ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
Forwarded from Ona qo’rg’oni | 🏔
Mehribon, halim va yumshoq fe’lli insongagina turmushga chiqing. Bu dunyo shundoq ham qo’pol, beshavqat va adolatsiz bo’lgani yetmaganday, oldingizda g’azabi qaynagan erkak bo’lishi ortiqcha.

@onaqorgoni
❤‍🔥61
Shundan Ilhomlanib oldin oʻz kanalimga yozgan postimni tashlashga qaror qildim😄
🥰4
Bir narsani e'trof etmoqchiman men turmush oʻrtogʻim bergan hotirjamlik sababli hayotimni togʻri taqsimlay olyapman ekan sevimli ekanimni bilganim uchungina hamma joyda erkinman. Ulardan hech narsani gumon qilmayman telefonini titkilash tekshirishga ehtiyoj sezmayman. Ular sababli hotirjam hayotimdagi boshqa masalarni bemalol oʻylayotgan ekanman. Nazarda tutayotgan boshqa masalalar koʻp narsani qamrab oladi misol uchun ilm olishim bolalarimning ilmi ota onamni tashvishlari qiziqshlarim ya'ni nimalarga qiziqaman nimalar bilan qoʻshimcha shugʻillanishim mumkin shular. Hozirgi zamonda hamma er dardida va erini ipsiz bogʻlash erga ochilish payida boʻlganida bu katta ne'matlardan biri deb hisoblayman

Rizqni Alloh beradi Ammo sakiynatni juftimizdan olamiz Sakiynat bu yoningda insonga suyana bilishing undan kutilmagan havf kelmasligidir.
sizdan sakiynat topdim bu uchun Robbimga hamd va sizga rahmat aytaman Alloh 2 dunyoda sizni kam qilmasin. Jannati bilan siylasin bizlarni.
14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Necha yillardan buyon shu uyni rasmi bor. Yashilik juda yoqadi. Sizlarga qanday uylar yoqadi commentga tashlang koʻzlar quvonsin
1
Hamma Manfaat uchun yashayotgan xozirgi zamonda xatto ota onalar ham farzandini manfaat uchun dunyoga keltirishi juda achinarli.
Misollar: 1- oila qurganimizga palon vahtdan oshdi farzandli boʻlishimiz kerak odamlar soʻryapti
Katta boʻsa meni hajlarga joʻnatadi.
Katta boʻlsa kelinim hizmatimni qiladi, men oʻtiraman kelinimni choyini ichib.
Katta boʻlsa boy boʻlib meni dunyo aylantiradi.
Siz oʻzingizni hayotingizni yashashga kelganmisiz? Yoki farzandingiznikinimi aniqlashtirib oling niyat maqsadlaringiz birovni xatto u farzandingiz boʻlsa ham orzularini ustiga qurilmayaptimi? Faqat manfaat uchun yashamayapsizmi.

P.s. shu narsa haqida gap ketganda man tugʻib katta qilib qoʻyganman, boqib qoʻyganman deyishadi iltmos agar tugʻishni xohlamasangiz tugʻmang edi boqishni xohlamasngiz boqmang edi. U sizga yalinib meni dunyoga keltiring demadi. Rizqni Alloh bergan men berganman deb roʻkach qilmang. Agar tugʻib koʻchaga tashlasangiz ham Alloh rizqini tugatmagan boʻlsa yashagan boʻlardi.
4💯2
Suvchechak (lotincha: Varicella) — bu virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalarda uchraydi. Uni Varicella-zoster virus (VZV) chaqiradi. Quyida uning belgilari, kechishi, asoratlari va davolash usullari haqida batafsil ma’lumot:
1. Kasallikning yuqtirilishi:
Suvchechak havodan tomchilab (yo‘tal, aksa urish) yoki suvchechak toshmalaridagi suyuqlik orqali yuqadi.
Juda yuqumli: bemor bilan aloqada bo‘lganlarning 90% gacha yuqtirishi mumkin.
Inkubatsion davri: odatda 10–21 kun.
2. Belgilari:
Boshlanishi:
Harorat ko‘tariladi (38–39 °C)
Holsizlik, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi
Toshmalar:
Avval yuz, bosh sochli qismi va tanada mayda qizil dog‘lar paydo bo‘ladi.
Bu dog‘lar pufakchalarga aylanadi (ichida tiniq suyuqlik bo‘ladi), so‘ng qobiq hosil qiladi.
Toshmalar 4–5 kun davomida yangi-yangi joylarda toshib turadi.
Qichishish bo‘ladi.
3. Asoratlari:
Ko‘pchilikda yengil kechadi, lekin ba'zida quyidagi asoratlar kuzatiladi:
Ikkilamchi infeksiya (pufakchalarni tirnab, mikroblar kirganda)
O‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya)
Miya va asab tizimi muammolari (kamdan-kam hollarda)
Kattalarda og‘irroq kechadi
4. Davolash:
Maxsus davosi yo‘q, simptomatik davo qilinadi:
Haroratga qarshi dorilar (masalan, paratsetamol)
Qichishishni kamaytirish uchun losonlar yoki antigistamin dorilar
Pufakchalarni tirnamaslik, toza tutish muhim
Og‘ir holatlarda shifokor virusga qarshi dori (masalan, Atsiklovir) yozishi mumkin
5. Oldini olish:
Bemorni sog‘lom boladan izolyatsiya qilish (to‘liq toshmalar qobiq bilan qoplanmaguncha, taxminan 7–10 kun)
Suvchechak kattalarda qanday kechadi?
Suvchechak — odatda bolalikda boshdan kechiriladigan virusli kasallik. Lekin katta yoshda boshlanganida, bu kasallik og‘irroq kechadi va ko‘proq e’tibor talab qiladi.
Asosiy belgilari:
Yuqori isitma (38–39°C)
Bosh og‘rig‘i, holsizlik
Qizil toshmalar (bir necha kun davomida ko‘payadi)
Pufakchalar ichida suyuqlik bo‘ladi, qichishadi
Kattalar uchun xavfli tomonlari:
Toshmalar ko‘p bo‘ladi va chuqur iz qoldirishi mumkin
O‘pka yoki miya yallig‘lanishi kabi asoratlar yuzaga kelishi ehtimoli bor
Qichishayotgan joylarni tirnash infeksiyaga olib keladi
Nima qilish kerak qichishishni kamaytirish
Paratsetamol bilan isitmani tushirish
Ko‘p suyuqlik ichish va ko‘proq dam olish
Yumshoq kiyim kiyish va iliq dush olish
Eng muhimi: Pufakchalarni tirnamang! Chandiq qolishi mumkin.
Agar nafas qisishi, kuchli bosh og‘rig‘i yoki yaralarda yiring bo‘lsa — shifokorga murojaat qiling.
Qisqacha tarixiy ma’lumot:
Suvchechak alomatlari haqida eng qadimgi yozma manbalar 9-asrda arab va fors tabobatida uchraydi.
16-asrda ingliz shifokori Richard Morton bu kasallikni ilk bor alohida holat sifatida tavsiflagan.
Biroq, u uzoq vaqt davomida chechak (o‘ta xavfli smallpox) bilan chalkashtirib kelingan. Faqat 18-asr oxiri – 19-asrda bu ikki kasallik o‘rtasidagi farqlar aniq tushunilgan.
Suvchechakning qo‘zg‘atuvchisi — Varicella Zoster virusi — 20-asrda aniqlangan.
Qadim zamonlarda bu kasallik yengil hisoblangan bo‘lsa-da, ayniqsa katta yoshlilar va immuniteti sust kishilar uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi keyinchalik aniqlangan.
3
📢📍Yana bir fakt topdim emizkli vahtda suvchechak boʻlsa ona sutidan bolaga anti tanachalar oʻtar ekan.
Muxim❗️❗️❗️
Sintetik emas tabiiy matodan kiyinish
Xar hil atir sovun va kremlar ishlatmaslik.
Iloji boricha yaralarni ochiq qoldirish tezroq bitishga yordam beradi.
Aslida kassaliklar homiladorlikda paydo bo’lmaydi birdaniga. Ayol shunga moil bo’ladi, balki bolaligidan immun tizimi zaifdir, homiladorlik buni yuzaga chiqaradi holos. Alloh taolo biz ayollarga homiladorlikni ham ne'mat qilib bergan. Aslida bor kassaliklarni biz bilmay yurgan boʻlamiz uni bizga yuzaga chiqarishga shu organimizga koʻproq e'tibor berishimizga homiladorlik turtki boʻladi.
Tugʻiriqdan keyingi tiklanishga ham koʻproq ahamyat berish kerak. Sababi yoʻldosh ya'ni platcenta koʻchgandan keyin bachadonda albatta oʻz izini qoldiradi. Uni bitishi uchun parvarish kerak.
Oʻzim bilgan parvarishlardan:
Boladan boshqa har qanday ogʻir koʻtarishdan tiyilish.
Jinsiy azolarni doimiy gigenasiga rioya qilish. Bir martalik tagliklar ishlatishni umumman tavsiya qilmayman. Sababi jinsiy azoyimiz unda nafas ololmaydi.
❤‍🔥1
Manan qashshoqlar hashamatga oʻch bolishadi.

Iroda Axmed.
💯3
🇯🇵🤝🇺🇿 Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi!

🚨Bugun Yaponiya hukumati mamlakatda kuchayib borayotgan ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish maqsadida Oʻzbekistondan 10 MING NAFAR yoshlarni QABUL QILISH loyihasini RASMAN ishga tushirdi!

📍 Ochilish marosimida:
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari janob Musayev,
🇯🇵 Osiyo ta’lim, tibbiyot va madaniyat almashinuvi tashkiloti maslahatchisi janob Hatoyama ishtirok etib, hamkorlik memorandumini imzoladilar.

📌 Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlar e’lon qilindi:
Yapon tilini chuqur oʻrgatish kurslari
Ishga joylashtirish uchun zamonaviy onlayn platforma
Rasmiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash tizimi

Bu loyiha Oʻzbekiston yoshlari uchun Yaponiya kabi rivojlangan davlatda halol mehnat qilish, malaka oshirish va kelajak sari dadil qadam qoʻyish uchun katta imkoniyat bo‘ladi.

☎️+998(93)1848111
💬@yapon_mahorat_nuri

Telegram | Instagram | Facebook
Қўрқитиб тарбия қилинган авлод, қўрқоқ ва бўйсинувчан бўлади.

Қўрқоқлардан эса “буюк ишларни” кутма!
💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uelslik faol, qarshisida turgan Misr xavfsizlik kuchlaridan Gʻazoga yurish va ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarga yordam yetkazishlariga ruxsat berishlarini iltimos qilmoqda.

🟣 Xalq genosidga duchor qilinmoqda. Iltimos, bizni o‘tkazib yuboring, musulmon birodarlaringizga yordam bering. Ularning hammasi musulmonlar.

🟣 Men ularni (bosqinchilar) qochqinlar lagerlarida odamlarga qarata o‘q uzayotganini ko‘rdim. Ularning homilador ayollarga qarata o‘q otayotganini ko‘rdim.

🟣 Siz insonsiz. Biz insoniyat uchun shu yerdamiz. Siz insoniyatning bir qismisiz.

🟣 Men ularning bolalarni otib tashlashlarini ko‘rdim. Siz hech qachon och bolaning yig‘laganini eshitganmisiz? O‘layotgan bolasini emizmoqchi bo‘lgan ayolning ochlikdan bo‘shab qolganini eshitganmisiz?