Umaroff | Blog.
126 subscribers
1.09K photos
234 videos
58 files
455 links
Personal blog.

Thoughts, attitudes, feelings...

I write about everything what seems important.

I'm not copywriter. many mistakes but I don't care.
Download Telegram
So’rashga arzigulik savol

Bir dona, agar mabodo sodir bo’lsa, barchasini o’zgartirib yuboradigan o’sha bir dona narsa nima?

Bu savolga yagona javob aslo yo’q.

Turli inson uchun turlicha javoblar.

Kim uchundir 20kg ozish, kim uchundir 20ming dollar pul topish, kim uchundir umr yo’ldosh, yana kim uchundir o’qishga kirish. Duunyoda sayohat qilish. Yana kim uchundir ichkilikni tashlash. Yana kim uchundir otasini rozi qilish. Yana kim uchundir depressiyadan qutulish…

Biz xohlaydigan katta o’zgarishlar bir kunda sodir bo’lmaydi.

O’sha bir dona narsani aniqlab, o’sha maqsad tomon har kuni 1cm dan bo’lsada harakat qilish bizni maqsadimizga olib boradi.

Ko’pchilik butun yo’l xaritasini oldindan aniqlab olish kerak deb o’ylaydi. Hamma uchun ham unday emas.

Asosiy kalit boshlashda va harakatdan to’xtamaslikda.

Yo’lda ketish davomida xaritani chizib boriladi. Tajriba ortib boraveradi.

Katta o'zgarishlar uchun juda uzoq yillar kerak deb o'ylaymiz. Unday emas. 2 yilda katta o'zgarishlar qilish mumkin.

U baribir o'tib ketadi...
3🔥2
Ислом дини кучли мафкура! аммо

Ислом дини тарих саҳнасига чиққан пайтдан бошлаб кучли идеологик тизим сифатида шаклланган. У ибодатлар мажмуаси доирасидан чиқиб, ҳуқуқ, сиёсат, ахлоқ ва давлат бошқарувигача кириб борган улкан мафкурага айланган. Шу сабаб Ислом асрлар давомида жамиятни тартибга солиш, оммани бир қоидага бўйсундириш ва кучли ижтимоий назорат ўрнатиш имкониятига эга бўлган.

Тарих жараёнида араблар сиёсий жиҳатдан бир неча бор заифлашган. Форслар, туркий сулолалар, кейинроқ чор Россияси минтақага ҳукмронлик қилган. Лекин бу ўзгаришлар Ислом динининг мафкура сифатида йўқолишига олиб келмаган. Сиёсий марказ ўзгарган, диний таъсир сақланиб қолган. Туркийлар ва форслар Исломни қабул қилган ҳолда уни давлат мафкураси даражасига кўтарган, унинг тарқалишида фаол иштирок этган.

Бироқ XV асрдан кейин инсоният тафаккурида туб бурилиш бошланган. Европада Руҳонийларга бўлган ишонч пасая борган, инсон табиатни тажриба, кузатиш ва ҳисоб-китоб орқали ўрганишга ўтган. Шу даврдан кейин ихтиролар, кашфиётлар, илмий тажрибалар жадал суръатларда пайдо бўла бошлаган. Фан, технология ва саноат дунёнинг асосий ҳаракатлантирувчи кучига айланган. Бу жараён Ислом динига таянган давлатларга ҳам ўз таъсирини ўтказа бошлаган.

17-асрдан бошлаб, динлар, жумладан Ислом дини ҳам, аввалги каби тафаккурни белгилаб берадиган ягона марказ сифатида қабул қилинмай қўйган. Одамлар жавобларни осмондан кутиш ўрнига, заминдан излашга ўтган.

Масалан Ислом динининг аслий мазмуни бўлган адолат, ростгўйлик, илмга интилиш, ахлоқий поклик каби шартлари оят ва ҳадисларда қолиб кетаяпти. Одамлар диндорликларини ташқи кўринишларида ва либосларида намоён этишмоқда. Чин дилдан самимий мусулмонлар эса орамизда йўқ!

Ҳабибулла Файзуллаев, Исломшунос олим, тарих фанлари доктори.
2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Боланг Росияга бормасин!

🚀 @adolat_kuychisi — Адолатсизликка қарши бирга курашамиз!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Diyorbek's IELTS (Diyorbek)
Anthony Gustin’s Annual Review.docx
25.9 KB
If you want to reflect on the year that’s coming to an end and set goals for the upcoming one, this is one of the best guides I’ve found online. And it’s completely free — no course to buy.
1
Forwarded from Malikov Writes | 9.0 (Sirojiddin Malikov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imagine talking English like that after getting a 9.0🤣
😁4
Forwarded from Parallel Muhit
12 oy uchun 12 insho.pdf
91 MB
Marhamat, kitobingiz⚡️

A4 qog‘ozga chiqarib o‘qishingizni juda xohlardik.

Hech qanday ekranlarsiz, hech qanday chalg‘ishlarsiz.

Eslatma: Matn kattaligi A4 qog‘ozga to‘liq chiqarish uchun mo‘ljallangan.
1
Audio
Qilishingiz mumkin bo‘lgan eng zo‘r ish:
• Insholarni A4 ga chop etish.
• Quloqchinlar taqish
• Audioni x1.5 tezlikka qo‘yish
• Bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham eshitish.

Foydasini bittada ko‘rasiz⚡️
2
Forwarded from Parallel Muhit
🤫Qo'shimchasiga:
@parallelmuhit da har bir inshoni audiosini alohida tashlab boramiz.

Va endi siz bu 12 inshoni websitimizda doim tekinga o'qishingiz mumkin:

🧠 Fikrlashini o'zgartirmoqchilar uchun:
parallelmuhit.uz/siqilish
parallelmuhit.uz/jarlik
parallelmuhit.uz/premium
parallelmuhit.uz/quruvchi

💪 Harakatlarini o'zgartirmoqchilar uchun:
parallelmuhit.uz/sinov
parallelmuhit.uz/tiniqlik
parallelmuhit.uz/zor
parallelmuhit.uz/uzoqqa

🥶 Shaxsini o'zgartirmoqchilar uchun:
parallelmuhit.uz/glutaman
parallelmuhit.uz/qoriqchi
parallelmuhit.uz/status
parallelmuhit.uz/korinish
parallelmuhit.uz/hassa

😶🌫 Tanib bo'lmas darajada o'zgartirmoqchilar uchun:
parallelmuhit.uz/yuk
parallelmuhit.uz/qomusiylik
parallelmuhit.uz/yollar

Rivojlanish yo'lida ko'rishguncha.
1
Yangi yilda birorta rejangiz o’xshamaydi

Agar…

Kunlarni ilohiylashtirishni to’xtatmasangiz.

“Yangi yildan boshlayman”

“Xafta boshidan qilaman”

“Oyni boshidan bajaraman”

Siz aytayotgan paytlarda, havo yaxshilanib, suvlar tozalanib qolmaydi.

Oddiygina, qilmoqchi bo’lgan ishingizni ma’lum muddatga kechiktirganingiz qoladi halos.

Erta kafolatlanmagan, shunga bugundan boshlash eng to’g’risi.

Kelayotgan yil muborak bo’lsin
7
1/365
5
Приглашаем на восхождение на сюрената (2042 м) — почувствуйте, как сердце бьётся в ритме высоты, а на вершине нас ждёт тёплый чай и горная тишина

Запись и подробности:

📞 +998 94 213 91 11
✉️ @elyor_gory

Программа тура доступа по ссылке внизу 👇

СЮРЕНАТА 2042М
4
Endi ko'p onlayn bo'lish, pulimiz va imkoniyatlarimiz cheklanganining belgisi. Ko'p oflayn bo'lish, erkinligimiz, daromadimiz, fikrlashimiz cheklanmaganining belgisi.
6
Health, Love, and your mission, in that order. Nothing else matters.
4
"Desire is a contract with yourself to be unhappy until you get what you want." I'll be god damned if that isn't the most resonant shit I've heard all year.
3
The things you love about others are the things you love about yourself. The things you hate about others are the things you cannot see in yourself.
3
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Negativ maqsad

2010-yil.
Umrimda birinchi marta Yevropaga chiqqanman. Shvetsiyada o‘qiyman, yotoqxonada yashayman.

Va umrimda birinchi marta uyimda doimiy issiq suv bor edi.
Oddiy tuyuladi, lekin men uchun bu shok bo‘lgan.

Shunda ichimda bitta qat’iy qaror tug‘ilgan:
“Qayerda bo‘lsam ham, endi hech qachon issiq suvsiz uyda yashamayman.”

Bu orzu emas edi. Bu – og'riqdan qochish edi.

+++++++

Mavzuga jiddiyroq qarasak

Biz katta orzular qilamiz, katta maqsadlar qo‘yamiz, rejalar tuzamiz.

Lekin baribir joyimizdan qimirlamaymiz.

Nega?

Chunki insonni qattiq harakatga keltiradigan narsa – orzu emas, og‘riq.

Shamollaymiz, isitmamiz chiqadi. Isitma foydali bo‘lsa ham, darrov dori ichamiz.

Nega?

Chunki bosh og‘rig‘ini xohlamaymiz.

Boy bo‘lishni orzu qilishdan ko‘ra, kambag‘al bo‘lib qolmaslik uchun odam ko‘proq harakat qiladi.

Yuqori komfortga intilishdan ko‘ra, xorlikdan, qaramlikdan, uyatdan qochish kuchliroq turtki beradi.

Atrofimizda biz hurmat va havas qilgan tadbirkorlar bor. Ular bilan yaqindan suhbat qilsak bir narsani tushunamiz. Ularning tadbrikorlik orzularidan ko’ra kattaroq og’riqlari bor. O'sha og'riqlar ularni katta ishlar qilishga undaydi.

Inson ko‘proq baxt tomon emas, azobdan qochishga harakat qiladi.

(Biz aytayotgan tushunchani Kahneman/Tversky Yo'qotishdan qochish - loss aversion deb ataydi)


++++++++

Demak biz orzularimizdan ko’ra og’riqlarimizni topishimiz kerak.

Qanday topamiz?

3 dona savol bilan

1. “Men qanday hayotda yashashni xohlamayman?”
Qaram bo‘lib yashash? Qarzdor? Boshqalarga yalinib? Imkoniyatsiz? O‘zini hurmat qilolmay? Qog’oz-qalam olamiz, yozamiz.

2. “O’sha hayotga tushmaslik uchun hozir nima qilishim kerak?” Javoblarni yozamiz.

3. “Nega harakat qilmayapman?”
Yengni shimarib, ishga kirishamiz.

Shunda barchasi o'zgarganini his qilamiz.


Bek Olimjon
09.01.26
Norvegiya
4