Umaroff | Blog.
127 subscribers
1.09K photos
234 videos
58 files
455 links
Personal blog.

Thoughts, attitudes, feelings...

I write about everything what seems important.

I'm not copywriter. many mistakes but I don't care.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
​​Ҳар биримиз омонатмиз, жонимиз омонат, севган танамиз, кўзларимиз, қўл ва оёғимиз омонат аслида...

Ота ва она, болалар, севган инсонларимиз, улар ҳам бизники эмас... Эгалик қиламан деманг, ўз танасига эга бўлолмайдиган ҳақиқатда яшаяпсиз. Ҳаммаси вактинчалик, ҳаммаси.
Синовдамиз. Ношукурлик ва майда чуйда учун аразлашиб, уришиб, талашиб умрингизни ўтказманг. Абадий эмасмиз.
Ҳақлигингизни исботлаш учун келмагансиз бу ерга.

Севинг, севилинг, мехр улашинг, яхшилардан бўлинг, сизни қадрлайдиган инсонлар борлигига шукр килиб,
ҳаммаси учун миннатдор бўлиб яшанг. Ухлаб, қайта уйгонишимизни хатто билмайдиган, нодонлармиз.
Хақиқатни инсонларда эмас, ҳакикатни Аслиятда изланг.
У - Хакикат, қолган ҳаммаси сароб…


👉🏻@TOZA_TOSHKENTLIKLAR- ТОШКЕНТДАГИ ЭНГ КАТТА КАНАЛ! БИЗГА ҚЎШИЛИНГ
2
Forwarded from TROLL.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonlik Yasmina Husniddinova “Britain’s Got Talent” ko’rsatuvida ishtirok etibdi.

Juda ajoyib kuylabdi. Ko’rib rosa xursand bo’ldim.

—-

Ясмина Хусниддинова из Узбекистана приняла участие в программе ”Britain’s Got Talent”

Очень крутое выступление! Рад за нее!

@trolluz
4
Non, 3ta

Ertalabgi non-ushta:
- Qaymoq bilan non.
- Saryog’ bilan non..
- Tuxum bilan non
...

Kunimiz non bilan boshlanadi.

Bizda nonni e'zozlash, ko’zga surtish - qaysidir ma’noda “ilohiylashtirish” bordek tuyuladi.

Nasroniylar 7 eng katta gunohlardan biri deb - “glotony” (bo’kib ovqatlanish) Yaratgandan uzoqlashtiradi deb ishonadi.

Bir likopcha ovqatga to’yamiz, non qo’shib ortiqcha yeymiz. Bo’kkan inson fikrlashga qiynaladi, tafakkur qilish buyoqda tursin.

Balki oshirib yuborayotgandirman, xuddi hozirgi nonlar xamiriga o’xshab. U nonlar lanj qiladi.

Tetik bo’ling.
4👍1
Bugun radioda qiziq muhokama bo‘ldi. Bloggerlarning "ideal hayoti" aslida shunday emasligini, Instagram haqiqatni bo‘rtirib ko‘rsatishini aytishdi. Men bir jihatga qo‘shilmadim.

Ko‘p bloggerlar hayotidagi qiyinchiliklarni ham ochiq aytadi. Chunki bu ham auditoriyaga qiziqarli. Shaxsiy kurashlar, og‘ir onlar — bularni ulashish ham kontent. Demak, muammo yolg‘onda emas.

Lekin asosiy saboq bilan qo‘shilaman: bunday hayotni kuzatishning salbiy taʼsiri bor. Odamlar o‘zlarini bloggerlarga solishtiradi, va bu haqiqiy psixologik yukka aylanadi.

Faqat mening o‘ylashimcha, bu muammoning ildizi boshqa yerda. "Barchasi yolg‘on" deb inkor etish — oson yo‘l. To‘g‘ri yo‘l esa tan olishdan boshlanadi: ha, o‘sha kichik qatlam hayoti chindan ham shunday — rang-barang, boy, qiziqarli. Bu haqiqat.

Muammo: unga erishish hammaga teng emasligida.

Odamlar bloggerlarni boshqa sayyoralikdek, erishib bo‘lmaydigan orzudek ko‘rib kuzatishmaydi. Idealda, bloggerlarni did sabab kuzatishligi kerak. "Bu zo‘r joy ekan, boraman", "bu yaxshi tovar ekan, olaman", "bu kiyim menga ham yoqadi, qidiraman." Blogger hayoti imitatsiya qilinadigan model. Auditoriya xaridor sifatida qaraydi, orzu qiluvchi sifatida emas. bloggerlarga ham aynan shu mazza: odamlar ularni qaytaradi, ularning didini ko‘chiradi.

Hozirgi muammo esa, imitatsiya qilishga ko‘pchilkda imkoniyat yo‘q. Xohish bor, did bor, lekin iqtisodiy zamin yo‘q. Oylikdan oylikka zo‘rg‘a kun ko‘radigan, lekin mehnatsevar odamlar uchun bu ko‘pincha mutlaqo imkonsiz. Ko‘pchilik oyligini hisoblasa, uy sotib olishi ham hom xayol.

Demak, masala instagramda emas. Masala, o‘sha chiroyli hayotni faqat tor bir qatlam emas, ko‘pchilikka yetkazishda. Agar bazaviy iqtisodiy ehtiyojlar qondirilsa: uy, barqaror daromad, kelajakka ishonch — o‘sha did ham, o‘sha imitatsiya ham imkonga aylanadi. Buning uchun mamlakat boyishi kerak. Hammani qamrab oluvchi iqtisodiy o‘sish kerak. Shundagina o‘sha ko‘zgu kengroq qatlamni aks ettira boshlaydi. "Bunday hayot aslida mavjud emas" deyish sal yolg‘on gap, asl gap shundaki, bunday hayot bor, lekin juda kam odam hozirda erisha oladi.
5🔥1
Bugungi imperiyalar hududlarni emas, inson ongini egallaydi. Va biz bu urushda yutqazyapmiz. Eng qizig‘i, uning borligini ham ko‘pchilik sezayotgani yo’q.
Umaroff | Blog.
Photo
miyani chiritadigan narsalarni tashla. trolllarni kuzatishni bas qil. insho o‘qi. mavzuga chuqur kir. qiladigan ishlar ro‘yxatini yoz. eski kitoblarni o‘qi. eski filmlarni ko‘r. telefonni chalg’itmaydigan rejimiga qo‘y. maqsad bilan yur. ovqat payti youtube ko’rma. yaxshilab chayna. mashqni musiqasiz qil. 15 daqiqa reja qil. keyin bajar. stolingni tartibga keltir. matnlarni qadimiylarini o‘qi. tez harakat qil. tirikchilik qil. toza ovqat ye. kundalik yoz. kimgadir yordam ber. kod yozishni o‘rgan. she’r o‘qi. ijod qil. o‘zingni bos. nutqingni yaxshila. ishni samaraliroq qil. samimiy bo‘l. odamlarga yordam ber. mehribon bo‘l. vaqtingni bekor sarflaydigan narsalarni tashla. intuitsiyangni eshit. obro‘ yig‘. ishontirishni o‘rgan. kuningni tizimga sol yoki solma. yoz. yana yoz. yana ko‘proq yoz. qayta ishlashdan qo‘rqma. telefonni uyda qoldir. do‘konga piyoda bor. begona odam bilan gaplash. kitob do‘konlariga kir. 1800-yillar romanlarini qidir. san’atni his qil. keyin sev. g‘iybat qilma. yaxshi xulq bilan yasha. ba’zida yolg‘iz o‘tir. hayoting bilan nimadir qil. nima yaratmoqchisan. ba’zida miyani o‘chir. o‘yna. sport bilan shug’illan. jang sporti bilan. daraxtlarga qarab shakllarni ko‘r. sevib qol. stoldagi naqshlarga qaragin. ko‘z oldingda tasavvur qil. hurmat bilan gaplash. nafratlanma. mehr bilan yashagin. soxta bo‘lma. o‘zing bo‘l. yaxshi tomonlaringni ol, keraksizini tashla. rad etilish abadiy emas. o‘zingga mos narsalarni tanla. mos kelmaganini qabul qil. buyuk odamlarni o‘qi. boshqacha bo‘l. boshqacha tanla. katta ish qil. ishga berilib ket. vaqtingni qadrlagin. hayotni yashab ko‘r.
🔥21
Umaroff | Blog.
Photo
(Yandex xaritasi, navigatorni eslang) Navigator nazariyasi haqiqiy muxlisiman. Burilishni o’tkazib yuborsangiz navigator sizni koyimaydi, yo’lni qaytadan quradi (marshrut perestoriyin). Sanoqsiz noto’g’ri yo’lga burilaversangizda, u to’g’ri ketishni boshqa yo’llarini topadi. Xatolar qilasiz, tabiiy, lekin borar manzilingiz o’zgarmaydi. Borar yo’l o’zgaradi.
2🔥1
3🔥2
“A fit body. A calm mind. A house full of love. These things cannot be bought. They must be earned.” - Naval Ravikant
4🔥2
7🔥1
Read
4👎1
Agar omadimiz kelsa 700,000 soat yaxshirkanmiz bu hayotda
3
I’ve already lived 289 080 hours of my life
🔥32
Кун ҳикмати

ЗАРРА ИЧИНДА


Агар одам астрономиядан бироз хабардор бўлса, у Ер шарининг коинотда нақадар кичик бир зарра эканини англайди.
Ер шари чексиз фазода ростдан ҳам жуда кичик, ҳатто кўзга кўринмайди. Аслида инсонлар учун коинотдаги ана шундай бир зарра ичида талашадиган ҳеч нарса йўқ.

Аббос СОДИҚОВ,
астроном

Манба: Маънавий ҳаёт" журнали, 2014 йил, 2-сон
🔥3👍1
Forwarded from Full NINERS course
📝 12 ta jonli Exclusive Writing darslar (W 9.0 va 8.5 ustozlar bilan)
🎧 Listening & Reading uchun real imtihon testlari
🗣 Speaking uchun Band 9.0 darajadagi namunalar
💻 Ustozingiz o'rgatmagan texnikalar

- Ingliz tilini o‘rganayotgan va IELTS yoki Multilevel imtihonlariga tayyorlanayotgan do‘stlaringizni ham taklif qiling!
https://t.me/IELTSCDI_bot?start=3575023
1🔥1
Bolani Urishmang (1-qism) podkastidan eslatmalar

O'smirlarning o'zgarib qoladigan xulqi yangilik emas. Aslida o'smir yoshida bola o'sha paytgacha berilgan tarbiyani ko'rsatadi.

Unga qanday zug'm qilgan bo'lsangiz, endi u o'zida quvvat his qilishi bilan o'zingizga qaytarib ko'rsatadi.

O'smirlik paytigacha dunyoni qanday tanitgansiz? Bola dunyoni siz orqali taniydi.

Bola to'rt-besh yoshdan dunyoni tanishni boshlaydi. 12 yoshgacha 70% shakllanib bo'ladi.

Ko'pchilik ulamolar 10-20 yosh orasida asosiy ilmlarini o'rganib bo'lishgan. Bugun-chi? Bugun 20 yoshni ham yosh bola deb bilamiz.

Kaltak bilan tarbiyalash qonuniyatga zid. Inson otmas. Hatto ot ham kaltak yeyavergandan keyin gapga kirmay qo'yadi.

Tarbiyani ota-ona o'zidan boshlashi kerak. O'zining nafsiga kuchi yetmagan kishi qanday qilib bolaning nafsiga kuchi yetadi?

Bola o'zingizga ko'zgu. Siz vaziyatlarga qanday munosabatda bo'lasiz? Bola shuni norma deb biladi. Unda kamchilik ko'rsangiz, o'zingizga boqing.

Bolaga sizdan boshqa namunalar bor. Uning ma'naviy olamiga sizdan tashqari kimlar ta'sir o'tkazyapti?

Jismini asrashga to'xtovsiz harakat qilamiz. Qayerdaligidan har doim xabardor bo'lishimiz kerak. Lekin ruhi-chi? Ruhi tanadan oliyroq. Ruhi nima bilan oziqlanyapti?

Xuddi nima yeyish mumkin-mumkinmasligini tanitganimiz kabi bolaga ma'naviy ozuqasini ham tanitishimiz kerak. Yema degan gapimiz o'tmaydi. Negaligini izohlab beramiz.

Nafsini foydaliroq va afzalroqlari bilan to'ydirib, keyin yemasligini aytamiz. Xuddi toza narsalar yeb yurgan bola kir narsani yeyishga ko'ngli tortmagandek, qalbi sof ozuqa bilan to'yingan bola buzuqliklarga yurmaydi.

Aqlga ozuqa bilan qalbga ozuqa har doim ham bir xil bo'lmaydi. Qalb ezgulik––o'zining manbasidan ozuqa oladi. U to'g'ri bo'lsa, aql to'g'rilanib ketaveradi.

Bolani jiddiy olish kerak. Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajidning dadalari ularni hatto sizlagan ekanlar. Qattiqroq chora ko'rish kerak bo'lsa, onalarini ishga solgan ekanlar =)

Man qilish ishlamaydi. Nazoratingizda bo'lmaganda baribir qiladi.

To'xtovsiz taqiq ijodkorlikdan to'sadi.

Bizda ta'qiq juda kuchli. Xato qilishiga qo'ymaymiz. Jerkib urishib beramiz. Lekin inson his-tuyg'uga ega. Unda qalb bor.

Bir kishini to'g'rilayotganda uning qalbiga murojaat qiling. Aqliga emas. Zarba bersangiz, u inson: o'zingizga zarba qaytaradi.

Taqiqning o'rniga ma'qullash va qiziqtirish kerak.

Fikrlashiga, aka-opalari bilan kurashishiga yo'l qo'yib bering. Bir nima qilishini xohlamaganingizda ham, tushuntiring. Yoshiga qarab samimiy munosabatda bo'ling.

Izolyatsiya bilan boshqarib yoki tarbiyalab bo'lmaydi.

Bolalaringiz sizning boyliklaringiz. Ular bilan orangizga devor qurmang. Lekin pardani saqlang.

Inson sifatida teng ko'ring. Achchiq-tirsiq bilan jerkiganingizda taxtingizdan tushasiz.

Farzandingizga minnat qilmang. O'zi ota-ona sifatida nima yaxshiliklar qilganingizni anglaydi. Anglamasa, aytgandan foyda ham yo'q.

O'zingizni qancha baland olsangiz, pasayib ketaverasiz.

Aksincha, o'zingizni past olib, nuqsonlaringizni anglab, ularni ustida ishlar ekansiz, yuksalaverasiz. Bola bilan ham shunday.

Ota-onaning boladan kechirim so'ramagani ma'qul. Ayrim ma'lumotlar aytilmasdan qolgani ma'qul.

Chunki kechirim tobelik deb fahmlansa, munosabatni buzadi. Uning o'rniga xatoyingizni tan olsangiz, yaxshiroq.

Xatoni tan olish va kechirim so'rash boshqa-boshqa narsalar.

Ota-onaning kamchiligi gapirilmaydi. Ular sizga borini bergan. O'zini o'zi qo'lidan kelgancha tarbiya qilgan.

Borlariga shukr qilib, himmatni o'zingiz qilasiz. Ular 30dan 70 qilgan bo'lsalar, shuni 100 qilish o'z zimmangizda.

https://youtu.be/VWzAwURxUs4
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тил билган эл билади

Инстаграмда бу япониялик йигитни танисангиз керак, у жуда кўп тилда гаплаша олиши билан машҳур. Нечта тил билишини ўзиям билмаса керак. Кўчада ўзига ўхшаб кўп тил биладиган тарихчи чиқиб қолиб, хар ҳил тилда суҳбат қуришди. Қизиғи, Ўзбек тилини ҳам билишаркан.

@yangiyolliklar
5🔥3👍2
5