Omar Xalil
10.9K subscribers
1.18K photos
445 videos
22 files
361 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Keyingi savol tushadi, sukut saqlanglar
🕊8👨‍💻5
3-savol ham oddiyroq. Yorug’lik tezligida qo’l harakati lozim bo’ladi.
🔥7❤2
3-Savol:

Yusuf alayhissalom qaysi ukalari bilan bir onadan tug’ilganlar?

Javob topildi: Binyamin
🔥11🕊1
Kimdir uchinchi savolni javobiga shoshilganidan Bunyod deb yozvoribdi 😁
😁17🙈5❤1🔥1
Savollar murakkablashadi endi. Keyingi savolda ikkitalik javob berish kerak. Shu uchun javobni bitta smsda bering, ikkiga bo’lib berilgani qabul qilinmaydi. Tayyor turingizlar
👍13🫡3❤1
4-Savol:

“Robbim, ko’ksimni keng qil. Ishimni menga oson qil. Tilimdagi tugunni yechib qo’y. Toki ular so’zimni tushunsinlar”.

Ushbu duo qaysi payg’ambar tomonidan aytilgan va qaysi surada kelgan?

Javob topildi: Muso alayhissalom va Toha surasi
🔥9❤2
Keyingi savol tushadi tayyor turinglar…
❤14
5-Savol:

Islomda tan olinmaydigan, ammo nasroniylikda Iso alayhissalomga nisbat beriladigan to’rt kanonik injilning mualliflari kimlar?

Javob topildi: Mark, Matto, Luka, Yuxanno
🤷‍♀13🔥5
Bunaqa vaqt oralig’i va tezlikda yozish uchun telepatik qobiliyat bo’lishi kerakmi? 🙄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁22❤2
Keyingi savol tushadi tayyor turinglar
🔥7🙈4❤2💔2🫡2👍1
6-Savol:

Qaysi payg‘ambar qissasida uning qavmi bir kunda emas, uch kunlik muhlat tugagach azobga duchor bo‘lishi aytilgan?

Javob topildi: Solih alayhissalom
❤13
Nega audiokitoblarim sotilmayapti desam hamma viktorinada yutish uchun kutib o’tirarkandan. O’z oyog’iga bolta urish deb shuni aytadida 🤧
😁24💯3🤣2❤1
Uzura, kommentlarga mijozlar kelib qolishgandi. Chakana savdo degandey, to’g’ri tushunasizlar
😁21🙈4🔥3❤1
6 ta urinishda ham javob berishga ulgurmagan va 7-savolga umid bilan tayyor turganlar oxirgi savolni tashlayman. Tayyor turingizlar
🤣20❤7👀4💔2
7-Savol:

Qaysi payg‘ambar o‘zining qariganini, suyaklari zaiflashganini, sochlari oqarganini aytib, farzand so‘ragan?

Javob topildi: Zakariyo alayhissalom
❤3
7 ta urinishda ham topolmaganlar, adminimiz himmat qilib yana audiokitob aksiyasini qilsa, o’shanda yana viktorina tashkillaymiz. O’shanda omadingizni yana sinab ko’rasiz. Hozircha hammaga rahmat! Sog’ bo’lasizlar!

Aytgancha, hadyalarni adminimiz berib qo’yadi g’oliblarga.
🔥18❤10😎2
Mariya 4-qism
Omar Xalil
“Mariya” audioromani

Muallif: Omina Şenliköğli

4-qism

Ijrochi: Omar Xalil
❤11🤩6🔥5👍3🕊3
4 - Maktub
Omar Xalil
#Audiomaktub

“Maktublar” loyihamizga obunachilardan kelgan 4-maktub

“Men ham bir kun mehr ko'ramanmi?”

Ijrochi: Omar Xalil
❤19😢13🔥3
2023 yil telegram kanalimda obunachilar eng yuqori nuqtaga yetgan payt edi. 2021, 2022 va 2023 yilning birinchi yarmidagi sermahsul ijod obunachilar ko’payishiga sabab bo’lgan. 2023 yilning avgust oyida internetdagi blogerlar faoliyatini monitoring qilish bilan shug’ullanadigan Shayxontohur tuman IIBdan chaqiruv qog’ozi keldi. Suxbatga borganimda stol ustiga meni eng mahshur kontentlarim bo’yicha “Delo” tashlandi va ko’rib chiqishimni aytishdi. Hech qaysi ijodiy ishlarimda muammo yo’q edi, magar “ruxsatsiz chop etish” ayblovi bilangina ishim sudga oshdi. Oqibatda jarima to’lashim va minglab yoshlarni dinga muhabbatini tarannum etgan hikoyalarni qaytib ovozlashtirmaslik talabi qo’yildi.

Muhimi bu emas, tizimni nega bunday ishlashini tushunaman. O’sha lahzada ikkita dumaloq video chiqardim xolos. Vaziyat haqida bayonot berdim. Eng qizig’i o’sha lahzadan boshlab odamlar kanalni tark etishni boshlagan. Mana, hozirgacha qariyb 50% odam blogni tark etgan.

Huddi shunday holat ustozim Mubashshir Ahmadning bloglarida ham yuz bergan. So’ngi paytlarda ustozning kanallarida 90 ming nafar odam yig’ilgandi. Domla qamaldilar va kanallaridagi obunachilar 30 minggacha tushib ketgan. Bu qo’rquvmi yoki prinsipsizlikmi bilmayman.
❤28😢15🕊4🐳1💔1🍓1
Kecha Abu Muslim (Adham Atajanov) olamdan o’tibdi. Bu kishi so’ngi paytlarda ziddiyatli shaxs bo’lib qolganiga qaramay u kishidan olgan foydali bilimlar, manfaatlar talaygina edi. Alloh rahmatiga olsin, oxiratlarini obod qilsin.

Men dinimni tanib islomiy bilimlarga chanqoq bo’lgan paytlarimda ular tashkil etgan saytlarni tinimsiz o’qib borardim. Ilk islom bilan bog’liq bilimlarim, tasavvurim islom.uz orqali shakllangan. 2012-2013 yillardan boshlab faol kuzatardim. U paytlarda ijtimoiy tarmoqlar u qadar rivojlanmagan, asosan saytlar mashhur edi. Maqolalar, kitoblar, suxbatlarni o’sha yerdan o’qib borardim. Islomuz, hadisuz, quranuz, infoislomuz, hilolcom, fiquz, siyratuz, e-adabiyotuz, e-tarixuz - barchasida shu insonning hissasi katta edi.

Allohim! Qilgan yaxshiliklarini qiyomatda boshiga soyabon qilgin. Gunohlarini kechir, rahmatinga burkagin!
😢38🙏14❤7🔥2🐳1