Ummonim official channel
29 subscribers
7 photos
155 links
Download Telegram
Ummon - Afsuslanasan
T.me/ummonq/138

Senga ishondim bekor,
So`zlaringda yolg`on bor.
Avval qilib olib yor,
So`ngra qilding meni xor.

Mayli ketsang ketaver,
O`zgalarni deyaver.
Endi menga farqi yo`q,
Sen meniki yoki yo`q.

Ko`zlarimdagi bu yosh
Qurib ko`kka uchganda,
Qaytib kelarsan bir kun,
Men o`zgani quchganda.

Lekin kech bo`lar afsus,
O`tib ketadi bu kuz.
Uchrashganda yuzma-yuz,
Aytarman senga afsus.

Sen mendan kechgansan,
Endi afsuslanmagin.
Sen mendan ketgansan,
Endi qaytib kelmagin. (x2)

Mana o`sha kun keldi,
Oradan oylar o`tdi,
O`tmishim qaytib kelib,
Meni kechiring, dedi.

Endi nima keragi bor,
Menda endi o`zga yor.
U naqadar baxtiyor,
Baxtiga men vafodor.

U menga bergani baxt,
Sendan olganim-ku – dard.
Oramizda muhabbat,
Sen bilan esa nafrat.

Endi ket, qaytib kelma,
Meni ortiq eslama.
Men seni unutganman,
Unutgin, afsuslanma.

Sen mendan kechgansan,
Endi afsuslanmagin.
Sen mendan ketgansan,
Endi qaytib kelmagin. (x2+x2)

@ummonim
Ummon - Aldangan qiz
T.me/ummonq/551

Sevar edi balki,
Sevar eding sen uni.
Xato qilding balki,
Xato qilding.
Yuragi tosh ekan,
Ko’zingga yosh ekan,
Yormas yondosh ekan,
Sen adashding.

Aldangan qiz,
Ko’zi to’ldi achchiq yoshga go’zal qiz.
Endi ne kechar holing xo’rlangan qiz.
U kelmaydi oldingga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi ko’z yoshingga.

Aldangan qiz,
Ko’zi to’ldi achchiq yoshga go’zal qiz.
Endi ne kechar holing xo’rlangan qiz.
U kelmaydi oldingga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi ko’z yoshingga.

To’kiladi dardlaring, atrofingdagilaring,
Bo’ldi, ha u ketdi,
U qaytmaydi endi hech qachon.
Unga boring berding,
Endi nima qilay
Degan savol sani qiynamoqda yomon.
Uni endi eslama,
U senga qaytib kelmaydi.
Sen uni deb yig’lama,
Yoshlaring qaytarolmaydi.
Yana bir dam kutmaydi,
Nima bo’lgan taqdirda ham
U seni endi sevmaydi, eslamaydi.

Ko’zlari ko’zmunchoq,
Kimgadur o’vunchoq
Bo’lib endi afsus chekadi aldangan qiz.
Atrofi qorong’u,
Zulmatda qoldiku,
Yoningga qaytmaydi yozlar,
Kim bilar qaytib kelar,
Faqat u bilan emas.
Xo’rlangan qiz,
Endi yozmagin xatlar,
Kutmagin javoblar,
Seni sevmaydi u.

Aldangan qiz,
Ko’zi to’ldi achchiq yoshga go’zal qiz,
Endi ne kechar holing xo’rlangan qiz.
U kelmaydi oldinga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi ko’z yoshingga.

Aldangan qiz,
Ko’zi to’ldi achchiq yoshga go’zal qiz,
Endi ne kechar holing xo’rlangan qiz.
U kelmaydi oldingga,
Jon bermaydi joningga,
Achinmaydi ko’z yoshingga.

Aldangan qiz…

@ummonim
Ummon - Alvido
T.me/ummonq/552

Alvido, sog’inchga yo’q davo.
Sabrga yo’q toqat, tomog’ingdan ovqat
O’tmay qo’yar ekan kelganda yolg’izlik.
Ketganda bevafo, yetmas ekan hatto havo.
Alvido!

Alvido, chaqirmaydi qo’ng’iroq,
Suhbat qurishga yo’q yaqin, yo’q yiroq.
Faqatgina xonam uzra sochilib yotadi suratlaring,
Va qarab turgan ko’zlaring.

Kechagi kun, hech qachon bo’lmas bugun,
Ertangi kun, hech qachon bo’lmas kecha.
Qachongacha sevding yuraging tubigacha?
Kechir mani, tegib ketgan bo’lsam joninggacha.

Daraxt edim, barglari to’kilayotgan,
Ketib ildizimdan tortding, nozik nuqtamni bilgan.
Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,
Hatto to’g’ri kelmasa ham.

Alvido, ko’zlari qoram, so’zlari donam,
Ketar bo’ldi bevafo.
Alvido, ko’zlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar bo’lding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qo’ydik tunlar xat. (x2)

Alvido-alvido-alvido…

Alvido, hali sog’inasan kelib bir kun,
Yorug’ kunlaringni yopganda qora tun.
Qo’llarimni sog’inganida qo’llaring,
O’shanda manga aytgan so’zlaringni eslagin.

Kichkina xato hech qachon bo’lmas katta,
Katta xato hech qachon bo’lmaydi kichkina.
Kimdir katta xatolarni kechiradi,
Kimdir kichkinasini ham kechirolmaydi.

Alvido, senga faqat tilayman omad,
Sen esa mening omadimdan kuyarding faqat.
Agarda mayda-chuyda narsalar bo’lsa sabab,
O’zga choram yo’q, tilashdan ortiq senga baxt.

Alvido, vaqt o’tib ketdi bir zumda,
Endi hech qachon kutmayman derazang tagida.
Oldin har kun kutardim, ko’ray deb ko’zlaring,
Bugun bilsam, menga hatto qolmabdi so’zlaring.

Alvido, ko’zlari qoram, so’zlari donam,
Ketar bo’ldi bevafo.
Alvido, ko’zlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar bo’lding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qo’ydik tunlar xat. (x2)
Alvido…

@ummonim
Ummon - Ana endi yig'la
T.me/ummonq/210

Ana endi yig’la, endi yig’la,
Sog’insang gar kelma, qaytib kelma,
Yolg’onlaringdan charchaganman, meni izlama.
Sevar edim yolg’on emas,
Bu oldin bo’lardi, hozir emas,
Sensizlik yomon, sen bilan azob,
Menga yolg’on afzalroq.

Endi yo’q men uchun qora ko’zlaring,
Yo’q men uchun shirin so’zlaring,
Yo’q men uchun hammasi tamom.
Yo’q sen uchun endi men osmon,
Yo’q sen emas meni qalbimda,
Yo’q sen emas meni dardimda,
Yo’q sen emas!
Yo’q sen emas!

Endi yo’q men uchun qora ko’zlaring,
Yo’q men uchun shirin so’zlaring,
Yo’q men uchun hammasi tamom.
Yo’q sen uchun endi men osmon,
Yo’q sen emas meni qalbimda,
Yo’q sen emas meni dardimda,
Yo’q sen emas!
Yo’q sen emas.

Yuribman topib dardimga malham,
Yuribman faqat mani tegma.
Yuribsan kim bilan xohlasang,
Yuribsan faqat manga qaytma.
Ming afsus sani ko’rgan kunimga,
Afsus, yuragim muz,
Hammasi hazon bo’lib to’kilib ketdi,
Hayotimga keldi kuz,
Yaramga sepma tuz.

Yuribman topib dardimga malham,
Yuribman faqat mani tegma.
Yuribsan kim bilan xohlasang,
Yuribsan faqat manga qaytma.
Ming afsus sani ko’rgan kunimga,
Afsus, yuragim muz,
Hammasi hazon bo’lib to’kilib ketdi,
Hayotimga keldi kuz,
Yaramga sepma tuz.

Uyda hammayoq to’zon, yuvilmagan qozon,
Sensizlik bu yomon,
Jahlda zardalar, sinib ketgan piyolalar,
Tuvakdagi gullar, qurib bo’lgan ular.
Yo’qliging sezilar, o’tib boradi oylar,
Sevardim qanchalar, sevarding qanchalar,
Topdi hammasi yakun.

Sinib ketgan piyolalar seni menga eslatar,
Uyimdagi hamma narsa seni menga eslatar.
Shunchalar osonmidi hayoling osmonmidi,
Hammasi tamom bo’ldi, mana endi kim yig’lar?
Ko’chalarda ko’rib qolsang o’tib ket mandan narroq,
Yuragimda qolib ketdi sanikidanda ko’proq.
Shu yurakda qolib ketdi mani aldaganlaring,
Hammasidan alam bo’pti mani sevmaganlaring.
Mani endi izlama, man sani sevar edim,
Mani endi izlama, man sani asrar edim.
Hayotimdagi yagonam faqat o’zing eding,
Dushmanimdanam battar azoblar berib ketding.
Ko’zlarim o’rganib ketdi o’zgalar bilan ko’rib,
Boshida qiyin bo’ldi, keyin ketdim o’rganib.

O dilbarim, kim bo’ldi sanga mandan afzalroq?
O gullarim, mani tark etib bo’lib yaproq yaproq,
O bu yo’llar, bunchalar bevafo bo’lmasa manzillar.
O dilbarim, kim bo’ldi sanga mandan afzalroq?
O gullarim, mani tark etib bo’lib yaproq yaproq,
O bu yo’llar, bunchalar bevafo bo’lmasa manzillar.

Yuribman topib dardimga malham,
Yuribman faqat mani tegma.
Yuribsan kim bilan xohlasang,
Yuribsan faqat manga qaytma.
Ming afsus sani ko’rgan kunimga,
Afsus, yuragim muz,
Hammasi hazon bo’lib to’kilib ketdi,
Hayotimga keldi kuz,
Yaramga sepma tuz.

Yuribman topib dardimga malham,
Yuribman faqat mani tegma.
Yuribsan kim bilan xohlasang,
Yuribsan faqat manga qaytma.
Ming afsus sani ko’rgan kunimga,
Afsus, yuragim muz,
Hammasi hazon bo’lib to’kilib ketdi,
Hayotimga keldi kuz,
Yaramga sepma tuz.

Aytgin osmon kim yomon?
Men yomon yoki u yomon?
U kim bilandir, men bir o’zim,
Sog’insam ham lekin yo’q so’zim.
G’ururim va sog’inchim
Yanchib tashladi bir-birin.

Aytgin osmon kim yomon?
Men yomon yoki u yomon?
U kim bilandir, men bir o’zim,
Sog’insam ham lekin yo’q so’zim.
G’ururim va sog’inchim
Yanchib tashladi bir-birin.

Yuribman topib dardimga malham,
Yuribman faqat mani tegma.

@ummonim
Ummon - Armon
T.me/ummonq/436

Armonim san endi, yuragimdan seni
O`chirib tashlashga majburman.
Lek o`chmasang netay, kimga dardim aytay?
Sevibmiz ikkimiz buni bilmay.

Taqdir degan oliy hakam
Qildi ikkimiz begona. (begona)
Meni kechir, jonim,
Qo`llarim yetmas yig`lama, afsusdaman.

Qani meniki bo`lib qola olsayding,
Tanho meniki bo`lib qola olsayding,
Mendan baxtliroq inson bo`lmasdi,
Balki ko`zlarim ortiq namlanmasdi. (x2)

Bor quvonch yo`qoldi, o`rnini g`am bosdi,
Sevgilim o`zgaga nasib etdi.
Orzular armon bo`ldi, armonning ko`ngli to`ldi,
Go`zal sevgimiz barbod bo`ldi.

Sen ham achinarsan, men ham achinarman,
Armonli dunyo, nachora chidaymiz.
Yolvoraman deya, yonimda qol deya,
O`tinib so`rayman, meni qiynama. (x2)

Qani meniki bo`lib qola olsayding,
Tanho meniki bo`lib qola olsayding,
Mendan baxtliroq inson bo`lmasdi,
Balki ko`zlarim ortiq namlanmasdi. (x2+x2)

Qani meniki bo`lib qola olsayding…

@ummonim
Ummon - Aybim
T.me/ummonq/389

Qanchalar og`ir kechar ichimdagi dard,
Qanchalar ma’yus kuzatarman qarab.
Qanchalar baxtli edik sen bilan,
Yuz burib ketding, aytgin kimlar bilan?

Meni o`ylamading ham, yolg`izginam,
Gullarda shabnam, ko`zlarimda nam.
Qilarkan alam, qaytmasliging bilib,
Muzlaydi tanam, ezaverar g`am.

Aybim – seni yaqin bilganim,
Aybim – jondan aziz suyganim,
Aybim – hamon kecholmaganim,
Aybim…

Bilaman, aybim – umrim xazon bo`lgani,
Aybim – yillar bejiz ketgani,
Aybing – soxta bo`lib ketganing,
Aybing, bu sening aybing.

O`tardi kunlar kezib darbadar,
Yosh to`la tunlar uyqusiz o`tar.
Eski xotiralar yuragimni tilar,
Nafis bu iforing kimga, ayt, taralar?

Ozori o`tdi jonimdan, xayolimdan,
Har bir onimdan, kechib jonimdan.
Sevgandim seni ichimdan to`lib,
Kuydirding meni, o`tlarga qo`yib.

Aybim – seni yaqin bilganim,
Aybim – jondan aziz suyganim,
Aybim – hamon kecholmaganim,
Aybim… (bu mening aybim)

Bilaman, aybim – umrim xazon bo`lgani,
Aybim – yillar bejiz ketgani,
Aybing – soxta bo`lib ketganing,
Aybing, bu sening aybing.

@ummonim
Ummon - Ayriliq
T.me/ummonq/581

Ko’zlarim daryo, lek yig’lamayman,
Men seni sevaman, lek qaytmayman,
To’ydim yolg’on so’zlaringdan, jonim,
To’ydim xiyonatlaringdan, zolim.

Doim bir savol qiynaydi meni –
Kim bilan qaydasan, jonim endi? (x2)
Bilmayman balki unutding meni,
Men esa sog’inib ketdim seni.
Lek hech qachon ortimga qaytmayman,
Ko’zim daryo, lekin yig’lamayman.

Hech qachon senga qaytmayman,
Sen tomon intilmayman,
Bir kun ham unutmayman,
Lek biroq yalinmayman! (x2)

Shu tun uxlayolmadim, negadir sani esladim,
Qo’limga surating olib dardga to’lib yig’ladim.
San mani sevar eding, man sani sevganchalik,
Sanga ishonar edim ishonganlaringchalik.

Suratda qolgan vasling, endi ko’rinmas asling,
Aslini olganda menga azizroqdir surating.
Chunki beg’ubor eding, guldek beozor eding,
Shu suratga tushganingda sen meni sevar eding.

Dardim bir dunyo senga aytmadim,
Sen mening yolg’izim, yolg’izing bo’la olmadim.
Sen meni baxtimsan, lek baxtsizman,
Sen ketgan kundan beri yolg’izman.

O’tmishim, seni eslab,
Sog’inchim sog’inch taraf,
Qo’llaring ko’zim bog’lab,
Erkalab ketding aldab. (x2)

Doim qalbimda yashar qo’limdagi surat,
Suratlaring bilan yashayman to abad.
Tag’in kim ham bilar, balki ular ham ketar,
Axir sevganlar emas, sevishganlar tark etar.

Xatlaring har kecha o’qiyman tonggacha,
Hatto ming bora o’qigan bo’lsam ham shu kungacha.
Axir shu xatlarni yozgansan men uchun,
O’qib xatlaringni umrim payon topadi manimcha.
Umrim payon topadi manimcha…

Hech qachon senga qaytmayman,
Sen tomon intilmayman,
Bir kun ham unutmayman,
Lek biroq yalinmayman! (x2)

Sen mening yolg’izim, yolg’izing bo’la olmadim…

@ummonim
Ummon & Sogdiana - Aytgin
T.me/ummonq/660

[Sogdiana]
Ishonardim so`zlaringga,
Muhabbating, sof sevgingga,
Lekin adashdim,
Ishonib men adashdim.

Bugun sen oppoq quvonchda,
Men esa qora armonda
Qoldim bir o`zim,
Yana qoldim bir o`zim.

O`zimdan begonaman,
Qayga boray sensiz man?
Yuragimda bu alam,
Men seni yo`qotaman.

Qayda qoldi orzular?
So`ndi so`nmas tuyg`ular.
Bugun sensiz yolg`izman,
Men seni sog`inganman.

Ko`zimda yosh qolmadi,
Bilsang, bardosh qolmadi.
Hayotim esa bemazmun,
Go`yo hayot to`xtadi.

Endi kimga talpinay?
Kimdan sevilib yashay?
Axir sevganim bugun
Ketdi menga begona.

Aytgin qayda qoldi biz qilgan ul orzular?
Sensiz esa vujudim titrab, yuragim yig`lar,
Bu yuragim har bir jazoga rozi seni deb.
Lek o`zing jazolading shu yuragim, ne uchun?
Axir bu yurak urar edi faqat sen uchun,
Sening esa yuraging urardi o`zga uchun.

Nahot unutib bo`lding meni?
Nahot keragim yo`q edi?
Sen uchun jonim berardim,
Agar yonimda bo`lsang edi.

Seni sog`inganimda mayli kelmading,
Qo`ng`iroq qilganimda javob bermading,
Lek ko`zlarimga qarab, sevaman deding,
Nega aldading, nega aldading?

Nega senga ishondim,
Aqlimga hech ham sig`mas.
O`zimni yana alam,
Sevgimiz olmas nafas.

Qayda qoldi orzular?
So`ndi so`nmas tuyg`ular.
Bugun sensiz yolg`izman,
Men seni sog`inganman.

[Ummon guruhi]
Sog`inch qiynaydi qalbing,
Yuragingni bu darding,
Nega taqdir ayirding
Ikkimizni?

Va’dalar ortda qolar,
Sevgi bir kun kelib so`nar.
Seni yolg`izlik qiynar,
Kechirgin…

[Sogdiana]
Yuragim o`rtar faqat bitta dard…
Bitta dard…

Aytgin qayda qoldi biz qilgan ul orzular?
Sensiz esa vujudim titrab, yuragim yig`lar,
Bu yuragim har bir jazoga rozi seni deb.
Lek o`zing jazolading shu yuragim, ne uchun?
Axir bu yurak urar edi faqat sen uchun,
Sening esa yuraging urardi o`zga uchun.

@ummonim
Ummon - Aytgin menga
T.me/ummonq/654

Yuragim hasrati, ezadi qalbimni
Bu turfa tashvishlar.
Har kuni tirnaydi bag’rimni,
Dardimni yangilab hech uyqu bermaydi.
Negadir o’ylarim kuylarga sababchi bo’ladi,
Tun bo’yi bedorman.

Sog’inchim, g’ururim,
Bir biriga qarshi dushmanga o’xshaydi,
Ne qilay, shu tunda
O’zimni ne bilan ovutay, bilmayman.

Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?

Ko’zim oldidan o’tib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bag’rim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bo’ldi bas, kerakmas,
Gaplaring qalbimni o’pirdi, qiynama.
Qilma qasd, yuzimga aybimni solib,
Kamsitishing shart emas.
Ayb emas davlatim yo’qligi,
Nahotki insonlik qadri pulchami?

Sog’inchim, g’ururim,
Bir biriga qarshi dushmanga o’xshaydi,
Ne qilay, shu tunda
O’zimni ne bilan ovutay, bilmayman.

Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?

Ko’zim oldidan o’tib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bag’rim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Sen aytgin menga…

@ummonim
Ummon - Azizam
T.me/ummonq/482

Yurak og’rib, qiynalar qalbim,
Bora-bora og’irlashar dardim.
Bilsam hatto qolmabdi zarracha qadrim,
Yaralandi qalbim.

So’ramagin, nega ketmoqdasan deb so’ramagin,
Izlamagin, qorong’u tunlar ichra izlamagin.
Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam.

Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam.

Ortiq qaytib qilma qo’ng’iroq,
Yozma xatlar, yozmayman javob,
Yozma meni qanchalar sog’inganing.

Qolmadi xalovat, ma’yus ko’nglim sen deb,
Baytlarim haqiqat, qayga qilding mani g’arq?
Mendan bo’ldi yetar, yurak sendan kechar,
Azizam, yolg’onlaringga ozgina bergin dam.

Dam-dam, yolg’onlaringga ber dam,
Ko’nglimga malham endi emassan, azizam. (x2)

So’ramagin, nega ketmoqdasan deb so’ramagin,
Izlamagin, qorong’u tunlar ichra izlamagin.
So’ramagin…

@ummonim
Ummon - Azob
T.me/ummonq/666

Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab.

Ketarman, lekin nimadir mani ortimga tortar,
Lek ishonaman, bir kun yurak uni unutar.
Hayotda xatoyim bo’ldi man sani uchratganim,
Undanam battari bo’ldi sani sevib qolganim.

Lekin to’lib qolgan sabr kosam,
Ketaman izlab yordam, yuragim to’xtab bo’lgan.
Qo’llarim ko’ksimga qo’ysam – olsam,
Qo’llarim qon, o’sha qonda ham sening visoling namoyon.

Endi yuragim urmasa, kimga ham kerakman?
Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
O’zi kerak bo’lganmi bu dunyoda bir zum,
A hech bo’lmasa, sog’inganmiding mani bir kun?

Ko’zlarim xiralashdi, yuragim umuman yo’q,
Astalab kun botardi, orqaga esa yo’l yo’q.
Ko’chada qish kunlari, manga yomon sovuq,
Shunda ham sani eslardim, sanga qizig’i yo’q!

Sanga qizig’i bo’lmasa, kimga qizig’i bor,
Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
San ham mendan voz kechding, endi menda hech yo’q,
Mani uyqum keladi, lekin ko’chada sovuq.

Agar xozir uxlasam, uyg’onmasligim tayin,
Ko’karib ketdi lablarim chidayolmadim.
Ko’zlarim yumildi, yaxlab qolgan kipriklarim,
Bir-biriga ulandi, hammasi bugun tugadi.

Ko’zlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir o’zim,
Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar.
Lekin mehrga to’la ko’zlar, mani asrab qoldi 18 yoshli go’zal,
Oradan o’tardi kunlar, lekin mani qiynardi hamon o’sha o’ylar.
Hatto begona insonchalik bo’lolmading menga,
Shu begona insonlar malham bo’ldi dardimga.

18 yoshli qiz tuyg’usi mani uyg’otdi,
Agar shu qiz bo’lmaganda borardim qayoqga?
Mehribon ekan, qutqardi mani o’limdan,
O’sha kuni baxt uchradi manzili yo’q yo’ldan.

Astalab sekin unga tushdi ko’nglim,
Unga berdim mehrim, lek yuragim berolmadim.
Chunki o’sha ayanchli kun yurak qoldi senda,
Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda?

Lekin esingdan chiqarma – bir kun kelib boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yo’q,
Manda mashina bor, kiyim-kechaklarim ko’p.

Axir senga yoqmasmidi kimda mashina bo’lsa,
Kimda kiyimlari ko’p, har kuni almashtirsa?
O’sha payt man netay, sharoitim bo’lmagan,
Axir sen emasmiding mani shu ko’yga solgan?

Bugun kun botib, sani oldingga boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Yaqinlashganim sari san tomonga
Ich-ichimdan to’lib ketdim negadir hayajonga.

Eshik oldida turib, ozgina shoshilmadim,
Avval uying atrofiga nazarimni tashladim.
Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan,
Bu yerda xalovat tugab, yovuzlik hukm surgan.

O’ylanib qoldimda, so’ngra bosdim tugmani,
U esa chiqib keldi, ko’zlarida yoshlari.
Yoshini ko’rib, ichimdan suyunib ketdim,
Axir mani ahvolimga u achinmagan edi.

O’ylab ko’rsam manga u yurakning keragi yo’q,
Manda boshqa yurak, manga o’sha yurak kerak.
Sanda qolib ketganini esa o’zingga olib qo’y,
Unga sandan boshqa hech kim sig’maydi bilib qo’y.

Keyin chiqib ketdim, ortimni o’girib,
U esa ortimdan chiqdi yalinib-yolvorib.
Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon,
Axir sani sevganimda ketding mani o’ldirib.

Gapirma jim, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
Yo’limdan qoch, hammasidan to’yib ketdim.
Necha bora xiyonat, lekin kechiraverardim
Sevganim sabab, meni unut bugundan boshlab. (x2)
Gapirma, gapirma jim...

@ummonim
Ummon-Abadul abad t.me/ummonq/302

(Zohid)
Isming yuragimdan
o'chmas yara,
Suvsiz dengizga
cho'karman qara.
Sen bilan qanchalar
baland uchtim,
Qulashimni hato
o'ylamabmana.

(Shohrux)
O'shanda gullagan
edi daraxtlar,
Oyga qarab
qilardik orzu.
Bir umr birga
bo'lamiz deya,
Yolg'onlarga
aldanib qoldikku.

(Zoxid)
Abadul abad
Abadul abad,Abadul abad,Abadul abad,
Derding bo'lamiz birga,
Adashgan ekanmiz
yanglishgan ekanmiz.
Bo'ldi o'zga
senga ega.(2 raz)
Kecha tushimga
kelipti yana,
Tushimda ekan
menga begona.
Yonida yana
kimdir bor edi,
Meni esa unutib
yuborgan edi.

(Jasur)
Xazon bo'lib
barglar to'kilar bugun,
Yog'adi yomg'ir
kecha yo kun,
Oyga qarab orzu
qilmay qo'ydik,
Sezaman sen meni
sog'inmay qo'yding.!!!

(Zohid)
Abadul abad,Abadul abad,Abadul abad,
Derding bo'lamiz birga,
Adashgan ekanmiz
yanglishgan ekanmiz.
Bo'ldi o'zga
senga ega.(2 raz)

@ummonim
Ummon - Barkamol Avlod
T.me/ummonq/656

Mustaqil Vatanimning barkamol avlodlari,
Mustaqil Vatanimning zabardast o’g’lonlari. (x2)

Salom Vodiy, salom Voha,
Bugun keldik sizlarni yo’qlamoqqa.
Salom Toshkent, ona shaxrim,
Keldik sizlar bilan yashnamoqqa.

Har kunim rang-barang o’tar,
Tong uyg’onaman sahar,
Har kunda har xil shahar.
Yurtimning go’zal o’lkalari,
Vodiyu Vohalari,
Mustaqil Vatanimning barkamol avlodlari.

Mustaqil Vatanimning barkamol avlodlari,
Mustaqil Vatanimning zabardast o’g’lonlari.

Salom Vodiy, salom Voha,
Bugun keldik sizlarni yo’qlamoqqa.
Salom Toshkent, ona shaxrim,
Keldik sizlar bilan yashnamoqqa.

Salom Andijon, salom Buxoro,
Salom Namangan, salom Surxondaryo.
Salom Farg’ona, salom Qashqadaryo,
Salom hammaga, hammaga.

Salom Xorazm, salom Nukusga,
Salom Navoiy, salom Qo’qonga.
Samarqand salom, Guliston salom,
Salom Jizzax, salom Toshkentimga.

Mustaqil Vatanimning barkamol avlodlari,
Mustaqil Vatanimning zabardast o’g’lonlari.

Salom Vodiy, salom Voha,
Bugun keldik sizlarni yo’qlamoqqa.
Salom Toshkent, ona shaxrim,
Keldik sizlar bilan yashnamoqqa, ha…

@ummonim
Ummon - Beg'uborim yo'q
T.me/ummonq/66

Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.

Sani sog`indim bugun hammadan ko`proq,
Hamma yaqinlarim yonimda, faqat san yo`q.
Sansiz ko`nglimga sig`maydi hech qanday bayram,
Baxt bizni tark etdi – yomon qilar alam.

Tanam bo`ysungani bilan ichimdagi hislarimni
Boshqara olmayabman, olib bo`lmayabdi dam.
Tushlarimda san, tursam ham o`zing, faqat yo`qliging,
Qalbim og`rib ochiladi ko`zlarim.

Dilimda qolib ketdi qancha aytar so`zlarim,
Go`zalim, sog`indim sani yomon.
Yog`ayotgan yomg`irlar deydilar “bari tamom”,
Yo`q, yolg`on, ishonmayman sani yo`qotganimga.

Ketdingmi qaytmas bo`lib bir umrga?
To`rt devor orasida qolib ketdim yolg`iz.
Qaylarga uchib ketding, aytgin mansiz?

Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.

Kuzgi yomg`ir yog`ardi shivirlab,
Baqirdim bor ovoz bilan,
Tomog`imdagi tomirlarim titrab,
Nolalarim yetib bormadimi san taraf ?
Sog`indingmi mani, ayt hech bo`lmasa pichirlab?

Pichirlab ertalabgacha gaplashishlarimiz esimdan ketmas,
So`ngra uxlab qolar eding jim-jit.
Faqat eshitilar edi olayotganing nafas,
Hozir esa shu ham eshitilmas.

Bo`ldi, tamom,
Bo`ldi, sani ko`zlaringga tik qarash armon bo`ldi.
Somon bo`ldi terim ortidagi go`sht.
Bo`m-bo`sh ko`chalarda yurib izladim nafis iforing,
Ko`rish istagida diydoring.

Sog`indim sani ishon,
Tikondek botar yuragimga nimadir.
Gavharsan, gulsan, dursan,
Dunyodagi eng mehribon insonsan man uchun…

Sog`indim mehringni, mehribonim seni,
Faqat seni…
Sog`indim, sog`indim, ko`zlaring, yuzlaring,
Faqat seni…

Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.

Og`riydi yuragim…

@ummonim
Ummon - Bino
T.me/ummonq/320

O’n beshinchi qavatdaman,
Boqaman derazamdan to’g’riga.
Bir qo’limda qora qahva,
Birida sening surating.

Shahar uyquga ketmoqda yana,
Chorrahalarda o’chadi chiroq.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ko’zlaringni sog’inaman yiroqdan,
Lek zo’rg’a ko’rinadi jisming.
So’zlaringni sog’inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro’paramda,
Ro’paramdagi baland binoda?
Ko’rgim kelar ko’zlaring,
Sog’inganman hidlaring,
Zo’rg’a ko’rinar jisming. (x2)

O’n to’rtinchi qavatdasan,
Onda-sonda ko’z tashlab o’tasan.
Xonangda yopilgan parda,
Soyang yashar ro’paramda.

Sog’inganman nigohlaring,
Shamol olib kelsin hidlaring.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ular olib qo’ydi seni mendan,
Yo’q dedi hatto uydagilaring ham.
Biz yashaymiz bir biriga qaragan binoda,
Sen u yoqda, men bu yoqda.

Yor, tez-tez ko’z tashlab turgin men tomonga,
Sog’inchlarim cho’ktirmoqda asta armonga.
Shahar uyquga ketib bo’ldi, faqat sen bilan men
Boqamiz uzoqdan bir birimizga.

Ko’zlaringni sog’inaman yiroqdan,
Lek zo’rg’a ko’rinadi jisming.
So’zlaringni sog’inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro’paramda,
Ro’paramdagi baland binoda?
Ko’rgim kelar ko’zlaring,
Sog’inganman hidlaring,
Zo’rg’a ko’rinar jisming. (x2)

@ummonim
Ummon - Bir kun
T.me/ummonq/272

Bir kun bedor… Yana bir kun…
Yana bir kun… bir kun…

Oldingi kunlar qolib ketdi ortda,
Oldingidek birga bo`lolmasak kerak.
Agar bo`lolsak, qilmasdan inkor
Jonim berardim evaziga senga.

Lekin u qaytmaydi endi hech qachon,
Yuragimga bermaydi bir imkon,
Bu azoblardan xalos et, osmon. (hu-u-u)
Lekin u bilmaydi endi hech qachon,
Usiz qanday qiyin o`tgan tunlar,
Umid qilgandim, bermadi imkon.

Bir kun bedor o`yla meni, men seni har kun o`ylaganday,
Bo`ldim bezor, hech ham seni xayollarimdan o`chirolmay. (yana bir kun)
Yana bir kun meni sev, oldingidagiday sevganday,
Shunday bir kun, keyin mayli, roziman ortiq yashamay. (hu-u-u)

Ko`z ochib ko`rganim bu sansan,
Sandan ortiq hech kim kerakmas, bilasan.
Bilasanmi, sansiz dunyoning ranglari bo`ldi qora,
San bilan edi oppoq paxta.

Oppoq orzularimizni qilding kir,
Ko`ksing ortida yurakmi yoki temir?
Qani va’dalaringga vafo, qani mehr?
Nima qilding mani, bu qanday sehr?

Bir kun bedor bo`lib o`yla mani,
Har kuni man sani o`ylaganim kabi.
Osmonlarga qarab, so`ra mani,
Har kuni man sani so`raganim sari.

Uzoqlashib ketmoqdasan bo`lib bulut,
Shuncha baqirganimga javob bo`ldi sukut.
San mani yuragimni yulib ketgan burgut,
Avval o`ldir, mayli keyin unut.

Sen bag`ring ochib kel, sog`indim kel, sog`indim de,
Shuncha kutgandimku, kelmadi-yu, unutdimu?
Unuta olmadim…

Yig`ladi tunlar, yig`ladi,
Yig`ladi yurak, yig`ladi.
Sog`inch o`ydi dilni, bilmadi,
Oldingidek o`ylamadi.

Bir kun bedor o`yla meni, men seni har kun o`ylaganday,
Bo`ldim bezor, hech ham seni xayollarimdan o`chirolmay. (yana bir kun)
Yana bir kun meni sev, oldingidagiday sevganday,
Shunday bir kun, keyin mayli, roziman ortiq yashamay. (hu-u-u)

Bir kun… Yana bir kun…

@ummonim
Ummon - Bir umr
T.me/ummonq/678

Bir umr sanga intilib yashadim,
Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay.
Hech qachon xiyonat qilmadim,
Go’yoki san manga qilmaydiganday.

Lekin afsus, qora ko’zlarim
Yo’llaringga termulib qoldi ma’yus.
Esingdami, doim aytarding,
Vafoli bo’ling, men vafoli bo’lmadim.

Chunki vafoning o’zi bo’ldim,
Shuning qadriga yetmading.
Axir o’zing aytarding:
Agarda ajralib ketsak qilib turing qo’ng’iroq.

Axir sevgan inson sog’inganda qanchalar
Topadi malham sevgani qilganda bir bor qo’ng’iroq.
Lekin, biroq, sani kutdim, qilmading,
Qilganimda esa javob bermading.

Doim xizmat doirasidan tashqarida
Menga aziz bo’lgan raqaming.
Minglab xatlarimni o’qiding,
Lek bir javob qaytarmading.
Nahotki shumidi manga bo’lgan sof muhabbating?

Yo’q, ishongim kelmas, nahotki men emas,
Sen sevgan yor, nega meni qilding xor?
Yuragim bemor, unda o’zga yor,
Aldar hislar meni, o’sha kundan beri.

Tinmay yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

Jonim ayt, qani qilgan orzularimiz amali?
Nimaga unutmadim sani, unutganingda san mani?
Hanuzgacha yig’lab eslayman
San bilan o’tgan damlarni, o’qib eski xatlarni.

Hech qachon unutmayman sani so’nggi so’zlaring,
Baxtli bo’ling deya, mandan yuz o’girganing.
Axir bilar eding – baxtim o’zing eding,
Yuragimdagi sog’inch, bor quvonch eding.

Qani endi bugun yotib, ertaga uyg’onmasam,
Tomchi yosh to’karmiding ishqingda nobud bo’lsam?
Bilmasam, lekin sani alishmasdim dunyoga,
Toki san mani alishguncha o’zga bir insonga.

Bir umr sanga intilib yashadim,
Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay.
Hech qachon xiyonat qilmadim,
Go’yoki san manga qilmaydiganday.

Lekin afsus, qora ko’zlarim
Yo’llaringga termulib qoldi ma’yus…

Ishongim kelmas, nahotki men emas,
Sen sevgan yor, nega meni qilding xor?
Yuragim bemor, unda o’zga yor,
Aldar hislar meni, o’sha kundan beri.

Yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

Bilgin jonim, bergan va’dalaring qildiku ado,
Tinmay yig’lar osmonlar ham – seni qaytmasingdan sado.
Yurak bag’rim yig’lab qoldi ortingdan, ammo…

Tinmay yig’laydi osmonlar, yig’laydi bulutlar,
Yig’laydi bu qalbim, sog’ingancha dilim.
Qiynaydi azoblar, o’sha shirin so’zlar
Ketmaydi xayoldan, axir sevdim chindan.

Bir umr sanga intilib yashadim,
Qora ko’zlaringni deya yo’qotmay…

@ummonim
Ummon - Bir zum to'xta
T.me/ummonq/587

Bir zum to`xta,
Agarda qaytib kelmasang, to`xta!
Bu yuragim ol, senga sovg`a,
Uni manga umuman keragi yo`q.

Chunki unda
Yashamoqda yolg`on va’dalar,
Qora qoshu sochi sumbullar,
Ichi to`la sog`inchu qayg`ular.

Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)

Bir zum to`xta,
Qaysi yo`l bilan ketmoqdasan?
Mani kimlarga, ayt, alishmoqdasan?
Nahotki yuragingda endi men emas?
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas.
Daraxtlardan to`kilib bo`lgan xazonlar,
Barglarga burkanib yotar biz o`tirgan o`rindiqlar.
Ularning tagida sog`inchu azoblar,
Nobud bo`lib bo`lgan tuyg`ular.

Agarda bo`lsang baxtiyor,
Mayli, mani eslamay ham qo`yaqol.
Faqatgina bitta dona iltimosim bor –
Bu yuragim seniki, uni o`zing bilan olvol.

Va doim asra,
U seni deb uradi yil, oy,
Hafta, kun va har bir daqiqa,
Uni sendan ortiq hech kimi yo’q hayotida.

Bir kun kelib, sog`inganim,
Meni yo`qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog`ingan – men,
Mensiz baxtli yurgandirsan? (x2)

@ummonim
Ummon - Bostima bosti
T.me/ummonq/216

Mana shu qiliqlaringdan to`g`risi to`ydim,
Qalbimda ismingni o`chirdim, qo`ydim.
Yuragimning ustidan bostima bosti,
Bo`larim bo`lib bo`ldi, agar aytsam rosti.

O`, yuragimda alang olar olov,
Umuman aytsam, manga farqi yo`q,
San maning yonimda yoki yo`q?
Asalimo.

Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo`q mani, yo`q mani,
Ko`zimga qarama, ko`zlarim o`q mani.

Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo`q mani, yo`q mani,
Ko`nglimga qarama, ko`nglim doim to`q mani.

Bir bor, bir yo`q bo`lib yurishlaringdan to`ydim,
Ko`zlaringning domidan qutildim, qo`ydim.
Yuragimning ustidan bostima bosti,
Sani deb o`zimni ham unutib qo`ydim.

E qo`y-e, undan ko`ra uzoqroq bo`laylik-e,
Bir-birimizni ortiq ko`rmaylik-e,
Baribir hayot davom etaveradi-e,
Asalim-e.

Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo`q mani, yo`q mani,
Ko`zimga qarama, ko`zlarim o`q mani.

Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo`q mani, yo`q mani,
Ko`nglimga qarama, ko`nglim doim to`q mani.

@ummonim
Ummon - Boylik
T.me/ummonq/583

Aytgin ne kerak,
Bu yuragim seni majburlamaydi.
Senga men kerak
Yoki boylik afzal, aqlim yetmaydi.

Mayli, ketsang ket,
Ortiq bu yuragim bardosh bermaydi.
Sen meni sevmaysan,
Buni bilib yashash qiynaydi.

Senga bir so’zim qolmadi,
Yetmadi qo’lim, yetmadi.
Senga ne afzal, bilmayman,
Boylik yoki men, anglolmayman. (x2)

Nega qo’yvorolmayman,
Ketaver deyolmayman?
Bilaman, meni sevmaysan,
Sevilib yasholmayman.
Hammasi jonimga tegdi,
Senga so’zim qolmadi.
Mayli, endi ozodsan,
Seni sevishimdan chekinaman. (x2)

Ketaver, tushganda kulfat boshimga,
Albatta, hammasi yaxshi edi kelganingda qoshimga.
O’xshar eding sirdoshimga, umr yo’ldoshimga,
Hammasi tutun bo’lib, uchib ketdi osmonga.

Dard o’rab oldi mani to’r bolib,
Sani sevar edim, ko’zlarim ko’r bo’lib.
Yomgir yog’a-yog’a aylanib ketdi do’l bo’lib,
Turardim xo’l bo’lib, atrofim do’l bo’lib.

Senga bir so’zim qolmadi,
Yetmadi qo’lim, yetmadi.
Senga ne afzal, bilmayman,
Boylik yoki men, anglolmayman. (x3)

Nega qo’yvorolmayman,
Ketaver deyolmayman?
Bilaman, meni sevmaysan,
Sevilib yasholmayman.

Hammasi jonimga tegdi,
Senga so’zim qolmadi.
Mayli, endi ozodsan,
Seni sevishimdan chekinaman.

Sening va mening oramizda to’siq yo’q,
Sening va mening oramizda to’siq yo’q.

@ummonim