ONALIK ILMI
114 subscribers
91 photos
11 videos
17 links
Bu kanalda siz ilm yoʻlida izlanayotgan onaning manfaatli deb bilgan malumotlari beriladi.
Download Telegram
In Shaa Alloh Manfaatli post qilaman. Nima haqida boʻlishini xohlaysizlar
❤‍🔥3
Assalamu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh bugungi mavzuimiz Hatna haqida boʻladi. Oʻgʻil bolalarning onalariga juda kerakli mavzu. 2 ta oʻgʻlimni ham hatna qildirgan ona sifatida hatna haqida aniq fakt va malumotlar beraman. In Shaa Alloh
3
Xatna - o'g'il bolalarda olatning chekka terisini kesib olib tashlash marosimi. Ushbu marosim turli madaniyatlarda va dinlarda turlicha ma'noga ega.
Islomda xatna
Xatna islomda muhim ahamiyatga ega va ko'pchilik musulmonlar uchun diniy burch hisoblanadi.
Qur'onda xatna haqida to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatma berilmagan, ammo hadislarda bu marosim Muhammad payg'ambar tomonidan bajarilganligi va tavsiya etilganligi aytiladi.
Xatna odatda bolaning tug'ilganidan keyin 7 yoshgacha bo'lgan davrda amalga oshiriladi.
Xatna qilishning afzalliklari haqida turli tibbiy dalillar mavjud. Jumladan, xatna qilingan bolalarda siydik yo'llari infeksiyalari va olat saratoni kamroq uchraydi.
4
Xatna qilishning boshqa sabablari
Gigiyena: Xatna olatning boshini toza saqlashni osonlashtiradi.
Madaniy an'analar: Ba'zi madaniyatlarda xatna qilish yigitning balog'atga yetganligini bildiradi.
Tibbiy ko'rsatmalar: Ba'zi hollarda, masalan, fimoz (olat terisining tortilishi) kabi holatlarda xatna qilish tibbiy zarurat bo'lishi mumkin.
Xatna qilish tartibi
Xatna odatda shifokor yoki maxsus tayyorlangan mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Marosim odatda mahalliy og'riqsizlantirish ostida o'tkaziladi.
Xatna qilinganidan keyin olat bir necha kun davomida tuzaladi.
E'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar
Xatna qilish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Xatna qilishning mumkin bo'lgan asoratlari haqida bilish va ularga tayyor bo'lish kerak.
Xatna qilishdan keyin yarani parvarish qilish bo'yicha shifokor tavsiyalariga amal qilish lozim
4
Xoʻsh bizda qanday boʻlgan?. 1-farzandimni 6 oylikda hatna qildirganmiz. Deyarli 1 kun yigʻlab gʻinshib yurgan 1 hafta ichida yangi hilt paydo boʻlib bitgan. 2-farzandimni esa 18 kunligida hatna qildirganmiz unda judayam tez bitgan 3-kuning oxiriga borib hilt hosil boʻlib bitishni boshlagan.
TEZROQ BITISHI UCHUN KERAKLI MASLAHATLAR: doktorni oʻzi buyurgan muolajalrni qilish, romashka cheredali suvlarda yuvish,(hilt qoplagandan keyin yuviladi)
5
Qancha yoshligida qilinsa shuncha yaxshi boʻladi deb hisoblayman sababi katta boʻlgan pichoq yoki doktorning anjomlaridan ham qoʻrqishi mumkin. Toʻgʻri birinchi 3 kunlik qiyin oʻtadi bu tabiiy hol. Lekin shuni guvohi boʻlganman koʻp katta bolalarda undan ham qiynroq boʻladi xojatga chiqishga qoʻrqish, har hojatga borganda sterikalardan Uni yoshga toʻlmay qilish ancha ossonroq deb hisoblayman.
5
Xatna qilinganda qaysi holat havfli va shifokorga olib borish kerak?

Kesilgan joydan ko'p miqdorda qon chiqishi

Xidli yiringlar

Bola ovutib bo'lmas darajada bezovta bo'lishi

Bolaning tana harorati koʻtarilishi

10 soatgacha siymaslik holatlari kuzatilsa darrov shifokorga olib borish lozim

Sizchi bolangizni hatna qildirganmisiz? Sizda qanday oʻtgan. Savollar boʻlsa marhamat
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzumiz bolalarning uyqu normalari haqida boʻladi
3
Uyqu bir bolada individual boʻladi ammo bu norma bola uchun foydali uyqu tartibi hisoblanadi. Balki bolangiz huddi shu tartibda uxlamas qanchadir soat koʻp yoki kam boʻlishi ammo bola oʻzini yaxshi his qilsa yigʻlamasa u bola uchun shu norma hisoblanadi.
@ummubi
4
Yana duch kelayotgan savollardan birga toʻxtalab oʻtmoqchiman. Bola tuni bilan koʻp emib uxlaydi koʻkrak chiqarsa yigʻlaydi gʻinshidi uxlamaydi bu nima sababdan kelib chiqadi.
> kunduzigi uyquning juda koʻpligi yoki juda kamligi. Kunduzgi uyqularning sifati albatta kechki uyqusiga tasir qiladi. Tiniqib uxlolmagani sababidan emadi
> Ona bilan ehtiyojlarning qondirlmasligi ona kuni boyi ishda yoki bola bilan kam aloqda boʻlishi ham uni havotirlantiradi va shuning uchun onasining bagʻridaligda qoʻyvormayamay emadi.
> Qoʻshimcha ovqatning vaqtida kiritlmasligi. 6 oylik bolada qoʻshimcha ovqatga organizm tayyor boʻlgan boʻladi va sekin sekinlik bilan qoʻshimcha ovqat beriladi chunki 6 oydan keyin ona sutining yoki smesning oʻzi kamlik qiladi bola ochqab ham tuni bilan emish holati kuzatiladi
>Suv ichirmaslik. 6 oylikdan bolaga suv ichirilishi kerak. Har bir kiloga 30 mldan togʻri keladi kunlik norma. Aytib oʻtganimdek chanqab qolishi ham tuni bilan emishga sabab boʻladi.
@ummubi
6
Sabablardan koʻrinib turibdiki Bolaning hamma ehtiyoji bu uning ONAsi. Kasal boʻlsa ham,toʻymay qolsa ham,chanqasa yoki uyqusi kelmasa ham barcha ehiyojini onasi orqali qondiradi.
7
Uyqu haqida qanday savollaringiz boʻlsa marhamat.
Uyuquning sifatiga tasir qiladigan narsalardan biri bu gadjetlar. Oʻzim sinovdan oʻtkazdim telefondan uzoq vaqt foydalangan kuni uyuqisidan uygʻonaveradi.
Assalamu Alaykum Va rahmatullohi va barakatuhu🍀 salomatmisizlar
Och odamga Notogʻri ovqatlanyapsan deb oldidagi luqmani olib qoʻyish nazarimda notoʻgʻri ish. Sababi u odam avval qornini toʻydirshni oʻylaydi sizning u ovqat haqida oʻqigan malumotlaringizni unga umumman qizigʻi yoʻq.

Negadir shu rasmni qoʻygim keldi postga umuman aloqasi boʻlmasa ham;)
@ummubi
🔥3
Onalik- bu bir kasb va juda jiddiy kasb va onalar doimiy malaka oshirishi muxim. Siz malaka oshirmas ekansiz jabrini bolalarningiz koʻradi.
🔥6
Forwarded from Dr. Shuhrat Ibrohim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Рамазон ойида хатна маркази мутахассислари кам таъминланган, ногирон, ёрдамга муҳтож оилаларни фарзандларини ва етимларни бепул хатна қилишга тайёр!

🎉 Дарвоқе, ҳар йили муборак Рамазон ойида барча юртдошларимиз учун эълон қиладиган 25% чегирмамиз ҳам ўз кучида!

🤝Хайрли ишларга ушбу ойда биргаликда ҳаракат қилайлик!

👨‍⚕️Dr. Shernazarov #xatna_markazi
#обрезаниевташкенте #суннат #xatna #хатна_маркази #hatna #ramazon_ehsoni #акция #эълон

📲 +998909088082

📱 👉https://t.me/ShuhratShernazarov

🗣️Ҳабарни эгаларига 👇 етказинг ✈️
https://t.me/xatna_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshimisizlar biz shu doctorda hatna qildirganmiz. Aksiya qilyapti ekanlar kimdirgadir foydali boʻlsa deb tashladim.