Ba’zan inson hamma narsani yo‘qotishdan qo‘rqib, eng avvalo o‘zini yo‘qotadi. Birovning mehrini saqlayman deb qalbini, birovni ranjitmayman deb orzularini, hammani rozi qilaman deb xotirjamligini qurbon qiladi.
Ammo unutmang:
Siz hammani rozi qilish uchun yashasangiz, bir kun o‘zingizning ko‘nglingizni qanday olishni unutib qo‘yishingiz mumkin.
O‘zingizga ham mehr bering. Sizning qalbingiz ham e’tiborga loyiq.
Siz-chi, hech qachon boshqalarni deb o‘zingizni unutganmisiz?

🔥26❤10💯10😢3🕊1🐳1
Aziz kitobxonlar, sizga bir savolimiz bor!
Hech audio kitob tinglab turib, bir jumlada to‘xtab qolganmisiz? Go‘yo muallif aynan sizning qalbingizdagi hislarni so‘zga aylantirgandek…
Ba’zi kitoblar shunchaki tinglanmaydi — ular qalbga yetib boradi, o‘ylantiradi va ba’zan insonning hayotga qarashini ham o‘zgartiradi.
📚 Siz qaysi mavzudagi audio kitoblarni ko‘proq tinglashni yoqtirasiz?
Muhabbat va munosabatlar
O‘zini anglash va rivojlanish
Hayotiy saboqlar
Tarixiy va ma’naviy asarlar
👇 Izohlarda o‘zingiz yoqtirgan yo‘nalishni yozib qoldiring.

🔥18❤10🐳1
Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar!
Kecha bergan savolimizga bildirgan fikrlaringizni o‘qib, juda mamnun bo‘ldik. Har bir izohingizda o‘zgacha his, alohida hikoya va qalbga yaqin bir ma’no bor.
Kimdir «Men» kitobidagi «Bas qil, ey nafs» jumlalarini qayta-qayta tinglashini aytdi. Kimdir siyratni tinglab, Makkani sog‘inishini yozdi. Yana kimdir audio kitoblar uy yumushlari orasida ham unga hamroh bo‘lishini aytdi.
Biz uchun eng quvonarlisi — kitoblarimiz shunchaki tinglanmayotgani, balki qalblarga yetib borayotgani.
Barchangizga samimiy fikrlaringiz va biz bilan ekaningiz uchun rahmat!
Bugun sizdan yana bir iltimosimiz bor: agar biror audio kitobimizni tinglab, o‘zingiz uchun muhim xulosa chiqargan bo‘lsangiz, o‘sha kitob nomini izohlarda yozib qoldiring.
Balki siz tavsiya qilgan kitob aynan boshqa bir insonga. kerakdir.

❤10🔥9🤩1🐳1
AZIZ KITOBXONLAR, SIZLARGA RAHMAT!
Izohlaringizni o‘qib, har biringizning qalbingizga turli asarlar turlicha ta’sir qilganini ko‘rdik. Kimdir «Nabaviy tarbiya»dan o‘zini isloh qilish uchun ilhom olgan, kimdir «Payg‘ambarning atirgullari» va «Hazratim Abu Bakr Siddiq»ni sevib tinglaydi. Yana kimdir «Yusufning qizi»ni tinglab, qahramonlar bilan birga his qilgan.
Eng quvonarlisi, ayrim kitobxonlarimiz o‘zlari sevgan asarlarni boshqalarga ham hadya qilishgan. Bu — kitobga bo‘lgan muhabbatning go‘zal ko‘rinishi. Har bir asarning o‘z hikmati, har bir tinglovchining esa o‘z qalb hikoyasi bor.

🔥14🕊6
INSONNI SO‘Z EMAS, QARASH O‘ZGARTIRADI.
Bir haqiqat bor: inson o‘zini o‘zgartirishga qaror qilmaguncha, unga aytilgan eng to‘g‘ri gap ham ta’sir qilmaydi.Ba’zilar yillar davomida hayotidan noliydi, ammo o‘z odatlarini o‘zgartirishga kelganda ortga chekinadi. Natijada yillar o‘tadi, vaziyat esa o‘sha-o‘sha qoladi.Aslida, yangi hayot boshlash uchun yangi imkoniyat emas, ba’zan eski xatolarni takrorlamaslik uchun qat’iy qaror kerak.O‘zingizga bir savol bering: sizni bugun kim yoki nima to‘xtatib turibdi — sharoitmi yoki o‘zgarishga jur’at yetishmasligimi?

🔥18🕊6❤4🌭1
Assalomu alaykum yangi kun— yangi imkoniyat.
Bir narsani unutmang: hayot sizdan har kuni buyuk ishlar kutmaydi. Ammo har kuni bir narsani yaxshiroq qilish imkonini beradi.Kecha aytolmagan yaxshi so‘zingizni bugun ayting.Kechiktirgan ishingizni bugun boshlang.Birovning xatosini izlashdan oldin, o‘zingizdagi bir kamchilikni tuzatishga urinib ko‘ring.Chunki insonning o‘sishi ko‘pincha boshqalarga ko‘rinmaydigan, ammo o‘zi uchun muhim bo‘lgan qarorlardan boshlanadi.Bugun o‘zingizda nimani o‘zgartirishga qaror qilasiz?Kuningiz xayrli, niyatingiz xolis, qadamingiz barakali bo‘lsin!
— Omar Xalil

❤17🕊5🔥2🐳1
Nabiyyimiz muhtaram sollallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadis bor:
“Bir-biringizga hadya beringlar, o‘rtangizda muhabbat paydo bo‘ladi”.
Bundan tashqari Barbara Sahakian va Kristin Lenglining “Miya quvvati” kitobida o’qiganimda ham boshqalarga yaxshilik qilish ruhiy va jismoniy salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatishi tadqiqotlarda isbotlangani yozilgandi. Bunda miyaning oksitotsin va seratonin kabi garmonlar chiqarishi aniqlangan. Kimnidir shod qilganingizda o’zingizni yengil hamda kayfiyatingiz ko’tarilganini sezishingiz shundan.
Menda sizlarni hursand qilish uchun bir imkoniyat bor. Bugun soat 20:00 da viktorina o’tkazaman. 3 ta savolga 3 ta audiokitobimdan hadya qilaman. Javobni kim birinchi topsa mukofotiga istagan audiokitobimizdan bittasini tanlashi mumkin. Agar siz ham yaxshilikka sherik bo’lishni xohlasangiz savollar sonini ko’paytirib mukofotlarga homiylik qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: @audiokitob_admin

🔥12👏9❤5🤗3🐳1💔1
Sizlarga bir yangiligim bor. Yuqorida kim viktorina savollariga homiylik qilmoqchi bo’lsa menga sherik bo’lishi mumkin degandim. Bir obunachimiz ismlari sir qolishini shart qilgan holatda yana 10 ta audiokitobga homiylik qilibdilar.
Demak, savollarimiz jami 13 ta bo’ladi. Savollar kutilmagan va har xil mavzularda bo’lishi mumkin. Soat 20:00 gacha vaqtimiz bor.
Agar yana kimdir savollar sonini yanada ko’paytirmoqchi bo’lsa @Audiokitob_admin ga 20:00 gacha murojaat qilishi mumkin.

🔥11👍5
Viktorinaga tayyormisizlar? 10 daqiqadan keyin boshlaymiz.
Qoidalarni e’lon qilib qo’yaman:
Savolga eng birinchi va to’g’ri javob topgan odam g’olib bo’ladi.
Bitta savolga javob topib g’olib bo’lgan ishtirokchi keyingi savolda javobi qabul qilinmaydi. Ya’ni, bir marta g’olib bo’lishi mumkin.
Javob berish uchun kanal qoshidagi guruhga qo’shilgan bo’lishingiz kerak.

🕊10🐳2💯2
1-Savol:
Qur’oni karimda nomi eng ko‘p zikr qilingan payg‘ambar kim?
Javob topildi: Muso alayhissalom

🔥9🐳4
Savollar oddiydan murakkabga qarab o’taveradi. Boshida oson savollar beriladi. Bunda faqat internet tezligi va barmoqlar mahorati kerak bo’ladi )))
🔥13😁3🕊2😢1
2-Savol:
Qur’oni karimdagi qaysi suraning boshida «Bismillahir rohmanir rohiym» yozilmagan?
Javob topildi: Tavba surasi

🐳11🔥5
Bilaman, keyingi savol judayam oddiy. Savolni boshini o’qiboq javobi chaqmoqdek keladi. Ammo, barmoqlar pianino klavishlarida o’ynagani kabi o’ynashi kerak bo’ladi hozir.
🔥10😁3❤2🕊2👀2
3-Savol:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi vahiy qaysi g‘orda nozil bo‘lgan?
Javob topildi: Hiro g’ori

❤10🔥5🐳1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Interneti sekin ishlayotganlar ayni paytda 😅
🤣20😁6🙈6😭3❤1
Keyingi savol tushadi. Hali biz oson savollar bosqichida ketyapmiz. Hozircha kalla emas, tezlik va stressga chidamlilik kerak ☕️
🔥13🤝2❤1🕊1