Keyingi savol tushadi. Hali biz oson savollar bosqichida ketyapmiz. Hozircha kalla emas, tezlik va stressga chidamlilik kerak ☕️
🔥13🤝2❤1🕊1
4-Savol:
Islom tarixida birinchi muazzin bo‘lish sharafiga qaysi sahoba sazovor bo‘lgan?
Javob topildi: Bilol ibn Raboh

🐳9🔥3🙈1
Omar Xalil
4-Savol: Islom tarixida birinchi muazzin bo‘lish sharafiga qaysi sahoba sazovor bo‘lgan? Javob topildi: Bilol ibn Raboh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ravshan, savolni o’qib bo’lib unga javob yozish uchun qaysi vaqt oralig’ida harakat qildi ekan deb hayronman 😅
🤣21😁6💯3❤1🔥1
5-Savol:
Qaysi payg‘ambarga qushlar va boshqa jonivorlarning tilini tushunish ne’mati berilgan?
Javob topildi: Sulaymon alayhissalom

🔥9❤3🐳3
6-Savol:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Allohning qilichi» (Sayfulloh) laqabi bilan mashhur bo‘lgan sahobalari kim?
Javob topildi: Holid ibn Valid

🐳8🔥3🕊2❤1
Savollar osondan o’rtacha darajaga o’tadi endi. Tayyor turingizlar. Ham xotira, ham tezlik uyg’unlashishi kerak endi.
🔥8⚡5🕊3❤2
7-Savol:
Qur’oni karimda qaysi ayolning ismi ochiq zikr qilingan?
Javob topildi: Maryam alayhissalom

🔥11❤2🙈2🐳1
8-savol:
Qur’oni karimdagi eng uzun oyat qaysi surada joylashgan va u nechinchi oyat?
Javob to’liq va birinchi bo’lib yozilsa qabul qilinadi!
Javob topildi: Baqara surasi: 282-oyat

🔥8🐳3❤2🕊2👍1
9-Savol:
Qur’oni karimda nomi ochiq zikr qilingan yagona sahoba kim va u qaysi surada zikr qilingan?
Javob topildi: Zayd ib Horisa, Ahzob surasi

🔥7🕊3❤1🐳1
10-Savol:
Qur’oni karimdagi qaysi surada «Bismillahir rohmanir rohiym» ikki marta kelgan?
Javob topildi: Naml surasi

🔥11❤1🐳1
11-Savol:
Javob topildi: Kasb
Imom Moturidiyning aqida maktablariga ko‘ra, insonning amallari Alloh tomonidan yaratilishi bilan insonning o‘z ixtiyori va mas’uliyati o‘rtasidagi munosabat qaysi tushuncha orqali izohlanadi?
Javob topildi: Kasb
👀7❤4🔥3🐳1
12-Savol:
Javob topildi: Mutavotir
Hadis ilmi istilohida sanadining har bir tabaqasida ko‘plab roviylar rivoyat qilgan, ularning yolg‘onga kelishib olishlari odatda mumkin bo‘lmagan va xabarlari hissiy idrokka asoslangan hadis qanday ataladi?
Javob topildi: Mutavotir
❤4🔥2
13-Savol:
To’liq va to’g’ri yozilgan birinchi javob qabul qilinadi.
Javob topildi: Abu Yusuf, “Kitob-ul Haroj”
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ikki mashhur shogirdidan biri Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid davrida «Qozi ul-quzot» (bosh qozilar qozisi) lavozimini egallagan. U zot kim va fiqh tarixida qaysi mashhur asari bilan tanilgan?
To’liq va to’g’ri yozilgan birinchi javob qabul qilinadi.
Javob topildi: Abu Yusuf, “Kitob-ul Haroj”
❤3👏2
Viktorina yuqori tempda o’tdi. O’ylaganimdanda bilimliroq ekansizlar. Eruditsiyaga gap bo’lishi mumkin emas. O’zimiz ham jarayondan zavq oldik. G’oliblarni tabrikladik, qolganlarga keyingi safar imkoniyat tilab qolamiz. Homiylik qilgan obunachilarimizni esa yaxshiliklarini Alloh qabul qilsin.
Bundan tashqari Sun’iy intellekt va googlga ham alohida tashakkur aytib qolamiz )))

🔥17🤓8🤝5❤2🐳1
AZOBNI KUCHAYTIRADIGAN NARSA NIMA?
Biror inson sizni xafa qildi. Yoki hayotingizda siz kutmagan, istamagan voqea sodir bo‘ldi. Siz xafa bo‘ldingiz. Alam qildi. Bu tabiiy. Ammo oradan vaqt o‘tsa ham, xayolingizda bir xil savollar aylanaveradi:
— Nega aynan men?
— Nega bunday bo‘ldi?
— Bunday bo‘lmasligi kerak edi!
— Men bunga loyiq emasdim!
Endi sizni faqat sodir bo‘lgan voqea emas, uning sodir bo‘lganiga qarshi ichki kurashingiz ham qiynay boshlaydi. Psixolog Kristin Neff o‘zining «Self-Compassion» asarida Zen an’anasiga oid bir g‘oyani keltiradi:
OG‘RIQ × QARSHILIK = AZOBLANISH
Bu matematik formula emas, balki inson ruhiyatini tushuntiruvchi model.
Og‘riq — hayotimizda yuz bergan noxush voqeaga tabiiy javobimiz.
Qarshilik esa — sodir bo‘lgan voqea yoki paydo bo‘lgan hissiyotni ichimizda rad etishimiz.
Masalan, yaqin insoningiz sizga xiyonat qildi. Xiyonatdan og‘riq his qilishingiz tabiiy. Ammo «U bunday qilmasligi kerak edi», «Nega men buni oldinroq sezmadim?», «Qanday qilib bunga yo‘l qo‘ydim?» degan fikrlarni qayta-qayta aylantirish og‘riqqa qo‘shimcha azob qo‘shishi mumkin.
Xo‘sh, yechim nima?
Qabul qilish. Lekin qabul qilish — sodir bo‘lgan ishni ma’qullash, xiyonatni oqlash yoki adolatsizlikka ko‘nish degani emas. Qabul qilish — «Bu voqea sodir bo‘lmasligi kerak edi» degan ichki kurashdan «Bu voqea sodir bo‘ldi. Endi men nima qila olaman?» degan pozitsiyaga o‘tishdir. Bu o‘zgarish voqeani ortga qaytarmaydi. Og‘riqni ham bir zumda yo‘qotmaydi. Ammo insonning o‘zini ortiqcha qiynashini kamaytirishi mumkin.
Kristin Neffning muhim g‘oyalaridan biri shuki, biz nafaqat boshimizga tushgan qiyinchiliklardan, balki o‘sha qiyinchilik paytida o‘zimizga qiladigan munosabatimizdan ham aziyat chekamiz. Ba’zan bizga azob berayotgan narsa faqat sodir bo‘lgan voqea emas, uning boshqacha bo‘lishi kerakligi haqidagi tinimsiz kurashimizdir.
💬 Sizningcha, inson boshiga tushgan adolatsizlikni qabul qilishi bilan unga taslim bo‘lishi o‘rtasida qanday farq bor?

💯12❤7😢2🕊1
Bir kuni belgilangan vaqtda muzeyga borishim kerak edi. Agar kech qolsam chipta kuyishi mumkin degan havotir bor edi. Bir soat avval yo’lga chiqsam bemalol ulgurib boraman dedim-da, taxi chaqirdim. Negadir taxi topilavermadi. Axiri bir taxi so’rovni qabul qildi va ekranda ko’rsatilgan vaqt bo’yicha 5 daqiqalik masofada edi.
Oradan 10 daqiqa o’ttiyamki, taxi joyidan qimirlamayapti. Asabiylashishni boshladim. Buyurtmani bekor qilib boshqattan chaqirdim. Unisi ham 6 daqiqa ko’rsatib 10 daqiqadan ortiq qimirlamay turdi va kelmadi. Ichim taranglasha boshladi. Betoqat bo’lib ayni shu kunda palakat bo’ladi deb bir joyda turolmay g’imirlay boshladim. 3-marta taxi chaqirdim va u kechikib bo’lsa ham keldi-da, yo’lni narigi betida to’xtadi. Qo’limni ko’tarib baqirishimni eshitmadi, birdan ikkita yoshi katta erkak va ayol yugurib men chaqirgan taxiga chiqib ketdi. Taxi adashib boshqa taxi chaqirgan odamlarni olib ketib qoldi. Fig’onim falakka chiqdi.
Kechikib bo’lsa ham muzeyga yetib bordim va kirishga muvaffaq bo’ldim. Bilasizmi, natijasi qayerda bilindi? Kutilmaganda taxilar bilan bog’liq omadsizlikka ichkaridan qarshilik qilish muzeyni ekskursiya qilish zavqidan bebaxra qildi. Maqsadim museyga kirib yangiliklardan hayratlanish edi. Kechikib bo’lsa ham o’sha imkoniyatga ega bo’ldim. Biroq, borishdan avvalgi vaziyatga ichimdagi asabiy qarshilik borganimda ham meni tark etmagandi. Neffning yondashuvi ana shunday muammo ustida ham ishlashga yordam beradi.

💯12🔥6🕊4❤1
Abu Yusuf Kindiy musulmon olamida katta kalibrli faylasuflardan hisoblanadi. Teran fikrlari bilan meni qiziqtirib kelgan.
Hayotimiz topmoq va yo’qotmoq orasida yashaydi. Bilasizmi, bu qayg’u bizga nimani eslatib turadi? Dunyoning o’tkinchi ekanligini.
Qayg’u - sevgan narsasidan yoki orzu qilgan narsasiga erisha olmaslik oqibatida paydi bo’ladigan ruhiy og’riqdir.

1🕊15❤9🔥4💔2