ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa videolar koʻrsam hayron boʻlaman. Javobini bilsangiz yozing bundaylar yigʻlayotganda qanday videoga olish esiga keladi? Yoki hayoti 24 7 kamera ostidami?🥲

Ps: man yigʻlasam oldimga odam kesa yigʻlolmayman. Kamera alohida tema😅
💔2
Ayollar faqat jaholat, dinsizlik, ilmsizlik hukmron boʻlgan xonadonlarda xor boʻladilar, ammo solihlarning uylarida ular malikalardir 💕
💯8
Жон болам
Ҳар доим Аллохнинг розилигини танла! Чунки Аллохни рози қилсанг, инсонлар ҳам сендан рози бўлишади.

Унутма, ўғлим!

Аллохни рози қилмас экансан, инсонларнинг сендан рози бўлишидан хеч бир наф йўқдир.
7💯5
Mavzu qiziqmi? Vitaminlar mavzusini yoritmoqchiman qoʻldan kelganicha
❤‍🔥73💯3
Sogʻlom turmush tarzi. Yohud hozirgi kundagi badologlar. Va yana hamma narsaning davosi "Amerkanskiy badlar".
Aytib oʻtmoqchimanki Agar turmush tarzingiz togʻri boʻlmas ekan vitamingiz Amerkanikimi yoki marsinkimi farqi yoʻq foydasi va tasiri juda kam boʻladi.
Avvalo biron bir vitamin ichmoqchi boʻlsangiz albatta qon analiz topshirib u vitamin sizda rostan ham taqchilmi?(defitsitdami) bilib olish muxim va agar qon analiz topshirmasdan ichsangiz faqatgina profilaktik dozada ichish muxim. Chunki vitamin yetishmovchiligini sogʻligingizga zarari boʻlganidek koʻp miqdorda boʻlishi (peredoz) boʻlishi ham organlarning faolyatini toʻliq bajarmaslikka olib keladi qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarshingiz mumkin
💯43❤‍🔥2
Assalamu Alaykum Ibrohiym 2 yosh rossa qiziq gaplar gapiryapti AllohummaBarik
Kampot-kabuk
Maniki-manidek
Bilol(ukasi) -Blom
Yahyo akasini- Aka Yahyaaa
Yusuf akasini -Aka Jozef( Asli Yusuf ismi ingiliz tilida Jozef deyiladi)
Oyi- oyaaa
Tuxum-tuqu tuqu
Sutni -mama sut🙈
Xozir -xodl
Kichkina -chikii
Ayniqsa san buyoqqa Bilol Buyoqqa degan gapim
Ajoyib aytadi😁😁
Sizlar ham bolalaringni ajoyib gaplaridan yozib ketinglar
7
❤‍🔥2
Forwarded from Ona qo’rg’oni | 🏔
Har bir onalik - bu alohida tajriba. Hammaning o’z shaxsiy tajribasi bor.

Bir ona uchun normal bo’lgan narsa, boshqasi uchun umuman yo’l qo’yib bo’lmas holat bo’lishi tabiiy.

Bunga ko’plab faktorlar sabab bo’ladi, masalan yashash joyi, oila a’zolari, yosh-irq-din vahokazodagi farqlar.

Masalan, men farzandlarimni sizlab gapira olmayman. Sababi, bolaligimdan men faqatgina o’zimdan kichik bo’lgan BEGONA insonlarni sizlaganman. Endi ham farzandlarimni sizlab gapirsam huddi begonaga gapirayitgandek his qilaman o’zimni.

Lekin men hech qanday hunuk so’zlar bilan erkalashni ham, urishishni ham o’zimga ep ko’rolmayman.

Asosiy ishlatadigan leksikonim - “to’palonchi” “to’ti bo’q” (eng yaxshi ko’rganim) va “ona hotin”. Atrofda bolalarini “sassiqcha” “marazcha” “ho’kiz” va hatto so’kinishli so’zlar bilan “erkalaydigan” onalarni ko’p ko’rganman. O’sha daqiqa kayfiyati yaxshi bo’lsa, balki, “unaqa demang” deyishim mumkin, lekin asosan indamayman.

Bu u onaning o’z tajribasi, nimani to’g’ri deb bilsa qilaversin. Men o’z tajribamda o’zimning norma chegaramda ish qilaveraman.

Sizning onalik yo’lingiz boshqalarnikiga o’xshashga majbur emas. Huddi shunday, boshqalarniki ham.

@onaqorgoni
💯2
Агар ҳозирги оталарнинг қўрқоқлиги эҳтиёткорлик ёки амният деб номланаётган бўлса,
ишонинг, вақти келиб уларнинг болаларининг қуллиги содиқлик деб атала бошлайди.


Жохар Дудаев, Чеченистон Ичкерия республикасининг биринчи президенти
💯6
Forwarded from 🪷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi kundan lavhalar )))
4🥰3
Bugun sinab ko‘ring
Bugun "yo‘q" demasdan bir kun o‘tkazib ko‘ring.

Farzandingiz biror narsani so‘radi, odatda darrov "Yo‘q!" deb javob berasizmi?
Bugun buni sinab ko‘ring: "yo‘q" o‘rniga quyidagilarni ayting:
“Hozir emas, lekin birozdan keyin mumkin.”
“Senga bu juda yoqadi, lekin hozir bu xavfli bo‘lishi mumkin.”
“Boshqa biror narsani sinab ko‘rmaymizmi?”
Shunchaki so‘zlarni emas, ohangni ham yumshating. Bolaning ko‘ziga qarang, mehrli ovozda gapiring. Bu bolani boshqarishga emas, tushunishga undaydi.
Natijani o‘zingiz sezasiz. Bugun sinab ko‘ring.
Mehrli tarbiya — bu kuchli aloqa.
❤‍🔥8🥰2
Men shoshilishni xohlamayman.
Zamonga ergashib, qalbimni yo‘qotishni istamayman.
Men har lahzada yashamoqchiman —
tushayotgan quyosh nurida, bolamning iliq quchog‘ida, duo orasidagi sukutda.
Hayot bir musobaqa emas,
u bir sayr, Alloh yaratgan manzaralardan iborat.
Men yugurmayman — yuraman,
ko‘zlarim bilan, yuragim bilan, borligim bilan.
Shoshilish ortida qo‘rquv bor.
❤‍🔥5🥰3💯1
Forwarded from Ona qo’rg’oni | 🏔
Mehribon, halim va yumshoq fe’lli insongagina turmushga chiqing. Bu dunyo shundoq ham qo’pol, beshavqat va adolatsiz bo’lgani yetmaganday, oldingizda g’azabi qaynagan erkak bo’lishi ortiqcha.

@onaqorgoni
❤‍🔥61
Shundan Ilhomlanib oldin oʻz kanalimga yozgan postimni tashlashga qaror qildim😄
🥰4
Bir narsani e'trof etmoqchiman men turmush oʻrtogʻim bergan hotirjamlik sababli hayotimni togʻri taqsimlay olyapman ekan sevimli ekanimni bilganim uchungina hamma joyda erkinman. Ulardan hech narsani gumon qilmayman telefonini titkilash tekshirishga ehtiyoj sezmayman. Ular sababli hotirjam hayotimdagi boshqa masalarni bemalol oʻylayotgan ekanman. Nazarda tutayotgan boshqa masalalar koʻp narsani qamrab oladi misol uchun ilm olishim bolalarimning ilmi ota onamni tashvishlari qiziqshlarim ya'ni nimalarga qiziqaman nimalar bilan qoʻshimcha shugʻillanishim mumkin shular. Hozirgi zamonda hamma er dardida va erini ipsiz bogʻlash erga ochilish payida boʻlganida bu katta ne'matlardan biri deb hisoblayman

Rizqni Alloh beradi Ammo sakiynatni juftimizdan olamiz Sakiynat bu yoningda insonga suyana bilishing undan kutilmagan havf kelmasligidir.
sizdan sakiynat topdim bu uchun Robbimga hamd va sizga rahmat aytaman Alloh 2 dunyoda sizni kam qilmasin. Jannati bilan siylasin bizlarni.
14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Necha yillardan buyon shu uyni rasmi bor. Yashilik juda yoqadi. Sizlarga qanday uylar yoqadi commentga tashlang koʻzlar quvonsin
1