Umid Gulshani MChJ .Sanatoriya
712 subscribers
3.58K photos
1.05K videos
38 files
200 links
Умид гулшани санаторияси" МЧЖ . Манзил: Тошкент вил.Қибрай тумани А.Навоий кўчаси 1 уй.


🌸 @RozibayevnaG
📞Тел:+998 97 704 66 32
Download Telegram
#JAVOBLAR 👆👇

1. Muzli g'or.

Bu sizning qalb xotirjamligini qidirayotganingizning belgisidir. Siz yolg'izlikdan va hayotda keraksiz bo'lib qolishdan qo'rqasiz. Boshqa tomondan, agar ushbu g'or sizda qo'rquv uyg'otgan bo'lsa, u holda siz ichki tomondan o'zingizni o'z o'rningizda his qilasiz va to'g'ri yo'ldan ketayotganingizni bilasiz. Bundan tashqari, ushbu yo'lni tanlash siz mehr-muhabbat izlayotganingizni anglatadi, sizga g'amxo'rlik va iliqlik yetishmayapti.

2. Tunnel.

Agar bu rasm sizda qo'rquv uyg'otgan bo'lsa, demak, hayotda o'zingizni namoyon etish qiyin kechadi. Siz o'z dunyoyingizda adashib qolasiz, his-tuyg'ularingizni va fikrlaringizni ifoda etishingiz, odamlarga ishonish qiyin. Siz barcha his-tuyg'ularni ichingizda saqlashga moyilsiz. His-tuyg'ularingizni oshkor qilishni o'rganing, shunda hayotingiz ancha osonlashadi.

3. Tashlandiq bino.

Siz kuchli va aqlli odamsiz. Ammo bu tanlov sizni yopiq odam sifatida tavsiflaydi. Ba'zan siz bu dunyodan qochib ketasiz va hatto eng yaqin odamingizni ham yoningizga yo'latmaysiz. Siz o'zi o'ziga yetarli va talabchan odamsiz. Shunga qaramay, siz ko'proq ochiq va hissiy hayot kechirishga, ko'proq muloqot qilishga intilasiz.

4. Yog'och uy.

Agar siz ushbu buzilib ketgan uyning eshigidan qo'rqsangiz, bu yaxshi alomat. Ayni paytda siz sevgi va nafosatga to'lasiz, bularning barchasini kim bilandir baham ko'rishingiz kerakligini his qilmoqdasiz. Yaqinlaringiz uchun ko'p narsaga tayyorsiz. Moliyaviy ahvolingizdan xavotirdasiz. O'zingiz xohlagan narsaga erishish uchun uzoq yo'l bosib, fikrlaringiz ustida ishlashingiz lozim.

5. Quduq.

Quduqqa tushib ketishdan qo'rqasizmi? Siz o'zi o'ziga yetarli va o'ziga ishongan odamsiz. Yopiqlik, cheklashlar va erksizlikdan qo'rqasiz. Hayotda sizga sarguzasht, quvonch va ijobiy his-tuyg'ular yetishmaydi. Katta ehtimol bilan, ayni paytda siz qanday hayot kechirayotganingizdan bezovtasiz. Qafasni sindirib, o'zingiz xohlagan tarzda yashashni boshlang!

6. Quyon uyasi.

Siz noaniqliklardan qo'rqasiz. Siz o'zingizni izlayapsiz, missiyangizni tushunishingiz, o'z maqsadingizni bilib olishingiz va hayotingiz mazmunini topishingiz siz uchun juda muhim. Siz o'zingizni o'rganishni va nima bo'layotganini tahlil qilishni yaxshi ko'rasiz.

7. Yerto'la zinapoyasi.

Ushbu yerto'laga kirishdan qo'rqasizmi? Katta ehtimol bilan, yaqinda ketma-ket omadsizlikdan aziyat chekdingiz, siz bilan ko'ngilsiz hodisalar yuz berdi, juda ko'p azob chekdingiz. Zina hayotning izdan chiqib ketishini, to'kilgan barglar - hayot bosqichlarining o'zgarishini anglatadi. Bu degani, siz hali ham o'tmishdagi fikrdasiz. Ichingizda qo'rquv bor - muammolaringiz doimo ergashib yurishidan qo'rqasiz. Aslida ularni o'zingiz bilan siz olib yurasiz. O'tmishni, xafagarchilik va salbiylikni qoldiring va ijobiy narsalar haqida o'ylashni boshlang.

8. Qamoqxona eshigi.

Qamoq - bu nafaqat mahkumlikning ramzi. Bu, shuningdek, siz o'rgangan hayotdan farq qiladigan boshqa hayotning belgisidir. Ushbu tanlov sizni mehnatsevar va qat'iyatli inson sifatida tavsiflaydi. Siz qadam-baqadam muvaffaqiyatga borasiz, aniq maqsadlaringiz bor. Ammo qalbingiz tubida hotirjamlik, yengillik va qulaylikni xohlaysiz. O'zingizga tanaffus bering!

@umidgulshani_sanatoriyasi