Ummonim official channel
29 subscribers
7 photos
155 links
Download Telegram
Ummon - 7-qavat
T.me/ummonq/391

Bedorlik qiynamoqda shu tun,
Ko’chada qish, Toshkent ko’chalari sovuq,
Boraman sen tomonga piyoda,
Ovozing eshitmayabman bir haftadan ham ziyoda,
Ko’rmaganimga esa bo’ldi bir oy!

Nega bu oqshom meni qiynaydi,
Yuragim o’zimga boysunmaydi,
Nega chiroq o’chmaydi xonangda yarim tunda ham?
O’tiraman tog’ringda bekatda,
Sen turasan yettinchi qavatda,
O’zi yuragingda qoldimu oramizdagi o’sha tuygu?

O’tiraman ming xil xayolda,
Shahar esa shirin uyquda,
Qolib ketdim yolg’iz sovuqda seni deb.
Sen esa boshqa yo’nalishda,
Bir bora javob bermay menga
Shunchalikka bormoqdasan, ayt kimni deb?

Ko’zlaringning qorasini,
Kipriklaring shodasini,
Sochlaring har tolasini sog’inaman, dilim.
Sog’inchlarim manzili yo’q,
Kutishdan yor yomoni yo’q,
Sansiz hayotning keragi yo’q. (x2)

Bilmasdim,
Bir kun kelib sani izlab yuraman deb ko’chada,
Uni ustiga yarim kechada bekatlarda,
Qo’ngiroq qilib ertalabgacha,
Lekin hech qachon savol bormas edi javobgacha.
Blmasdim bir kun kelib bo’laman deb tunlari sarson,
Sovuqda sog’ligimga qilib ziyon,
Aziz bo’lgani uchun bir inson,
Manga qiyinu unga negadir oson,
Bunchalar ham yaqin osmon?

O’, yettinchi qavatda qolib ketdi
Yuragimning parchasi, tugaganda hammasi,
Boqib turadi darchasi.
Bunchalar ham yaqin bo’lmasa muhabbatim marrasi? (x2)
Tugadi sevgi daldasi.

Ko’zlaringning qorasini,
Kipriklaring shodasini,
Sochlaring har tolasini sog’inaman, dilim.
Sog’inchlarim manzili yo’q,
Kutishdan yor yomoni yo’q,
Sansiz hayotning keragi yo’q. (x2)

Sen turasan yettinchi qavatda…

@ummonim
Ummon - Abadiy emas.
T.me/ummonq/491

Abadiy-abadiy emasmiding?
Abadiy-abadiy emasmiding?

Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!
Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!

A manga baribir, man sani bir umr
Sevmasdim baribir, mani nari bil, begona bil.
Keraging yo`q edi baribir, so`ngandi mehrim baribir,
Keragin olib bo`ldim baribir, mani nari bil, begona bil.

Bilmay qilding xato, manga foydaliroq,
O`zi yo`qotolmay o`lib turgan edim, bo`ldi ayni muddao.
Man beriroq, san nariroq, to`ydim sandan alvido,
Baxtli bo`l, mana yo`l.

Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!
Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!
Abadiy-abadiy emas eding… {x2}

San mandan ketding, a manga bir tiyin,
Man sani sevmas edim, san shuni bilmasding.
Qalbimning tubida yo`q eding, mehrimning ko`lida cho`l eding,
Yolg`onchi ko`zlarim, ko`r eding, ko`ra olmading, anglolmading!

Yonginamda yurma, qaydaligim bilma,
Yurakka buyruq berma, sevgini o`yin qilma!
Ko`zlaringda boshqa qalb, qidirmagin mandan ayb,
Afsuslanma alamdan, o`zim uchun baxtliman!

Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!
Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!

A manga baribir, man sani bir umr
Sevmasdim baribir, mani nari bil, begona bil.
Keraging yo`q edi baribir, so`ngandi mehrim baribir,
Keragin olib bo`ldim baribir, mani nari bil, begona bil.

Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!
Mayli ketaver, endi manga farqi yo`q-yo`q,
Sani eslamayman, eslashga esa toqatim yo`q!

@ummonim
Ummon - Adolat
T.me/ummonq/545

O’z-o’zimdan adashdim man bugun,
Qayga qaramay har taraf tugun.
Qayga qaramay sen tomon xayollar,
Bunchalar beshafqat tunlar.

Yorimning adolatidan,
Undan qolgan asoratidan,
Yurak judo haroratidan,
Afsus chekar har rohatidan. (x2)
Yorimning adolatidan…

Bo’lardik yonma-yon hamon,
Agarda so’zlaring bo’lmaganida yolg’on.
Men senga o’zimdan ko’proq ishonar edim, ishon,
Hamon kimgadir qiyin, kimgadir oson.

Kim bilan boshlandi, lek man bilan aniq tamom,
Aniq vaqt ko’rsatadi – kim yaxshi-yu kim yomon.
Osmon mayda-mayda tomchilar bilan tushunarmikin mani dardim,
Tushunmaganida yorim?

Qo’llaringga misoli gul uzatib,
Sovg’a qilib yubordim hayotim.
Bu mani xatoim, bu mani aybim,
Sani esa aybing yo’q, san oppoq.

Faqatgina bitta so’zingni esladim:
“Adolat ikkimizda ham” derding, bo’lsin adolat.
Yo’q yolg’on, faqat asorat, qara yuragimda bitmas jarohat.
Bu jarohatga yozilgan deb “sanga rahmat!”.

Yorimning adolatidan,
Undan qolgan asoratidan,
Yurak judo haroratidan,
Afsus chekar har rohatidan. (x2)
Yorimning adolatidan…

@ummonim