘q otayotganini ko‘rdim.

🟣 Siz insonsiz. Biz insoniyat uchun shu yerdamiz. Siz insoniyatning bir qismisiz.

🟣 Men ularning bolalarni otib tashlashlarini ko‘rdim. Siz hech qachon och bolaning yig‘laganini eshitganmisiz? O‘layotgan bolasini emizmoqchi bo‘lgan ayolning ochlikdan bo‘shab qolganini eshitganmisiz?
🟣 Iltimos, men sizga bu dahshatni aytib berolmayman. Ochlikdan o‘layotgan go‘daklarning tuyg‘usini sizga yetkaza olmayman. Yuragingiz qayerda? Arab millati xalqining qalbi oq, deb ishonaman. Men sizlarning yaxshi odamlar ekanligingizga ishonaman.

Bir g‘ayridin ko‘zlarida yosh bilan, Gʻazo ahli, norasida go‘daklari uchun tiz cho‘kib yordam so‘ramoqda. Gʻazodagi biordarlari yordam bera olmaydigan ojizlar esa achchiq haqiqatlarni eshitsada, oldinga dadil qadam qo‘yishdan qo‘rqib turishdan boshqa narsaga yaramay turibdi...
Alloh holatimizni isloh qilsin Mazlumlarga oʻzi yordam bersin. Videodan judayam tasirlandim shu bolalar bizning bolalarmiz boʻlishi mumkin ediku
💔21
Islohga muhtojimiz ham manan ham jismonan
Isloh qiluvchilarning eng yaxshisi bu Allohdir
Robbim bizni oʻzing isloh qil.
Odamlar doim rozi yoki norozi boʻladi u nafaqat shahslar balki narsalar,munosabat,hodisalar va hissiyotlar barcha narsalarni qamrab oladi.Bu dunyo hayotining qonuniyati. Shuni tushinib yetyapmanki hech qachon umumman hech qachon absalyut ya'ni mutlaq har bir narsadan inson rozi boʻlmas ekan. Oʻzingiz eslab koʻring eng baxtli eng toʻkis degan kuningizda ham qandaydir kamchiligiz yodingizga kelsa kerak. Kamchilik boʻlishi BU NORMA masalan hali qoshiq ushlashni bilmaydigan bola ovqatni tokib yegani, suzishni bilmagan odam suzolmagani, uchishni bilmagan qush ucholmagani kabi Shuning uchun nimadir yoqmay rozi boʻlolmayapsizmi? Demak shundayligicha qabul qilishingiz kerak boʻlgan norma shu. Tamom.
Bu narsa lekin odamlar borasida boʻlsa bu alohida mavzu. Siz Odamlarni rozi qilish,odamlarga yoqish ularni olqishga sazovor boʻlish yoki ularni maqtovida yurish uchun kelmagansiz. Dunyodagi eng mehrli,boy, sahiy boʻlsangiz ham sizdan norozilar topiladi talaygina. Hattoki paygʻambarni nohaq,yolgonchi kazzobga chiqarganku.
💯2
Farzand – ota-ona uchun nafaqat ne’mat, balki ulkan mas’uliyat hamdir. Islomda bolani tarbiyalash – bu uning qalbiga tavhidni, musulmon axloqini sidqidildan joylashtirish demakdir.

Bolangizga dunyoviy ilm berganingiz yaxshi, ammo u oxiratda o‘zini halokatdan qutqaradigan dinni o‘rganmasa, bu g‘amga sabab bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

"Har biringiz mas’ulsiz va har biringiz qo‘l ostidagilar uchun javobgarasiz."
(Buxoriy va Muslim rivoyati)

Farzandlarimizga ibodatni o‘rgataylik, yaxshi ko‘rgan payg‘ambarini tanitaylik, Qur’on va duolarni yodlataylik. Eng katta meros — bu islomiy tarbiyadir.

Ko‘z quvonchi
💯4
Forwarded from YAQIN
#eslatma #repost

Qalbingizda bir g'ashlik, o'zgacha bir bezovtalik bor. "Hammasi joyida, lekin bu bo'shliq qayerdan kelyapti" deb o'yga tolasiz. Nimadur qilib bu be'mani hissiyotdan qutulmoqchi bo'lasiz. Shartta hamyoningizni olib bozorga yo'l olasiz. Do'konlarni aylanasiz, aksiyada yaxshi kiyim-kechaklar ko'rib "Kerak bo'lib qolar" deb olasiz. Yana bir nimalar harid qilasiz. Sizdagi bezovtalik, g'ashlik chekinganday bo'ladi....

Uyga kelib harid qilganlaringizga boqib o'zingizni yanada yaxshiroq his qilishga urinasiz. Ammo bezovtalik yana balq etib yuzaga qalqib chiqadi.

Keyin oilaviy ovqatlangani borasiz. Keyin televizorni yoqib yaxshi bitta kino ko'rasiz. Keyin musiqa tinglaysiz. Qo'shnilar bilan suhbatlashgani chiqasiz. Shu be'mani hissiyotlar, bezovtalik, bo'shliq, g'ashlik sizni tark etishini juda juda hohlaysiz. Kimdir "Menga shuncha pul bersang, seni o'zingni yaxshi his etadigan qilib qo'yaman" desa o'sha pulni yerni tagidan bo'lsa ham topib berar edim deysiz...balkim shunday deydigan psixologga uchrab qolasiz. Lekin ohir oqibat u ham yordam bermaydi.

O'zingizni yaxshi his qilmaganingiz uchun mas'uliyatlaringizda oqsaysiz, ko'nglingizga qil ham sig'maydi. Nari bor deb bolalarni ham urib turtasiz. Bu sizni yanada yomonroq ahvolga soladi - chunki endi o'zingizni aybdor his qilishni boshlaysiz.

Bu nima? Qanday holat? Sizga tanishmi?

Aslida o'zingizni o'zingiz bezovta qilyapsiz. Sizni ruhingiz va qalbingiz bezovta qilyapti. Alloh taolo insonlarni va jinlarni O'zigagina ibodat qilish uchun yaratdi. Bu fitratimizdan qancha uzoqlashsak shuncha qiynalamiz. Asl fitratimizga qaytishga harakat qilishimiz kerak.

Pichoqni vazifasi kesish, kesish uchun foydalanilmay turgan pichoq o'tmaslashib zanglashni boshlaydi. Har bir narsa aniq bir maqsad bilan yaratilarkan undan qanday foydalanish uchun instruksiya- qo'llanmalar bilan keladi. Banda yolg'iz Allohga ibodat qilish uchun yaratildi va qanday ibodat qilish kerakligi, biz uchun yaxshi turmush tarzini qo'llanmalari Qur'on va Sunnatda berildi.

Bezovtalik, tushkunlik, umidsizlik, g'ashlikni his qilganingizda yolg'iz qolib Allohni zikr qiling, Qur'onni o'qib tafakkur qiling, o'limdan keyingi abadiy hayot haqida fikr yuriting....ruhingiz taskin topadi. Qalbingiz orom oladi. Bir yaxshi amal sizni ikkinchisiga yetaklaydi. Ikkinchisi uchinchisiga. Hamma narsa o'tkinchi ekanini, bir kun kelib bu yerdagi hayot sinovlari tamom bo'lib Allohning huzuriga qaytishligimizni bilganingiz uchun ba'zi narsalar qadrini yo'qotadi, boshqa narsalarni esa qadrlashni odat qilasiz. O'sha uyda, o'sha oilada, o'sha farzandlar bilan yashashda davom etyapsiz lekin hayotingiz o'zgarishni boshlagan. Hamma narsa siz uchun boshqacha ma'no kasb etyapti. Avvalgiday bozorga, restaranga, qo'shninikiga yugurib ketmaysiz, ehtiyoj tug'ilganda borasiz. Nafsingizni jilovlaysiz.

Alloh roziligi uchun deb niyat qilyapsiz, kundalik hayotingizdagi barcha hatti-harakatlaringizni ibodatga aylantiryapsiz. Ovqat qilyapsiz, tilingiz zikrda. Uy tozalasangiz quloqchin bilan tafsirni tinglayapsiz. Allohni taniganingiz uchun o'zingizni bahtli his etasiz, shuncha odamlar orasidan Robbim O'zini tanitishlik uchun meni tanlab olibdiya deb hursand bo'lasiz.

Qani boshqalar ham bilsa edi asl fitratimizga mos yashash hayotimizni naqadar sodda va go'zal eta olishini deb orzu qilasiz...

Alloh hammamizni hidoyat qilsin 🤲

Iroda Ahmed

https://t.me/YaqinOzbek
2